Bolalar uchun qiziqarli topishmoqlar 10 ta. Davlat ramzlari va Murabbiy, o’qituvchi va o’quv qurollari haqida topishmoqlar to’plami.
Davlat ramzlari haqida topishmoqlar.
- Hilpirab berar darak
O’zbekiston mushtarak
Oy-u,o’n ikki yulduz,
kechani aylar kunduz. - Paxta dondan chambarak,
sakkiz qirra yulduzli.
«Xumo qush » baxtdan darak,
Quyoshli u kunduzli,
Amu-Sir to tasviri.
Go’zal joylashgan bari
Nima? Sen aytchi sari? - «Serquyosh»deb boshlanar,
Vodiy » oltin»ga qiyos.
«Ulug»xalq deb maqtalgan,
Barcha «do’stlarga yo’ldosh»
Ajdodlarning ruhi yor,
Deya kuylangan «diyor». - Hech qiynalmay endi yoz,
Berildi zo’r imtiyoz.
Muomala, yozuvda,
O’z maqomi bor, Gulnoz. - Koptok shardan bo’rtib chiqqan,
Yer,suv, tog’ turtib chiqqan
»Ming to’qqiz yuz to’qson birda»
Davlat bo’lib, yurt bo’lib chiqqan. - Turk eliga o’zakdir,
«Sharq»ga guldir- bezakdir.
Dunyoda tinch bu makon,
saxiy yurt (…..)Murabbiy, o’qituvchi va o’quv qurollari haqida topishmoq.
- Qo’llaringga tutqazib qalam,
O’rgatar ko’p, erklar,suyar,
Zavol ko’rmay ulg’ay der bolam,
Shogirdlarin, ulug’lar qo’llar. - O’qib anglab sayraydi,
Aytib dili yayraydi.
O’rgatgandan minnatdor
Aytganin uqar takror. - Yolg’iz qolsam yo’ldoshdir,
O’qib mazza qilaman.
Hayotimda zo’r qoshdir,
Endi ko’p ish bilaman.
Bobom deydi nur- oftob
Uyga kirgan har (…) - Yozib umrin tugatar
Serharakat shu qadar. - Manzillarga yetib borar,
Qo’lsiz, oyoqsiz,
Do’st fikrini- do’stga der
Hech bir bo’yoqsiz.
Topishmoq javoblari.
- Bayroq
- Gerb
- Madhiya
- Davlat tili
- Xarita
- O’zbekiston
- Ustoz
- O’quvchi
- Kitob
- Qalam
- Maktab
Tavsiya etamiz: Turli mavzudagi topishmoqlar
Ushbu post «99 topishmoqlar» kitobidan foydalanildi.







