Bosh sahifa ssenariylar to'plami Alisher Navoiy tadbir senariysi

Alisher Navoiy tadbir senariysi

0
Alisher Navoiy tadbir senariysi

Fevral oyi she’riyat mulkining sultoni, Mir Alisher Navoiy  bobomizning tavallud topgan kunlari munosabati bilan Alisher Navoiy tadbir senariysi, ochiq darslar bayoni haqida tanishtiramiz.

9-fevral Tadbir ssenariylar, ochiq darslar.

Alisher Navoiy tadbir

Alisher Navoiy,Bobur sennariy

ALISHER NAVOIY SENARIY

»Navoiy»_va_»Bobur»ga_tadbir_3

»Navoiy»_va_»Bobur»ga_tadbir_1

YANGI SAHNA KO’RINISHI NAVOIYXONLIK

Navoiy ochiq dars

Navoiy ochiq dars

9-fevral uchun mumtoz qo’shiqlar.

Sherali Jo’rayev o’xshamas

Istaram g’azali

Navoiy g’azali mp3

A.Navoiy Bahorin netayin

Navoiy Do’stlar ahli zamondin qo’shiq

Tavsiya etamiz: Alisher Navoiy g’azallari

Alisher Navoiy tadbir senariysi.

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MADHIYASI YANGRAYDI

 SHahnoza:   Salom, dong‘i ketgan diyorim,
G‘ururim, nomusim, ham fahru orim.

Gulshoda:    Salom muqaddasim, mo‘tabar jonim,
Qiyosi yo‘q tengsiz O‘zbekistonim.

SHahnoza:   Bir o‘lkaki tuprog‘ida oltin gullaydi,
Bir o‘lkaki qishlarida shivirlar bahor ,

Gulshoda:    Bir o‘lkaki zum ko‘rmasa sog‘inar inson,
Bir o‘lkaki jannatmonand tillarda doston.

Shahnoza:    Bu mening gul misol go‘zal bo‘stonim,
Bu mening betimsol O‘zbekistonim.

Raqsning o‘rni: 7-sinf SHohjaxon Jo‘raev “O‘zbekiston” qo‘shig‘i

Gulshoda: Assalom, Navoiy, g‘azal sultoni
Yetubdur suhbatingiz olmoq mahali.
Siz-la diydorlashmoq zo‘r istak edi,
Muborak yoshingiz bir imkon berdi.

Shahnoza: Buyuk tog‘lar ishra bo‘lib buyukroq,
Suyuk tog‘lar ichra bo‘lib suyukroq
Navoiy ko‘rinar ko‘zimga mening,
Nafasi urilar yuzimga mening.

Shahnoza: Assalomu alaykum ulug‘larni ulg‘aytirgan el farzandlari!

Gulshoda: Tenglar ichra teng diyor bo‘lgan, go‘zallikda beqiyos, mustaqil O‘zbekistonning erkin fuqarolari, assalomu alaykum.

Shahnoza: Barchangizga ma’lumki, Fevral oyi SHe’riyat Mulkining sultoni, Mir Alisher bobomizning hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur bobomizning tavallud topgan kunlari

Gulshoda: Inson aziz xotirasi muqqadasdir. Bu tushuncha mana necha yillardan beri biz avlodlarning ongu shuurida mustahkam o‘rin egallab kelmoqda.

Shahnoza: Shu munosabat bilan Faol tadbirkorlik va innovatsion texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yilida milliy an’ana va qadriyatlarimizni yanada mustahkamlash maqsadi bilan o‘tkazilayotgan “Ajdodlarga munosib avlod bo‘laylik”, deb nomlangan bayram tadbirimizga xush kelibsizlar!

Gulshoda: Ko‘rkam qizlar bobur, botir yigitlar,
Vatan faxri, millat yoqqan chirog‘i.
Yangra diyor madhi jahon elida.
Porla, g‘olib Vatanimning bayrog‘i.

Shahnoza: O‘zbekiston! Alloh o‘zi yaratib butun dunyoni maftun qilgan go‘sha.

Gulshoda: O‘zbekiston! Ro‘yi zamin sayqali, yorug‘ dunyo jannati bo‘lgan diyor.

Shahnoza: Har qarich eri aziz, bir xovuch tuprog‘i muqaddas. Biz ana shu g‘ururimiz, iftixorimiz bo‘lgan betakror Vatanimizda yashayotganimizdan faxr etamiz.

