Ona tili haqida sherlar.

0
Ona tili haqida sherlar

21-oktabr til bayrami haqida sherlar. Bolalar, maktab o’quvchilari uchun Ona tili haqida sherlar. Til haqida sherlar.

Til haqida matn.

Til – inson qalbining ko’zgusidir. Unda nafaqat inson qalbi, balki o’sha xalqning o’tmishi, buguni, kelajagi, madaniyati va boshqa bir qancha jihatlari ham aks etib turadi.

Bejizga biz til so’ziga ona so’zini egizak qilib aytmaymiz. Shuning uchun ham biz uni onamizdek qadrlashimiz, e’zozlashimiz, saqlashimiz va kelajak avlodga sof holda etkazishimiz lozim.

Til insonning libosidir. Bu libosni qanday kiyish har bir insonning o’ziga bog’liq. Ba’zi insonlar oddiy libosni ham go’zal qilib, yarashtirib kiyadi. Ba’zi insonlarda esa har qanday go’zal libos o’z ko’rkini yo’qotadi.

Til – mehr xazinasi. Chunki har bir so’z, eng avvalo, qalb torlarida chertiladi. So’ngra so’zlarda jilolanib tinglovchiga etkaziladi.

Ona tili haqida sherlar.

Ona tilim, sen – mening bebaho xazinang,
Har bir so‘zingda bor ajdodlarimning izi.
Sen orqali anglayman yurtning qadri,
Sening har bir tovushing, yuragimda izi.

Sening yordamida dunyoni tanidim,
Har bir so‘z, har bir ibora – ulug‘ ma’no.
Ona tilim, sen – xalqimning ruhi,
Sen bilan yuksalaydi, boy bo‘ladi ma’naviyati.

Sening so‘zlaringda saqlangan kuch,
Yuragimda yashaydi abadiy iz.
Ona tilim, sen – o‘zligimning aks-sadosi,
Sening bilan yashnaydi, yuksaladi Vatanim.

Ona tilim 

Rauf Parfi she’ri

Abut-Turk tarixdan balki bir hikmat,
Biroq sen borsan-ku Turon elinda.
Shoir, so‘z aytmakka sen shoshma faqat,
Ulug‘ Alisherning qutlug‘ tilinda.

Ul olis quyoshdir kuyinib yonar,
Olis xotirotlar o‘chmas falakda.
Haqdan, Haqiqatdan ko‘ring, kim tonar?
Dunyoviy alamning tiyg‘i yurakda.

Vatan deb atalgan beshik, onajon,
Men uchun yopilgan eshik, onajon,
Men sokin sollanib ilg‘ab borarman.
Vatan deb atalgan tobut qo‘ynida.

Chuvalgan bulutni qordek qorarman,
Ruhimning panjasi chaqmoq bo‘ynida.

Ona tilim, ruhimning qoni she’ri

Hech zot uza bilmas uzilgan jonni,
Haqiqatni uza bilmas hech qachon.
Elim, ona tilim, ruhimning qoni,
Bir imdod so‘rayman sendan, onajon.

Chayonzor yo‘lidir borar yo‘llarim,
Tanim yonmaktadir ishqsiz ochunda,
Ko‘klarga to‘qinar so‘ngak qo‘llarim,
Oyoqlarim mening tuproq ichinda.

Barchaning boshida birdek beomon,
Manxus zamonlarning o‘lik shamoli, —
Buzg‘un yigirmanchi asr a’moli…

Mening ona tilim, munis, mehribon,
Sen Turkiy dunyoning g‘olib xayoli —
Seni yozajakman, tirilgan jahon.

Tavsiya etamiz: Til haqida insho. Ona tilim haqida

Ona tilim – a’lo tilim she’ri

O’tmishi bor tarixga boy,
Navoiydan olgan chiroy.
Orzu havas bunda talay,
Ona tilim – a’lo tilim.

