Sahifamiz orqali kitob haqida maqollar, kitob haqida sher bolalar uchun, kitob rasmlarini topishingiz mumkin.
Kitob haqida maqollar.
Sizlarga kitob haqidagi maqollarning eng saralarini taqdim etmoqdamiz.

- Kitob — insonning eng yaqin do‘sti.»
- «Kitobni o‘qigan kishi hech qachon yolg‘iz qolmaydi.»
- «Kitob o‘qish — yuksak ma’naviyatga yo‘l.»
- «Kitob o‘qish — ongni oziqlantirish.»
- «Kitobni o‘qish — hayotdan dars olish.»
- «Kitob – bilimning manbai.»
- «Bir kitob o‘qish – minglab kitoblarni o‘qiganlik bilan teng.»
- «Kitobni bilgan odam, dunyoni bilgan odamdir.»
- «Kitobni o‘qish – dunyo bilan suhbat qilish.»
- «Kitobni o‘qish orqali, dunyoni o‘zgartirish mumkin.»
- «Kitoblar ko‘ngilni yuvadi.»
- «Kitoblar — qimmatli xazinadir.»
- «Kitob o‘qish – hayotdagi eng yaxshi sarmoyadir.»
- «Kitob – qalbni poklaydi.»
- «Kitob – bilimni oshirishning eng yaxshi yo‘li.»
- «Har bir kitobda bir dunyo yashaydi.»
- «Kitobni yaxshi bilgan odam, har bir odamni yaxshi tushunadi.»
- «O‘qigan kitobingni so‘zlab berolmasang, u kitobni to‘g‘ri o‘qimagan bo‘lasan.»
- «Kitobni yaxshi o‘qish, uning yuragiga kirishdir.»
- «Kitoblar bilan dostlashganlar hech qachon yolg‘iz qolmaydi.»
- «Kitob o‘qish – haqiqiy boylikka erishish.»
- «Kitoblar – ko‘zga ko‘rinmas boylik.»
- «Kitob — ruhiy oziq-ovqat.»
- «Kitobdagi bilimni o‘zlashtirish – ulkan qudratga ega bo‘lish.»
- «Kitob o‘qiganlarning miyasi yuksak bo‘ladi.»
- «Kitoblarni o‘qish – insonni tarbiyalashning eng yaxshi vositasidir.»
- «Kitob – vaqtni behuda sarflamaslikning eng yaxshi usuli.»
- «Kitob o‘qish insonni yanada aqlli va dono qiladi.»
- «Kitoblarni sevsang, ular seni hech qachon xafa qilmaydi.»
- «Kitob — dunyoni tushunish uchun kalit.»
- Kitob — aql qayrog’i.
- Kitob ko’rmagan kalla — giyoh unmagan dala.
- Kitobsiz aql — qanotsiz qush.
- Kitoblar — aql farzandlaridir.
- Kitoblar jonsiz, ammo sodiq do’stlardir.
- Kitob bilim bulog’i — o’quvchining o’rtog’i
- Kitob xazina, bilim boylik
- Kitobdan yaxshi do’st yo’q.
- Kitob-beminnat do’st.
Tavsiya etamiz: Kitob haqida matn
Kitob haqida esse.

Kitob haqida sher.

Tushimga kiribdi bir kuni kitob.
Haddan ziyod xarob ahvoli.
Yuzida ming faryod, aylardi xitob.
Dimog’im bo’g’ardi uni savoli.
Endi meni keragim yo’qmi?
Nega uloqtirding meni jovonga?
Aqldan shunchalik ko’ngillar to’qmi?
Keragim qolmadimi? endi zamonga.
Xechkim o’qimaydi, yozadigan ko’p.
Planshet a’lodur, alifboyimdan.
Meni yirtib… noxot soladigan ko’p.
Hechkim olib qo»ymas … sigir poyidan.
Ho’p dedim, chidadim, o’qimay qo’yding.
Sabirim qolmadi zarra toqatga.
Qog’oz yuragimni olovda so’yding.
Ishlatib yubording xojatga.
Kitoblari qolgan kutubxonani.
Majburan obuna bo’lar o’quvchi.
Asrlab asragan asarlarimni.
Xaridori faqat, pista sotuvchi.
Telefonni yaratish uchun.
Mendan to’plangandi barcha ma’lumot…
Shu yerga kelganda yetmadi kuchim.
Shu so’zga dod soldi butun koinot…..
Bolaga kitob bering she’ri.

Osmonlarda yurganlar,
Oltin saroy qurganlar,
Ne beray? deb turganlar,
Bolaga kitob bering!.
Bola oqqush, oq kaptar,
Dunyolardan bexabar,
Yovuzlik topmay xabar,
Bolaga kitob bering!.
Qingʼir yoʼlga kirmasdan,
Peshonaga urmasdan,
Kimdir pichoq bermasdan,
Bolaga kitob bering!.
Internet-degan ajdar,
Goh undan oqar zahar,
Dod-demay, roʼzi mahshar,
Bolaga kitob bering!.
Kel! – diya, imlar tuzoq,
Qabr qazir, qazir choh,
Ming, ming astagʼfirulloh,
Bolaga kitob bering!.
Koʼzi ochiq koʼrmasdan,
Shayton yoʼldan urmasdan,
Otadan yuz burmasdan,
Bolaga kitob bering!.
Koʼkrak kerib yurganlar,
Koʼrkam saroy qurganlar,
Ne beray, deb turganlar,
Bolaga kitob bering!.
“Lison ut tayir”larim,
Yurakka sayrlarim,
Аvliyozod nurlarim,
Bolaga kitob bering!.
Koʼzlarni ochish kerak,
Gʼaflatdan qochish kerak.
Qanot chiqarish kerak,
Bolaga kitob bering!.
Dersiz: “Pul yigʼish kerak,
Oltinu, kumush kerak”,
Xudodan qoʼrqish kerak,
Bolaga kitob bering!.
Gullar quchib yurganlar,
Gulsaroylar qurganlar,
Ne beray-deb, tuganlar,
Bolaga kitob bering!.
Xazinai jahon u,
Kichik Аbu Rayhon u,
Sizga qarab hayron u,
Bolaga kitob bering!.
Buxoriy-sarvarim u,
Termiziy-anvarim u,
Mahmud Zamaxsharim u,
Bolaga kitob bering!.
Keskir qilich boʼlsin u,
Kitobga oʼch boʼlsin u,
Yengilmas kuch boʼlsin u,
Bolaga kitob bering!.
Xonlar kabi yurganlar,
Xonsaroylar qurganlar,
Ne beray? – deb turganlar,
Bolaga kitob bering!.
Navoiyni bilsin u,
Yoningizga kelsin u,
Baxti boʼlsin, kulsin u,
Bolaga kitob bering!.
Tavsiya etamiz: Kitob haqida hikmatli so’zlar










