Домой She'rlar to'plami 1-oktabr ustozlar haqida sherlar

1-oktabr ustozlar haqida sherlar

1-oktabr ustozlar haqida sherlar

1-oktabr ustozlar haqida sherlar. Fan ustozlar haqida tasirli sherlar.

Ustozlar haqida matn.

Ustoz. Shu birgina so’z zamirida olam-olam ma’no va hurmat mujassam. Ustoz-bu  o’zidan keyin har bir insonning hayotida sezilmas, ammo juda muhim iz qoldiruvchi buyuk zot.  Zero, har bir kasb egasi muallim qo‘lida o‘z yo‘lini topadi.

Inson yo‘qki, ustoz-muallim sabog‘isiz kamolga yetgan bo‘lsa! Insoniyat kamoloti uchun  bilimi, iqtidori va hayotini baxsh etgan ustozlarning xizmatlarini hamma zamonlarda ham kishilar hurmatlab, o’zlarini esa e’zozlab kelishgan.

Ustozlarga bayram tabrigi.

Ustozlarga bayram tabrigi

Boshlangʼichdan boshlanar hayot
Soʼzlaringiz tuganmas bayot,
Koʼzingizda mehr limmo -lim,
Siz buyuksiz ustoz muallim,
Sizga boʼlsin qadr va eʼzoz,
Omon boʼling boshlangʼich ustoz,
Hayotingiz nurlarga toʼlsin,
Bayramingiz muborak boʼlsin.

Ona tili va Adabiyot ustozlarga.

Soʼzlardan yasab siz nafis guldasta,
Oʼquvchilar tomon tutasiz asta,
Shirin soʼz, jilmayib soʼzlaysiz har dam,
Аjib jumlalarda olam mujassam.
Sizda soʼz sanʼati Navoiyga xos,
Siz ona Vatanning koʼrkisiz ustoz,
Doim yoʼllaringiz gullarga toʼlsin,
Аziz bayramingiz muborak boʼlsin.

Matematika ustozlarga.

Hamma uchun kerak mashq,misolingiz,
Cheksiz boʼlsin ustoz baxtu kamolingiz,
Toʼrt amalning barcha uchun keragi bor,
Ustoz sizda Xorazmiy yuragi bor.
Xalqim deya,yurtim deya tinmadingiz,
Togʼlarga teng boʼlsin qadr qimmatingiz,
Rizqingiz ham qadringizdek ulugʼ boʼlsin,
Bayramingiz qutlugʼ boʼlsin,qutlugʼ boʼlsin.

Kimyo va Biologiya ustozlarga.

Dur marvarid,yoqut koʼzli ustozlarim,
Sizga boʼlsin bugun eng zoʼr dilrozlarim,
Oltin boʼlsin,topganingiz tillo boʼlsin,
Borganingiz ulugʼ Kaʼʼbatilloh boʼlsin.
Oftob,zarrin nurlar yogʼsin yuzingizdan,
Rayhon sunbul unsin yurgan izingizdan.
Shodliklarga toʼlib toshsin har damingiz,
Qutlugʼ boʼlsin bugun aziz bayramingiz.

Tarixchi ustozlarga.

Kelajakka koʼprik boʼlgan tarixingiz,
Men soʼz bilan qilolmayman taʼrifingiz
Jurʼatingiz choʼpon Shiroq tayogʼidek,
Shiddatingiz Iskandarning mayogʼidek,
Koʼksingizda qadim Sharqning silsilasi,
Miyangizda Bonapartning xotirasi,
Kleopatra tabassumi labingizda,
Shohjahonning muhabbati qalbingizda,
Dono boʼlar doim tarix ustoz ahli,
Sizda bordir Piyotrning oʼtkir aqli,
Sizga qancha taʼrif aytsam shuncha kamdir,
Bobom Temur oʼgitlari sizda jamdir,
Qilsin oliy toifalar xoʼp nasiblar,
Bayramingiz qutlugʼ boʼlsin hamkasblar.

Fizik ustozlarga.

Tabiatning qonunlarin anglagansiz,
Siz dunyoda eng zoʼr fanni tanlagansiz,
Fizikasiz hatto tonglar yorishmaydi,
Jismlar ham bir birini tortishmaydi,
Nьyutonning olmasini yoʼqdir puchi,
Hammamizni ushlab turar tortish kuchi,
Bu qonun bor har tabiat aʼzosida,
Siz eng yaxshi bu dunyo-yu, fazosida,
Sizga boʼlgan mehrimni siz dilga joylang,
Bugun bayram tabrigimni qabul aylang.

Geografiya ustozlarga.

Qoʼlingizda butun dunyo xaritasi,
Sizni aytgum men taʼlimning farishtasi,
Ishgʼol aylab ulgurgansiz dil qaʼrini,
Sizga tortiq aylasam kam Yer sharini,
Moviy dengiz havosidek navolisiz,
Tunda esgan biriz kabi safolisiz,
Himolaydek baland boʼlsin qadringiz ham,
Аnd togʼidek uzun boʼlsin umringiz ham,
Tiniq boʼlsin doim koʼku osmoningiz,
Qutlugʼ boʼlsin ustoz bugun ayyomingiz.

Jismoniy tarbiya ustozlariga.

Kim yoʼq boʼlsa u darsiga qarab turar,
Oʼquvchilar doim uni soʼrab turar,
Taʼriflashga menda afsus soʼzlar yetmas,
Oʼquvilar uni darsidan qochib ketmas,
,,Oʼtamizmi» deb soʼrashar darsni boz,boz,
Baxtimizga omon boʼling,, Jismon» ustoz
Hayotingiz goʼzal boʼlsin,nurga toʼlsin,
Bayramingiz qutlugʼ boʼlsin,qutlugʼ boʼlsin.

