Домой Foydali Imtihondan yiqilmasdan muvaffaqiyatli o’tishning siz bilmagan 5 ta siri.

Imtihondan yiqilmasdan muvaffaqiyatli o’tishning siz bilmagan 5 ta siri.

Imtihondan yiqilmasdan muvaffaqiyatli o'tishning siz bilmagan 5 ta siri.

Sahifamiz orqali Imtihondan muvaffaqiyatli o’tish sirlari va imtihon oldidan nimalar qilish haqida batafsil keltirilgan.

Imtihondan muvaffaqiyatli o’tish.

Imtihondan yiqilmasdan muvaffaqiyatli o’tishning siz bilmagan 5 ta siri.

  1. Imtihonga bir kun qolganda  miriqib dam oling. Imtihondan muvaffaqiyatli o’tish uchun Barcha  kitoblaringizga dam berib o‘zingiz ham hordiq chiqaring. Istirohat bog‘ida, do‘stlaringiz davrasida kuningizni mazmunli o‘tkazishga harakat qiling.
  2. Barcha noxushliklarni unuting. Xayolingizda o‘rnashib olgan, dilingizga qo‘rquv va hayajon solayotgan “Orzu-maqsadimga erisha olarmikanman?”, “Men bilmagan qiyin savollar tushib qolsa-chi?”, “Imtihondan o‘tolmay qolsam-chi?” kabi salbiy fikrlarni chiqarib tashlang.  Inson qila olgan ishni inson qiladi. Shuncha abituriyent talaba bo‘lganida nega siz bo‘lolmas ekansiz?!
  3. Kayfiyatni maksimal ko‘taring. Barcha qo‘rquv va hayajonlarni unutib, kayfiyatiningizni ko‘tarishga harakat qiling. Do‘stlar bilan hazil-mutoyiba qiling. Kayfiyatni ko‘taruvchi filmlar ko‘ring. O‘zingiz yoqtirgan musiqalarni tinglang. Kayfiyatni ko‘tarishning yana bir oddiy usuli bolajonlar bilan o‘yin o‘ynang. Ishoning, beg‘ubor bolalik o‘yinlari hamma qo‘rquvlarni unutib, kayfiyatingiz ko‘tarilishiga katta yordam beradi.
  4. Ishonch bu – yarim g‘alaba. O‘zingizga ishoning. Albatta,  talaba bo‘laman deya o‘zingizni ishontiring. Xayolingizda yangi o‘quv yili boshlanib, o‘zingiz orzu qilganingizdek talaba bo‘lib yurganingizni tasavvur qiling. Kurs ishlari, topshiriqlar ichida o‘ralashib yurganingizni his qiling.
  5. Taomnomangizga eʼtibor qarating. Bir kun avval va imtihon kuni taomnomangizga e’tiborliroq bo‘ling. Iloji boricha kofe va shirinliklar iste’mol qilmaganingiz ma’qul. Shuningdek, qovurilgan va yog‘li taomlar tanovul qilish ham tavsiya etilmaydi. Chunki, bu taomlar imtihon kuni sizni lohas qilishi mumkin.

Tavsiya etamiz:  Germaniyada ta’lim tizimlari.