Balli qizlar tanlovi tadbir ssenariysi

0
Balli qizlar tanlovi tadbir ssenariysi

8-mart bayrami uchun Balli qizlar tanlovi tadbir ssenariysi.

Balli qizlar tanlovi tadbir ssenariysi.

“Balli qizlar”  ko’rik tanlov senariysi

Shartlar:

  1. Tabrik qismi
  2. Moda ko’rinishi
  3. O’yin (Buxorocha)
  4. She’r (mavzuga oid)
  5. Dasturxon tuzash
  6. Sahna ko’rinishi (Mavzuga oid)
  7. Tort bezash
  8. Ovqat pishirish

1-shart

  1. Bu cheksiz davlati ma’mur
    Buxorodan, Buxorodan.
    Bu tengsiz san’ati manzur
    Buxorodan, Buxorodan
  1. Nigohi sizni lol etsa
    So’zi oshufta hol etsa
    Biling bu orazi suqsur
    Buxorodan, Buxorodan

Assalomu alaykum qalbi daryo ustozlar, aziz maktabdoshlar. Biz bugun azim Buxoroning nufuzli ilm maskani bo’lmish qadrdon maktabimiz sahnasida “Balli qizlar” ko’rik tanlovlarini o’tkazyapmiz.  Biz  va sinf qizlari o’zimizning kuch va mahoratimizni sinamoqdamiz.

Bizning qizlar otalarning erkasi
Bizning qizlar onalar yordamchisi
Bizning qizlar lobar, chevar,
Bizning qizlar mehnatsevar

Bizning guruh:    ………

Bizning shior: Intilganga tole yor
Keling do’stlar tanishaylik yaqindan
Keling do’stlar bellashaylik adolatdan
(Yana mavzuga oid she’r va qo’shiqlar, o’yinlar ijro etiladi)

Tavsiya etamiz: Navro’z bayrami ssenariysi

2-shartda har bir mofda namoyishiga chiqqan qizga uning xarakteriga moslab boshlovchi she’r o’qiydi:

  1. Budur bizning Saida
    Uzun sochli xushqomat.
    Iqtidorli u juda
    Unga tilaymiz omad
  1. Budir bizning Sakina
    Daftarlari to’la besh
    U urishqoq va ishchan
    Omad bo’lsin unga esh
  1. Budir bizning Nigora
    Puxtadir qilgan ishi
    Zukkolikda tengi yo’q
    G’olib bo’lish xoxishi
  1. Budir bizning Madina
    Intiluvchan u har on
    Darrov qiladi gina
    Biroq juda mehribon
  1. Budir bizning Ferangiz
    U bo’lajak raqqosa
    Shuni bilib qo’yingiz
    U uyalchangdir rosa
  1. Budir bizning Munavvar
    Qalbi tongday beg’ubor
    Bilimdonlikda sarvar
    “Intilish” unga shior
  1. Budir bizning Gulbahor
    Qalbi she’r bilan hamroh
    U oq kongil, odobli
    She’ridan olar panoh
  1. Budir bizning Sharofat
    Nozikkina, erka qiz
    So’zlashi jonga rohat
    U oilada yolg’iz

3-shart bo’yicha qizlarning raqs mahoratlari namoyish etiladi va hakamlar tomonidan baholanadi

  1. Shart

-She’riyat qadim buyuk so’qmoq ekan….. degan ekan bir shoir. Darhaqiqat she’riyat ummoni  keng, sarhadlari cheksiz. Bizning qizlar she’riyatga juda qiziqishadi. Sizlarga hozir   Muhammad Yusufning “Yurtim ado bo’lmas armonlaring bor.”  She’rini aytib bermoqchimiz. Marhamat tinglang

  1. shart Dasturxon tuzash-ushbu shartda qizlarning qanday mehmon kutishlari, yoki qanday dasturxon ustini bezashlari sinovdan o’tkaziladi. Bunda har bir narsaning qayerda va qanday joylashtirilganiga hakamlar hay’ati qat’iy e’tibor berishlari zarur.
  2. shart. Sahna ko’rinishida mavzudan kelib chiqqan holda qizlarning aktiyorlik mahorati kuzatiladi.
  3. shart Tort bezashda sharoitdan kelib chiqib, qizlar buni og’zaki tushuntirsalar ham bo’ladi
  4. shart Ovqat pishirish shartida qizlarga maxsus konvertlar beriladi. Konvertlar ichida ma’lum bir yoki ikkita ovqatning nomi yozilgan bo’ladi. Qizlar shu ovqatlarning qanday tayyorlanishi haqida tushunchaga ega bo’lishlari kerak. Hakamlar hay’ati ushbu shartni baholashda mahsulotlar ketma-ketligi va  necha kishiga mo’ljallanganligiga e’tibor beradilar.

Tavsiya etamiz:8-mart uchun sherlar

Balli qizlar ko’rik tanlov

Balli qizlar ko’rik

Копия Балли қизлар

Balli qizlar ssenariy

“BALLI QIZLAR

“BALLI QIZLAR” KO’RIK TANLOV SENARIYSI

Balli qizlar” ko’rik tanlov senariysi

Tavsiya etamiz: Zulfiya tadbir ssenariysi