Sahifamiz orqali Konstitutsiya kuniga tadbir ssenariysi, Konstitutsiya tadbir ssenariysi to’plamlarni yuklabolishingiz mumkin.
Konstitutsiya tadbir ssenariysi.
Konstitutsiya tadbir senariysi
8-dekabr konstitutsiya kuniga bag’ishlangan
8-dekabr konstitutsiya kuniga bagish
Konstitutsiya tadbir ssenariysi.
«QOMUSIMIZ-NOMUSIMIZ» BAYRAM ERTALIGI
Zal bayramona bezatilgan, bolalar tantanavor musiqa ostida zalga kirib kelishadi va o‘z joylarini egallaydilar.
Jarchi: Odamlaru, odamlar eshitmadim demanglar. 1991 yil 1-sentyabr O‘zbekiston Respublikasi mustaqil Davlat deb va 1992 yil 8-dekabrda esa O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyasi kuni deb elon qilindi…. Exe ….. xe…..xe!
Boshlovchi: Assalom ey lola yuzli, dilrabolar assalom!
Yuzi gul sochi sumbul, maxluqolar asssalom!
Mustaqil yurt gul g‘unchasin, oq yuvib oppoq tarab,
Tunu kun parvona bo‘lgan, mehrigo‘yolar assalom.
Xush kelibsiz dil mayli, bizning go‘zal bog‘chaga
Ozod o‘zbek diyorda, kezar tantana sayli
Shu bayramda do‘stlarim dillar dilga payvasta
Bu baxtiyor bolalar kelajakdan guldasta
Assalomu alaykum aziz mehmonlar va jajji bolajonlar. Hammamizga Malumki, 1992 yil 8-dekabrda davlatimiz qomusi Konstitutsiyamiz e’lon qilindi. Shundan buyon, yurtimizda bayram qilinadi. Davlatimiz qomusiga bag‘ishlangan kechamizni, ochiq deb e’lon qilamiz.
Tavsiya etamiz: Konstitutsiya moddalari haqida sherlar
Bola: O‘zbekiston farzandimiz mustaqillik dilbandimiz
O‘z elimiz erkasimiz, vatanimiz ertasimiz.
Bola: Bobolarning davomchisi, ertangi kun tayanchimiz
Yetishmagan orzularga, endi bizlar yetishamiz
BOLALAR «QUYOSH BO‘LSIN OY BO‘LSIN» QO‘SHIG‘INI KUYLAYDILAR.
Boshlovchi: Qomusimiz adolat yo‘limizdir. Aziz bolajonlar O‘zbekistonimizning qomusi, bizning manfaatlarimizga xizmat qiladi. Keling, endi shu qomusimiz bir varaqlab ko‘raylik.
Bola: Yer yuzidagi hamma bolalarning o‘z qomusi bor.
Bola: Madhiya, gerb, bayroq mamlakatning mazmunidir.
Bola: Unda, davlatimizni buguni va ertasi bayon qilingan.
Bola: Unda, fuqarolarning hamma orzu o‘ylari o‘z ifodasini topgan.
Bola: Chaqaloqdan tortib keksalargacha tinchligi, sog‘ligi, nafaqasi kafolatlangan.
Bola: Onalik va bolalik davlat tomonidan muxofaza qilinadi.
Bola: Xar kim, bilim olish huquqiga ega.
BOLALAR «HUMO QUSHI»
QO‘SHIG‘INI KUYLAYDILAR.
Boshlovchi: Bolajonlar Konstitutsiyamizga O‘zbekiston Respublikasi o‘zini bayrog‘i, gerbi, madhiyasiga ega deb yozilgan.
O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI DAVLAT MADHIYASI YANGRAYDI.
Bola: Tamg‘amizga bir qarang, tovlanadi rang-barang,
Unga beradi chiroy, tepamizda hilol oy.
Bir tomoni paxtazor, quyosh nurin sochadi,
Amudaryo, Sirdaryo chanqog‘imiz bosadi.
O‘rtasida humo qush, bizga omad tilaydi,
O‘zbekiston nomini jaxon uzra taraydi.
Bola: Bayrogimizga qarang, yashil oq va xavo rang,
Mustaqillikni yoqlab, turibdi u xilpirab.
Yulduzlar va yangi oy,bayroqqa berib chiroy,
Osmon uzra yaltirap,uzoqlardan ko‘rinar.
BOLALAR O‘ZBЕK «CHAQQON KIZLAR» RAQSIINI IJRO ETISHADI.
Boshlovchi: Konstitutsiyamizda, O‘zbekiston Respublikasi poytaxti Toshkent shaxri deyilgan.
Bola: Dunyoda shaxarlar ko‘p, bir biridan ziyoda,
Ammo Toshkentdan go‘zal, shaxar bormi dunyoda.
BOLALAR «TOSHKЕNTIM» QO‘SHIG‘INI KUYLAYDILAR.
