Sahifamiz orqali yurtimizning Buyuk allomalar, siymolari haqida batafsil ma’lumot olishingiz mumkin. Buyuk allomalar ismlari, rasmlari va ularga atalgan dars ishlanma va slaydlar to’plami.
Buyuk allomalar haqida.
O‘zbekiston –Markaziy Osiyoning yuragi va u jahon ilm-fan rivojiga benazir hissa qo‘shgan buyuk allomalar vatani. O‘tgan davr mobaynida jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin egalladi.
Ushbu muqaddas zaminda ilm-fan taraqqiyotiga benazir hissa qo‘shgan Alisher Navoiy, Zahriddin Muhammad Bobur, Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Abu ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Mirzo Ulug‘bek, Umar Xayyom, Al Farg’oniy, Al Farobiy va yana bir qator shu kabi buyuk allomalar yetishib chiqqan.
O‘zbekiston rahbariyatining ajdodlarimiz qoldirgan boy madaniy me’roslarini ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash va kelgusi avlodlarga yetkazish borasida amalga oshirayotgan xayrli ishlari O‘zbekistonning izchil rivojlanib borayotganida muhim omillardan bo‘lmoqda.
O`zbek xalqi ma`naviy dunyosining shakllanishiga g`oyat kuchli va samarali ta`sir ko`rsatgan ulug` zotlardan biri — bu Alisher Navoiy bobomizdir. Biz uning mo«tabar nomi, ijodiy merosining boqiyligi, badiiy dahosi zamon va makon chegaralarini bilmasligi haqida doimo faxrlanib so`z yuritamiz.
Tavsiya etamiz: Alisher Navoiy tadbir senariysi
Alisher Navoiy she’riyat mulkining sultoni.

Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyandasi, millatimizning g`ururi, sha`nu sharafini dunyoga tarannum qilgan o`lmas so`z san`atkoridir.
Ta`bir joiz bo`lsa, olamda turkiy va forsiy tilda so`zlovchi biron-bir inson yo`qki, u Navoiyni bilmasa, Navoiyni sevmasa, Navoiyga sadoqat va e`tiqod bilan qaramasa.
Inson qalbining quvonchu qayg’usini, ezgulik va hayot mazmunini Navoiydek teran ifoda etgan shoir jahon adabiyoti tarixida kamdan-kam bo’ladi.
Buyuk shoir va mutafakkir Navoiy barcha turkiy xalqlarning eng buyuk shoiridir. Chunki u o’zini “Xitoydan to Xuroson” gacha yoyilgan turkiy “qavm” (el, urug’)larning shoiri, deb bildi. Ularni bir adabiy til bayrog’i ostida birlashtirdi, “yakqalam” qildi. Bu bilan millatning iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy ravnaqiga katta ta’sir ko’rsatdi.
Zahriddin Muhammad Bobur shoh va shoir.
(1483 – 1530)

«Bobur fe’li-sajiyasiga ko‘ra Sezarga qaraganda sevishga arzigulikdir». Eduard Xolden.
Bobur (arabcha, «sher») 1483 yil 14 fevradda Farg‘ona viloyatining poytaxti Andijonda tug‘ilgan. Otasi Umarshayx 1494 yil 9 iyunda Axsi qo‘rg‘onida jardan kabutarxonasi bilan qulab, halok bo‘ladi (39 yoshida). Boburning shajarasi quyidagicha: Umarshayx Mirzo – Abdusaid Mirzo – Sulton Muhammad Mirzo – Mironshoh – Amir Temur. Onasi Qutlug‘ Nigorxonimning otasi Toshkent hokimi Yunusxon esa o‘zbeklashgan mo‘g‘ul urug‘idan bo‘lib, 12 avlod bilan Chingizxonga tutashgan.
Imom al-Buxoriy hadis ilmining sultoni.

Imom Ismoil al-Buxoriy – taniqli muxaddis olim, hadis ilmining sultoni. Hadis ilmiga o‘zining aql-zakovatini baxshida etishi, islom dunyosining eng buyuk allomalaridan biri sifatida tanilishida katta hissa qo‘shdi. Yosh avlodni diniy qadriyatlarimizga, an’analarimizga, sadoqat ruhida tarbiyalashda Buxoriyning boy ma’naviy merosi tarbiyaviy ahamiyatga molik.
Tavsiya etamiz: Zahiriddin Muhammad Bobur g’azallari
Imom Ismoil al-Buxoriy – taniqli muxaddis olim, hadis ilmining sultoni. Hadis ilmiga o‘zining aql-zakovatini baxshida etishi, islom dunyosining eng buyuk allomalaridan biri sifatida tanilishida katta hissa qo‘shdi. Yosh avlodni diniy qadriyatlarimizga, an’analarimizga, sadoqat ruhida tarbiyalashda Buxoriyning boy ma’naviy merosi tarbiyaviy ahamiyatga molik.
Buxoriyning to’liq ismi Abu Abdilloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim ibn al – Mag’iyra ibn Bardazbeh al – juafiy al – Buxoriy bo’lib, u hijriy hisobda 194 yil shavvol oyining 13-kuni (810 yil 20 iyul)da Buxoro shahrida tavallud topgan.
Boshqa ko’pgina olimlardan farqli o’laroq al-Buxoriy tug’ilgan sana aniq ko’rsatilishiga sabab shuki, uning otasi Ismoil o’z davrining ilmli odamlaridan bo’lib, o’g’lining tug’ilgan kunini o’z qo’li bilan yozib ketgan qog’oz zamondosh olimlar ixtiyoriga Yetgan va shu xususda ham uning aniqligiga hech shubha yo’q. Al-buxoriy yoshligidanoq otasi vafot etib, onasi tarbiyasida o’sgan.
Abu Ali Ibn Sino buyuk siymo.
(990-1037)

Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatini O‘rta asr sharoitida dunyo madaniyatining oldingi qatoriga olib chiqqan buyuk mutafakkirlardan biri-Abu Ali Ibn Sino bo‘lib Ovropada Avitsenna nomi bilan mashhurdir.
Abu Ali ibn Sino ilm taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan, O‘rta Osiyo tuprog‘idan yetishib chiqqan buyuk allomalarimizdan biridir. Buyuk allomaning fanlar olamida tajriba o‘tkazmagan va qalam tebratmagan sohasi yo‘q desa ham bo‘ladi, ayniqsa tibbiyot xazinasiga qo‘shgan ulkan hissasi bebahodir. Ibn sino ko‘p qirrali ilm sohibi bo‘lgan buyuk siymodir.
Tibbiyot olamida Ibn Sinoning tabarruk nomi Gippokrat va Galen kabi buyuk allomalar bilan bir qatorda turadi. Ibn Sinoning otasi abdulloh katta boy bo‘lib o‘sha davrda podshoxga soliq teradigan vazirlardan bo‘lgan Somoniylar davrida Afshona katta shaharlar sirasiga kirgan va shahar ichida qal’a ham bo‘lgan.
Soliq yig‘ish uchun uning otasi Abdulloh Buxoroga kelgan. Tabobat ilmining sultoni bo‘lmish Ibn Sino Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog‘ida tug’ilgan. 5 yoshgacha Ibn Sino Afshona qishlog’ida Ibn Sino keyin oilasi bilan birgalikda Buxoroga ko‘chib kelgan.
Buyuk olimning qilgan xizmatlarini, jahonning ilnm ahli e’zozlaydi. Buyuk bobokalonimiz Abu Ali Ibn Sino sharafiga mashhur shved botanigi Karl Linney (1707-1778) tropik mamlaktlarda dengiz suvida ham o‘suvchi va doimo yashil holda qoladigan darxt nomini Avitsenna deb atagan. Shuningdek, 1956 yil yurtimizda topilgan yangi mineral ham ulug’ ajdodimiz sharafiga Avitsennit deb nomlangan.
Abu Rayhon Beruniy qomusiy olim.
(973-1048)

Abu Rayhon Beruniy Muhammad ibn Ahmad Xorazmning Kot shahrida (hozirgi Qoraqalpog‘iston avtonom respublikasidagi Beruniy tumani) tug‘ilgan. O‘rta asrning buyuk qomusiy olimi.
Beruniy 362 xijriy yili (973-yil) Xorazmning qadimgi Kat shahrida tug‘ildi. U yoshligidanoq ilm fanga juda qiziqqan, qobiliyatli, juda mehnatkash bo‘lgan, bir qancha tillarni –sug’diy, fors, hind, yunon va qadimgi yahudiy tillarini ham o‘rgangan. U nafaqat hindiston tarixini, madaniyati xatto sanksrit tilini ham o‘rgandi.
Beruniy tabiat fanlarining rivojiga bebaho xissa qo‘shgan olimdir. U o‘zining ilmiy asarlaridan dunyoning tuzilishi haqida fikr yuritganda Ptolomey ilmiy asarlarida dunyoning tuzilishi haqida fikr yuritganda Ptolomey fikriga suyansa ham, amalda yerning harakati haqida Ptolomey tartibiga zid keluvchi fikrlarni bayon qiladi.
Tavsiya etamiz: Abu Rayhon Beruniyning tarixiy asarlari.
U “Geodeziya” asarida geosentrizm bilan bog‘liq bo‘lgan nazariyalarning to‘g‘riligiga shubxa bilan qaraganligi ochiqdan-ochiq bayon qilgan. Bu bilan u dunyoning geliosentristik tuzilishi haqidagi nazariyaning ishlashiga xissa qo‘shganlardan biri hisoblanadi.
Beruniy 1030-yilda “Hindiston” nomi bilan mashhur bo‘lgan eng yirik asarini yozadi. Bu asar juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan asar bo‘lib, bu haqida juda ko‘p G‘arb va Sharq olimlari o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirganlar.
U barcha fanlarni, birinchi navbatda, astronomiya, fizika, matematika, geodeziya, geologiya, mineralogiya, etnografiya fanlarini puxta egallagan va bu sohalarda yirik asarlar yaratgan. Uning “Geodeziya”, “Hindiston”, “Qonuni Mas’udiy”, “Saydana” singari mashhur asarlari bor. 1048-yilning dekabr oyida G‘azna shahrida vafot etgan.
Muso al-Xorazmiy haqida.
(783-850)

Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy o‘rta osiyolik buyuk matematik, astronom. Xivada tug‘ilgan, Bag‘dod shahrida vafot etgan. Arifmetika va algebra fanlarining asoschisi. Hozirgi zamonda keng qo‘llanib kelinayotgan “algoritm” atamasi al-Xorazmiy nomidan olingan.
Uning “Al-jabr val-muqobala” (Tiklash va qiyoslash) risolasi ayniqsa mashhur. Bundan tashqari, uning “Ustunlar haqida risola”, “Quyosh soatlari to‘g‘risida risola”, “Tarix risolasi”, “Musiqa risolasi” singari asarlari bor.
Axmad al-Farg’oniy
(IX asr)

O‘rta asrlarda tabiiy-ilmiy bilimlar rivojiga juda katta hissa qo‘shgan, keyinchalik asarlari G‘arb olimlari tomonidan chuqur o‘rganilgan Abdul Abbos Axmad ibn Muhammad ibn Kasr al-Farg‘oniyning tarjimai holi to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar juda oz. U taxminan 797 yilda Farg‘onada tug‘ilgan va taxminan 865 yilda vafot etgan (qayerdaligi noma’lum).
Axmad al-Farg‘oniy Damashqda, Kohirada, Bag‘dodda “Bayt ul hikma” – “Donishmandlar uyi”da Muso al-Xorazmiy va boshqa buyuk olimlar bilan hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib borgan.
Al-Farg‘oniyning asosiy astronomik asari “Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum kitobi” XII asrda Avropada lotin tilida va XIII asrda boshqa tillariga “Alfraganus” nomi ostida tarjima qilingan. U bir necha asr davomida darslik sifatida xizmat qilgan. XV asrda Avropaning nufuzli universitetlarida astronomiya fani bo‘yicha ma’ruzalar al-Farg‘oniyning xuddi shu asari asosida o‘qilgan.
Tavsiya etamiz: Amir Temur haqida. Tarjimai hol
Abu Nasr Muhammad al-Farobiy haqida.
(873-950)

Sharq falsafasining yetuk vakili – Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Tarxon ibn Uzlog‘ al-Farobiy Sirdaryoning Farob tumanida tug‘ilgan. O‘rta Osiyodan ketguncha Shoshda, Samarqandda va Buxoroda o‘qib ishlagan. Bog‘dodga kelib tibbiyot, mantiq va grek tilini o‘rgangan.
Shuningdek Xaleb va Damashqda ijod qilgan. Al-Farobiy Aristotel, Platon, Yevklid va Ptolemey asarlariga izoh tuzgan. Uning asarlari ibn Sino uchun, Yevropaning o‘rta asrlar falsafasi va fani uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan.
Yevropa uchun Farobiyning ismi lotinlashtirilgan Alpharabius nomi bilan ma’lum. Unga qarashli asarlar: “Geometrik yasashlarga doir qo‘llanma”, “Yulduzlar to‘g‘risida ishonchli va ishonchsiz hukmlar haqida risola”, “Fizika fani elementlari haqida yuqori fikrlar kitobi”, “Ximiya san’atining zaruriyatlari haqida” va boshqalar.
Umar Xayyom haqida batafsil. (1048-1131)

G’iyosiddin Abul Fath ibn Ibrohim Umar al-Xayyom Nishapuri o‘rta osiyolik shoir va olim, matematik, astronom, faylasuf. Nishapurda (Eronning shimoliy qismida) tug‘ilib, uning bolaligi Balxda o‘tgan, hayoti va faoliyati esa Samarqandda, Buxoroda, Isfaxonda kechgan. Ruboiylar (to‘rtliklar) ning ajoyib ustasi.
Matematik asarlari uning o‘z zamonasining buyuk olimligini xarakterlaydi.
Asosiy asarlari – “Arifmetika qiyinchiliklari”, “Algebra va almuqobala masalalarining isbotlari haqida”, “Yevklid kitobining qiyin postulatlariga izohlar”, “Jism tarkibida bo‘lgan oltin va kumushning qiymatini aniqlash san’ati haqida”.
Buyuk allomalar, Buyuk siymolar dars ishlanma, slaydlar to’plami.
Jaloliddin Manguberdi mustaqil ish
Imom al-Buxoriy bo’yicha dars ishlanma
Tavsiya etamiz: Zahiriddin Muhammad Bobur tadbir senariysi














