Sahifmizda Konstitutsiya haqida sherlar bolalar uchun. 8-dekabr Konstitutsiya bayramiga atab konstitutsiya moddalari haqida sherlar to’plami.
Konstitutsiya.
Konstitutsiya so’zining manosi (lotincha “Constitution” – tuzilish, tuzuk) – davlatning Asosiy qonuni. U davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va shaxsning o‘zaro munosabatlari, shuningdek, sud tizimini hamda davlat va jamiyatning o‘zaro munosabatlarini belgilab beradi.
Konstitutsiyani yaratish yo‘lidagi birinchi huquqiy qadam – o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishidir.
1992-yil 8-dekabr kuni Bosh Qomusimiz qabul qilindi. Shu kundan e’tiboran, 8 dekabr – umumxalq bayrami deb e’lon qilindi.
Mustaqil O‘zbekistonning birinchi Konstitutsiyasi yangi mustaqil jamiyatning ishonchli huquqiy kafolatlarini shakllantirdi va mustahkamladi.
Tavsiya etamiz: Bayroq. Bayroq haqida sherlar. Bayroq rasmi
Konstitutsiya haqida sherlar.
Islombek Yusupov.
Qomusimiz baxtimiz,
Bizning toj-u taxtimiz,
Birligimiz ahhdimiz,
KonstitutsiyamiZ
Yozilgan faqat halol,
Yosh-u qari bilib ol,
Buzib bo’lmas bemalol ,
Konstitutsiyamiz.
Ezgulikka yo’llagan,
Seni barcha qo’llagan,
Sen borki yurt gullagan,
Konstitutsiyamiz.
Senda shunday qonun bor,
Dunyoda yo’q betakror,
Barcha sendan minnatdor,
Konstitutsiyamiz.
Konstitutsiya haqida sher.
Konstitutsiyam – mening bosh Qomusim!
Adolatga o’zing tamaltosh, Qomusim!
Quyosh bo’lib, mehr nurin soch, Qomusim,
Kelajakka baxt eshigin och, Qomusim!
Konstitutsiya muqaddas.
Huquqimiz bayon etguvchi,
Har moddasin bilib olsak bas,
Bizni doimo himoya etar,
U barchaga birday muqaddas.
Bolalar bor: oq, sariq, qora,
Lekin qalbi toza beg‘ubor.
Ular dili orzuga to‘la,
Gard qo‘nmasin, qo‘nmasin zinhor!
Konstitutsiya moddalari haqida sherlar.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 1-modda.
O’zbekiston- ozod, hur Vatan!
Quchoqlari to`la nur Vatan!
Istiqloling abadiy bo`lsin,
Dunyolar turguncha tur, Vatan!
Tuprog`ingda Jannat nafasi,
Sen- bobomning orzu-havasi.
Iftixorim yuksak: Vatanim-
Tavsiya etamiz: Konstitutsiya baxtimiz qomusi insho
Ona tiliga atab.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 4-modda.
Shu tilda Temur bobo
Lashkarga buyruq bergan.
Navoiy tuzgan navo,
Bobur gavharlar tergan
Til-xalqning shavkat-shoni
Bu bobolar kalomi
Ona tilim unvoni-
Davlat tili maqomi
*****
Ona tilim,sen borsan shaksiz,
Bulbul kuyin she’rga solaman.
Sen yuqolgan kuning shubhasiz,
Men ham to’ti bo’lib qolaman
Ona tilim,onajonim tili bu,
Beshikdanoq singgan jonu quloqqa
Elu yurtim,xonumonim tili bu,
Qadimlikda o’xshar ons tuproqqa.
O’zbekiston ramzlari.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 5-modda.
Bobom uqtirar takror
Istiqlol bu- baxt deya
Ozod Vatan ramzi bor:
Bayroq, gerb va madhiya
Bugun dadam berar dars
Asramog`ing shart, deya
Ramzlar ham muqaddas
Bayroq, gerb va madhiya.
Millat bayrog’i.
Qora o’tmish qoldi ortda,
Dorilomon kunlar yurtda.
Mehr kuzda,muhabbatda,
Porla millat bayrog’i.
O’zbekiston bayrog’i.
Bayrog’imda moviy rang samodan berar darak,
Oq rangida doimo yaxshilikdir mushtarak,
Yashil rangi hayotdir,ham yashnagan tabiat,
Qip-qizil chizig’ida yashnagay yaxshi niyat.
Osmon to’la yulduzlar hurligimiz nishoni,
Oy istiqlol nishoni mustaqilikka belgi.
Tamg’a.
Tamg’amizga bir qarang, Amudaryo,Sirdaryo,
Tovlanadi rang-barang. Chanqog’ingizni bosadi.
Unga beradi chiroy, O’rtasida Humo qush,
Tepasida hilol oy. Bizga omad tilaydi.
Bir tomoni paxtazor, O’zbekiston nomini,
Quyosh nurin sochadi. Jahon uzra taraydi.
Toshkentim.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 6-modda.
Poytaxtimsan, Toshkentim,
Bosh shahrimsan, bosh kentim!
Ikki mingdan oshsa ham
Navqiron va yosh kentim!
Tarixlarda Shosh kentim,
Saxiy, serquyosh kentim.
Tengi yo’q, timsoli yo’q,
Toshkentimsan, Toshkentim!
O’zbekiston Xalqimiz.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 8-modda.
Yuzlab millat-elatlar,
Shu diyorning ahlimiz.
Millatdan qat’i nazar
O’zbekiston xalqimiz.
Bag’ri kengdir bu yurtning,
Ahillikda baxtimiz.
Qo’llarni mahkam tuting,
O’bekiston xalqimiz!
So’z va erkin e’tiqod erkinligi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 29-modda.
Fikrlash, so’z, e’tiqod
Erkinligi bor bizda.
Tafakkur, erkin ijod
Jo’sh urar qonimizda.
“Avval o’yla”, deganlar
Fikrlaymiz, o’ylaymiz.
So’zga navbat kelganda
Odob bilan so’ylaymiz.
Mulkdor bo’lish huquqi – Konstitutsiya moddalari.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 36-modda.
Men ham albatta
Bo’laman mulkdor.
Mulkdor bo’lishga
Hamma imkon bor.
Halol mehnatdan
Kelganda boylik,
Shubhasiz bo’lar
Turmush chiroylik.
Bilim olish huquqi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 41-modda