1-2-3-4-sinf o’quvchilari uchun diktantlar to’plamini yuklab olishingiz mumkin.Diktant yozish uchun matnlar. Bu to’plamda do’stlik haqida diktant, maktab haqida diktant 2 sinf uchun, kitob haqida diktant, qish fasli haqida diktant kabi diktantlar mavjud.
Diktant.
Diktant yozishga tayyorgarlik ko’rish o‘quvchilarda
m a’lum psixologik holatni yuzaga keitiradi. Ular o’zlarida
bu ishga kirishish ruhini paydo qilib, daftar sahifasini
ochadilar. Doskadan sana va main sarlavhasini ko‘chirib
yozadilar. So‘ngra diqqat-e’tibor bilan matnni tinglaydilar.
O’qituvchi o’rtacha balandlikdagi ovoz bilan matndagi
so’zlarni dona-dona qilib o’qiydi. Bolalar bilan matnni
tahlil qiladi.
1-sinf uchun diktantlar.
Tinchlik
Biz tinchlik istaymiz. Dunyo xalqlari ham tinch yashashni xohlaydilar.
Kitob
Akam kitob berdi. Kitob rasmli, qiziq ekan. Uni
ukalarimga o’qib berdim. Ular xursand bo’lishdi.
SHirin olma
Kecha buvim keldilar. Menga olma berdilar. Yuvib
yedim. Juda shirin ekan. Buvimlarga rahmat aytdim.
Bizning oila
Oilamiz katta. Buvim, otam, onam, akam va ukam
bor. Biz bir-birimizga mehribonmiz.
Qishloq
Biz qishloqda yashaymiz. Qishlog’imiz obod bo’lmoqda.
Yangi binolar qurilmoqda. Qishloq ko’chalari keng va chiroyli.
Gulzor
Hovlimizda gulzor bor. Gulzorda turli gullar ochilgan.
Gullarni yaxshi parvarish qilamiz.
Yomg‘ir
Osmonda bulut ko’rindi. Yomg’ir yog’di. Changlar
bosildi. Havo tozalandi. Yomg’ir tindi. Quyosh chiqdi.
2-sinf uchun diktantlar.
Kutubxona
Sinfimizda kutubxona tashkil qildik. Kutubxona uchun
kitob olib keldik.
Sirkda
Sirkka bordik. Katta tomosha bo‘ldi. Ayiq, fil o’ynadi.
Otlar to‘siqdan sakradilar.
So‘zlash odobi
Suhbatlashganda shoshmay gapiring. Har bir so’zni
to’g’ri talaffuz qiling. Ovozingiz yoqimli bo’lsin.
Bog‘dorchilik
Bog’lar tabiatni bezaydi. Ularda turli noz-ne’matlar
yetishtiriladi. 0 ‘zbekistonda bog’lar ko’p.
3-sinf uchun diktantlar.
Ahillik
Chumoli ovqat izlab yurardi. U bir dona bug’doyni
ko’rib qoldi. Chumoli bug’doyni iniga olib kelmoqchi bo’ldi.
Uni m ahkam lishlab tortdi. Bug’doynmg u yon, bu yoniga
o’tdi. O’rnidan qo’zg’ata olmadi. Bu haqida o’rtoqlariga
xabar berdi. Ular kelishdi. Birgalikda bug’doyni inlariga
olib ketishdi.
Sabzavot davrasida
Biz sabzavot dalasiga bordik. U yerda ish qizg’in. Kartoshka va sabzi kovlanmoqda. Karam uzilmoqda. Darrov
biz ham yordam berishga kirishdik. G’ani sabzilarni qopga
soldi, Karim kartoshka terishga yordamlashdi. Zokir bilan
Umar zambilda karam tashidi.
Kuz
Bolalar rasm chizdilar. Kuz ko‘rinishini sariq rangga
bo’yashdi. Nega shunday qilishdi? Chunki kuzda daraxt
barglari sarg’ayadi. Barglar ham sariq bo’ladi. Nega kuzda
sovuq shamol esadi? Chunki quyosh yerni kamroq isitadi.
Jazo
G’ani daraxt shoxidagi qushning inini ko’rib qoldi. Inda
qush bolalari chug’urlashib yotardi. G’ani qush bolalarini
olmoqchi bo‘ldi. Daraxtning eng baland sboxiga chiqdi.
Endigina inga qo’l uzatgan edi, shox sinib ketdi. G’ani
yiqilib tushdi. Uning oyog‘i qattiq og’ridi.
