Домой O'qituvchilar Esse

Esse

Esse. Esse nima? Esse yozish tartibi. Esse uchun maqollar

Sahifamiz orqali esse nima ekanligi, esse yozish tartibi va  uni yozishda nimalarga e’tibor berish zarurligi haqida batafsil bilib olasiz.

Esse haqida ma’lumot.

Esse – fransuz tilida «essai» –     «tajriba», ingliz tilida «essay», «assay» – intilish, ijodiy sinov, ocherk; lotincha «exagium» – «o‘ylash» degan ma’noni bildiradi

Esse – o‘quvchining aniq mavzu yuzasidan shaxsiy fikr-mulohazalari asosida yoziladigan ixcham ijodiy ish hisoblanadi. Uning o‘zgachaligi mavzuda ko‘tarilayotgan muammoga fakt va dalillarni o‘rinli keltirish  orqali o‘z munosabatini bildirish.

Rivojlangan mamlakatlar oliy o‘quv yurtlarida o‘qishga kirish uchun yoki IELTS kabi til bilish salohiyatini baholovchi imtihonlarda esse yozish topshiriqlari beriladi. Bu shakldagi sinov mashqlari O‘zbekistonda ham ommalashyapti. Masalan, milliy sertifikat olish istagida bo‘lgan o‘qituvchilardan esse yozish so‘ralyapti.

Essening qurilishi.

Kirish
Asosiy qism
Xulosa

Kirish qismida essening mavzusi haqida ma’lumot beriladi.
Lekin sarlavhani aynan ko’chirish noto’g’ri. Biroz o’zgaritish
orqali 1 yoki 2 jumla bilan qayta nomlash zarur. Kirish qismni
ortiqcha cho’zib yubormaslik kerak. Bu qism butun essening 10-
15%ini tashkil etishi yetarli. Esseni tekshiruvchi avval qaysi
qismni o’qiydi? Albatta, kirish qismdan boshlanadi.

Demak,kirish qismi juda muhim. Bu qism o’qiyotgan odamni o’ziga tortishi zarur. Ammo juda berilib ketmaslik kerak. Eng asosiy fikrlar asosiy qismda beriladi. Kirish – o’z nomi bilan fikrlarning umumlashmasi, e’tiborni nimaga qaratish, mavzuning asl mohiyatini bayon etish uchun zarur.

Asosiy qism:
1-taraf fikrlarini dalillash zarur.
2-taraf fikrlarini dalillash zarur.
O’zingizning fikrlaringizni dalillashingiz zarur.

Xulosa – essening yakunlovchi qismi. Xulosada tezis va
tomonlarning qarashlaridan umumiy fikr yasaladi. Asosiy
fikrlar bog’lanib, sizning fikrlariningiz, qarashlarining nima
uchun ahamiyatli ekanligi ta’kidlanadi.

Bu qism ham muhim, shuning uchun ta’sirli fikrlarga asoslangan gaplardan foydalaning. Hozirgi davr va muhitdan kelib chiqib o’z
xulosaningizni bering. Bu qism essening 10-15%ini tashkil etishi zarur.
Esse – erkin asar. O‘qituvchi va o‘quvchilardan talab qilinadigan esselar adabiyotdagi essedan farq qiladi. Biroq ularning umumiy jihatlari ham bor. Har ikkisida ham muallifning fikri, munosabati, qarashlari, taassurotlari yetakchi xususiyatdir.

Xo‘sh, u biz o‘rgangan inshodan nimasi bilan farq qiladi? Inshoda so‘z boyligi, badiiy til vositalaridan keng foydalanish muhim sanaladi. Ta’lim esselarida esa ko‘pincha biror muammoli mavzuga munosabat bildirish, unga yechimlar taklif qilish so‘raladi.
Bunda o‘quvchi fakt va ma’lumotlardan, iqtiboslardan ham o‘rinli foydalanishi, hayotiy misollar keltirishi zarur. Esse inshoga nisbatan hajman kichik. Unga reja tuzish ham talab etilmaydi. Inshodan o‘quvchining fikrini yozma shaklda va badiiy tarzda ifodalash qobiliyatini oshirish ko‘zda tutilsa, esse fikrlash, fikrni dalillash va munosabatni bayon eta olishni shakllantirishga xizmat qiladi.