Gulshoda: Keling azizlar, bugun barchamiz o‘tib ketgan xalqimizning aziz insonlarini yod etib, ruhlarini shod etamiz. Bugungi dorilomon kunlarimizga etishishimizga sababchi bo‘lgan insonlarning xotirasiga hamisha xurmat bajo keltiraylik.

Shahnoza: Tadbirimizni ochib berish uchun davraga maktabimiz direktori, hurmatli ustozimiz Tursunova Muxabbatxon ayaga navbatni beramiz

 SHahnoza: O‘zbekiston “YOshlar ittifoqi” majhiyasi
Gulshoda: Raqsida makitbimizning 3-A sinf qizlari.

SHAHNOZA: Alisher Navoiy favqulotda kuchli iste’dod egasi bo‘lgan.

GULSHODA: CHin haqiqat, u 9 yoshidayoq ustozi, Hirotning eng mashhur shoiri, Mavlono Lutfiyni birgina bayti bilan lol qoldirgan.

SHAHNOZA: E’tiboringizga 8-A sinf yigitlari tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishini namoyish etamiz.

Tavsiya etamiz: Alisher Navoiy rasmlari

SAHNA KO‘RININSHINING O‘RNI

FARRUHBEK: Kunlardan bir kuni 9 yoshli Alisher o‘zi mashq qilgan ilk g‘azallarini keksa ustozi Mavlono Lutfiyga ko‘rsatdi.

Alisher (Bobur): Assalomu alaykum, hurmatli ustoz!

Lutfiy (Nursulton): Va alaykum assalom, keling, Alisherbek.

Alisher (Bobur): Ustoz, bir g‘azal mashq qilib erdim, shuni sizga ko‘rsatg‘oni kelg‘on erdim.

Lutfiy: (Nursulton): Juda soz, unday bo‘lsa eshitaylik-chi?

Alisher (Bobur): «Orazin yopqoch ko‘zimdin sochilur har lahza yosh,
Bo‘ylakim paydo bo‘lur, yulduz nihon bo‘lg‘och quyosh».

Lutfiy: (Nursulton) Borakallo, Alisherbek, borakallo. Agar mumkin bo‘lg‘onda erdi, kamina umrim bo‘yi yaratg‘on ijodimni shu bir misra baytingizga almashtirg‘on bo‘lar erdim.

Alisher (Bobur): Qulluq, ustoz, qulluq. Sizning bunday tengsiz bahoyingiz kaminaning ijodga bo‘lgan qiziqishlarini yanada orttiradur. Endig‘i maqsadim, sizdek buyuk she’riyat sohibining ijodi bilan yaqindan tanishish orzusinda erdim.

Lutfiy (Nursulton):  Bosh ustig‘a, Alisherbek, qani bo‘lmasa marhamat! (Shunday deb, ikkovlari sahnani tark etishadi).

SHAHNOZA: Navoiy 60 yillik umri davomida o‘z davrining ijtimoiy-siyosiy  voqeliklarini, inson tuyg‘ularini, uning kamolini, o‘z orzu-tilaklarini boy adabiy ilmiy merosida aks ettirdi.

GULSHODA: Navoiyning  mana shu boy badiiy, ijodiy dahosi o‘z davridan boshlab adabiy hayotimizda alohida bir maktab bo‘lib keldi.

SHAHNOZA: Navoiy yoshligidanoq katta o’tkir zehmga ega edi. Yuqorida uning Lutfiy bilan bo’lgan suhbati orqali ham buni izohini ko’rdik.

GULSHODA: Amir Alisher Saroydagi ko’plab vazirlarni Xusayn boyqaroning oldida beradigan javobgarliklardan saqlab qolgan.

SHAHNOZA: Jumladan barchamizga tashish bo’lgan “Non Isi”, “Dunyodagi eng shirin va eng achchiq narsaning javobi” kabi misollarni keltirishimiz mumkin.

GULSHODA: Navbatni Alisher Navoiy bobomiz nomlari ulug‘langan so‘zlarga bersak.

SHAHNOZA:  Alisher Navoiy XX – XXI  asr olimlari va yozuvchilari talqinida fikrlarni e’tiboringizga havola etamiz.

