Bosh sahifa Topishmoqlar Fasllar va Tabiat haqida topishmoqlar

Fasllar va Tabiat haqida topishmoqlar

0
Fasllar va Tabiat haqida topishmoqlar

Bolalar uchun topishmoqlar dunyosi. Fasllar va Tabiat haqida topishmoqlar. eng qiyin topishmoqlar javoblari bilan.

Fasllar haqida topishmoqlar.

Bir fasl bor tengsiz chiroy,
Kurtak, gullar, dovuchcha.
O’ylab aytgin sen picha. (Bahor)

To’kinlikda noz – nemat,
Qaysi fasl, ayt, Hikmat. (Yoz)

Daraxtlarning barglari,
Sarg’ayar oltin misol.
Qaysi faslda ayt, Muslim,
Yuz beradi shunday hol. (Kuz)

Oq choyshab ko’rpa yopar,
Dov daraxtlar, dala- qir,
Borliq dilga xush yoqar,
Bunda bordir ajib sir.
Yer ilmida to’xtar ish,
Bu faslni derlar … (Qish)

Kelib ketar bir yilda,
To`rt og`ayni har xilda (Fasllar)

Daraxtlarning barglari,
Rang olar oltin misol.
Qay faslda, ayt, Muslim,
Yuz beradi shunday hol? (Kuz)

Tabiat haqida topishmoqlar.

«Sharqdan» bosh ko’tarar
Har tong sog’inar bizni.
Ko’rmasak turolmaymiz,
Olov yuzli qirmizni. (Quyosh)

Ko`kda ko`rdim ko`prik,
Rangi – yeti turlik. (Kamalak)

Bir tilik qovun shakli,
Ko’k gumbazga yarashar.
Kunlar o’tib to’lishsa,
Hamma unga qarashar. (Oy)

Tun chog’ida miltilab,
Osmonni qoplab olar.
Tong mahalli lippilab,
Yana yo’qolib qolar. (Yulduzlar)

Ikki rang menga yaqin,
Biri qora, biri oq.
Birida olsam orom,
Birida ish qaynar mutloq. (Tun kun)

O’rkach – o’rkach oq tuya,
Birdan kelib qoladi.
Bir lahza o’tmasdanoq,
Ko’kni qoplab oladi. (Bulut)

Ilon izli yorug’ nur,
Bulutlarni quchadi.
Jarangdor ovozidan
Yeru osmon ko’chadi. (Chaqmoq)

Yorug`i bor, dovrug`i bor,
Izi yo`q, ovozi bor. (Momaqaldiroq)

Ko’zga ko’rinmaydi u,
Ovozi bor jahli bor.
Yeladi u tinmaydi,
Har narsaga dahli bor. (Shamol)

Ko’kat, barglar yuziga
Tongda qo’nar kumush xol.
Quyoshda lov lov yonib
Yashay olmas bemalol. (Shudring)

Oq bulutli osmondan
Elanadi oppoq un
Qoplaganda yer yuzin
Yorug’ bo’lar hatto tun. (Qor)

Yumshoq, lekin paxta emas,
G`irchillaydi, taxta emas.
Daraxtlarni kiyintirar,
Oppoqqina, yaxtak emas. (Qor)

Hovuzga qop qop bo’lar
Ayni qish chog’i.
Bahor nafasi yelgach
So’nar chirog’i. (Muz)

Kelar baland tog’lardan
Juda ham yiroqlardan
Giyoh bitmas bepoyon
Sahrorlarga berarjon. (Suv)

Tavsiya etamiz: Turli mavzudagi topishmoqlar