Bosh sahifa ssenariylar to'plami Zulfiya tadbir ssenariysi

Zulfiya tadbir ssenariysi

0
Zulfiya tadbir ssenariysi

Zulfiya tadbir ssenariysi. 1-mart Zulfiya tavallud topgan kun munosabati bilan Zulfiyaxonim tadbir ssenariylarini taqdim etmoqdamiz.

Zulfiya Isroilova haqida.

ulfiya (1915—1996) Oʻzbek shoirasi. Taniqli oʻzbek shoirasi Zulfiya 1915- yilning 1-martida Toshkent shahrida Isroil temirchi oilasida tug’ildi. 1922-yildan 1931-yilgacha maktabda, so’ng 1931 – 1934-yillar orasida qizlar bilim yurtida tahsil oldi. Mehnat faoliyatini juda erta boshlagan shoira deyarli bir umr jurnalistika va nashriyot sohasida ishladi.

U 1935 – 1938- yillarda Til va adabiyot instituti aspiranti, 1938 – 1948-yillar mobaynida Bolalar nashriyoti muharriri, Oʻzbekiston davlat nashriyoti bo’lim mudiri, 1953- yilgacha «Saodat» jurnalida bo’lim mudiri, 1953- yildan to 1980-yilga qadar, salkam o’ttiz yil davomida, shu jurnalning Bosh muharriri lavozimida ishlab keldi.

Mashhur oʻzbek shoiri Hamid Olimjonning turmush o’rtog’i, o’ziga xos she’riyati biian minglab kitobxonlar qalbini rom etgan iste’dodli shoira Zulfiya 1996-yilning 1-avgustida vafot etdi. Zulfiya (taxallusi; toʻliq ism sharifi Zulfiya Isroilova) (1915.1.3— Toshkent — 1996.1.8) — shoira, jurnalist, tarjimon, jamoat arbobi. Oʻzbekiston xalq shoirasi (1965). Mehnat Qahramoni (1984). Shoir Hamid Olimjonning rafiqasi.

Xotin-qizlar ped. bilim yurtini tugatgach (1931—34), Oʻzbekiston Fanlar qoʻmitasi qoshidagi Til va adabiyot in-ti aspiranturasiga oʻqishga kirgan (1935). Soʻng Yoshlar va oʻsmirlar adabiyoti nashriyotida muharrir (1938—40), Oʻzbekiston davlat nashriyotida boʻlim mudiri (1941— 50), «Oʻzbekiston xotin-qizlari» (q. «Saodat») jur.da boʻlim mudiri (1950—53), bosh muharrir (1954—85) boʻlib ishlagan. Uning ilk sheʼri 1931 y. da «Ishchi» gaz. da bosilgan.

Tavsiya etamiz: Zulfiya sherlari 

Zulfiya ijodi.

Dastlab 1932 y. «Hayot varaqalari» sheʼrlar toʻplami nashr etilgan. Shundan keyin uning «Temiroy» (1934), «Sheʼrlar», «Qizlar qoʻshigʻi» (1939) sheʼriy kitoblari eʼlon qilingan. Zulfiy sheʼriy ijodining porlashi «Uni Farhod der edilar» (1943), «Hijron kunlarida» (1944) va «Hulkar» (1947) toʻplamlari bilan bog’liq. Ayniqsa, H. Olimjonning bevaqt vafotidan keyin (1944) yozilgan, ruhiy silsilalar va qalb iztiroblari bilan toʻla sheʼrlar Zulfiya ijodida jiddiy oʻzgarishlar sodir boʻlganidan darak beradi. U  shaxsiy fojiasi tasviri orqali 2-jahon urushidan katta talafot va yoʻqotishlar bilan chiqqan xalqning dard va alamlarini ifodaladi.

Zulfiya tadbir ssenariysi.

Zulfiyaxonim tadbir ssenariysi to’plami.

Zulfiya izdoshlari

Zulfiya senariy

zulfiya_tavalludiga_ssenairy

zulfiya_sheriyat_gulshanining_bulbul

zulfiya_hayoti_va_ijodi

Zulfiya slayd

zulfiya she’rlari.

Tavsiya etamiz: 8-mart uchun sherlar