9-may uchun sherlar. 9-may Xotira va qadrlash kuni uchun eng sara sherlar to’plami.
9-may uchun sherlar.
Beva hovlisiga tun oldin kirar,
Quyuqlashib borar dilda xotira.
Devorda, suratda: bir yigit kular,
Yonida jilmayar bir qiz bokira.
Beva eng chiroyli koʼylagin kiyib,
Ochiq derazadan termular gʼamgin.
Xona burchagida gʼamdan entikib,
Eski plastinka gʼijillar tagʼin.
Oqshomlari qiyin boʼlar bevaga:
Xotiralar dilga kirar quralash.
Ogʼir boʼlsa hamki, tasvir boʼlsa ham
Suratga jilmayar koʼz yosh aralash.
VATANIM
Men dunyoni nima qildim,
O`zing yorug` jahonim,
O`zim xoqon,
O`zim sulton,
Sen taxti Sulaymonim,
Yolg`izim,
Yagonam deymi,
Topingan koshonam deymi,
O`zing mening ulug`lardan
Ulug`imsan, Vatanim…
Shodon kunim gul otgan sen,
Chechak otgan izimga,
Nolon kunim yupatgan sen,
Yuzing bosib yuzimga.
Singlim deymi,
Onam deymi,
Hamdardu hamxonam deymi,
Oftobdan ham o`zing mehri –
Ilig`imsan, Vatanim.
Sen Mashrabsan,
Xalqda tumor,
Balxda dorga osilgan,
Navoiysan, shoh yonida
Faqirini duo qilgan.
Yassaviysan, meniki deb,
Ko`ringan da’vo qilgan,
Ming bir yog`i ochilmagan
Qo`rig`imsan, Vatanim.
Sen Ho`jandsan,
Chingizlarga
Darvozasin ochmagan,
Temur Malik orqasidan
Sirdaryoga sakragan,
Muqannasan qorachig`i
Olovlarga sachragan,
Shiroqlarni ko`rgan cho`pon
Cho`lig`imsan, Vatanim.
Kim Qashqarni qildi makon,
Kim Enasoy tomonda,
Jaloliddin – Qurdistonda,
Boburing – Hindistonda,
Bu qanday yuz qarolig` deb
Yotarlar zimistonda,
Tarqab ketgan to`qson olti
Urug`imsan, Vatanim…
O`g`lim desang osmonlarga
G`irot bo`lib uchgayman,
Chambil yurtda Alpomishga
Navkar bo`lib tushgayman,
Padarkushdan pana qilib
Ulug`beging quchgayman,
G`ichir-g`ichir tishimdagi
So`lig`imsan, Vatanim…
O`tgan kuning – o`tgan kundir,
O`z boshingga yetgan kun,
Qodiriyni bergan zamin,
Qodiriyni sotgan kun.
Qo`lin bog`lab,
Dilin dog`lab,
Yetaklashib ketgan kun,
Voh bolam! deb aytolmagan
Dudug`imsan, Vatanim.
Yoningda qon yig`lagan bir
Shoiringga qarab qo`y,
Gar Qo`qonga yo`ling tushsa,
Detdomlarni so`rab qo`y.
Hech bo`lmasa Usmon hokin
Keltirmoqqa yarab qo`y,
Olislarda qurib qolgan
Qudug`imsan, Vatanim…
Sen – shoxlari osmonlarga
Tegib turgan chinorim,
Ota desam,
O`glim deb,
Bosh egib turgan chinorim,
Qo`ynimdagi iftixorim,
Bo`ynimdagi tumorim,
O`zing mening ulug`lardan
Ulug`imsan, VATANIM !
Vatan haqida she’rlar.
Kurashib yovlar bilan
Fido qildi jon-u tan
Necha-necha ajdodlar
Bo’ldilar qurbon Vatan!
Oyoq bosib Chingizlar
Otdi senga ildizlar
Ba’zi gumrox beyuzlar
Sotdilar arzon Vatan!
