Домой Maqollar Do’st, Do’stlik haqida maqollar

Do’st, Do’stlik haqida maqollar

Do'st, Do'stlik haqida maqollar

Sahifamizda o’zbek maqollari, Do’st, Do’stlik haqida maqollar. Bolalar uchun do’stlik, do’st va dushman haqida eng sara maqollar to’plami.Do’st haqida manoli so’zlar.

Do’stlik haqida maqollar.

Aybsiz do‘st izlagan do‘stsiz qolar.
*
Asli dushman el bo‘lmas,
Etakni kessang, yeng bo‘lmas.
*
Asli qora oqarmas.
*
Aqli ko‘pni dov olmas,
Do‘sti ko‘pni yov olmas.
*
Baliq suvsiz yashamas,
Inson – do‘stsiz.
*
Bilagi alp birni yiqar,
Do‘sti ko‘p – mingni.
*
Bir ko‘rgan – tanish,
Ikki ko‘rgan – bilish.
*
Burgut kuchi – oyog‘ida,
Odamniki – do‘stlikda.
*
Daraxt – ildizi bilan,
Odam – do‘stlari bilan.

Do’st va dushman haqida maqollar.

Dushman ba’zan kuldirar,
O‘ng‘ay topsa, o‘ldirar.
*
Dushman do‘st orasidan chiqar.
*
Dushman siringni o‘g’irlar,
Do‘st xatongni to‘g’rilar.
*
Dushman chaqirsa borma,
Do‘st chaqirsa, qolma.
*
Dushman o‘lar, do‘st qolar,
O‘sma ketar, qosh qolar.
*
Dushmanga joningni bersang ham,
Siringni berma.
*
Dushmanga choh qaziguncha,
Do‘stingga uy solib ber.
*
Dushmanimning do‘sti – mening dushmanim,
Dushmanimning dushmani – mening do‘stim.
*
Dushmaningdan qo‘rqma, munofiqdan qo‘rq.
*
Dushmaningni qarg‘ama, do‘stingga tegar.
*
Dushmaningning o‘limini tilaguncha,
Joningning sog‘ligini tila.
*
Dushmaning sovg‘asidan qo‘rq.
*
Do‘st achitib gapirar,
Dushman – kuldirib.
*
Do‘st boshga boqar,
Dushman – oyoqqa.
*
Do‘st bo‘lsang, do‘stingning aybini tuzat.
*
Do‘st ming bo‘lsa ham – oz,
Dushman bir bo‘lsa ham – ko‘p.
*
Do‘st oldingda gapirar,
Dushman – orqangdan.
*
Do‘st – oltining,
Dushman – qotiling.
*
Do‘st og‘ir kunda bilinar.
*
Do‘st suyganning tusiga boqma.
*
Do‘st so‘zini tashlama,
Tashlab boshing qashlama.
*
Do‘st uzoqda bo‘lsa ham, ko‘ngli yaqin.
*
Do‘st egiz,
Dushman – sakkiz.
*
Do‘st yuzingga boqar,
Dushman – izingga.
*
Do‘st hisobi – dilda.
*
Do‘stga dushman bo‘lish oson,
Dushmanga do‘st bo‘lish qiyin.
*
Do‘stga yolg‘on, dushmanga chin gapirma.
*
Do‘stga xiyonat qilma,
Dushmanga – shafqat.
*
Do‘sti nodondan dushmani dono yaxshi.
*
Do‘sting uchun zahar yut.
*
Do‘stingga rost gapir,
Dushmaningga – maqtanib.
*
Do‘stingning oshini qasdingdan ich.
*
Do‘stlarimdan o‘zing saqla,
Dushmanlarimni o‘zim bilaman.
*
Do‘stlik – barcha boylikdan afzal.
*
Do‘stsiz boshim – tuzsiz oshim.
*
El omonlik tilar,
Yov – yomonlik.
*
Eshak eti go‘sht bo‘lmas,
Savdogar hech do‘st bo‘lmas.
*
Ginali do‘st – adovatli dushman.
*
Ikki haramza do‘st bo‘lmas.
*
Ishkambadan go‘sht bo‘lmas,
Dushman aslo do‘st bo‘lmas.
*
Jonga kuygan jonday do‘st,
Jonga kuymas qanday do‘st.

Do’st, Do’stlik haqida maqollar.

Kiyimning yangisi – yaxshi,
Do‘stning – eskisi.
*
Ming so‘ming bo‘lguncha, bitta do‘sting bo‘lsin.
*
Nomarni jang sinaydi,
Do‘stni – muhtojlik.
*
Odam ichini bilish qiyin,
Do‘st ustidan kulish qiyin.
*
Onangni otangga yomonlama,
Do‘stingni – dushmanga.
*
Tirik bo‘lsak – bir yerda,
O‘lik bo‘lsak – bir go‘rda.
*
Vafoli do‘st yo‘lga solar,
Ig‘vogar do‘st paydan olar.
*
Xalq do‘stligi – yurt boyligi.
*
Yangining nodonligi bor,
Eskining – qadrdonligi.
*
Yaxshi do‘st yuz qarindoshdan yaxshi.
*
Yaxshi ko‘rgan do‘stingga
Yaxshi ko‘rgan molingni ber.
*
Yot oshingga qaraydi,
Do‘st – boshingga.
*
O‘pka, yurak go‘sht emas,
Hisoblashgan do‘st emas.
*
O‘rtada burun bo‘lmasa,
Ko‘z ko‘zni o‘yar.
*
O‘tni kavlasang, o‘char,
Do‘stni kavlasang, kechar.
*
Qadim do‘stlik zanglamas.
*
Qarz bersang, do‘st ko‘payar,
Talab qilsang – dushman.
*
Qovunni dushmaningga kestir,
Go‘shtni – do‘stingga.
*
Quyosh havoni isitar,
Do‘st – qalbni.
*
G‘amingni do‘stingga aytma, kuyunadi,
Dushmaningga aytma, suyunadi.
*
Har kimni do‘stim dema,
Tandagi po‘stim dema.
*
Hisobdan adashsang ham, do‘stdan adashma.
*
Hisobli do‘st ayrilmas.
***
Choyning so‘ngini do‘stingga ber

Tavsiya etamiz: Do’stlik haqida matn

manba.