Домой Maqollar Maqollar to’plami. Salomatlik haqida maqollar.

Maqollar to’plami. Salomatlik haqida maqollar.

Maqollar to'plami. Salomatlik haqida maqollar.

Sahifamiz orqali   Maqollar to’plami, salomatlik haqida maqollar to’plamini topishingiz mumkin. Salomatlik haqida maqollar 100 ta.

Salomatlik haqida maqollar.

Kasalni yashirsang,
Isitmasi oshkora qilar.

Kasalni tabib emas, habib tvar.

Pokliging — sog‘liging.

Terlama tez o‘ldirar,
Bola-chaqani g‘amga to‘ldirar.

Quturganning kuni — qirq.

Kasal — bitta, davosi — mingta.

Kasalni tabib emas, habib tuzatar.

Kasal kasal emas,
Kasalni boqqan kasal.

Bosh armoni bo‘lmasa,
Mol armoai armonmas.

Bemor o‘ziga yoqmagan ovqatga o‘ch.

Chilim chekkan kishini,
Urib sindir tishini.

Kasal kasal emas,
Kasalni boqqan kasal.

Bosh armoni bo‘lmasa,
Mol armoai armonmas.

Bemor o‘ziga yoqmagan ovqatga o‘ch.

Chilim chekkan kishini,
Urib sindir tishini.

Chiniqqanga — gard yuqmas,
Tiniqqanga — dard.

Isitmani yashirsang,
O‘lim oshkor qilar.

Odam aksirsa yozilar,
Mol — silkinsa.

Suyak butun bo‘lsa, et bitar.

Chuchkuruv bilan jon kirar,
Esnash bilan jon chiqar.

Qimiz ichgan qarimas,
Qarisa ham, dard ko‘rmas.

Tani sog‘ga kunda to‘y.

Sog‘dan salqit qolmas.

Tani sog‘ning — joni sog‘.

Kasalning kelishi oson, ketishi qiyin.

Bosh rohati — tan rohati.

Nomard bo‘lsin, sog‘ bo‘lsin.

salomatlik haqida

Mol zo‘riqsa, o‘ladi,
Odam zo‘riqsa, o‘ldiradi.

Jon qaqshag‘i jahonga sig‘mas.

Rang ko‘r, hol so‘r.

Dard keldi, darmon ketdi.

Ermanalik uyda er o‘lmas,
Darmonalik uyda dard bo‘lmas.

Ayolning sarishtasi —
Ro‘zg‘orning farishtasi.

Qovun yesang, sahar ye,
Sahar yemasang, zahar ye.

Kechki ovqat — zahar,
Ovqat yegin sahar.

Salomatlik — tuman boylik.

Uzoq chaynasang, uzoq yashaysan.

Ter tagida dard qolmas.

Kasal ko‘rsang, ko‘ngil ko‘tar.

Tishsiz og‘iz — toshsiz tegirmon.

Joningni olmagan kasal yoningda bo‘lsin.

Sog‘ tanda — sog‘lom aql.

Salomatlik haqida maqollar.

Kir yuvgandan supurgi ham qo‘rqar.

Sovrin — zo‘miki, sog‘liq — ko‘pniki.

Oyda kelsin, omon kelsin.

Bola sog‘ligi — ona boyligi.

Omon bo‘lsang, olam seniki.

Tan og‘risa, jon sezar.

Sarimsoq, sarimsoq yeganning tani sog‘.

Tabib tabib emas,
Dard chekkan — tabib.

Mol ketsin, pul ketsin,
Eson-sog‘likka ne yetsin.

Kasal bo‘lib o‘lmadim,
Uzulikib o‘ldim.

Bosh omon bo‘lsa, do‘ppi topilar.

Sog‘ aql — bol aql.

Qattiq qishdan mol qolsa — o‘lja,
Qattiq og‘riqdan jon qolsa — o‘lja.

O‘ladigan kasalning o‘lgani yaxshi,
Uydagilarning tingani yaxshi.

Kasal kamaysa, tabib kasal bo‘lar.

sog' tanda sog'lom aql

Dard botmonlab kelar,
Misqollab chiqar.

Muguz lat yesa, tuyoq zirqirar.

Uyi tozaga gard yuqmas,
Gard yuqsa ham, dard yuqmas.

Qalqonbozlik qiladi to‘ppa oshi,
Nayzabozlik qiladi ugra oshi.

Qaramagan boshni bit yer.

Yomon og‘riqqa — yaxshi osh.

Kasalning yaxshi-yomoni yo‘q.

Kasalga asal ham bemaza tuyular.

Kasalga so‘z yoqmas,
Charchaganga — o‘yin.

Joni achimasning qoshida
Boshing ham og‘rimasin.

Qorning ochmasdan ovqat yegin,
Qorning to‘ymasdan qo‘l artgin.

Qora chivin kishi o‘ldirmas,
Ko‘ngil aynitar.

Och bo‘l, yalang‘och bo‘l, salomat bo‘l.

Bir kunlik isitma
Qirq kunlik kuchni olar.

Yashirin dardga davo yo‘q.

Qimiz ichganing — qirchillaganing,


Sut ichganing — so‘lqillaganing.

Qorni to‘qqa balo yo‘q.

Quyosh, havo — tanga davo.

Sog‘ yurak — tog‘ yurak.

Omon bo‘lsa shu boshim,
Yana chiqar shu sochim.

Tan salomati — jon rohati.

Bedard yonida gapirsang, boshi og‘rir.

Sihat tilasang, ko‘p yema,
Izzat tilasang, ko‘p dema.

Kasal kulgi suymas.

Kalla osgan kuni itdan,
Kir yuvgan kuni bitdan qutulasan.

Boylikning boshi — sog‘liq.

Sovug‘ing oshsa — davlat,
Issig‘ing oshsa — qiyomat.

Ter chiqqandan jon chiqmas.

Joni og‘rigan tangrisini qarg‘ar.

Salomatlik haqida maqollar

Tavsiya etamiz: Maqollar-hayotiy tajriba va sinovlar hosilasi.

Manba: uzbaza.uz.