Hind yurtida qildi sabr
Seni sog’inib Bobur
Yot yurtda o’lmoq og’ir
Sensan bizga jon Vatan!
O’zga yurtda Furqatlar
Chekdi qancha zaxmatlar
Yillab kutdi fursatlar
Bo’lmadi imkon Vatan!
Gul bo’lmayin kul bo’ldik
Birovlarga qul bo’ldik
Mana endi xur bo’ldik
Senga sharof shon Vatan!
Ajdodlarim yod bu’lsin
Ruxlari ham shod bo’lsin
Yurtimiz obod bp’lsin
Bizlarga makon Vatan!
Oshdi shuxrat shonim ham
O’tar bahtli onim xam
Senga fido jonim ham
Xo’r O’zbekiston Vatan…!!!
9-may xotira uchun she’rlar.
Urr-a-a!
Qichqirar, boʼgʼilar yarim tunda u,
Xotini dahshatdan turadi sapchib.
U esa emaklar, (emaklaydi tun),
Yelkada yarador doʼstin opichib.
Tun uyqusiraydi,
Tun baqiradi:
“Batalьon, orqamdan!”
Ingraydi asta.
Kimnidir boʼgʼilib u chaqiradi.
Eski yaralarning kuyi ostida
Va yana oldinga, yana oldinga,
Musht boʼlib tugilar titroq qoʼllari.
Xira qorachiqdan kinolentadek
Oʼta boshlar olis urush yoʼllari.
Xotini uygʼotar…
Biroq urushning
Vahmidan qutulib ketolmas qalbi.
Qoʼlda papirosning rangin qutisi
Gʼijimlanar soʼnggi oboyma kabi.
O’zbek o’g’loni
Qalbini tig’laydi sog’inch tug’yoni
Ko’p yil bo’ldi axir sendan yo’q darak
Qachon uyga qaytasan o’zbek o’g’loni
Yoki qolib ketdingmi Volga bo’yida
Nogahon o’q tegib janglar mahali
Qoldingmi yiqilib Kursk yoyida
Bir paytlar Chingizga chiqqandek zamon
Janglarda mardu mardon turibsan
Nomsiz tepalikda o’n bir qahramon
Yiqilsang qo’linga qo’lini tutib
Yotganda izg’irin qahraton tunlar
Janoning o’rniga shneling quchib
Do’ppisin o’rniga pilotka kiygan
Marshaldan g’ururli, chapani yigit!
Ismlaring kim edi Qodir? Pirimqul?
Berlin darvozasiga yozganmidingiz?
Qishloqqa qaytsangiz hanuz o’sha yo’l
Yo’lni eslatsam balki kelarmidingiz
Sog’ omon chiqqanding ota uyidan
Endi qayerlarda qolding sen inim
Onang hanuz kutar soyning bo’yidan
Qo’ylarni boqib, qaytar deb o’g’lim
Qayerlarga ketding yurtingdan nari
Qaytgin qo’llaringa ketmoningni ol
Unutma yurtingni boylik Gavhari
Otangdan qolgan dalalaring bor
Ey o’zbek shu kunlar bormi boshingda
Kecha-yu kunduzda paxtalar terib
Minglab yetimlarni boqding uyingda
O’zingni bolangni frontga berib
Nomi o’chsin, o’sha la’nati urush
Hanuz Kechalari o’ylayman biroq
Yetmayman o’yimga bo’laman xomush
Kerakmidi senga shu qizil Bayroq
Necha o’g’lon, necha pahlavon
Ketdingiz bedarak na nom na nishon
Atashar sizlarni nomalum askar
Noma’lum? Demak yashaysiz hamon
Bobo deymi, ota? Nima deb atay
Axir yosh edinglar, bormaydi tilim
Mayli hammangizni og’a deb atay
Og’alar sizlarni rosa sog’indim.
Tavsiya etamiz: Vatan haqida sher