Yana qayta tug’ilgansan,
Baxt – iqbolga yog’rilgansan.
O’lkamizga nur bo’lgansan
Ona tilim — a’lo tilim.

Ona tilim.

Mirtemir she’ri.

Yobonlarning cheksizligi,
Ham samumi, ham hovuri,
Onajonlar allasidan,
Qoz yoshidan, oq sutidan;
Toqaylarning tengsizligi,
Jilgalarning shox govuri,
Yigitlarning yallasidan,
Suluvlarning sukutidan —
Yogrilgan til —
Ona tilim.

Daryolarning toshqin payti
Arslon yanglig arillashi,
Dovonlarning kok qiyosi,
Qorli toglar jilosidan,
Choponlarning qamish bayti,
Childirmaning darillashi,
Goroglining alp siymosi,
Alpomishning da’vosidan —
Tugilgan til —
Ona tilim.

Tulporlarning asovligi,
Tosh chaqishi, olovligi,
Bobolarning oltin sozi,
Boyoqchining olanidan:
Toquvchining algovligi,
Chilangarning dalgovligi,
Bu tuproqning qosh hokizi,
Qoshchisi ham qolanidan —
Yaralgan til —
Ona tilim.

Shu tuproqning jon ayamas
Tarlonlari, burgutlari,
Kelinlarning dildoshligi,
Yor-yorlarning jarangidan;
Bosqinlarning bedodligi,
Buvilarning ogitlari,
Do`mbiraning mungdoshligi,
Dutorning ham tarangidan —
Taralgan til —
Ona tilim.

Xalqimga aytar so’zlarim — til haqida sher.

Ўзинг ташна этдинг, ўзинг сув тутдинг,
Қалбимдаги саҳром, дарёмсан, халқим!
Сени сева-сева мен бойиб кетдим,
Дунё ичра топган дунёмсан, халқим!

Юрак чақмоқ теккан осмон юзидай,
Лекин эътиқодим, иймоним бутун,
Умримда қилганим озми-кўпимдан,
Меҳрим дарёсидан серобман бу кун.

Менга Навоийдан айтинг алла деб,
Лутфийдан онгимга зиё таратдинг,
Қийналган оламга бўлгин далда деб
Асли ўзинг мени шоир яратдинг…

Ёш шуур, курашчан туйғулар билан
Сенинг тақдирингга маҳкам туташдим,
Не-не ғанимлар-ла курашганинг он
Кўпнинг бири бўлиб малҳамга шошдим.

Сарғайган даштларга бердинг яшил қон,
Тупроқ тепаларда шаҳар кўтардинг:
Ҳар бир ғалабангни кўрган суюк он
Дилдаги ўз ғамим куйи чўкарди.

Йўл юрдим, соғиндим, тўкилди байтим
Хорижнинг шомлари, саҳарларида,
Эзгу истакларинг жаранглаб айтдим
Осиё, Африка минбарларида.

Пахта хирмонининг ўсди бўйлари,
Таниди, тан олди яқину йироқ
Ғурурдан денгиздай тўлиб куйладим,
Толелар тиладим бундан ёрқинроқ.

Мактублар ёздинг сен, мактублар битдим,
Гоҳ кўзга нам қалқиб, гоҳида хушбахт.
Шеър билан, сўз билан қалбингга етдим,
Ўша қалб мен учун энг шарафли тахт.

Кўзим устидасан бу туғёнли дам,
Сен билан тақдирдош кундузли бўлдим.
Сени деб сийлади Умр, азиз Ватан
Эъзозли бўлдим мен, юлдузли бўлдим.

Ҳали бор олдимда ўтмаган бурчим,
Ўтайман кўзимда тирик турса нур.
Умримдаги барча фасллар учун
Ўзига бек халқим, Сенга ташаккур.

Ona tili haqida sherlar.

Tursunboy Adashboyev

Alla bo’lib jaranglagan
Ona tilim-jon-u dilim.
Unga,axir, payvastadir
Qadr-u qimmat, mehr, bilim.

