Kitob haqida hikmatli so’zlar.
Buyuk alloma, olimlarning kitob haqida hikmatli so’zlar to’plami.
- Odamning ulug’vorligi uning bo’yi bilan o’lchanmaganidek, xalqning ulug’ligi ham, uning soni bilan o’lchanmaydi, yagona o’lchovi-uning aqliy kamoloti va axloqiy barkamolligidir.
V.Gyugo
- Yomon o’qituvchi haqiqatni aytib berib qo’yaqoladi, yaxshi o’qituvchi esa, haqiqatni topishga o’rgatadi.
A.Disterveg
- Tafakkur va xotira o’zaro bog’liq, chunki tafakkur o’tmishdagi hayotiy tajribaga asoslanadi.
Norman
- Biz oldin miyani to’ydiraylik, so’ngra u qorinni to’yg’azadi.
Yapon maqoli.
- Mushohada yuritmay turib, qancha ko’p o’qisangiz, shuncha ko’p bilayotganga o’xshayverasiz, agar o’qiyotganda qanchalik ko’p mushohada yuritsangiz, shu qadar oz narsa bilishingizni aniqroq his etasiz.
Volter
- Kitob odamni – bilag’on, suhbat – topqir qiladi, yozib olish odati esa uni aniqlikka o’rgatadi.
Bekon
- Ilmu ustod kitob hurmati – hammasidan zarur bu bob hurmati.
Kim esdan chiqarsa bu uch hurmatin,
Chekar hayotida kamlik zillatin.
Kamoliddin Binoiy
- Agar yolg’iz esang, hamdam kitobdur,
Bilim subhidagi nur ham kitobdir.
Abduraxmon Jomiy
- Kitobni e’zozlash kerak, tafakkurning bu qasriga ehtirom bilan kirmoq lozim.
Gertsen
- Kitobning mohiyati mangudir… Bu mohiyat – tafakkurni abadiylashtiradi.
L.N Tolstoy
- O’zimdagi barcha yaxshi fazilatlar uchun kitobdan minnatdorman.
Maksim Gorkiy
- Qanday kitob o’qiyotganingni aytsang, sening kimligingni aytib beraman.
A.V. Lunacharskiy.
- Kitob o’qishni odat qilmagan oila – ma’naviy qashshoq oiladir.
P.A. Pavlenko
- Kitoblar insoniyat fikri durdonalarini to’plab avlodlarga etkazadi.
Oybek
- Kitob bu inson orqali ko’riladigan dunyodir.
I.E. Bobel
- Kitob insonga qanot bag’ishlaydi.
V. Gladkov
- Kitob seni hali sen ko’rmagan dunyoga olib boradi, sen eshitmagan so’zlar aytadi.
Gertsen
- Kitoblar ehtirossiz, biroq sadoqatli do’stdir.
Gyugo
- Kitob butun hayotni qamrab oladi.
Balzak
- Kitob bu hayotdir, undagi jarayonlar – tarix jarayonlaridir.
M.N. Kuraev
- Mening aqlim kitoblardan g’oyalar manbaini topdi.
Tsialkovskiy
- Kitobim, barchadan boyim o’zingsan,
Tunimni yoritar Oyim o’zingsan.
Badanim ilmga tashnalab tursa,
Sug’orib turuvchi soyim o’zingsan.
Muxibbiy
- Men olimlarga, ilohiyotchilarga, faylasuflarga va tarixchilarga hurmat – ehtirom ko’rsatdim. Men ularni hurmat qildim va e’zozladim.
Amir Temur
- Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdur, zamona ilmi va fanidan bebahra millat boshqalarga poymol bo’lur.
Maxmudxuja Bexbudiy
- Moziyga qaytib ish ko’rish xayrlikdir.
Abdulla Kodiriy
- Ishga yarab qolsa ishing bir muddat, yana oshirmoqqa aylagil shiddat.
Mirzo Ulugbek
- Dunyoda ilmdan boshqa najot yo’q va bo’lmagay.
Imom al-Buxoriy
- O’quv qayda bo’lsa, ulug’lik bo’lar bilim qayda bo’lsa, buyuklik bo’lar.
Yusuf Xos Xojib
- Faqat bir ezgulik bor – bilim va faqat bir yomonlik bor – jaholat.
