Asosiy Olimpiadaning viloyat bosqichiga start berildi.

0
Asosiy Olimpiadaning viloyat bosqichiga start berildi.

Asosiy Olimpiadaning viloyat bosqichi.

Asosiy olimpiadaning III (viloyat) bosqichiga start berildi

Bugun Respublikamizning barcha 14 ta hududida 1-guruh fanlaridan (matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika) asosiy olimpiadaning III (viloyat) bosqichiga start berildi.

Viloyat bosqichi 17 ta fandan tashkil qilinib, 4-dekabr kunigacha davom etadi, bunda 33 ming nafarga yaqin 9-10-11-sinf o’quvchilarining ishtiroki kutilmoqda.

Amaldagi tartib bo’yicha asosiy olimpiadaning III bosqichida g’olib bo‘lgan o’quvchilar

1-o’rin uchun BHMning 6 baravari;
2-o’rin uchun BHMning 4 baravari;
3-o’rin uchun BHMning 3 baravari miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Mazkur bosqichda 1-2-3 o’rinni qo’lga kiritgan 11-sinf o’quvchilari olimpiadaning Respublika bosqichida, shuningdek, 1-guruh fanlaridan har bir sinf bo’yicha eng yaxshi natija qayd etgan dastlabki 5 nafar ishtirokchi xalqaro olimpiadalarda ishtirok etadigan O’zbekiston terma jamoasiga saralashning 1-bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

Asosiy olimpiadaning III(viloyat) bosqichining 25-noyabr kuni o‘tkaziladigan fanlar, sinflar hamda nazorat turlari bo‘yicha ma’lumot:

9-sinf — Biologiya — yozma ish

10-sinf — Informatika— dasturlash

11-sinf — Matematika, Fizika, Kimyo —-yozma ish

Tavsiya etamiz: Barcha fanlardan 9-10-11-sinf olimpiada savollari