Kitob o’qish qoidasi
Kitob o’qiyotganda uni g’ijimlamang. Kitobni yotib
o’qish zararli. Kitobni yorug’lik chap tomondan tushadigan
joyd a o’q in g U ni ko‘zga yaqin ushlab o’qimang. Ko’zingiz
toliqadi. Kitobni buklash yaramaydi. Kitobingizda
hamisha xat cho’p bo‘lsin. Kitobning nomi va muallifini
yozib borishga o’rganing.
O’rik
Mevalar ichida o’r ik aloh id a xususiyatlarga ega. U
foydali moddalarga boy.
O’rik erta bahorda och pushti bo’lib gullaydi. Mevalari
avval yashil ra n g d a bo’lib, so‘ng kattalashadi. May, iyun
oxirida sarg’ayib yetiladi.
O’zbekistonda juda ko‘p o’rik navlari mavjud. Ulardan
turli xil sharbatlar qilinadi. Mevalari quritilib, turshak,
bargak tayyorlanadi.
Oltin kuz.
Kuz chiroyli fasl. Atrof zarin ranqda tovlanadi. Dala,
bog’lalarda ish qizg‘in. Bog’larda mevalar pishgan.
4 – sinf uchun diktantlar.
Daryo bo’yida.
Soli N orin daryosi haqida ko‘p narsalar eshitgan edi. U
bu yilgi ta’tilda daryoning o‘zini ko’rishga muyassar bo’ldi.(19 so’z)
Kitob — oftob
Biz kitobni sevamiz. Bo’sh vaqtlarim izda har xil
ertaklar va hikoyalar o ‘qiymiz.
M aktabim izda «Kitob — bilim manbayi» mavzusida
kitobxonlik kechasi bo’lib o’tdi. (22 so’z)
Kuz tasviri
Kech kuz. Salqin shamol esdi. Sariq, qizg’ish barglar
yerga sochildi.
Kuz tabiatini tom osha qilish uchun bog‘ga chiqdim.
Atrof jim-jit, onda-sonda qushlarning cho’ziq tovushi
eshitiladi. Ular bu joylar bilan xayrlashib, janubga yo‘1
olmoqdalar.
Bog’dagi mevalar allaqachon yig’ib olingan. O’t-o’lanlar sarg‘ish tusga kirgan. Q urt-qum ursqalar inlariga yashirindilar.
Men tabiatni to’yib-to’yib tomosha qildim. Uni rasmda
ifoda etish uchun bo’yoqlar hozirladim. Mana, mening
chizgan rasmim. Balki o’xshagandir-a?
Kitob diktant.
Kitob — inson m a’naviy dunyosining boyishi, fikrlash
doirasining kengayishiga katta yordam beruvchi vosita.
Uni doim o do‘st tutish, un d an ko‘p narsalarni o ‘rganishga
harakat qilish lozim.
Ko’p kitob o’qigan bola asardagi fikrlarni o‘z qalbiga
joylaydi. Yurt ravnaqi uchun xizmat qilishga, yaxshi
insonlar qatoridan o ‘rin olishga harakat qiladi.
K utubxona — nurxona. Kutubxonaga tez-tez boradigan
bola, albatta, ko‘p narsalarni biladi. C hunki kitoblar inson
um rining serm azm un o ‘tishiga, ilmli, bilimli bo iish ig a
yordam beradi.
Qish ditant.
Har faslning o’z fazilati va o’ziga xos xislati bor. Qish
fasliar ichida chiroyga boy, go’zal fasldir.
Qishda hammayoq oppoq qor bilan qoplanadi. Havo
musaffo, yoqimli bo’ladi. Kishi qancha nafas olsa ham,
to ’vmaydi. Qish tongi kishiga o’zgacha orom beradi. Quvosh
togMar ortidan qizarib chiqadi. Q orlar mayda zarralardck,
lurli-tuman rangda yaltiraydi. Daraxtlar oq kiyimga burkanadi. L iar xuddi xavol surib turganday tuvuladi. Bu faslda
bolalar turli o’yinlar o’ynab quvonadilar. (68 so’z)
Navro‘z bayrami
21-mart kuni Navro’z bayrami nishonlanadi. Shu kuni
dehqonlar yerga baraka urug’i sochadilar. Bir-birlariga
yaxshi tilaklar bildiradilar.
Navro’z kuni sumalak, halim pishiriladi, Bayram
dasturxoni yoziladi. O’yin-kulgi, katta sayl bo’ladi. Milliv
kurash, darbozlar tomoshasi bo’ladi. Navro’z bayrami
tantanali o’tadi.
Non haqida diktant.
Onam har tongda issiq non yopib, dasturxonga
qo’yadilar. Bo’rsildoq nonlardan yoqimli hid taraladi.
