Bosh sahifa Milliy sertifikat Fizika va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnoma berish boshlandi

Fizika va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnoma berish boshlandi

Fizika va tarix fanlaridan milliy sertifikat

2023-yil 3-dekabr (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan fizika va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalarni berish boshlandi.

Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytining “Milliy sertifikat” (https://my.uzbmb.uz/national-cert) bo‘limidan olishlari mumkin.

📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

✅ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 08:30 dan boshlab (test sinovi 10:00 da) kiritiladi.

❗️ Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

Tavsiya etamiz : Milliy sertifikat namunaviy test topshiriqlari