Matematika hamda rus tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnoma berish boshlandi

0
Matematika hamda rus tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnoma berish boshlandi

📆 2023-yil 24-dekabr (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan matematika hamda rus tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalarni berish boshlandi.

📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limidan olishlari mumkin.

📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

✅ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 08:30 dan boshlab (test sinovi 10:00 da) kiritiladi.

❗️ Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.