Suqrot
Tavsiya etamiz: Kitob haqida matn
- Ilmga nisbatan go’yo cho’pon kabi posbon bo’linglar, lekin ilmni faqat rivoyat qiluvchi bo’lmanglar.
Hadis
- Moziy istiqbolning tarozusidur, har kim o’lchasun-da bilsun.
Maxmudxo’ja Behbudiy
- Vaqt pillapoyasi cheksizdir, bir-birining o’rnini egallab boradigan avlodlar zinadan zinagagina ko’tariladilar, xolos. Jamlangan tajribani har bir avlod o’zidan keyin kelayotgan, o’zidan keyin uni taraqqiy ettiradigan va boyitadigan navbatdagi avlodga etkazib beradi.
Abu Rayxon Beruniy
- Tsivilizatsiya nima degani? Bu olg’a ketayotgan inson har qadamda yuzaga keltirayotgan doimiy kashfiyotlardir:taraqqiyot so’zining o’zi ham shundan kelib chiqqan.
Viktor Gyugo
- Bir kunlik adolat – yuz kunlik toat – ibodatdan afzal.
Amir Temur
- Qobiliyatli odamni tarbiya qilmaslik – zulmkorlik va noqobil odamga tarbiya hayfdir. Tarbiyangni ayab unisini nobud qilma, tarbiyangni bunisiga zoe ketkazma.
Alisher Navoiy
- Ilmdan bir shu’la dilga tushgan on, shundan bilursankim ilm bepoyon.
Firdavsiy
- Tarbiya uch narsaga ehtiyoj sezadi: iste’dodga, ilmga, mashqqa.
Arastu
- Kamolotga erishish uchun, avvalo qalb pokizaligi haqida o’ylash kerak. Qalb pokizaligiga esa yurak haqiqatni izlaganda va Ruh oriflikka intilgan taqdirdagina erishiladi. Bularning barchasi haqiqiy bilimga bog’liqdir.
Konfutsiy
- Harakat zaif bo’lgan joyda, kuchli bilim foydasizdir. Harakatsiz bilim – ipsiz kamon o’qidir.
Az-Zamaxshariy
- Bilim, ma’rifat yaxshi axloq bilan bezanmog’i lozim.
Abu Nasr Forobiy
- Eskini o’zlashtirgan va yangini tushunishga qodir insongina tarbiyachi bo’la oladi.
Konfutsiy
Avvaliga biz bolalarimizga o’rgatamiz. So’ngra o’zimiz ulardan o’rganamiz. Kimki buni xohlamas ekan, o’z davridan orqada qoladi.
Ya.Raynis
- Maktab voyaga etayotgan avlod tafakkurini shakllantirish ustaxonasidir, agar kelajakni qo’ldan chiqarishni istamasang, maktabni qo’lda mustahkam tutmog’ing lozim.
A.Barbyus
- Maktab – dunyo imoratlarining eng muqaddasi va qadrlisidir. Maktabning chin va haqiqiy ma’nosini bilgan millatlar jonlari, mollari bilan himmat va g’ayratlarini sarf etib, millatning taraqqiyi rivojiga ijtixod qilurlar.
Maxmudxuja Bexbudiy
- Chinakam oqilona ta’lim ongimizni ham, xulqimizni ham o’zgartiradi.
Mishel Monten
- Bilim va qudrat – ikkovi egizak.
F.Bekon
- Ilm bir chiroqdurkim, seni rohat va farog’atga hech bir zaxmatsiz etkazadi.
Abu Lays As-Samarqandiy
- Insonni inson qilib etishtiruvchi narsa – tarbiyadir.
Demokrit
- Kitob har qanday bilimning joni va yuragi, har qanday fanning ibtidosidir.
Stefan Tsveyg
- Bolalikka buyuk hurmat, ehtirom bilan qarash lozim.
Yuvenal
- Fikr tarbiyasi eng kerakli, ko’p zamonlardan beri taqdir qilinub kelgan, muallimlarning diqqatlariga suyalgan muqaddas bir vazifadur.
Abdulla Avloniy
- Taraqqiyotning umumiy ko’lamida har bir xalqning o’rni o’sha xalq o’qiyotgan kitoblarning soni bilan belgilanadi.
E.Labule
- Agar maqsadsiz bo’lsang hech narsa qilolmaysan, maqsading katta bo’lmasa buyuk ish qilolmaysan.
