2023-yil 29-oktabr kuni barcha hududlarda o‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihoni bo‘lib o‘tdi.
📍 Imtihonlar talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.
✅ Unda jami 7,8 ming nafarga yaqin talabgor ishtirok etdi va 9 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.
📆 Test sinovi natijalari yigirma ish kuni ichida hisoblanib, e’lon qilinadi va eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan talabgorlarga elektron sertifikat beriladi.
Tavsiya etami : Milliy sertifikat test topshiriqlari