Ushbu sahifamiz orqali fasllar haqida sherlar to’plami jamlangan.fasllar haqida sherlar bolalar uchun, fasllar haqida rasmlar va matn.
Fasllar haqida matn.
Yil fasllari – bahor, yoz, kuz, qish. Yil fasllarining almashinishi Yer aylanish oʻqining orbita (Yerning Quyosh atrofida aylanish yoʻli) tekisligiga nisbatan ogʻishganligi (66°33’) sabab boʻladi. Yer Quyosh tevaragida aylanganda Yer oʻqining yoʻnalishi oʻzgarmaydi. Shu sababli Yer Quyosh atrofida aylanar ekan bir shimoliy qutb, bir janubiy qutb Quyoshga qarab qoladi.
Shimoliy qutb Quyoshga roʻpara boʻlganda shimoliy yarimshar koʻproq isiydi, Janubiy qutb Quyoshga roʻpara kelganda esa janubiy yarimshar koʻproq isiydi. Shundan yil fasllari almashinadi.
Shimoliy yarimsharda bahor faslining boshlanishi deb – Quyoshning bahorgi kun-tun tengligi nuqtasidan oʻtish vaqti (21—22 mart); yoz faslining boshlanishi deb Quyoshning yozgi turish nuqtasidan oʻtishi (21 —22 iyun);
kuz faslining boshlanishi deb – Quyoshning kuzgi tengkunlik nuqtasidan oʻtishi (23 sentyabr) va qishning boshlanishi deb – Quyoshning qishki turish nuqtasidan oʻtishi (21—22 dekabr) kunlari qabul qilingan. Janubiy yarimsharda bularning aksi boʻladi.
Fasllar haqida sherlar.
Qish kulsa, og‘zidan to‘kiladi qor,
Xovridan yaxlaydi, daryo-yu anxor.
Baxoroy kulganda, isiydi kunlar,
Og‘zidan to‘kilar turfa xil gullar,
Yoz kulsa, soyaga «berkinib» gullar,
Tap-taqir bo‘ladi, issiqdan cho‘llar.
Lekigin, mevalar yetilib pishar,
Lazzatli bol misol bo‘lib yetishar.
Kuz kulsa, mo‘l bo‘lar — meva, sabzavot,
Mexnat-la qiziydi, dalada xayot.
Xirmonlar yuksalar, xosilga «to‘yib»,
Daraxtlar barg to‘kar, o‘zin bo‘sh qo‘yib.
Xar fasl kashf etar, o‘zgacha surur,
Fasllar kulgusi — mo‘jiza erur!
Ona tabiat.
Qish der: – Kumush qorim bor,
Qorbobo yasang!
– Gulim ko‘rkam, – der bahor,
Guldasta yasang!
Yoz der: – Suvim beg‘ubor,
Suz baliq misol!
Kuz der: – Mevam, bolim bor,
Bari senga, ol!
Demak, ona tabiat
Bizni der har vaqt.
To‘rt fasl- fasllar haqida sherlar.
Milt etib chiqdi quyosh,
Dedi:-Do‘stlar qish odosh.
Ko‘rsak, yo‘q qora bulut,
Yer yuzi ko‘k gilam-o‘t.
Keldi ko‘klam kabi soz,
Bizlar sevgan issiq yoz.
Ekin o‘sdi yerlarda,
Bug‘doy pishdi qirlarda…
Poliz to‘la bodring,
Bog‘bon, tez uzib bering!
-Sabr qiling siz andak,
So‘yib beray handalak.
Quyosh tushar taftidan,
Qo‘rqib qishning aftidan.
Sarg‘ayadi ko‘katlar,
Barg to‘kadi daraxtlar.
Hosil yig‘ib olinar,
Qishga zamin solinar.
Dala-dashtda tindi ish,
Keldi mehmon bo‘lib qish.
Qish emas, u – qorbobo,
Sovg‘alari bor bobo…
Xuddi yozday, bahorday –
Iliq, kuzgi nahorday.
Qor yog‘ar, kecha-kunduz,
Suv sovuq qotib kiygan muz.
Kuz fasli
Sayrning ilinjida,
Bir kuni chiqdim boqqa.
Barglar gilamday bunda,
Toʼshalgan xammayoqqa.
Tut daraxti yoz boʼyi,
Yana qaytgan asliga.
Baxorda ipak qurti,
Tashna boʼlar bargiga.
Yozda men koʼrgan qushlar,
Janublarga ketibdi.
Kuz fasli demak doʼstlar,
Oʼlkamni zabt etibdi.
Oltin kuz.
Atrof go’zal, yo’q qiyos,
Ko’kda nur sochar quyosh,
Ba’zan bulut to’kar yosh,
Yurtimizda oltin kuz,
Barglar olgan oltin tus.
Bog’-rog’larda ish qizg’in,
Bog’bonlar meva uzgan,
Rahmat aytishar kuzga,
Hosil began qarang, yuz,
Rahmat senga oltin kuz!
Yig’ildi qovun, tarvuz,
Uzumlar deydilar:- Uz,
Barchasi rizqimiz, tuz,
Hosil yuz, tegmasin ko’z,
Rahmat senga oltin kuz
Tabiat.
Buyuk ona tabiat,
Tilsimlaring juda moʼl.
Bizlarga berib sabot,
Koʼrsatasan toʼgʼri yoʼl.
Exson kutmaymiz sendan,
Bu bizning chin soʼzimiz.