Deni Didro
- Ulug’ aql egalari o’z oldilariga maqsad qo’yadilar, qolgan odamlar o’z istaklari ortidan ergashadilar.
Voshington Irving
- Hayot yo’lida birinchi masala – maktab masalasidir.
Abdurauf Fitrat
- Ilm ko’pga etkazar, hunar esa ko’kka.
O’zbek xalq maqoli
- Yomonlik – butun nuqsonlar majmuidir. Dunyoning ishlari siyosatsiz tartibga tushmaydi. Agar ta’lim tarbiya va jazo to’g’risida qonun-qoida bo’lmasa, mamlakat ishlari buziladi.
Xusayn Voiz Koshifiy.
- Hamma qobiliyatlarning sarvari fikrdir.
Uilyam Metiyuz
- Ilm namoyondalariga baxillik qilma, zero ilm xazinadirki, undan qancha foydalansang ham boylikdan farkli o’laroq, baribir ko’payib boraveradi.
Majid Xavofiy
Bilimga eltuvchi yagona yo’l, bu faoliyatdir.
Bernard Shou
- Madaniy jamiyat shunday bo’ladiki, shu mamlakatning aholisidan bo’lgan har bir odam kasb-hunarda ozod, hamma bab-barobar bo’ladi, har Kim o’zi istagan yoki tanlagan kasb-hunar bilan shug’ullanadi. Odamlar chin ma’nosi bilan ozod bo’ladilar.
Abu Nasr Forobiy
- Aflotundan so’radilar: o’qish-o’rganish tokaygacha izzat va hurmatda bo’lg’usi? U javob qiladi: johillik nuqson deb hisoblangunga qadar.
Jaloliddin Davoniy
- Odamlar o’qishdan to’xtashlari bilan fikrlashdan ham to’xtaydilar.
Deni Didro
- O’rtamiyona odam vaqtni tez o’tkazish payida bo’ladi, iste’dod egasi esa undan foydalanib qolishga o’rinadi.
A.Shopengauer
- Har qanday mushkul ish aql egalari tufayli isloh qilinur.
Az-Zamaxshariy
Insonning qimmati emas siymu zar. Insonning qimmati ilm ham hunar.
Bedil
- Odam bolalikdan yaxshilik va go’zallik kurtaklarisiz hayotga qadam qo’ymasligi kerak, avlodlarni ham yaxshilik va go’zallik kurtaklarisiz hayotga yo’llab bo’lmaydi.
Fyodor Dostoevskiy
Xalq uchun nondan so’ng muhimi maktabdir.
Jorj Danton
Kimki o’rganishni uyat, or dema, Suvdan dur topadi, toshdan la’l, olmos.
Nizomiy Ganjaviy
Tarbiya ishida o’z-o’zini takomillashtirish jarayoniga katta o’rin berilmog’i lozim. Insoniyat faqat mustaqil o’rganish tufayligina taraqqiy etgan.
G.Spenser
- Kim hunarni desa, u dono bo’lur, nodonlar qudrat deb boylikni bilur.
Abduraxmon Jomiy
- Oltin va kumushi bo’lmagan odam kambag’al emas, balki es-xushi va kasb-hunari bo’lmagan kishi kambag’aldir.
Majid Xavofiy
- Hunar – hunardan unar.
O’zbek xalq maqoli
- O’quvchini mehnat qilishga o’rgat, uni nafaqat mehnatni sevishga, u bilan shunday uyg’unlashishga ko’niktirginki, toki mehnat uning vujudiga singib ketsin, uni shunga o’rgatki, uning uchun o’z kuchi bilan biron bir narsani bilib ololmaslik aqlga sig’maydigan holat hisoblansin.
Disterverg.
- Taraqqiyot tasodif emas, balki zaruriyatdir.
Viktor Gyuko
- Har qanday odamga uning qilgan ishlariga qarab baho berish kerak.
Servantes
- Dars ila tarbiya orasida bir oz farq bor bo’lsa ham, ikkisi bir-biridan ayrilmaydigan, birining vujudi biriga boylangan jon ila tan kabidir.
Abdulla Avloniy
Kitob haqida hikmatli so’zlar PDF << Yuklab olish>>
Tavsiya etamiz: Kitob haqida maqollar














