Bitiruvchilar uchun sherlar, tabriklar, tilaklar

0
Bitiruvchilar uchun sherlar, tabriklar, tilaklar

Bitiruvchilar uchun sherlar, tabriklar, tilaklar.

Maktab bitiruvchilari uchun tabriklar she’rlar, tilaklar keltirilgan. Bu tabriklar ustozlar, ota-onalar, tadbir boshlovchilari yoki rasmiy shaxslar tomonidan aytilishi uchun mos. Ular samimiy, ruhlantiruvchi va hayotiy tajribaga boy so‘zlar bilan yozilgan.

Bitiruvchilar uchun sherlar.

Uzoq o’lkalani bir chekkasida,
Kõzimda miltirar soğinch yoshlari,
Eski xotiralar iskanjasida,
Sizlarni soğindim SINFDOSHLARIM

Oq kõylak,qora shim qõllarda papka,
Tizilib turardik saxarlar safda,
Sochilib ketarmiz hamma tarafga,
Qachon kõrishamiz SINFDOSHLARIM

Tarix darsimiz yuvosh muallim,
Matematikani tinglar edik jim,
Sizlar meni ortda qolgan yoshligim,
Umrimni parchasi SINFDOSHLARIM

Ming bor arazlashib, ming bor yarashib,
Tanaffusda kulgu gaplar ulashib,
Partalar ustida yursak kurashib,
Ajralmas dõstlarim SINFDOSHLARIM

Yillar õtgan sayin osharkan qadr,
U onlar qaytarib bõlmas tuxfadir,
G’ala-g’uvir sinf esingizdadir,
Shõxliklarim qómsadim SINFDOSHLARIM

Eslab õtiribman egib boshlarim,
Bilmam nega sizsiz õtar tunlarim,
Shu kecha dardlarim aytmay birovga,
SIZLARNI SOĞINDIM SINFDOSHLARIM

Necha shodon Shamol esib,
Necha bahor Handon qotdi.
Vaqt to’xtamay Shoshib yelib,
Maktab davrim ortda qopdi…

Sinfdosh.

Qalbga do’stlik nomin,
Ko’nglimga sirdosh otin.
Dilimga vafo so’zin,
Solding o’zing sinfdosh.
O’qidik bir maktabda,
O’tirdik bir sinfda.
Birga oldik ta’limni,
Tengdoshim sen sinfdosh.
Sendadir ilk sevgim,
Sendadir ilk do’stim.
Sendadir ilk sirdoshim,
Qadrli qadrdonim sinfdosh.
O’quv damlari o’tdi,
Yurak qayg’uga botdi.
Hayot har yonga otdi,
Qalbdan ketma sinfdosh.

Yagonasan muqaddas Vatan.

Tuprog’ingda daholar xoki
Ul sohibi dunyoolar xoki
Bobolarki, buyuk chinordek
Momolarki, Qutlug ‘Nigordek
Chinorlarki, beshiklar bo’lgan
Kelajakka eshiklar bo’lgan
Sen onasan muqaddas vatan
Yagonasan muqaddas Vatan
Xazinamsen, o’zimni taxdi
Qiyosi yo’q baxtim o’zingsan
Yerning jannati sizning yuzingiz
Yaratganning san’ati sensan
Jannatbog’im hazrattog’imsan
Mehrobimsan, sajdagohimsan
Sen onasan, muqaddas Vatan
Yagonasan, muqaddas Vatan.
Manglaydagi durri akbarim,
Ne ko’zlarini olgan gavharim
Qora niyat, g’araz so’zlardan
Asragaymiz yovuz ko’zlardan
Ko’ksim ichra yuragim shishi
Bu tumorda qutlug ‘nomi bor
Sen onasan muqaddas vatan
Yagonasan muqaddas Vatan.

Tavsiya etamiz: 25-may So’nggi qo’ng’iroq tadbiri uchun she’rlar

Bolaligim.

Bolaligim qoldi ortimda,
O`n yettida yoshginam mening
katta hayot yo`li oldinda
Katta hayot peshvoz, muntazir.
Sevinchdanmi, ko`zimda shabnam,
Dilda mehrim, boqaman shodon
Chin do`stlik, yo muhabbat, bilmam
Qalbimdabor bir shirin tuyg`u.

Muallimga atab she’r.

Ulug‘ ilm ildizi sizda mujassam,
Turli xil sohadan berasiz ta’lim.
Uni tinglaganda kichik jussam ham,
Yetuk inson kabi o‘sgay, muallim!!!

Qalbingizda doim ilm porlaydi,
Go‘yo u nur kabi bizni chorlaydi.
Siz mening tundagi yorug‘ yulduzim,
Nurli kunduzimsiz, aziz muallim!!!

Keksa ustozimning sochlari oppoq,
Ko’zlari mehribon chaqnaydi biroq.
Bilim va ma’rifat o’rgatar hamon,
Hayot maktabida chalib qo’ng’iroq.

