O’qituvchi ayollarga bayram tabrigi

0
O'qituvchi ayollarga bayram tabrigi

8-mart bayrami Xalqaro xotin qizlar bayrami uchun O’qituvchi ayollarga bayram tabrigi.

O’qituvchi ayollarga bayram tabrigi.

Assalomu alaykum aziz Ustozlarim, hurmatli Opalarim, mehribon Singillarim, go‘zal qizlarim! «Ayol-jamiyatning yarmi», degan gap bor. Agar oddiy ayol jamiyatning yarmi bo‘lsa, O‘qituvchi ayol jamiyatning hammasidir. Chunki siz jamiyatning hammasiga ta’lim tarbiya berasiz.

Aziz Hamkasbim!
Siz dunyodagi eng kuchli insonsiz. O‘zingizning g‘am~u tashvishlaringiz yetmaganday, o‘quvchilaringizning ham injiqligi-yu qaysar fe’liga sabr-u toqat qilasiz, shunga o‘zingizda kuch topasiz.
Siz 45 daqiqa dars ichida goh rejissyor, goh aktyor, goh olim, goh mazlum, goh shoir, goh notiq, goh prokuror, goh advokat, goh sudya, goh ota, goh ona, goh buvi, goh bobo bo‘lib sahnaga chiqadigan, o‘quvchisining fe’lini onasidan ham, otasidan ham yaxshiroq biladigan, shu sababdan xalq Otalik martabasida ko‘radigan HAZRATI INSONSIZ!
Allohga yoqqan nima jihatingiz bor ekanki,Yaratgan sizga bu dunyoda risqingizni shu kasbni orqasidan topishingizni xohlabdi.

Ilohim, niyatlaringiz amallaringizni bezasin!
Millatning bolasi uchun qilayotgan xizmat-u zahmatlaringizni Allohning o‘zi har ikki dunyoyingizda ham munosib tarzda mukofotlasin. Oila a’zolaringiz mehri, do‘stlaringiz sadoqati, shogirdlaringiz ehtiromi umr yo‘llaringizga yanada fayz olib kelsin.
Sog‘lik-salomatlik, oilaviy tinchlik va kasbiy muvaffaqiyatlar sizga hamroh bo’lsin.

Bayramingiz muborak bo‘lsin, muhtaram Ustozlar!!!

Ayollarga tabrik sher.

Asli gul sen uchun yaralgan,
Kimlardir poyinga sochsin deb.
Majnuntol sochlari taralgan,
Visolda bag‘rini ochsin deb.

Necha mard, necha alp qomatlar,
Tiz cho‘kkan bir go‘zal qoshida.
Men degan necha dev kelbatlar,
Girgitton hur  pari boshida!

Senmasmi notavon maskanni,
Istasa bir zumda bog‘ etgan.
Istasa yigitni chil-parchin,
Istasa ko‘ksini tog‘ etgan.

Senmasmi sochlari mushk-anbar,
Til bilan labida boli bor.
Ko‘rgandan jon so‘rar muqarrar,
Yuzida bir dona holi bor!

Senmasmi farosat, ong bilan,
Necha qalb rishtasin bog‘lagan.
Senmasmi kaftdayin ko‘ksiga,
Ollohim ikki jon joylagan.

Purviqor tog‘lar ham tiz cho‘kar,
Zabt etsa yigitning mardiga.
Lek o‘sha mardi ham dosh bermas,
To‘lg‘oqning oniylik dardiga.

O‘sha sen hofizni sayratib,
Shoirning so‘zini she’r qilgan.
Chin sevsa bag‘ringda yayratib,
Aldasa qadrini yer qilgan!

Ibosan, vafosan, hayosan,
Sehrning qudrati sendan kam.
Ne ajab bir bo‘lak suyakdan,
Ollohim mo‘jiza yaratgan!

Sen bilan bu olam munavvar,
Navosan, sabosan, hayolsan.
Hamisha mukarram, mo‘tabar,
AYOLSAN azizam, AYOLSAN!

Ijtimoiy tarmoqdan olindi.

Tavsiya etamiz: Bayram uchun eng chiroyli tabrik so’zlar