Esse strukturasi

  • Mavzuni qayta nomlash
  • Tezis – isbot qilinishi zarur bo’lgan fikr
  • 1-tomon fikrlari
  • 2-tomon fikrlari
  • Sizning fikrlaringiz
  • Xulosa

Esse yozish jarayoni

Essening turiga qarab unga sarflanadigan vaqt ham turlicha bo‘ladi. Essening mulohazali, tavsiflovchi, umumlashtiruvchi, dalilli kabi turlari bor. Masalan, mulohazali yoki tavsiflovchi esseda vaqtni asosan yozishga sarflasangiz, dalilli esseda fakt va ma’lumotlarni izlash, qayta ishlashga ham yetarlicha vaqt ajratishingiz kerak.

O‘quvchi, talaba, ishga kiruvchi nomzod, o‘qituvchi yoki boshqa mutaxassislarga mo‘ljallanganiga qarab essening hajmi farq qiladi. Maktab o‘quvchilari odatda 200–300 so‘zli esse yozadi.

Har qanday esseni yozish uchun ma’lum bir bilim, ko‘nikma va hayotiy tajribaga ega bo‘lish zarur. Aks holda, yozganlaringiz bo‘sh chiqadi.

Esse yozish jarayoni ko‘pincha quyidagicha kechadi: muammo yoki mavzuni aniqlash – mavzu haqida fikrlash – rejalashtirish – yozish – tekshirish – tuzatishlar va to‘ldirishlar kiritish.

Mavzuni qanday yoritishingizga qarab reja tuzasiz. Mavzuning mohiyati nimada, uni nimalar orqali ochib berish va asoslantirish mumkin, qanaqa dalillar va faktlardan foydalaniladi, oxirida qanday xulosaga kelinadi? Rejani o‘zingiz uchun belgilab olasiz, u inshodagi kabi matn boshida keltirilmaydi. Lekin nima deyishingiz, nimalarga urg‘u qaratishingiz, xulosangiz oldindan aniq bo‘lishi kerak.

Esseda nimalar foydali!!!

1. Olimlar, mutafakkirlar va soha mutaxassislarining fikrlaridan
iqtibos keltirish.
2. Shaxsiy fikrlariningizni, albatta, dalillang.
3. Mantiqiy izchillika juda katta e’tibor bering. Kirish, asosiy qism va
xulosa qismi mantiqan bog’langan bo’lishi shart.
4. Keltirilayotgan dalillaringiz mavzuga aloqador bo’lsin.

Esseda nimalar zarar keltiradi?

1. Epigraf qo’ymang, reja tuzmang.
2. Takroriy gaplardan, fikrlardan foydalanmang.
3. Shevaga oid so’zlar, vulgarizmlarni ishlatmang.
4. Imlo va punktuatsion xatolar qilmang.

Esse va inshoning farqi.

Insho : Qandaydir mavzu beriladi. Bu mavzuga reja tuzilib, shu reja asosida fikr yuritilaveradi. Bunda chegara muhim emas.

  • So’z boyligi
  • Badiiy uslub
  • Tantanvor so’zlar
  • Hajm chegaralanmagan

Esse : Qandaydir mavzu beriladi. Bu mavzuga reja tuzilib, shu reja asosida fikr yuritilaveradi. Bunda chegara muhim emas.

  • Fikrlash
  • Fikrni dalilash
  • Munosabat
  • Puplisistik uslub

Esse uchun so’zlar, maqollar.

