Ona haqida sherlar

0
ona haqida 4 qator sherlar

Ona haqida sherlar.

Ona haqida sherlar. Ona har birimiz uchun mehr, g’amxo’rlik, sabr-toqat va muhabbat timsoli. Sahifamiz orqali Onalarimizga atalgan ta’sirli sherlar, 8-mart onajonlar bayramiga tabrik sherlar. Bolalar uchun ona haqida 4 qator sherlar to’plamini topishingiz mumkin.

8 mart bugun quvonchlarim bir jahon.
Bayramingiz muborak aziz ona onajon.
So‘zlar bor durdona mehnatda eng mardona.
Olam ichra yagona siz siz ey aziz ona

Ona haqida juda ajoyib sher.

Sakkizinchi mart bugun
Quvonchlarim bir jahon.
Bayramingiz muborak,
Aziz ona-onajon!
So’zlari bol, durdona,
Mehnatda eng mardona,
Olam ichra yagona,
Sizsiz, ey aziz ona!..
Bizni yuvgan, to’ydirgan,
Quvontirgan, kuldirgan,
Elga mehr qo’ydirgan,
Onajonlar bo’ladi.
Shuning uchun mehribon,
Onalarni ardoqlang.
A’lo o’qib doimo,
Ona hurmatin oqlang.

Tavsiya etamiz:  Tanishtiruv sherlari

Onajon sheri.

Quyosh olar nurni
Onalarning qalbidan.
Tog‘lar olgan bardoshni
Onalarning sabridan.
Uyimiz nurga to‘lar
Onajonim bor bo‘lsa.
Ko‘zlarim yosh ko‘rmaydi
Onam baxtiyor bo‘lsa.
Ona mehri beqiyos,
Daryolarga tenglashar.
Ona hurmati uchun
Osmon yerga engashar.

Onajonlar.

Bizni yuvgan tuydirgan
Kuvontirgan kuldirgan
Elga mexr kuydirgan
Onajonlar bo’di

Shuning un mexribon
Onalarni ardoklang
Alo ukib doimo
Ona hurmatin oqlang.

8-mart bayramiga Onalar haqida sherlar.

Mehri misoli daryo
Qalbi tóla nur ziyo
Ko’zlarimga to’tiyo
O’zimning onaginam
***
Aya Aya ayajon
Qalbim to’la hayajon
Sizga assalom
Yana bir salom

***
Bardoshingiz oldida
Tog’lar ham hijilda
Mehribonlik oldida
Tengingiz yo’q albatta
***

Poyingizga tiz cho’kar
Hattoki paygambarlar
Xokingizga ko’zga surtar
Jamiki bor bandalar
***

Misli bir topilmas dur
Yo’limiz yoritgan nur
Metin dardoshli erur
Ulug’ onalar
***

Baxtimizga bosh boling siz
Ko’z yosh tokmangiz aslo
Poyingizda bo’lsa arzir
Onajon butun dunyo
***

Uyimizning quyoshi,
Tog‘lardayin bardoshi.
Kecha~kunduz parvona,
Mehribon, aziz ona.
Kuylayman shodiyona,
Bayram muborak ona.
***

Tavsiya etamiz: Ota, ona haqida sherlar

Ona haqida 4 qator sher.

Boshlarida ro‘mol tushmagan,
Ko‘nglimizni birdek xushlagan.
Iymonini maxkam ushlagan,
Onajonim, onajonimsiz.
***

Ta’rifingiz she’rga bitay,
Bugun sizga qo‘shiq aytay.
Gullar tushay poyingizga,
Xizmat qilay doim sizga.
Kuylayman shodiyona,
Bayram muborak ona.
***

Yoshlik qilib ranjitgan edim,
Katta bo‘lib qolganman derdim.
Qaritibman e’tibor berdim,
Kechirguvchi onajonimsiz.
***

Erinmasdan mexrini tutgan,
Goh payti alamlar yutgan.
Uxlamasdan yo‘limi kutgan,
Qiyosi yo‘q onajonimsiz.
***