G’ULOMOV: «Agar bu ulug‘ zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafak-kir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir». ISLOM KARIMOV

FARRUHBEK: Alisher Navoiy dong`i ketgan buyuk shoirgina emas, o`z davrining eng ma’lumotli kishisi, fan va san’atning turli sohalarini asosli egallagan olim va mutafakkir, eng hushyor, eng tadbirli va davlatning istiqbolini ko`ra biluvchi keng qarashli bir siyosatchi ham edi.  Muso Toshmuxammad o‘g‘li Oybek

NURSULTON: O`zbek xalqining buyuk shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy o`lmas «Xamsa» tarkibidagi dostonlari, beqiyos «Xazoyin ul-maoniy»ni tashkil etgan she’riyati, o`n to`rt nomdagi nasriy asarlari bilan adabiyotimizni boyitgan, uni jahon adabiyoti yuksakligiga ko`targan, ilg`or bashariyatning madaniyat xazinasiga ulkan hissa qo`shgan ijodkordir. Suyuma G‘anieva

XUMOYUN: «Tuhfat ul-afkor» qasidasi Alisher Navoiyning shoh asarlaridan biri bo`lib, unda abadul abad ahamiyatini yo`qotmaydigan, hamisha dolzarb g`oyalar ifoda etilgan. Najmiddin Komilov

JAVOHIR: Navoiy muqaddas kitoblardagi olamshumul fikrlardan o`z badiiy asarlarida barakali istifoda etib, islom ta’limotining ommalashishiga, ravnaq topishiga o`zining beqiyos ulushini qo`shgan.  M.Mirzaaxmedov

BOBURJON: Kitobing kirmagan o`zbek elida xonadon yo`qdir,
Ruboiy kuylaring yod bilmagan bir jonajon yo`qdir,
Yetuk avlodlaringdir ilmu donishli, gumon yo`qdir,
Bashar tarixini yuz bor o`qi, bunday zamon yo`qdir,
Ko`ngillarni yoritdik ma’rifatdan mohitob aylab.G’afur G`ulom

MAHMUDJON: Baytingga bir bora qovushgan har lab,
Takrorlab ketgusi mahshargacha to,
Qaratib turibsan bu yon, ne ajab,
Milliard martabali jahonni hatto.   Abdulla Oripov

LUTFULLO: Alisher Navoiy dostonlar va nasriy asarlarini asosan umrining so`nggi yigirma yillarida yaratgan bo`lsa, lirik she’rlarini butun ongli hayoti davomida yozgan. Fozila Sulaymonova

UMIDJON: Navoiy asarlari markazida ezgulik, pok insoniy muhabbat, inson fazilatlarini ulug`lash, tinchlikka, do`stlikka da’vat, vijdon erkinligi singari  g`oyalar turadi.  To‘ra Mirzaev

 SHahnoza: Yulduz Usmonova O‘ynang-o‘ynang qo‘shig‘i
Gulshoda: Raqsida 8-B sinf qizlari.

SHAHNOZA: Bizga ma’lumki, Alisher Navoiy sharq she’riyatining 20 xil janrida ijod qilgan inson.

GULSHODA: Uning turli she’riy janrdagi asarlari o‘z davrida juda ham mashhur bo‘lgan. Hattoki uning muhlislari yozgan asarlarining to‘plab shoirning “Ilk devon”ini nashr etganlar.

SHAHNOZA:  Hozir e’tiboringizga maktabimizning _____ sinf o‘quvchilari tomonidan yod olingan shoir ruboiylariga navbatni beramiz.

MADINA: Shayx Ahmad bin Xudoydod Taroziy «Funun al-balog‘a»  asarida (hijriy 840 – milodiy 1436–1437-yillar) o‘z davridagi o‘nta she’riy janrlarga tavsif beradi.

MAHMUD: Bu janrlar – qasida, g‘azal, qit’a, ruboiy, masnaviy, tarje’, musammat, mustazod, mutavval, fard. Biz yaxshi bilamizki, Navoiy ijodida – ya’ni «Xazoyin ul-ma’oniy» asarida she’riy janrlarning 16 ta xili mavjud. Ularning orasida eng barakalilaridan biri ruboiy ekanligini mutaxassislar ko‘p marta ta’kidlashgan.

G’ULOMOV: «Nazm ul-javohir» («Gavharlar tizmasi») asari, asosan, tasavvuf g‘oyalari targ‘ibiga bag‘ishlangan. Unda tasavvufdagi asosiy tushuncha va tamoyillar nihoyatda sodda va tushunarli tilda talqin qilinadi.

ZILOLA: Masalan, «Otangga rioyat qil – bolangdan qaytadi» hadisi uchun NAVOIY ijodida quyidagi ruboiy keltirilgan:

Farzand ato qullig‘in chu odat qilg‘ay,
Ul odat ila kasbi saodat qilg‘ay,
Har kimki atog‘a ko‘p rioyat qilg‘ay,
O‘g‘lidin anga bu ish siroyat  qilg‘ay.

