Домой insholar Konstitutsiya baxtimiz qomusi insho

Konstitutsiya baxtimiz qomusi insho

Konstitutsiya baxtimiz qomusi insho

Sahifamizda Konstitutsiya baxtimiz qomusi insho. Konstitutsiya haqida sherlar to’plamini topishingiz mumkin.

Konstitutsiya baxtimiz qomusi insho.

Reja:

1.Konstitutsiyamiz – qomusimiz.
2.Huquq va erkinliklarimni himoya qilishga o’rgatgan kitob.
3. Baxtimiz qomusi Konstitutsiya.

Konstitusiyamiz – qomusimiz.

Har bir davlatning shakllanishida Konstitutsiyaning o‘rni beqiyosdir. Bizning Konstitutsiyamiz 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan kun bo‘lib, har yili mazkur sana bayram sifatida keng nishonlanadi. Bosh Qomusimiz millatimiz ruhiga, hayot tarzi va urf-odatlariga mos keladigan imon-e’tiqod, insof, diyonat, mehr-oqibat, or-nomus, iffat va hayo kabi eng ezgu fazilatlarni o‘z ichiga olgan desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.

Tarixdan maʼlumki qonun va qonun qoidalar maʼlum bir imkoniyat va cheklovlardan tashkil topgan. Bizga yetib kelgan eng qadimiy qonunlardan biri Bobil podshosi Xammurapi tomonidan tuzilgan boʻlib, bu qonun quldor tuzumi huquqining xarakterli belgilarini oʻzida aks ettirgan. Bu qonun qaydlari qadimgi Sharq huquqining qimmatli yodgorligi sanalib, bu yerlarda azaldan qonun ustuvorligi koʻrinib turadi.

Konstitutsiya davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan huquqiy hujjatdir. Yaratilayotgan boshqa qonunlar konstitutsiyaviy me’yorlarga asoslanadi, me’yoriy hujjatlar ham shu asosda ishlab chiqiladi. Bosh qomusimizda jamiyat va davlat, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tuzilishi hamda faoliyatining asosiy prinsiplari, ularning vakolatlari, fuqarolarning asosiy huquq va burchlari, jamiyat va shaxs o‘rtasidagi munosabatlar belgilab berilganligi bilan ham yanada ahamiyatlidir.

Mamlakatimizda istiqomat qiluvchi turli din vakillari, jumladan, yurtimiz musulmonlari Asosiy Qomusimizda belgilab qo‘yilgan huquq va erkinliklardan keng foydalanmoqdalar. Xususan, ushbu hujjatning yangi qabul qilingan tahririda vijdon hamda e’tiqod erkinligi alohida kafolatlab qo‘yilgan.

Tavsiya etamiz: Konstitutsiya haqida sherlar

Huquq va erkinliklarimni himoya qilishga o’rgatgan kitob.

Jamiyatimizda qonun ustuvorligini taʼminlash fuqarolar huquq va erkinliklarini himoya qilish har birimizning muqaddas burchimizdir. Bu burch va huquqlarimiz dunyoning barcha mamlakatlarida mavjud boʻlganidek, Respublikamizning asosiy qonuni boʻlmish Konstitutsiyamizda belgilab berilgan.

Konstitutsiyamizning 31-moddasida “Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan diniga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburiy singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi”, deyilgan.

Yurtimizda bugungi kunda 130 dan ortiq millat va elat vakillari Bosh Qomusimiz belgilab bergan teng huquqlilik va keng imkoniyatlardan foydalanib, totuvlik va hamjihatlikda yashamoqdalar. Ular ertangi kunga komil ishonch bilan mehnat qilib, yagona Vatan ravnaqiga o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar.

Unda nafaqat xalqchil tamoyillarga, balki ming yillar davomida rivojlanib kelgan milliy ma’naviyatimiz asoslariga ham tayanadi. Zero, har bir millat o‘zining ruhiy-e’tiqodiy ildizlaridan uzilsa, inqirozga uchrashi tabiiydir. Allohga behisob shukrlar bo‘lsinki, sizu biz go‘zal va hur diyorda tinchlik bulog‘idan qonib umr guzaronlik qilib kelmoqdamiz.

Baxtimiz qomusi Konstitutsiya.

Mamlakatimizning uzoq tarixida esa qonunlar doim ezgulikka va taraqqiyotga, asosan vatan shaʼni, tinchlik, sarhadlar daxlsizligi, fidokorlik va sadoqat kabi jihatlarni oʻz ichiga olgan. Birgina misol “Temur tuzuklari” nomi bilan Sharq va Osiyo mamlakatlari svilizatsiyasiga xos boʻlgan sarkarda Amir Temur tomonidan tuzilgan qonun bitiklari konstitutsiyaviy hujjat xususiyatiga ega boʻlib, yuqorida koʻrsatilgan jihatlarni oʻzida jamlab sharʼiy qonunlari bilan bir qatorda Markaziy Osiyo xalqlari taqdiriga kuchli taʼsir koʻrsatgan.

Mamlakatimiz Respublika miqyosiga erishgan yangi tarixdagi Asosiy qonunimiz yaʼni konstitutsiyaga ega boʻlgan boʻlsa, Mustaqillikka erishgach bu qonunga ikki marta 100 ga yaqin tuzatish va oʻzgartirishlar kiritilgan. Oʻzgartirishlardan soʻng 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan. 6 boʻlim, 128 moddadan iborat qonunimiz bugungi kunda Mustaqillik yillarida erishgan eng muhim yutuqlaridan biri boʻlib, fuqarolarning jamiyatdagi hayoti, huquq va burchlarini muntazam himoya qilish vazifasini bajarmoqda.

Baxtimiz qomusi boʻlgan Konstitutsiyamiz millatidan qatʼiy nazar barcha oʻzbek xalqi, fuqarosining butun bir imkoniyati va majburiyatlarini oʻzida aks ettirgan boʻlib, hali uzoq yillar davomida yangi Oʻzbekistonning baxtli va kelajagi buyuk avlodlari uchun ham munosib xizmat qiladi.

8-dekabr xalqimiz nazdida tenglik, teng huquqlilikka imkoniyatlar kuni boʻlib qolaveradi.

Tavsiya etamiz: Konstitutsiya moddalari haqida sherlar