Boboni: «Non aziz va mo’tabar, uni isrof qilmanglar.
Uning ushog‘i h am to’kilmasin, uvol bo’ladi», deydilar.
O’ylab ko’rsam, har kuni bir-ikki ushoq to’kilsa, bir
yilda qancha bo’ladi? Ushoqlari to’plansa, bir necha non
bo’ladi-ku. Uvol, isrof degan so’zlar m a ’nosini yaxshi uqib
olish zarur. Ba’zi bolalar nonning ushoqlarini to’kib yeb
yuradilar. Bu madaniyatsizlik hisoblanadi. Siz yaxshilardan
namuna oling. Nonni uvol qilmang! (73 so’z)
Vatan haqida diktant bolalar uchun.
Vatan — inson tug’ilgan muqaddas joy. Vatan tushunchasi va unga bo’lgan muhabbat abadiydir. Shuning uchun
biz ona Vatan deb ulug’laymiz.
Mashhur yozuvchi va shoir Oybek bobomiz Vatanni
shunday ta’riflaganlar:
Bir o’lkaki, tuprog’ida oltin gullaydi,
Bir o’lkaki, qishlarida shivirlar bahor.
Bir o’lkaki, sal ko’rmasa quyosh sog’inar…
Bir o’lkaki, g’ayratidan asabi chaqnar.
Vatanni sevish, ardoqlash barchamizning insoniy burchimizdir.
Biz XXI asr avlodimiz diktant.
XXi asrda yashash, ijod qilish, yurtimiz, xalqimizga
xizmat qilish katia baxt. XXI asr — fan. madaniyat, san’at va sanoatimizning tezkor rivojlanish asridir. Bolalar, siz XXI asrda ulg’ayib, kelajakda buyuk ishlar qilishni o’ylab ko‘ring. Buning
uchun ko‘p mutolaa qiling. Balls va munozaralar uyushtiring, mustaqil fikrlashni o’rganing.
XXI asr texnik asr deb atalmoqda. Chunki texnika tez
s u r’atlar bilan rivojlanmoqda. Hatto 2012-yilda Ispaniya
davlati olimlari orbitada birinchi mehmonxona ochishni
loyihalashibdi.
Taniqli arxitektor Ksave Klaramun bu mehnomxonani
qurish uchun 3 milliard funt kerakligini hisoblabdi.
Zavq ulashib,
Ko‘z qamashib,
Yog’ar pag‘a-pag‘a qor.
Har bir uchgan
To’glik uchun
Sepin yovar har nahor.
Suv — ob-hayot haqida.
Suv — hayot manbayi. Inson uchun eng aziz tabiiy
n e ’mat. Obi hayotdan oqilona foydalanish lozim. Suvni
musaffo saqlash kerak. Shunda inson salomatligi ham
yaxshi bo’ladi.
Suvni isrof qilmaslik har bir insonning burchi.
Atrofimiz go’zalligi, no z-ne’matlarning serob bo’lishi ham
suvga bog’liq. Keyingi paytlarda suvga e ’tibor susaydi.
Ariqlardan toza suv oqmay qo’ydi. Chunki ariqlarga iflos
narsalarni tashlaydilar. Bu ish esa katta gunoh. Suvga
munosabatni o’zgartirish kerak. Bu ishda o’quvchilar
kattalarning yordamchisi bo’lishi zarur. Biz sinfimizda
suv haqida suhbat o’tkazdik. (78 so‘z)
Ta’tilda diktant.
O’quv yili tugagach barchamiz kun tartibimizni
qaytadan tuzamiz. Chunki endi bizning bo’sh vaqtimiz
ko’p bo’ladi. Undan unumli foydalanish rejasini o’vlab,
vaqtimizni tejaymiz va foydali ishlar qilamiz.
Hammamiz katta bolalar bo’lib qoldik. Oilamizda
dastyor, yordamchi boiishimiz kerak. Ota-onalarimizga
yaqindan ko’mak berib, ularni xursand qilishimiz lozim.
Masalan, uylarni toza va saranjom tutishga, kir
yuvishda, idish-tovoqlarni orasta tutishda bizning hissamiz
b o ‘lishi kerak.
Uka-singillarimizni o ‘ynatish, ularga turli
kitoblar o ‘qib berisli ham bizning vazifamizdir. Do’kond an
non, mayda-chuyda xarid etishni ham bilishimiz kerak.
Uy hayvonlari, parrandalarni boqish, gullarni parvarish
qilish biz uchun ham qiziqarli, ham foydalidir.
Diktantlar to’plami boshlangich sinflar
Tavsiya etamiz: turli xil matn va insholar
manba.