Bolalar uchun qisqa sherlar 10ta.
Sahifami orqali bolalar uchun qisqa sherlar to’plamini topishingiz mumkin. Vatan, kitob, ona, fasllar haqida she’rlar to’plami.
Meni olib keting.
Abdulla Oripov she’ri.
Tinch edi hamma yoq,tinch edi har yon
Titradi go’yoki yer bilan osmon
Boshimga hastalik tushdi nogahon
Meni olib keting o’z diyorimga
Issiq jon deydilar,jon bo’lsa bo’lar
Payt kelsa chechak ham sarg’ayar,so’lar
Kim bilar paymonang qayerda to’lar
Meni olib keting o’z diyorimga
Ginam bor bu yurtning na havosidan
Mehribon doktorning na davosidan
Qaytarmang xastaning muddaosidan
Meni olib keting o’z diyorimga
Sha’nimga g’ayurlar bir so’z demasin
Har kim o’zi tortar umr kemasin
Hech kimni mushtoqlik dardi yemasin
Meni olib keting o’z diyorimga
Talpingan diyorim u-O’zbekiston
Sehrini aytishga bormi hech imkon
Yo’q,o’zga yurtlarda berolmasman jon
Meni olib keting o’z diyorimga.
Vatan.
Vatan – bu yurt, ona zamin, jon-ona,
O’zi bir ma’no, ko’ngilning gavhari.
Bu yerda o’sib, erishar har inson,
Orzu-armonlar, yulduzlar talabi.
Sen shu tuproqning farzandi azizsan,
Uni sev, asra, dilidan joy top.
Ona yurt seni boqib, ulg’aytirdi,
Qarzi bo’lsin, bu mukaddas boylikni asrab.
Yo’ling uzoqmi, chet elga ketdingmi,
Unutma, yurting sendan kutar sadoqat.
Sen qayda bo’lsang ham, shu yurak ichra,
Vataning doim ko’ksingda bo’lsin faqat.
Tavsiya etamiz: Vatan haqida sher
Vatanning ovozi.
Vatanning har bir ohangi bir dard,
Uni tinglasang, yuragingda savol.
Dalasi, toshloqi, guli, va tog’i,
Har bir satrida bitilgan taqdir hol.
Kunduzning nurida jilvador osmonda,
Tong shabadasi yurtimdan so’ylaydi.
Tun sokinligida qushlar allasi,
Vatan muhabbati ko’ngilni kuylaydi.
Sen ketar bo’lsang, bu tovushlar ketmas,
Vatan ovozi yuragingda aks etar.
Qayerda bo’lma, uning mehridan,
Hech kim ayira olmaydi hech qachon sira.
Yurtingning ovozi sening qulog’ingda,
O’zing bilan birga yuragingda boq.
Vatan.
Vatan – bu yurt, ona zamin, jon-ona,
O’zi bir ma’no, ko’ngilning gavhari.
Bu yerda o’sib, erishar har inson,
Orzu-armonlar, yulduzlar talabi.
Sen shu tuproqning farzandi azizsan,
Uni sev, asra, dilidan joy top.
Ona yurt seni boqib, ulg’aytirdi,
Qarzi bo’lsin, bu mukaddas boylikni asrab.
Yo’ling uzoqmi, chet elga ketdingmi,
Unutma, yurting sendan kutar sadoqat.
Sen qayda bo’lsang ham, shu yurak ichra,
Vataning doim ko’ksingda bo’lsin faqat.
O’rik.
Jismim nimjon bo‘lsa-da
Aslida baquvvatman.
Doridan zo‘r darmonu
Yuraklarga quvvatman.
Olvoliga qarindosh,
Shaftoliga sherikman.
Ammo ular ichida
O‘zgachaman, O‘rikman!
Tavsiya etamiz: Ona haqida sherlar
Bahor kelmoqda.
Mayin sabosi bilan,
Toza havosi bilan,
Qushlar navosi bilan
Bahor kirib kelmoqda!
Yoyib yaylov bo‘zini,
Chorlar qo‘y-u qo‘zini.
Yetaklab Navro‘zini
Bahor kirib kelmoqda!
Gullar bog‘da bodomlar,
Qanday go‘zal bu damlar!?
Bilib qo‘ying, odamlar,
Bahor kirib kelmoqda!
Onajonim haqida she’r.
Kim u, kunduz oftobim,
Tunlarimda mohtobim?
Savolimga javobim,
Quyoshim, oyim – OYIM
Tunni kunga ukagan,
Bizga umr tilagan,
Boshimizni silagan
Qo‘li muloyim OYIM.
Qalbi mehrga boyim,
So‘zi sehrga boyim,
Baxtimizga har doim
Salomat bo‘lsin OYIM!
Onajonim.
Onajonim, siz
Mehribonimsiz,
Boshimda doim
Soyabonimsiz!
Qo‘limga tikan
Kirsa nega siz
Mendan ham ko‘proq
Azob chekasiz?
Qalbi qaynog‘im,
So‘zi durdonam.
Mening eng yaqin
Sirdoshim onam.
Harbiy bo’laman.
Dadam kapitandir,
amakim moyor,
Yurt uchun doimo
xizmatga tayyor.
Qalbimda orzular,
istaklar bisyor,
Katta bo‘lsam men ham
harbiy bo‘laman!
Ikki plyus bir
barobar uchdir,
Mardlar yig‘indisi
yengilmas kuchdir!