1. «Tirishgan tog‘ oshar»
2. «Ish quroling soz bo‘lsa, mashaqqating oz bo‘lur»
3. «Olim bo‘lish oson, odam bo‘lish qiyin»
4. «O‘zga yurtda shoh bo‘lguncha, o‘z yurtingda gado bo‘l»
5. «Har yerni qilma orzu, har yerda bor tosh-u tarozu»
6. «Qush uyasida ko‘rganini qiladi»
7. «Til bilmoq – dil bilmoq»
8. «Qing‘ir ishning qiyig‘i qirq yildan keyin ham oshkor bo‘ladi»
9. «O‘limdan boshqa har narsaning chorasi topiladi»
10. «Ko‘rpangga qarab oyoq uzat»
11. «Bilmas tabib jon olar»
12. «Har kim o‘z rizqi bilan»
13. «Sharmadaga shahar keng»
14. «Asalning ham ozi shirin»
15. «Kimgadir yoqar lola, kim atirgul shaydosi»
16. «Bir tovuqqa ham don kerak, ham suv»
17. «Oyni etak bilan yopib bo‘lmaydi»
18. «Har to‘kisda bir ayb»
19. «Yetti o‘lchab, bir kes»
20. «Adolat qilichi kesgan qo‘l og‘rimas»
21. «Erka tutsa onasi, taltayadi bolasi»
22. «Bir sinalgan tajriba yetti kitobdan afzal»
23. »Olmaning tagiga olma tushadi»
24. «Har kim o‘z ko‘ngli tortgan oshni ichadi»
25. «Kelinni kelganda ko‘r, sepini yoyganda ko‘r»
26. «Qiz bergan xonadonga qirq yil tegma»
27. «Besh qo‘l barobar emas»
28. «Maslahatli to‘n tor kelmas»
29. «Ikki yorti – bir butun»
30. «Bir bolaga yetti mahalla ota-ona»
31. Birinchi fazogir ayol Valentina Tereshkova;
32. «El-yurt umidi» jamg‘armasi;
33. Tashqi ishlar vazirligining statistik hisoboti;
34. Yoshlar ishlari agentligi;
35. Yaponiyalik sharqshunos-professor Ubaydulla Rahmonov;
36. Rossiyalik ishbilarmon Alisher Usmonov;
37. Avstriyalik tibbiyot professori Feruz Husanov;
38. «Asaxiy books» nashriyoti;
39. «Ekosan» jamg‘armasi;
40. Oliy Maslis Senati raisi Tanzila Norboyeva;
41. «Uzum», «OLX» va «Aliexpress» internet platformalari;
42. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining WWW.natlib.uz sayti;
43. YUNICEF va boshqa xalqaro tashkilotlar;
44. «Yoshlar ovozi» gazetasi;
45. Hindiston yo‘lboshchisi Indira Gandi;
46. Germaniya sobiq kansleri—-»Temir xonim»—–Angela Merkel;
47. Taniqli yapon biznesmeni va yozuvchisi Masaru Ibukaning «Uch yoshdan keyin kech»
kitobi;
48. «The New York Times» nashriyoti;
49. Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v) o‘z ona tilini qo‘yib o‘zga tilni afzal ko‘rgan
kishilarni o‘z otasi bo‘la turib begonani ota deb bilgan kimsalarga o‘xshatganlar
50.Abdulla Avloniy ta’biricha, «sochi pahmoq, so‘zi to‘qmoq» ayollar;
51.Abdulla Avloniy yozganidek: «Har bir millatning dunyoda borligini ko‘rsatadurgan oyinayi
hayoti til va adabiyotdur. Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini yo‘qotmakdur»
52. Sh. M. Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek: « Ta’limga yo‘naltirilgan sarmoya – eng samarali
investitsiyadir»
53.Jaloliddin Rumiy aytganidek: «Uch narsani tanlashda zinhor adashma: ishingni, umr
yo‘ldoshingni va do‘st-birodarlaringni»
54.Jaloliddin Rumiy ta’kidlaganidek: «Eng buyuk xatolarni eng aqllilargina qiladi»
55.»Moziyga qaytib ish ko‘rmoq xayrlidir»
56 Barcha——>yosh-u qari
57 Internet——>o‘rgimchak to‘ri
58. Dunyo——–>raqamlashgan dunyo
59. O‘z fikriga ega bo‘lmaganlar—>manqurtlar
57. Ayol—->ro‘zg‘or o‘chog‘ining parvonasi
60. Ayol—–>farzand uchun eng oliy madrasa»
61. nosog‘lom muhit—->mahalliychilik, qog‘ozbozlik va korrupsiya
62. Mualliflik huquqining buzilishi—->«ko‘chirmakashlik kasalligi»
63. Televizor—->zangori ekran
64. Huquqshunoslar—–>adolat qilichini mahkam tutgan huquqshunoslar
65. O‘qituvchilar—->ta’lim jonkuyarlari
66. Shifokorlar—>salomatlik posbonlari
67. O‘quvchi—->ilmi tolib

Tavsiya etamiz: Insholar to’plami

Muallif: Urunboyev Jo’rabek