Аksincha, kashfiyotni,
Yaratamiz oʼzimiz!…
Tavsiya etamiz: Qish haqida sherlar
Fasllar haqida she’r.
Ko’nglingiz quvonchi misli bir bahor,
Mehr-u muhabbatingiz yoz kabi bo’lsin!
Hayotingiz davomi kuz kabi sokin,
Qishning qorlaridek musaffo bo’lsin!
Qish fasli.
To’rt fasllar aylanib,
Qish kelibdi yastanib.
Zamin oppoq o’ramda,
Yumshoq, momiq gilamda.
Ko’cha to’la bolalar,
Uchar quvnab chanalar.
Yanoqlari zir qizil,
Lek yonmoqda qizib dil
Olam naqadar go’zal,
Ertakdaman shu maxal.
Osmonlardan yog’ar qor,
Atrofga sochib chiroy.
Tarnovda to’p sumalak,
Qator-qator bir talak.
Mo’ri, pechdan bo’rillab,
Tutqun o’ynar tarallab.
Mo’jaz,sirlarga boysan,
Erka, to’lingan oysan.
Kuch olar uxlab borliq,
Tanga bag’ishlab hordiq.
Asraylik tabiatni
Tabiatdir onamiz, inson uning farzandi,
Nojo‘ya ishimizdan zirqirar band-u bandi.
Insoniyatni siylab, baxsh etgan tarovatni,
Onamizdek e’zozlab asraylik tabiatni.
Meva tutsa mehrla goh shoxlarin chopdik biz,
Yo‘q qilib o‘rmonlarni, o‘tin qilib yoqdik biz.
Toptadik, payhon etdik aziz bilmay ne’matni,
Jabr chekar yer-u ko‘k, asraylik tabiatni.
Yosh bolamas kattamiz, xatoligin bilamiz,
Bilib turib, afsuski yomon ishlar qilamiz.
Ko‘paytirmay ertaga afsus-u nadomatni,
Es-hushni yig‘ishtirib, asraylik tabiatni!
Ifloslab oqar suvni, tashladik axlatlarni,
Ichimlik suvi yetmay, yo‘qotdik rohatlarni.
Nahotki unutdik biz azaliy qadriyatni,
Har tomchisi hayot-ku, asraylik tabiatni!
Orol yig‘lar bag‘ri xun, qum sahrodan iborat,
Bormoqdadir o‘zgarib me’yor bilmas harorat.
Befarqlikka qo‘yib chek, to‘xtatib halokatni,
Kelajak avlod uchun asraylik tabiatni!
Bari noyob jonzotlar bizdan bezib ketdilar,
Tog‘-u toshni tark etib, dilni ezib ketdilar.
Achchiq bo‘lsa-da agar tan olib haqiqatni,
Yetkazmaylik aziyat, asraylik tabiatni!
Xazon yoqib to‘ldirdik osmon bag‘rin tutunga,
Ofatlarni oshirib, foyda qildik ayt, kimga
Ortib bormoqda dardlar, yo‘qotib halovatni,
Barchamiz bo‘lib yakdil asraylik tabiatni!
Tavsiya etamiz: Mehrjon bayrami ssenariysi. Mevalar haqida qo’shiq
Bahor haqida she’rlar.
Qanday javob aytay, loldir tillarim,
Baridan tutdim-u, keldim qoshingga.
U ham g‘aming bilan kezdi aftoda,
Boqib turolmayin qabring toshiga.
Alamda tutoqib daraxtga ko‘chdi,
Kurtakni uyg‘otib so‘yladi g‘amnok.
Sening yoding bilan yelib beqaror,
Gullar g‘unchasini etdi chok-chok.
Gul-u rayhonlarning taraldi atri,
Samoni qopladi mayin bir qo‘shiq.
Bu qo‘shiq naqadar oshno, yaqin,
Naqadar hayotbaxsh, otashga to‘liq.
Осенъ – fasllar haqida ruscha sherlar
Стали дни холоднее,
И от птичьего крика
В сердце стало грустнее.
Стаи птиц улетают
Прочь, за синее море.
Все деревья блистают
В разноцветном уборе.
Солнце реже смеется,
Нет в цветах благовонья.
Скоро Осень проснется
И заплачет спросонья.
Yoz shamoli.
Shivir-shivir
Yoz shamoli
Esar asta,
Eh, navoli.
Bog oralab
Guv-guv yelar,
Behi hidin
Olib kelar.
Yoz keldi.
Yoz keldi-yu, yoz keldi,
Doira bilan soz keldi.
Uchib kelgan laylaklar
Qanoti qog’oz keldi.
Tunni qilib tongotar
Shoʻx bolalar dong qotar.
Bir tutam yoz tunida
Dehqon tongni uyg’otar.
Yoz.
Laylak keldi, yoz boʻldi,
Qanoti qog’oz boʻldi.
Dala-dashtlar qulf urdi,
Daryo boʻyi soz boʻldi.
Laylak keladur tog’ga,
Quloqlarida halqa.
Halqasi tushib qopti,
Topib bersangiz olqar:
Man bibi hoji edim.
Qizlar oʻyin tushganda,
Man nog’orachi edim.
Nog’orasi buzildi,
Zanjirlari uzildi,
Nog’ʻorachi oʻrniga
Laylak bo’ynim choʻzildi!
Tavsiya etamiz: Yil fasllari haqida topishmoqlar