Домой Maqollar Son qatnashgan maqollar

Son qatnashgan maqollar

Son qatnashgan maqollar

Son qatnashgan maqollar. Matematik maqollar bolalar uchun. sonlar matematik maqollar to’plami.

Maqollar da  avlod-ajdodlarning hayotiy tajribalari, jamiyatga munosabati, tarixi, ruhiy holati, etik va estetik tuygʻulari, ijobiy fazilatlari mujassamlashgan.

Son qatnashgan maqollar.

1.      Birni kessang, o’nni  ek.

2.      Ikki o’n besh-bir  o’ttiz.

3.      Birniki  mingga, mingniki  tumanga.

4.      Birni ko’rib  fikr qil, mingni  ko’rib  shukur  qil.

5.      Bir  yil  tut  ekkan kishi  yuz  yil  gavhar teradi.

6.      Qirqiga  chidagan, Qirq biriga ham chidaydi.

7.      Ilmsiz  bir  yashar, ilmli ming  yashar.

8.      Oyning  o’n beshi   qorong’u  bo’lsa,
o’n beshi  yorug’  bo’ladi.

9.      Do’sting  ming  bolsa  ham  oz,
dushmaning  bir  bo’lsa  ham  ko’p.

10.     Bir  kattaning  gapiga  kir, bir kichikning.

11.     Yetti  o’lchab,   bir  kes.

12.     Bir  bolaga  yetti  mahalla  ota-ona.

13.     Bir  kishi  hamma  uchun , hamma  bir kishi  uchun.

14.     Bir kishi ariq  qaziydi,ming  kishi suv  ichadi.

15.     O’g’ri bitta, gumon-  mingta.

16.     O’ttiz tishdan  chiqqan  gap, O’ttiz elga taqalar.

17.     Dushmaning  bitta  bo’lsa  ham, ehtiyot  bo’l.

18.     Bir  ochga  tegma, bir-yala ng ochga.

19.     Bir kulib boqqan  odamdan  qo’rq, bir  yorishib yoqqan  havodan.

Tavsiya etamiz: Fasllar haqida sherlar bolalar uchun

20.     Qing’ir  ishning qiyig’i qirq  yildan keyin  ham  chiqadi.

21.     Bir  kalla- kalla, ikki  kalla  tilla.

22.     Bir  mayizni  qirq  kishi  bo’lib  yer.

23.     Ikkovga  birov botolmas ,otliqqa  yayov  yetolmas.

24.     Bir  dehqon  omoch  bilan, yettovlon  cho’mich  bilan.

25.     Bir  tup  tok  eksang, bir tup  tol  ek.

26.     Mingta  so’zdan  bitta  ish  yaxshi.

27.     Bir  yigitga  yetmish  hunar oz.

28.     Bir  yomon  anjir  kesar, ikki  yomon-zanjir.

29.     Bir  yaxshiga-  ming  yomon.

30.     Bir  kalning  hiylasi  -qirq  kishini  charchatar.

31.     Bir kulguning  bir  yig’isi  bor.

32.     Bir   ko’rgan  yuz   eshitgandan  yaxshi.

33.     Bir  ko’chsang, bir  talov,  ikki  ko’chsang – ikki.

34.     Pish  qozonim  besh  oy , o’tir  qizim o’n  oy.

35.     Bir  kun tuz  ichgan joyingga  qirq  kun  salom  ber.

36.     Bir  qulniki  aziz , bir-tulniki.

37.     Yetmish  yulduz yarim  oyga  tatimas.

38.    » Bir  nafaslik  muhabbat’’,  boshga  keltirrar  ofat.

39.     Ikki  suyuq   bir  kongilga  sigmas.

40.     Mehr  ikki  ko’zda.

Tavsiya etamiz:  Alifbe bayrami ssenariysi

41.     Bir  qoshiq  oshim-gavgosi  bor.

42.     Bir  achiqning bir  chuchugi  bor.

43.     Daraxt  bir  yerda  kokarar.

44.     Semizning  oyog’i  sakkiz.

45.     Ikki  nor  urushsa  o’rtaga  chivin  olar.

46.     Bir yo’talga  ikki  yo’tal.

47.     Bir  kal-qiyiq, bir –ko’r.

48.     Besh  qo’l  barobar  emas.

49.     Ko’p  qarining  ichida bir   bola dono  bolur,
ko’p  bolaning  ichida  bir qari  bola bolur.

50.     Moldan  molning  farqi  bor, o’ttiz  ikki  narxi  bor.

51.     Hamma  odam  bir  odam  hamma  maxluq  bir  maxluq.

52.     Bir  balosi  bo’lmasa  shudgorda  quyruq  na qilur.

53.     Bir kun janjal chiqqan uydan  , qirq kun baraka ketadi.

54.     Bir ko’rgan tanish , ikki ko’rgan bilish.

55.     Birni birov beradi , mingni mehnat beradi.

56.     Yeridan ayrilgan  yetti yil yig’lar ,
Elidan ayrilgan o’lguncha yig’lar.

57.     Bir mayizni qirq kishi bo’lib yer.

58.     Bir odam ko’prik solar, Ming odam undan o’tar.

59.     Bir yaxshi bilan bir yomon kelishar, Ikki yomon kelishmas.

60.     O’ttizida er atangan,Qirqida sher atanar.

61.     Dushmaning bitta bo’lsa ham , ehtiyot bo’l.

62.     Bir kesak bilan ikki chumchuqni urib bo’lmas.

63.     Bir qo’yga –pichoq , Ikki qo’yga –tayoq.

64.     Qirqqa kirgan qil yorar.

65.     Yetimning haqqi yetti daryoni quritar.

66.     Bir uy to’la jonsan, bir-biringga mehmonsan.

67.     Qirq kun yoqqan yogindan, Yelib o’tgan suv  yaxshi.

68.     Bir qo’ltiqqa ikki tarvuz  sig’mas, Bir yurakka –ikki yor.

69.     O’nta bo’lsa o’rni boshqa, qirqta bo’lsa- qilig’i.

70.     Sakson kunda saboq,
To’qson kunda taboq.

71.      Ignachini  ming  urgani,
Temirchini  bir  urgani.

72.      Bir qilgan  madad,  Ikki qilgan  odat

73.      Birini bilgan birini bilmas

74.      Ming   daraxtni  boshini,
Bir  bolta  chopar

75.      Yaxshi  bir tovba  qilar,  yomon yuz

76.      Har  zog’da,  ming dog’

77.      Erinchoq ikki ishlar,
Oxiri  barmog’in tishlar

Son qatnashgan maqollar sizga ,manzur bo’ladi degan umiddamiz.

Tavsiya etamiz: Mantiqiy savollar