Tashvishlarga qo‘yaman gohi,
Dunyolardan to‘yaman gohi.
Dalda bo‘lgan ana shu chog‘i,
Mehribonim onajonimsiz.
***

Biror bora qovoq solmagan,
Boylik uchun kuyib yonmagan,
Onalikdan aslo tonmagan,
Qalbi daryo onajonimsiz.
***

Hol so‘rashga yarayman birrov,
Duo qilib qolasiz darrov,
Sochingizga qo‘nsa ham qirov,
Latofatli onajonimsiz.
***

Otam so‘zin ikki qilmagan,
Xanuzgacha ishdan tinmagan,
Uyqu nima hali bilmagan,
Babehoyim onajonimsiz
***

Sodda onam, benuqson onam,
Deb yuradi hamisha bolam,
Ona bilan tirik bu olam,
Omon bo‘lsin onajonimiz
***

Omon saqla onamni Alloh,
O‘zing bergin har neda panoh,
Ayirmagin bizlarni ey voh,
Kulib yursin onajonimiz.,
Aziz ona-onajon!
***

So’zlari bol, durdona,
Mehnatda eng mardona,
Olam ichra yagona,
Sizsiz, ey aziz ona!..
***

Bizni yuvgan, to’ydirgan,
Quvontirgan, kuldirgan,
Elga mehr qo’ydirgan,
Onajonlar bo’ladi.
***

Shuning uchun mehribon,
Onalarni ardoqlang.
A’lo o’qib doimo,
Ona hurmatin oqlang
***

Onajonim mehribonim
Ayyomingiz muborak
Sizga bolsin dunyodagi
Jamiki ezgu tilak.

8-mart bayramiga

Porlab turar yuzlari
Surar shirin hayollar
Bayramingiz muborak
Bugun aziz ayollar

Mehr degan bir ajib
His tuyguning bulogi
Sizlar borki ochmaydi
Xonadonlar chirogi

Dardingiz ichga yutib
Doyim kulib turasiz
Mehri daryo chiroyli
Farishtalar bo`lasiz.

Bayram muborak ona.

Uyimizning quyoshi,
Tog‘lardayin bardoshi.
Kecha~kunduz parvona,
Mehribon, aziz ona.
Kuylayman shodiyona,
Bayram muborak ona.

Ta’rifingiz she’rga bitay,
Bugun sizga qo‘shiq aytay.
Gullar tushay poyingizga,
Xizmat qilay doim sizga.
Kuylayman shodiyona,
Bayram muborak ona.

Onajonimsiz.

Yoshlik qilib ranjitgan edim,
Katta bo‘lib qolganman derdim.
Qaritibman e’tibor berdim,
Kechirguvchi onajonimsiz.

Erinmasdan mexrini tutgan,
Goh payti alamlar yutgan.
Uxlamasdan yo‘limi kutgan,
Qiyosi yo‘q onajonimsiz.

Tashvishlarga qo‘yaman gohi,
Dunyolardan to‘yaman gohi.
Dalda bo‘lgan ana shu chog‘i,
Mehribonim onajonimsiz.

Biror bora qovoq solmagan,
Boylik uchun kuyib yonmagan,
Onalikdan aslo tonmagan,
Qalbi daryo onajonimsiz.

Hol so‘rashga yarayman birrov,
Duo qilib qolasiz darrov,
Sochingizga qo‘nsa ham qirov,
Latofatli onajonimsiz.

Otam so‘zin ikki qilmagan,
Xanuzgacha ishdan tinmagan,
Uyqu nima hali bilmagan,
Babehoyim onajonimsiz.

Sodda onam, benuqson onam,
Deb yuradi hamisha bolam,
Ona bilan tirik bu olam,
Omon bo‘lsin onajonimiz.

8-mart bayrami

Baxor keldi gul bilan
Shoqida bulbul bilan
Onajonlar tabriklaymiz
Bugungi ayom bilan.

