Zahiriddin Muhammad Bobur tadbir senariysi.14-fevral Boburxonlik bayramiga ssenariylar to’plami.
Bobur tadbir senariysi.
Zahiriddin Muhammad Bobur Senariy
Z.M. Bobur SHOH VA SHOIR BOBOMIZ senariy
Bobur uchun yangi she`riy ssenariy
“Shoh va shoir” mavzusidagi adabiy kecha ssenariysi.
Kecha o‘tkaziladigan zal bayramona ruhda bezatilgan. To‘rda Zaxiriddin Muxammad Bobur portreti , shuningdek, uning she’rlaridan, rivoyatlaridan parchalar yozilgan plakatlar osilgan.
Saxnaga ikki boshlovchi chiqib keladi.
1- Boshlovchi:
Andijon bag‘ridan uchib bir yulduz,
Xindiston tog‘iga gavxardek qo‘ndi,
Otash yuragida aylanar bir so‘z,
Anda jon qoldiki,anda jon qoldi.
2- Boshlovchi:
Dunyo charxpalagi tinmay aylanar,
Talato‘p zamonlar o‘taveradi.
Asrlar qa’ridan so‘z ingranar,
Anda jon qoldiki, anda jon qoldi.
Tavsiya etamiz: Zahiriddin Muhammad Bobur g’azallari
1- Boshlovchi:
Assalomu alaykum, xurmatli mehmonlar, aziz o‘quvchilar. Bugun biz shox va shoir, davlat arbobi xamda buyuk sarkarda Zaxiriddin Muxammad Bobur tavalludiga 525 yil to‘lganligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan ushbu bayram kechasiga to‘plandik.
2- Boshlovchi
Zaxiriddin Muxammad Bobur 1483 yil 14 fevralda Andijonda Umarshayx Mirzo xonadonida tavallud topdi. Saroyda shaxzodalarga xos munosib ta’limtarbiya olgan Bobur otasi vafotidan so‘ng 12 yoshida taxtga o‘tirdi.
1- Boshlovchi
Bobur toj taxt uchun bo‘lgan urushlar tufayli Andijondan chiqib ketib, Xindistonda buyuk boburiylar sulolasiga asos soldi. Xindistona qudratli saltanat o‘rnatgan, davlatning gullab yashnashida katta xissa qo‘shgan sevimli shoirimiz 1530 yil Agra shaxrida olamdan o‘tdi.
2- Boshlovchi
U o‘z umri davomida “Boburnoma”, “Mubayyin-al zakot”(Zakot bayoni),”Xatti Boburi”, “Xarb ishi” kabi ko‘plab nasriy va she’riy asarlar yaratdi.
1- Boshlovchi
Hozir o‘quvchilarimiz tomonidan yod olingan Bobur ruboiylaridan tinglaymiz. (Sahnaga 5ta o‘quvchi zarcho‘pon, do‘ppilarda chiqadilar.)
1- o‘quvchi
Davron meni o‘tkardi saru samondin,
Ayirdi meni bir yo‘la xoni mondin.
Gax boshima toj, gax baloyi ta’na,
Nelarki boshimga kelmadi davrondin.
2- o‘quvchi
Xar ishda shitob qilmagaysan,
Bu demak murodga yetmagaysan.
3- o‘quvchi
Birovnikim birovdin ko‘ngil qolur,
Kishi yuz so‘z birla ko‘nglin olur.
4-o‘quvchi
Yod etmas emish kishi
mehnatda kishi,
Shod etmas emish kishini
g‘urbatda kishi.
Ko‘nglim bu g‘ariblig‘ta shod
o‘tmadi xech,
G‘urbatda sevinmas emish albatta
kishi.
5- o‘quvchi
Necha nafing‘a bo‘lursan tobe,
Necha umringni qilursan zoye.
Boshlovchi:
Endi tadbirimizga tashrif buyurgan tarixchi olimimizga so‘z beraz.
Boshlovchi: Rahmat.
Hozir, Uspenskiy nomli maxsus musiqa Akademik litsey maktab internati o‘quvchilari tomonidan tayyorlab kelingan qo‘shiq ijro etiladi.
1- Boshlovchi:
Bobur Hindistonda shox bo‘lsada, bir umr Vatanim, uning tuprog‘ini bag‘rikeng odamlarini sog‘inib yashadi.
