Kitob haqida sherlar bolalar uchun.
Kitob haqida sherlar.
Kitob mening do’stimdir,
Kitob mening dugonam.
Maktabda ham yonimda,
Uyda esa, hamxonam.
Uyimizda o’zimning,
Kichik kutubxonam bor.
Kitoblarni did bilan,
Terib qo’yibman qator.
Hammasini birma – bir,
O’qish chiqish niyatim.
Bo’sh vaqtimda kitoblar,
O’qish mening odatim.
Bu hayotda doimo,
Kitob bo’ladi tirgak.
Shuning uchun do’stlarim,
Ko’p kitob o’qish kerak.
Tavsiya etamiz: Kitob haqida hikmatli so’zlar
Kitob – bilim chashmasi.
Muallif: Muhammad Yusuf
Kitob mening do‘stimsan,
Yo‘limdagi yo‘ldoshim.
Senga doim oshnaman,
Senga qalbim bog‘liq jim.
Sahifangni varaqlasam,
Bilimlarga to‘laman.
Hikmatingni o‘qisam,
Nurlarga ham yo‘g‘rilaman.
Kitob – bilim chashmasi,
Do‘st bo‘laylik har damda.
Undan olgan ma’rifat,
Yorug‘ yo‘lga boshlaydi.
Bolaga kitob bering!
Osmonlarda yurganlar,
Oltin saroy qurganlar,
Ne beray? deb turganlar,
Bolaga kitob bering!.
Bola oqqush, oq kaptar,
Dunyolardan bexabar,
Yovuzlik topmay xabar,
Bolaga kitob bering!.
Qingʼir yoʼlga kirmasdan,
Peshonaga urmasdan,
Kimdir pichoq bermasdan,
Bolaga kitob bering!.
Internet-degan ajdar,
Goh undan oqar zahar,
Dod-demay, roʼzi mahshar,
Bolaga kitob bering!.
Kel! – diya, imlar tuzoq,
Qabr qazir, qazir choh,
Ming, ming astagʼfirulloh,
Bolaga kitob bering!.
Koʼzi ochiq koʼrmasdan,
Shayton yoʼldan urmasdan,
Otadan yuz burmasdan,
Bolaga kitob bering!.
Koʼkrak kerib yurganlar,
Koʼrkam saroy qurganlar,
Ne beray, deb turganlar,
Bolaga kitob bering!.
“Lison ut tayir”larim,
Yurakka sayrlarim,
Аvliyozod nurlarim,
Bolaga kitob bering!.
Koʼzlarni ochish kerak,
Gʼaflatdan qochish kerak.
Qanot chiqarish kerak,
Bolaga kitob bering!.
Dersiz: “Pul yigʼish kerak,
Oltinu, kumush kerak”,
Xudodan qoʼrqish kerak,
Bolaga kitob bering!.
Gullar quchib yurganlar,
Gulsaroylar qurganlar,
Ne beray-deb, tuganlar,
Bolaga kitob bering!.
Xazinai jahon u,
Kichik Аbu Rayhon u,
Sizga qarab hayron u,
Bolaga kitob bering!.
Buxoriy-sarvarim u,
Termiziy-anvarim u,
Mahmud Zamaxsharim u,
Bolaga kitob bering!.
Keskir qilich boʼlsin u,
Kitobga oʼch boʼlsin u,
Yengilmas kuch boʼlsin u,
Bolaga kitob bering!.
Xonlar kabi yurganlar,
Xonsaroylar qurganlar,
Ne beray? – deb turganlar,
Bolaga kitob bering!.
Navoiyni bilsin u,
Yoningizga kelsin u,
Baxti boʼlsin, kulsin u,
Bolaga kitob bering!.
Tavsiya etamiz: Kitob haqida maqollar
Kitob deydi.
Tanishaylik men kitob,
Asl bilimlarga kon.
Boylik beray behisob,
Bo‘lsang agar qadrdon.
Lekin yirtib burdalab,
Kamaytirma varag‘im.
Sendan yana bir talab,
Iflos qilma hech yog‘im.
Kitob o’qigan bola.
O‘rganar avval odob
Kitob o‘qigan bola.
Yuzi bo‘ladi oftob
Kitob o‘qigan bola.
Hurmat qilar kattani,
Kichiklar jon-u tani,
Bajaradi va’dani —
Kitob o‘qigan bola.
Suhbati xo‘p serma’no,
Yurish-turishi a’lo.
Olar faqat “besh” baho
Kitob o‘qigan bola.
Kitob -Obid Rasul.
Darslik kitob qo’lingda,
Berilgandir u senga.
Yirtmay ko‘zday asrasang,
Kerak ukang Erkinga.
Erkin ham but yuritsa,
Muallim xursand bo‘lar.
Kitobga mehri ko‘pni
Sinfdoshlar xush ko‘rar.
Kitobing qoldan qolga,
O‘tib borsa top-toza.
Undan ko‘plar shodlanib,
Olishadi andoza.
Kitob bilim manbayi,
Bu barchaga ayon — haq.
Kitob o‘qib yashasang,
Umring o‘tar xushchaqchaq.
Tavsiya etamiz: Kitob haqida matn