Quyosh kulib boqqan kun
Baxor tanga yoqqan kun
8 – mart bu kun
Onajonlar bayrami.

Ey aziz ona.

8 mart bugun quvonchlarim bir jahon.
Bayramingiz muborak aziz ona onajon.
So‘zlar bor durdona mehnatda eng mardona.
Olam ichra yagona siz siz ey aziz ona.

Tavsiya etamiz: Ona buyuk inson matn

Onam.

Eng go’zɑl dunyodɑ bu mening onam,
Mehribon pɑdɑrim jufti, hɑloli.
Men uchun benuqson yɑrɑlgɑn hilkɑt,
Qɑdrini bilmɑsɑm tutɑr uvoli.
Rɑssom qo’lidɑgi kog’ozdɑn so’rɑng,
Osonmi onani siyrɑtin chizish.
Shoir qo’lidɑgi qɑlɑmdɑn so’rɑng,
Osonmi onani qɑlbini yozish.
Men tɑrif berɑmɑn onamgɑ shundɑy,
Ulug’lɑb yɑshɑydi butun bir olɑm.
So’zlɑrim yolg’oni bor bo’lsɑ ɑyting,
Qɑy inson ɑytɑdi yomon deb onam?
G’ɑmgin bu ko’nglimni og’rishi odɑt,
Jon fido yorim hɑm tɑskin berolmɑs.
Onɑmni qɑlbidɑn topɑmɑn pɑnox,
Butun bir olɑm x,ɑm sig’dirɑ olmɑs.
O’tkinchi dunyoni yo’qlɑri, yo’qlɑb,
Bo’g’zimdɑn olgɑndɑ sezguvchi onam,
Bir xovuch duosi dunyolɑrgɑ teng,
Duojuy dɑvlɑtim, xɑzinɑm onam.

Onɑ mehri.

– Sendɑn yuksɑk nimɑ bor, yulduz?
– Onɑ mehri.

– Sendɑn keskin nimɑ bor, olmos?
– Onɑlɑr qɑhri.

– Qɑyerdɑn olding otɑshni, quyosh?
– Onɑ qɑlbidɑn.

– Po’lɑt, qɑyerdɑn sengɑ zo’r bɑrdosh?
– Onɑ zɑrbidɑn.

– Senmi, ko’klɑm, hɑyotbɑxsh fɑsl?
– Yo’q, ona izi.

– Senmi, totli, shifibɑxsh ɑsɑl?
– Yo’q, ona so’zi.

– Dengiz, nedir kenglikɑ tɑnho?
– Onɑ og`usi.

– Sendɑn shɑffof ne, tongi ziyo?
– Onɑ boqishi.

– Yɑrɑtgusi senmi, tɑbiɑt?
– Yo’q, yo’q, onalɑr.

– Bɑxt bitguvchi senmisɑn, hɑyot?
– Yo’q, yo’q, onalɑr…

Mehribon oyijonim.

Juda ham a’losiz, oyijon,
Juda ham donosiz, oyijon.
Siz meni qo’zim, deb sevasiz,
Nur to‘la ko’zim, deb sevasiz,
Oyijon, oyijon, oyijon.

Siz meni barchaga yaxshilab,
Quchasiz o‘rgilib, erkalab.
Shu aziz boshimni silaysiz,
Menga baxt, omonlik tilaysiz,
Oyijon, oyijon, oyijon.

Onam mehri.

Quyoshdan oldin turib,
Bizga non yopgan onam.
Bor mehrini dilimga,
Kaftida tutgan onam.
Onam mehri beqiyos,
Ta’rifiga tilim lol.
Onajonim kulsalar
Labidan to’kilar bol.
Menga oltin, kumushmas,
Faqat onam bo’lsa bas.
Hatto ko’kda oy, yulduz
Bizga qiladi havas.

Tavsiya etamiz: Fasllar haqida sherlar bolalar uchun