Milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi

0
Milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi

Biologiya hamda qoraqalpoq tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.

Ro‘yxatga olish Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qaroriga (https://lex.uz/docs/-6749986) muvofiq Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz sayti) orqali amalga oshirilmoqda.

Tavsiya etamiz : Milliy sertifikat yangiliklari

Talabgorlarni ro‘yxatga olish 25-fevral kuniga qadar, to‘lovni amalga oshirish esa 26-fevral kuniga qadar (shu kunlari ham) davom etadi.

Test sinovi 2-3-mart kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://my.gov.uz/oz/service/891

Tavsiya etamiz : Milliy sertifikat yangiliklari