2- Boshlovchi:
U o‘zga yurt toji taxtidan Vataning bir siqim tuprog‘ini afzal deb bildi. Shoir g‘azallarida, ruboiylarida armonga aylangan Vatan sog‘inchini xis etamiz.
(Maktab o‘quvchilari tomonidan kichik saxna ko‘rinishi namoyish etiladi.)
Mayin musiqa yangraydi.
Bobur taxtda o‘tiribdi. Atrofdagi uch-to‘rt mulozimlari bilan mamlakatdagi siyosiy axvol, soliqlar to‘g‘risida suxbatlashmoqda. Shunda soqchi kelib bir kishi Boburning xuzuriga kirish uchun izn so‘rayotganini aytadi.
Bobur:-Ruxsat, xuzurimga olib kelingiz.(Notanish kishi qo‘lida qovun bilan kirib keladi va ta’zim qiladi.)
Kishi: Assalomu alaykum,xazratim. (Ta’zim keltiradi.) Men savdogarman. Sizning xuzuringizga kelishimdan maqsad Andijondan keltirilgan qovundan olib keldim. Ona yurtimizdan olib kelingan bu ne’matdan totib ko‘ring, xazratim. Zora sog‘inchingizga malham bo‘lsa. (Bobur sekin taxtdan tushib kelib titroq qo‘llari bilan qovunni oladi. Uni uzoq xidlab yuz ko‘zlariga surtadi va o‘ta g‘amgin xolda gapiradi.)
Bobur: Rahmat, sizga. Vatanimning xush bo‘ylarini olib kelgan bu qovunda Andijon shamoliyu , musaffo xavosini, tabarruk tuprog‘ining isini, beqiyos ekinzorlarining go‘zalligini,bolaligim o‘tgan go‘zal vodiylarmanzarasi,dilkash xalqimning nafasini, ota-onam mexrini tuydim. Kindik qonim to‘kilgan Vatan –mening beshigim, sog‘inchim va tuganmas armonlarimdir.
Tole yo‘qki jonimga balolig‘ bo‘ldi,
Har ishniki ayladim, xatoliq bo‘ldi.
O‘z yerni qo‘yib, Hind zori yuzlandim,
Yo,rab, netayin, ne yuz qarolig‘ bo‘ldi.
1Boshlovchi: Buyuk shoir Zahiriddin Muhammad Bobur she’riyati o‘zining nodir va badiiy qimmati bilan ham adabiyotimizda katta o‘rin egallagan.
2 Boshlovchi: Ha, Bobur iymoni butin inson bo‘lgan, ana shu e’tiqod, uning o‘z iqroriga ko‘ra, uni doimo turli balo-qazolardan muhofaza qilgan.
Dunyoning tilagi, samari ham biz,
Aql ko‘zin qarosi, javxari ham biz.
To‘garak jahonni uzuk deb bilsak
Shaksiz, uning ko‘zi, gavhari ham biz.
1 Boshlovchi: Mumtoz adabiyotimiz, tarixiy asarlarimizni mutolaa qilishdan maqsadimiz undagi zarra zarra ganjinlarni bugungi yoshlarimiz ongiga yetkazib, hayotda to‘g‘ri, jamiyat uchun manfaatli yo‘lga kirishlariga ko‘maklashishdir.
Hurmatli mehmonlar, aziz o‘quvchilar bugungi kechamizni Zahiriddin Muhammad Boburning so‘zlari bilan yakunlasak.
Unda kishi umrini mazmunli, barakali,o‘zidan keyin dog‘ va malomat qoldirmasdan yashashi, bu zaminda yashashdan maqsad, odamlarni ezgulikka yetaklash garovi bor. Unga amal qilish hammamizga nasib etsin: “G‘arazkim, bu dunyoda ushmundoq nimalar qolur, har kim aqildin bahravar bo‘lsa, nega andoq harakatga iqdom qilg‘aykim,andik so‘ng yomon degaylar va har kishiga hushdin asari bo‘lsa, nega andoq amrga iqdom va ehtimom qilmag‘aykim, qilg‘ondin so‘ng mustahsin degaylar. “ Zikri nomero hakimon umri seni guftaand”. ( Mazmuni: Shuhrat bilan yodlanishni hakimlar ikkinchi umr demishlar”.). Shu bilan Bobur tadbir senariysi o’z nihoyasiga yetdi. Hammaga rahmat.
Boburxonlik tadbiri uchun qo’shiq.
Tavsiya etamiz: Alisher Navoiy tadbir senariysi