O’qimasak, takror o’qitgan, tolgan,
Manglayida qator ajinlar qolgan.
O’sha ajinlari tufayli xalqni
Kelajakka eltar to’g’ri yo’l solgan.

Talaba bo’lamiz.

Oppoq orzularning qanotlarida,
Umid yulduzlarga qilsak g’alaba.
Bilimlar konidan o’qib-o’rganib
Ilohim bo’laylik biz ham TALABA!!!

Tavsiya etamiz: ustozlar haqida sherlar

Bitiruvchilar uchun  tabriklar.

Hurmatli bitiruvchilar!

Bugun sizlar uchun unutilmas, tarixiy kun! Yillar davomida maktab dargohida olgan bilimlaringiz, ustozlardan eshitgan ibratli so‘zlaringiz, do‘stlaringiz bilan o‘tgan unutilmas lahzalar — endi xotiraga aylanmoqda. Sizlar maktabni bitirib, katta hayot sari dadil qadam qo‘yyapsizlar.

Har biringizning qalbingizda orzu, ko‘zingizda nur, yuragingizda umid bor. Bu orzular sizni buyuk maqsadlar sari yetaklasin. Maktabda olgan bilim va tarbiya sizlarga butun hayotingiz davomida yo‘l ko‘rsatsin.

Bugun sizlarni tabriklar ekanmiz, quyidagi ezgu tilaklarni izhor qilamiz:

  • Orzularingiz qanot qilsin, niyatlaringiz amalga oshsin!

  • Hayotingizda faqat yorug‘ yo‘llar ochilsin!

  • Ilmli, odobli, halol va Vatanga sodiq insonlar bo‘ling!

  • Har qadamda muvaffaqiyat siz bilan bo‘lsin!

Unutmang: ustozlar yodingizda bo‘lsin, maktabingiz faxri bo‘lishga harakat qiling. Vatanimiz siz kabi bilimli, fidoyi va g‘ayratli yoshlarga suyanadi. Sizlarga kelgusi hayot yo‘lingizda kuch, sabr, omad va barakot tilaymiz!

Bitiruvingiz muborak bo‘lsin, aziz o‘quvchilar!

Tavsiya etamiz: Muhammad Yusuf Vatanim sheri

Bitiruvchilarga tilaklar.

Quyida bitiruvchilar uchun ezgu tilaklar to‘plami keltirilgan. Ularni ustozlar, ota-onalar, sinfdoshlar yoki tadbir boshlovchilari bitiruvchilarni tabriklashda aytishlari mumkin. Tilaklar turli holatlar uchun mos: rasmiy, samimiy, qisqa yoki ilhomlantiruvchi tarzda yozilgan.

  1. Yangi bosqichga qadam qo‘yayotgan aziz bitiruvchilar!
    Sizlarga kelajakda keng imkoniyatlar, ulkan yutuqlar, bardavom omad tilaymiz. Orzularingiz qanot bersin, qalbingizda hech qachon umid so‘nmasin!

  2. Ilmli bo‘ling, halol bo‘ling, fidoyi bo‘ling!
    Qayerda bo‘lmang, o‘zingizni yaxshi tomondan taniting. Maktabda o‘rgangan saboqlar hayotingizda nurli yo‘l bo‘lib xizmat qilsin.

  3. Hayotingizda yangi sahifa ochilyapti!
    Bu sahifani go‘zal orzular, ezgu ishlari va porloq muvaffaqiyatlar bilan to‘ldiring. Har bir kuningiz — qadrlik, har bir mehnatingiz — sermahsul bo‘lsin!

  4. Oq yo‘l, aziz bitiruvchilar!
    Hayotda sizni sinovlar kutadi, lekin chin yurakdan intilgan inson uchun hech qanday to‘siq — to‘siq emas. Har doim sabrli, jasur va mehnatkash bo‘ling.

  5. Bugun maktab bilan xayrlashyapsiz, lekin bilim yo‘li endi boshlanmoqda.
    O‘rganishdan to‘xtamang, o‘sishdan charchamang. Chin dildan istaganingizga albatta erishasiz!

  6. Sizlarga sog‘lik, kuch-g‘ayrat va mustahkam iroda tilaymiz!
    Doimo ezgulik sari intiling, Vatan, ota-ona, ustoz ishonchini oqlang. Sizlarga ishona oladigan jamiyat bo‘lishi uchun o‘z hissangizni qo‘shing!

  7. Har biringiz hayotda o‘zingizga munosib yo‘lni toping!
    Ko‘nglingiz yorug‘, niyatlaringiz toza bo‘lsa, hech bir to‘siq sizni to‘xtata olmaydi. Siz bilan faxrlanamiz!

Bitiruvchilar uchun sherlar, tabriklar, tilaklar.

Tavsiya etamiz: 25-may so’nggi qo’ng’iroq uchun sherlar.