MADINA: Jonimdag’i «jim» ikki dolingg’a fido,
Andin so‘ng «alif» toza niholingg’a fido.
«Nun»i dog’i anbarin hilolingg’a fido,
Qolg’on ikki nuqta ikki xolingg’a fido.

***

DURDONA: Ko‘z bila qoshing yaxshi, qabog’ing yaxshi,
Yuz bila so‘zing yaxshi, dudog’ing yaxshi,
Eng bila menging yaxshi, saqog’ing yaxshi,
Bir-bir ne deyin, boshdin ayog’ing yaxshi.

***

LUTFULLO: Boshni fido ayla ato qoshig’a
Jismni qil sadqa ono boshig’a
Tun-kuningni ayla nuri posh
Birisin oy ayla birisin quyosh

Tavsiya etamiz: Alisher Navoiy haqida matn

***

JAVOHIR: Zohir sanga — hur, manga — jonona kerak,
Jannat — sanga bo‘lsun, manga — mayxona kerak.
Mayxona aro soqi-yu paymona kerak,
Paymona necha bo‘lsa to‘la, yona kerak

***

JASMINA: Jondin seni ko‘p sevarmen, ey umri aziz,
Sondin seni ko‘p sevarmen, ey umri aziz.
Har nenikim sevmak ondin ortuq bo‘lmas,
Ondin seni ko‘p sevarmen, ey umri aziz.

***

ASADBEK: Yo‘q dahrda bir besar-u sorson mendek,
O‘z holig’a sargashta-yu hayron mendek.
G‘am ko‘yida xonumoni vayron mendek,
Ya’niki, aloxon-u alomon mendek.

***

MUHARRAM: Ey jism, aning ko‘yini paydo qilako‘r,
Ey ko‘ngul, o‘shal ko‘yni dil yo qilako‘r.
Ey ko‘r, sen aning yuzin tamosho qilako‘r,
Ey ashk, aning ko‘yi sari oqilako‘r.

OSIYO: Jahon ganjig’a shoh erur ajdaho
Ki, o’tlar sochar qahri hangomida.
Aning komi birla tirilmak erur
Maosh aylamak ajdaho komida.

DILBAR: Tengri xonin ochuq aqida qilib,
Xalqdin ro‘ziy istagan gumroh
Uyladurkim dengiz qirog‘inda
Ro‘za ochmoqqa kimsa qozg‘oy choh.

NASIBA: G‘urbatda g‘arib shodmon bo‘lmas emish,
El anga shafiqu mehribon bo’lmas emish
Oltun qafas ichra gar qizil gul bitsa,
Bulbulg‘a tikandek oshiyon bo‘lmas emish.

Sahna ko‘rinishining o‘rni

(8-A sinf o‘quvchilari)

 

(RAQSNING O‘RNI)

______________________________________________________________

Raqsida 6-sinf o‘quvchilari

 SHahnoza: Bir to‘kilib tag‘in qomad tikladik
Elkalarga millat yukin yukladik
Ozod vujudlarda rux buldi bino
Binolar o‘rnida davlat tikladik
Qaykun dildan o‘chdi qadirdon kalom
Dunyolarni quchdi o‘zbek degan nom

Gulshoda: Olam keng ellar ko‘p dunyoda
Xar elga o‘z yurti, diyori  aziz
SHukurkim mening peshonamga
Quyoshli diyor bo‘ldi nasib.
Men diyorimni yozsam bo‘lmog‘i kerak
Osmoni oq qog‘ozu Dengiz siyoxdan
U quyoshday hayotbaxsh munis
Zaminu-zamiri tugalmas kondur
Jannat deb atalgan O‘zbekistondir.

SHahnoza: Navbatni Alisher Navoiy g‘azallariga bersak.

Gulshoda: Davraga 8-A sinf o‘quvchilarini taklif etamiz.

«O‘N SAKIZ MING OLAM OSHUBI AGAR BOSHINDADUR»

O‘n sakiz ming olam oshubi agar boshindadur,
Ne ajab, chun sarvinozim o‘n sakkiz yoshindadur.

Desa bo‘lg‘aykim, yana o‘n sakiz yil husni bor,
O‘n sakiz yoshinda muncha fitnakim, boshindadur.