Rahbarlarga.

Ped jamoangiz shunday inoq ahil boʼlsin,
Maktabingiz har doim ham yashil boʼlsin,
Ne boʼlsa ham repititorlar yurib tursin,
Bitiruvchilar oʼqishlarga kirib tursin,
Ulugʼ boʼlsin kasbu koru mansabingiz,
Qizillarga tushmasin hech maktabingiz,
Majlislarda boʼlmasin hech koʼngil hira,
Yigʼilishlarga borib kelib tolmang sira.
Qadringiz teng boʼlsin deyman tillo zarga,
Bayram qutlugʼ boʼlsin ahli rahbarlarga.

Xurshid Karim she’ri.

Oddiy muallim – ustozlar haqida tasirli sherlar.

Qadri bilinadi menga endi goh,
Olis maktabimning o’sha behasham…
Navoiy-ku bizga ustozdir, biroq,
Kimlardir o’qitgan-ku Navoiyni ham.
Shunday buyuk zotga xarf o’rgatgan kim?
Odddiy muallim-da, oddiy muallim.

Tuproqdek xokisor, bezovta jonlar,
Ammo qanotida tog’dek ulug’vor,
Ammo Temurdayin Sohibqironlar,
Pirim deb , etagin o’pgan bor.
Qaysar joxongirga yo’l ko’rsatgan kim?
Oddiy muallim-da, oddiy muallim.

Yo’qdan Beruniylar binolar qilgan,
Mashrapni mashhuri dunyolar qilgan,
Husaynni – Ibn Sinolar qilgan,
Iloh so’z o’rgatgan kim?
Oddiy muallim-da, oddiy muallim.

Lekin bu hayot nish-sanchiqlardan,
Qoqilsa ko’targan qo’ltiqlaridan,
Otadek ezilgan g’ussaga botsa,
Boladek quvongan yutuqlaridan,
Uyquda shogirdin o’ylab yotgan kim?
Oddiy muallim-da, oddiy muallim.

1-oktabr Ustozlar haqida sherlar.

Qalam tutib qólimga ilk bor,
Yozuv chizuv òrgatgan Ustoz!
Eslagaymiz biz sizni kóp bor,
Ta’lim bergan birinchi Ustoz!

Bexuda ketmadi qilgan mehnatlar,
Siz uchun yaralsin bari roxatlar.
Óquvchimas sizga góyo farzandlar,
Jon fido aylagan birinchi Ustoz!

Bizni yetaklagan kamolot sari,
Bilim berganida ketmagin nari.
Aylanar haqiqat bularning bari,
Bilimlar chashmasi birinchi Ustoz!

Kóp ozorlar bersak ham sizga,
Barcha bilganlariz órgatdiz bizga.
Bolada shóxliklar qiladi menga,
Deb yana boshimiz silagan Ustoz!

Hanuz sog’inaman yoshlik chog’larim,
Deysiz bular mening óquvchim.
Kóchada kórganda ôg’il,qizlarim,
Qayta ôqisaydim birinchi Ustoz!

Bahorlar qaytadi yoshlik qaytmaydi,
Ôtgan bolaligim yoddan chiqmaydi.
Beg’ubor damlarim kutub tursaydi,

Shamshod Safar ótdi yoshliging,
Kóp beg’ubor kóp shóxliging.
Armon bóldi aziz maktabing,
Siz ardoqda birinchi Ustoz!

Ustozlar kuniga bolalar uchun sherlar.

Ustozlar kuniga bolalar uchun sherlar

Siz bergan odob yashar,
Ruhiyatda, tanda ham.
Barchamizga o‘rnaksiz,
Hayot degan fanda ham.

Siz shu qadar fidoyi,
Siz bunchalar jonkuyar.
Shu tufayli Ustoz deb –
El ardoqlar, el suyar.

O‘z kasbiga sodiqlik –
Hayotingiz shiori.
Siz bor – kuchga to‘lgaydur
Ko‘hna O‘zbek diyori.

Ilmingiz ziyosidan –
Qalb ko‘zimiz qamashar.
Bizga munosib xizmat,
Sizga e’zoz yarashar.

Qo‘lga qalam tutqazib,
Dilga surur solgansiz.
Sho‘xlik qilsak ba‘zida
Kuyingansiz, tolgansiz.

“Ustoz – otangdan ulug‘!”
Topib aytilgan so‘z bu.
Siz Vatan kelajagin –
Namoyon etar ko‘zgu!

Siz aytganday, hur Vatan –
Zukko yoshlarga to‘lsin!
Jon, mehribon Ustozlar,
Bayram muborak bo‘lsin!

Ustozim.

Ustoz haqida rasmlar

Sizning ta’limingiz olmagan kim bor,
Siz-ku yuraklarda ilk ziyo yoqqan.
Olimmi, shoirmi va yo san’atkor,
Ilk bor sizga tomon ustoz deb boqqan
Bitta harf dardida riyozat chekib,
Oqibat ko’kka ham chiqolgan inson.
Ne ajab sizlarni bahtiyor etib,
O’rnidan dast turib, bosh egsa shu on.
Buyuk Alisherbek lutf etgan misol,
Savod o’rgatdingiz qancha ranj bilan.
Ko’plab bo’larmikan bu qarzni alxol,
O’zib bo’larmikan yuzta ganj bilan.

Tavsiya etamiz: Vatan haqida sher

Manba : ilmlar.uz