Vatan himoyasi
muqaddas burchdir,
Katta bo‘lsam men ham
harbiy bo‘laman!
Tavsiya etamiz: Ona tili haqida sherlar.
Qorboboga xat.
Dadam dedi: – Bolalar,
Bersam sizga maslahat!
Kim nimani istasa
Qorboboga yozsin xat!
Oyim qilar qo‘shimcha,
Qisqa-qisqa yo‘talib:
– Sovg‘a tashlab ketadi
Siz turguncha, ertalab.
Xullas, uxlash oldidan
Qorboboga yozdik xat.
Akam kitob so‘rabdi,
Opam esa shokolad.
Men ham bir xat qoldirdim:
– Salom senga Qorbobo!
Qurbing yetsa oyimning
Dardlariga top davo!
Sport haqida she’r.
Sport mevasi – sog‘liq,
Sog‘liq sportga bog‘liq.
Sen u bilan mashg‘ul bo‘l
Va jahonda mashhur bo‘l.
Bor senda kuch va quvvat,
Yana-da bo‘l baquvvat.
Sport bilan bo‘lsang do‘st,
Bo‘lmas senda kamu ko‘st
Sport mevasi – sog‘liq,
Sog‘liq sportga bog‘liq.
Bobomga tabrik she’r.
Tabriklashga keldim men
Bugun sizni bobojon.
Baxtimizga doimo
Omon bo’ling har qachon.
Dunyodagi eng yaxshi
Qadrdonimsiz mening
Mehribonim, deydigan
Mehribonim siz mening.
Bobojonim, men sizni
Sog’inaman judayam.
Ko’rib kelaylik, desam
Olib kelmaydi ayam.
Tez-tez kelib turaman
Katta bo’lay men hali.
Hozircha siz o’zingiz
Borib turing ko’rgali.
Dunyoni saqlar bolalar.
Ko’zlar bilan, so’zlar bilan
Do’stlar bilan dillashaylik.
Mehr bilan, sog’inch bilan,
Quvonch bilan birlashaylik.
Bu birlikni, ahillikni,
Buza olmas ovoralar..
Vatan bo’ylab quvnab-kuylab,
Hayotni asrar bolalar.
Naqorat:
Dunyoni saqlar bolalar,
Ishonchni oqlar bolalar.
Tinchlikni yoqlar bolalar,
Quvonchni xohlar bolalar.
Ishongan bogʻlar – bolalar,
Suyangan togʻlar – bolalar.
Kelajakning iplariga,
Umidni bogʻlar bolalar.
Eshit zamin, eshit samo,
Bizning kuyni eltsin navo.
Mehr bilan tutashsa qalb,
Boshimizga qo’nar humo.
Humo qushin, samo qushin,
Qutlar gullar, favvoralar.
Yurtga shodlik va obodlik,
Keltirar kimlar? Bolalar!!
Naqorat.
Kitob o’qing bolalar.
O’qishdan hech erinmang,
Televizorga berilmang,
Telefonga termulmang,
Kitob o’qing bolalar.
,,O’tkan kunlar» yod bizga ,
,,Alpomish» ajdod bizga,
Ilmdan najot bizga,
Kitob o’qing bolalar.
Bilim oling ,izlaning ,
Ma’rifatga yuzlaning,
Cho’qqi tomon tezlaning,
Kitob o’qing bolalar.
Bahor haqida she’r.
Bahor keldi elimga,
Shodlik to‘ldi dilimga.
Hamma yoq gulga to’ldi,
Bolalar xursand bo‘ldi.
Yasar qizlar chambarak,
O‘g‘il bolalar varrak.
Momojonlar qo‘zg‘aydi
Doshqozonda sumalak.
Bahor keldi elimga,
Shodlik to‘ldi dilimga.
Tavsiya etamiz: Bayram uchun eng chiroyli tabrik so’zlar
Matematika.
Bitta-bitta qo’shib chiq
Men aytajak so’zlarni!
Ota, ona, qo’shnilar,
Aka, uka, do’stlarni.
Opa, singil, amaki,
Tog’a, xola, ammani.
Bir-bir qo’shib boraver
Bobo, buvi – hammani.
Maktab plyus mahalla,
Qirlar, soylar, buloqlar,
Yana qo’shuv bir gala
Sigir, echki, uloqlar.
Ularga qo’sh hovlini
Qozon, o’choq va tandir.
Barining yig’indisi,
Bilsang, ona Vatandir.
Ayol.
Baland tog’ cho’qqisin oq qori ayol,
Hayot go’zalligin ruxsori ayol.
Dunyoni bog’ deya atasak bog’ning
Gullari, muattar ifori ayol.
Umrning mazmuni, xitobi ayol,
Zulmatli kunlarning yorug’i ayol.
Taningga madoru, ruxingga quvvat
Nursiz kunlarning ham oftobi ayol.
Sodiq do’st.
Alishaylik, og‘ayni,
Senga beray qayiqni.
Sen-chi menga berasan,
Huv, o‘yinchoq ayiqni.
Og‘ynim-chi, norozi,
So‘zlaydi-yu, kulmaydi:
“Ayiq — do‘stim. Do‘stlarni
Almashtirib bo‘lmaydi”.
Tavsiya etamiz: Muhammad Yusuf Vatanim sheri