O‘n sakiz yil, dema, yuz sakson yil o‘lsa, uldurur
Husn shohi, ul balolarkim ko‘zu qoshindadur.

Hayrat etmon husnu naqshidaki, har hayratki bor,
Borchasi Ezid taolo sun’ naqqoshindadur.

Tan anga siym-u, ichinda tosh muzmar ko‘nglidin,
Aqlg‘a yuz hayrat ul oyning ichu toshindadur.

May ketur, ey mug‘ki, yuz hayrat aro qolmish Masih,
Bul’ ajablarkim, bu eski dayr xuffoshindadur.

To Navoiy to‘kti ul Oy furqatidin bahri ashk,
Har qachon boqsang, Quyosh aksi aning yoshindadur  “Badoye’ ul-vasat”ning 156-g‘azali.

EY sabo G’azali

 Ey sabo , holim borib sarvi xiromonimg‘a  ayt,
Yig‘larimning shiddatin gulbargi xandonimg‘a ayt.

Buki aning ahd-u paymonida men o‘lsam dag‘i
Yaxshi fursat topsang, ul bad  ahd-u paymonimg‘a ayt

Buki aning zulfi zunnorida  dinim hosili
Kufr ila bo‘lmish mubaddal , nomusulmonimg‘a ayt.

Buki qilmishmen jahon-u jonni aning sadqasi,
Yuz tuman jon-u jahondin yaxshi jononimg‘a ayt.

Buki yuz jon sadqasi qilsam pushaymon bo‘lmag‘um,
Vaslig‘a bir va’da qilg‘andin pushaymonimg‘a ayt.

Buki yuz ming fitna ko’zlik bo’lsa paydo onsizin
Qilmag‘um nazzora  hargiz ko‘zi fattonimg‘a  ayt.

Buki chok aylab yoqa, usruk chiqar el qasdig‘a,
Men o‘lub el jon topar, beboki  nodonimg‘a ayt.

Dahr bog‘i  gullari husnin vafosiz erkanin,
Yuzi gul, jismi suman , ko‘yi  gulistonimg‘a ayt.

Ey Navoiy, hech gulshanning seningdek xushnavo
Bulbuli yo‘q erkanin shohi suxandonimg‘a  ayt.

Shahnoza: Jahonki muqaddas neni ko`ribdi,
Bariga onasan, ey qodir hayot.

Asrlar qa’ridan boqib turibdi,
Nurli bu yuzlarga nuroniy bir zot.

Gulshoda: Shu buyuk o`g`lingni ardoqlab dildan,
Xalqim, ta’zim etsang arzigay tamom.
Uning nomi bilan birga bitilgan
Dunyo daftariga o`zbek degan nom.

SHAHNOZA: Navbatni 8-a va 8-b sinf o‘quvchilari o‘rtasidagi baxr-u bayt bellashuviga beramiz

GULSHODA: Davraga o’quvchilarni taklif etamiz.

SHANOZA: Mir Alisher o‘z davridayoq buyuk daholar safidan mustahkam o‘rin olib, o‘zbek nomini jahonga mashhur qilib, ona xalqimiz timsoliga aylandi, uning ummon qadar bepoyon ijodidan har kim o‘z iste’dodiga yarasha bahramand bo‘ladi. Zero, Navoiyning har bayti hikmatli bir kitob.

GULSHODA: Biz shunday ulug‘ mutafakkir shoirimiz borligidan faxrlanamiz, iftixor qilamiz. Bugungi tadbirimiz Navoiyga, she’riyat dahosiga bo‘lgan ehtiromimizning bir ko‘rinishidir. Barchamizga, adabiyot ahliga she’riyat bayrami muborak bo‘lsin.

SHAHNOZA: Birin-ketin o‘tib borar asrlarning karvonlari,
Oh, nechog‘lik xatarlidir uning oshar dovonlari,
Inson zoti murodiga azal-abad etar edi.
Ushalsa gar umidvor zot Navoiyning armonlari,

GULSHODA: Fursat keldi do‘stu g‘anim kimligini bilay bu kun.
Jami bashar farzandiga saodatlar tilay bu kun,
Ko‘kka boqib sahar chog‘i iltijolar qilay bu kun,
Nurga to‘lsin aziz bobom, Navoiyning makonlari.

(RAQSNING O‘RNI)

Iroda Dilroz – Mustahzod qo‘shig‘i
Raqsida – 8-A sinf qizlari.

Tavsiya etamiz: Alisher Navoiy ruboiylari