25-may So’nggi qo’ng’iroq tadbiri uchun she’rlar. Ustozlar, sinfdoshlarga atab she’rlar to’plami.
25-may So’nggi qo’ng’iroq she’rlar.
Ko‘zlarimiz kuladi, ko‘ngil yig‘laydi.
Tillarimiz xayr deb, dil ketma deydi,
Sog‘inamiz maktabim, issiq bag‘ringni.
Ey sinfdosh do‘stlarim, ketgim kelmaydi.
Qaldirg‘ochga o‘xshabon, ucharmiz bizlar,
Dillarda sog‘inch bilan, ketarmiz do‘stlar.
Ko‘zlarimiz yo‘lingda, sog‘inar seni,
Ey sinfdosh do‘stlarim, ayrildik endi.
Dillarni titratar so’nggi qo’ng’iroq.
Dillarni titratib so’ngi qo’ng’roq,
Maktab dargohidan qiladi yiroq.
Ustozlarim ko’zidan tirqiraydi yosh,
Chunki chalinmoqda so’ngi qo’ng’iroq.
So’nggi qo’ng’iroq jaranggi.
Bilmaman, balki joningizga tekkan bu jarang
Balki bezor bo’lgandirsiz darslardan xatto.
Balki ustoz asabingiz qilgandir tarang,
Lekin o’tgan maktab davrin unutmang aslo!
Axir oson bo’lmagandir 9 yil kutmoq,
Bekor sarf bo’lmagandir 9 yil umr.
Oson bo’lmas ustozlarning etagin tutmoq,
Barchasining o’z gashti bor, qilingiz sabr.
Balki sizga unut bo’lgan, eslarsiz balki,
Shu dargoxga qadam qo’ygan jajji qizaloq,
Yo bolakay edingizlar, quvonchga to’lib
Kutgandinglar chalinishin ilk qo’ng’iroq.
Alifboni tanimagan sofdil qizaloq
Katta bo’lib onasiga berar maslaxat.
Darsdan qochib bezor qilgan bir shalpangquloq
Bugun endi o’zimizga qilar nasixat.
9 yilda 9 mingta quvonchu-tashvish:
Sarguzashtlar xotiradan ketmaydi albat.
Sinfdoshlik bog’i ichra ochildi do’stlik,
Kimlargadir nasib bo’ldi sof bir muxabbat.
Endi ustoz tekshirmaydi xayot darsini,
Vazifani ko’chirmoqqa bo’lmaydi imkon.
Kundalikka qo’yilmaydi «2» baxolar,
Biling endi, xatolarni kechirmas zamon.
Sinfdoshlar, bo’lolmaysiz endi partadosh,
Endi sirdosh bo’lolmassiz, unutmang biroq:
Do’stlaringiz bir umrga bo’lar yelkadosh,
Do’stlik uchun chalinmaydi so’nggi qung’iroq.
Tavsiya etamiz: Xayr maktabim mavzusida matn.
Ustoz haqida she’r.
Ustoz — otangday ulug‘, ustoz qadami qutlug‘,
Ustozning har kalomi ilmu hikmatga to‘lug‘,
Ustozning dili ravshan, ustoz makoni yorug‘,
Unib chiqar, albatta, ustoz tashlagan urug‘,
Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.
Temur bosh qo‘ydi mangu ustozining poyiga,
Ustoz o‘xshar olamning Quyoshiga, Oyiga,
Bilim nuri yog‘ilar qadam qo‘ygan joyiga,
Yo‘llar adolat, vafo, muhabbat saroyiga,
Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.
Ota-ona farzandni keltiradi dunyoga,
Ustoz esa cho‘mdirar ilmu hikmat, ziyoga,
Yerdagi bolalarni ko‘taradi samoga,
Ota-ona fanosin aylantirar baqoga,
Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.
Deydilar, ustoz jabri — ota mehridan afzal,
Shogirdlarning iqboli — ustoz jabriga badal,
Navoiy demish, kasbni egallagil mukammal,
Saodatning kaliti, bilgilki, ilmu amal,
Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.
Ustoz ko‘rmaganlarning yo‘rg‘alashdir odati,
Ezgu bo‘lsin har kimning so‘zi, sa’yi, niyati,
Kam ye, kam de, kam uxla — ustozlar nasihati,
Nechog‘ buyukdur ustoz kalomining qudrati.
Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.
Najot gulin o‘stirar Avloniy gulbog‘ida,
Haq olinur, berilmas — Behbudiy sabog‘ida,
Oqilxonning siymosi «Alifbo» varog‘ida,
Ustozlar iydin yozay qasidam adog‘ida,
Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.
25-may xayr maktabim.
Maktab dargohini tark etib ketish,
Men uchun azobdir bu axir azob.
Yuragimni ezar og’ir bir qiynoq,
Chunki chalinmoqda so’ngi qo’ng’iroq.
So’nggi qo’ng’iroq ham chalinar asta,
ko’zda mayusligu, qo’lda guldasta,
maktab yillarimiz o’tdi bir pasta,
har vaqt sog’inaman seni sinfdosh!
Maktab yillarimiz o’tdi birma-bir,
o’tdi kun fasllar,o’tdi kun- oylar,
bugun sog’inchdan otadi tonglar tongdan
Sog’inaman seni sinfdosh.
Maktab dargohi
Ko’zimdan qalqiydi quvonch yoshlarim,
Maktab dargohini tark etar bu kun.
Yangi hayotga ham qo’yishar qadam,
Chunki chalinmoqda so’ngi qo’ng’iroq.
Bugun maktab ostonasin hatlab so’nggi bor
To’qqiz yillik bolalikka yasaysiz yakun.
Endi xayot darsxonangiz bo’lar maktabda,
Chalinadi eng oxirgi qo’ng’iroq bu kun.
Chalinmay qo’ya qol so’nggi qo’ng’iroq.
Bu oqshom osmonda yulduz yig’laydi
Ko’k aro to’lin oy unsiz yig’laydi
Majnuntol yonida maktab bog’ida
Yurakda dard bilan bir qiz yig’laydi
Bunchalar yuraklarga solasan titroq
chalinmay qo’yaqol »So’nggi qo’ng’iroq»
Ayriliq onlari bunchalar azob
Chalinmay qo’yaqol »So’nggi qo’ng’iroq»
Aytilmay qoldiku aytilmas gaplar
Goh oshkor goh pinhon bitilgan xatlar
Bir bora yurakdan chiqmagan suhbat
Ranglar sarg’ayib ko’nglimni ezar
Qizlar qo’lidagi estalik daftar
Nahot armonga aylansa endi
Sinfdosh qiz bilan tushgan suratlar
Bunchalar yuraklarga solasan titroq
Chalinmay qo’yaqol »So’nggi qo’ng’iroq»
Ayrilgim kelmaydi munis maktabdan
Ko’nglimga abadiy yoqding sen chiroq
Yashirgim kelmaydi men ham yoshlarim
Chalinmay turaqol »So’nggi qo’ng’iroq»
Nelar kutmoqda bizlarni hali
Qayg’uli muhabbat, xijronli firoq
Nahot tark etmoqda sho’xli davrimiz
Chalinmay turaqol »So’nggi qo’ng’iroq»
Xayr maktabim (Ravshan Sobirov va Setora guruhi).
Bahorning so’nggi kunlari,
Tugar bolalik chog’lari.
Jaranglaydi so’nggi qo’ng’iroq,
Xayr maktabim,
Xayr do’stlarim, sho’xligim.
Afsus, afsus endigina
Qadringga men yetganimda,
Men bag’ringdan uchib ketaman,
Yangi hayotga
Oq yo’l tilaysan sen bizga.
Xayr maktabim, xayr sho’xligim,
Birinchi sevgim xayr, xayr do’stlarim. (x2)
Ishonmasdim necha yillar
Qalbimdagi tuyg’ularga,
Faqat bugun men shuni bildim,
Qanchalik jonim,
Sen kerakliging menga.
Yodimda sen yozgan maktub,
Beg’ubor sevgi izhori.
Qaytgim kelar o’sha kunlarga,
Bolaligimga,
Sen bilan birga maktabga.
Xayr maktabim, xayr sho’xligim,
Birinchi sevgim xayr, xayr do’stlarim. (x4)
Xayr maktabim…
Tavsiya etamiz: ustozlar haqida sherlar