Boshlovchi: Aziz bolajonlar yana qomusimizda, xar bir inson, malakali tibbiy xizmatidan foydalanish huquqiga ega deyilgan.
Bola: Sog‘ bo‘ling ishlang omon,
Ukolingiz ko‘p yomon.
Og‘riydi orqa tomon.
Ammo vitaminlarni Siz berdingiz bearmon.
Unutmaymiz xech qachon sizni doktor opajon
BOLALAR L. TURSUNOVANI «QIZALOQ» QO‘SHIG‘INI KUYLAYDILAR.
Bola: Yana, Konstitutsiyamizni varaqlab ko‘ramiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xokimyat boshlig‘idir deyilgan. Qani, bizning Prezidentimiz kim?
Bolalar: Prezidentimiz I.A.Karimov
Bola: Prezidentim mening, yo‘lboshchim mening,
Zaxmatkashim, mexnat panoxim mening.
Oqilim, vazminim, g‘ururim mening,
Kelajakka yo‘l ochgan, yo‘lboshchim mening. 2
BOLALAR «O‘ZBЕGIMSANЕY» QO‘SHIG‘INI KULAYDILAR.
Boshlovchi: Yana qomusimizni zarvaraqlarini varaqlab ko‘ramiz. Unda O‘zbekiston Respublikasining davlat tili-o‘zbek tilidir deb yozilgan.
Bola: Ona tilim, jonu dilim, berar menga dunyo bilim .
Bola: Ona tilim, jonu dilim, senla kamol topdi elim .
BOLALAR O‘ZBЕK «QIZGINA» LAPAR-RAQSINI VA M.IKROMOVANING «ODOB» QO‘SHIG‘INI KUYLAB IJRO ETISHADI.
Boshlovchi: Qani kim aytadi, yurtimizni kimlar qo‘riqlaydilar?
Bolalar: Posbonlarimiz!
Boshlovchi: Konstitutsiyamizda O‘zbekiston Respublikasi o‘zining qurolli kuchlariga ega deb yozilgan.
Bola: Tashlab dadil mardona qadam, biz maydondan o‘tamiz shahdam,
Yeru osmon kelar larzaga, qushiq bizga jo‘rovoz hamdam.
Bola: Amir Temur avlodlarimiz, ozod yurtning farzandlarimiz.
O‘zbekiston askarlarimiz, yosh navqiron navkarlarimiz.
Bola: Qo‘limizga tutamiz qurol, burchimizni o‘taymiz halol.
Kuragimiz qalqon hamisha, diyorimiz qo‘rmagay zavol
Bola: Vatan-iymon, Vatan-jonimiz sarxadlarin posbonlarimiz.
El yashasin tinch va osuda, musaffodir yurt osmonimiz.
BOLALAR «ASKARLAR» QO‘SHIG‘INI KUYLAYDILAR.
Boshlovchi: Mana bolajonlar siz yaqinda 7 yoshga to‘lib maktabga borasiz tug‘rimi? Konstitutsiyamizda har kim bilim olish xuquqiga ega-deb yozilgan. Siz maktabda bilim olasiz.
Bola: Nima uchun bugun biz quvnoq bayram qilyapmiz
Chunki tez kun ichida biz maktabga boramiz.
Tavsiya etamiz: Konstitutsiya haqida sherlar
BOLALAR «MAKTABIM» QO‘SHIG‘INI KUYLAYDILAR.
Bola: Inson manfaatlari ko‘zlangan kitob,
Odil qonunlardan so‘zlangan kitob.
Barchaga barobar yuzlangan kitob,
Baxtimiz qomusi, Konstitutsiyam.
3
Bola: Xar bilim xar modda aniq manodor,
Xar bir bayrog‘ingda, qonun ustivor
Senda halqimning, orzulari bor,
Baxtimiz qomusi, Konstitutsiyam.
Bola: Yoshlar bilim olar qariyalar dam,
Mehnatkash ommamiz sen ila bardam
Xalq senga suyanar hamisha xar dam
Baxtimiz qomusi, Konstitutsiyam.
Bola: Serquyosh hur vatan gullab yashnagay,
Milliy istiqlolga qadam tashlagay.
El aro ardoqla bizla yashnagay,
Baxtimiz qomusi, Konstitutsiyam.
BOLALAR «RANG-BARANG GULLAR» QO‘SHIQ RAQSINI KUYLAB IJRO ETADILAR.
Boshlovchi: Bir kam dunyo butundir butun, yuraklarda yechildi tugun.
Mustaqillik ollox ne’mati, yasha yuksal o‘zbek davlati!
Shuning bilan aziz mehmonlar va bolajonlar bugungi qomusimizga bag‘ishlab o‘tkazilgan, bayram tadbirimizni yakunlaymiz, sizlarga sixat-salomatlik, ishlaringgizda omadlar tilaymiz.
Hamma: «Qomusimiz-adolat mezonidir».
OMMAVIY RAQS
Tavsiya etamiz: Konstitutsiya baxtimiz qomusi insho














