Yil fasllari haqida topishmoqlar

0
Yil fasllari haqida topishmoqlar

Topishmoqlar to’plami. Ushbu sahifada bolalar uchun qiziqarli yil fasllari haqida topishmoqlar. Eng qiyin topishmoqlar javobi bilan. Fasllar qish, bahor, yoz va yoz fasli haqida  topishmoqlar jamlanmasini topshingiz mumkin.

Yil fasllari haqida topishmoqlar.

Bola kelar, bola kelar,
Ilk mehr ola kelar,
Silab-siylab daraxtlarga,
Guldan marjon taqa kelar.
(Bahor)

Tort ortoq bor: zo`r ishi
–Odam, olm tashvishi.
Har biri xursand etar,
Izma-iz kelib ketar.
(Yil fasllari)

Kelib ketar bir yilda,
To’rt og’ayni har hilda
(Yil fasllari)

Bostirdim ikki tovuq,
Biri issiq, biri sovuq,
(Qish, yoz)

Bir bo‘ri to‘qqiz qulonni yeb turur,
Terisin oftobga yoymay kiyib turur.
(Qish, yoz)

Osmondan par tushadi,
Par emas , zar tushadi.
(Qor parchasi)

Yerni qor bosar,
Soyni muz bosar.
Shamol tinsa sal,
Bu qaysi mahal?
(Qish fasli)

Qizir bearmon,
O‘yin-qorbo‘ron.
Chanada uchish,
Qaysi fasil bu?..
(Qish)

Tavsiya etamiz: Barcha mavzudagi she’rlar

Tabiat hodisalari haqida topishmoqlar.

Oltin kelganda, kumush ketar,
Kumush kelganda, oltin ketar.
(Quyosh, Oy)

Bir parcha patir,
Olamga tatir.
(Oy)

Onasi bitta.
Bolasi mingta.
(Oy va yulduzlar)

Zar gilam, zar-zar gilam,
Ko‘taray desam, og‘ir gilam.
(Yer)

Ketaveradi, ketaveradi,
Orqasiga qaramaydi.
(Suv, ariq)

Ko‘zga ko‘rinmas,
Qo‘lga tutilmas.
(Havo)

Oppoqqina dasturxon,
Yer yuzini qoplagan.
(Qor)

Oq tovuq,
Katagi sovuq.
(Qor)

Oqqina tovuq xirmon sochar.
(Qor)

Oq sigir turib ketdi,
Qora sigir yotib qoldi.
(Qor, yer)

Qo‘lsiz, oyoqsiz eshik ochar.
(Shamol)

Chopsa, chopilmas,
Kessa, kesilmas.
(Soya)

Tavsiya etamiz: Topishmoqlar – ijtimoiy hayot ifodachisi.