Buyuk Temur jahon boylab
Dovrugini solgan tilim.
Mir Alisher bobomlardan
Meros bolib qolgan tilim.

Bobur Mirzo she’rlaridan
Rang va ohang olgan tilim.
Shunday tildan tonar bolsam,
Qiyma-qiyma bolsin tilim.
Tursunboy Adashboyev

Tavsiya etamiz: Til haqida maqollar

Ona tili haqida 4 qator sher.

Mayli, kim qay tildan zavqu shavq olsa,
Mening o‘z tilimga ming jonim fido.
Erta ona tilim agar yo‘qolsa,
Men bugun o‘lishga bo‘lurman rizo.

Til haqida sherlar.

So’zdurki, nishon berur o’likka jondin,
So’zdurki, xabar berur jong’a jonondin,
Insonni so’z ayladi judo hayvondin
Bilkim, guhari sharifroq yo’q ondin.

Ona tilim

Ona tilim, sen – yuragimning nuri,
Sening bilan yoritadi, quvonadi ko‘ngil.
Har bir so‘zingda jonlanadi Vatan ruhi,
Sen bilan yashaydi millatning toza tuyg‘usi.

Sening so‘zlaringda saqlangan hikmat,
Sening tovushingda aks etar buyuk ajdod.
Ona tilim, sen – millatning ruhi,
Har doim sen bilan boqiy yuksaklikni topad.

Sen orqali o‘rganamiz sabr, oriyat,
Har bir iborangda yotadi mehr va muhabbat.
Ona tilim, sen – qalbimning go‘zalligi,
Sening bilan yashar, sen bilan kuylaydir bu millat.

Ona tilim.

Ona tilim, sen – mening ruhim, jonim,
Sen bilan yuksalar yuragimning orzusi.
Har bir so‘zingda qudrat, hayot mazmuni,
Sen bilan yuksaladi xalqimning ma’naviyati.

Sening so‘zlaringda tarixim yashaydi,
Sening ohangingda yuraklarimiz qovushadi.
Ona tilim, sen – o‘zligimning ildizi,
Sen bilan yuksak bo‘ladi millatning iftixori.

Sening yordamida asraymiz ajdodlar merosini,
Sening so‘zlaringda jonlanadi millatning ruhi.
Ona tilim, sen – biz uchun yuksak bir mehr,
Har doim sen bilan yuksalaymiz, boqiy ziyo, sevgimiz ser.

Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Muhammad Yusuf she’ri.

Garchi zug‘um qilganlarni yoqtirmadim,
She’r yozdimu bo‘lak ishni qotirmadim.
Tilim turib o‘z tilimda gapirmadim,
Bir eslasam eziladi bag‘ri-dilim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Onam «erkam» deb quchganda tunlar yarim,
Erkim yo‘q deb zirqirardi bir joylarim,
Parovozni hansiratgan bug‘doylarim,
Oltinlarim, ma’danlarim, ipaklarim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Kimlar uchun biz edik bir badaviylar,
O‘zbekni qon qaqshatganni uzbek siylar,
Holimizni qon kuzatdi Yassaviylar,
Topganimiz handalakdek tilim-tilim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Kimdir mayda millat bo‘ldi, kimdir katta,
Katta millat — Afandisi yo‘kdir hatto,
Biz piyoda, biz boqqanlar yurdi otda,
Zulm o‘tsa faqat sendan o‘tdi zulm,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Sen bo‘lmasang nima bizga sillik she’rlar,
Bu dunyoda tili yo‘kda dil yo‘q derlar,
Bahoing-ku berib ketgan Alisherlar,
Yuragimning to‘ridagi so‘lmas gulim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Bir qarasam har shevangda ming jilolar
Har novdangda, har mevangda ming jilolar.
Qodiriylar, Cho‘lponlar-u, Abdullolar,
Sening qaytgan kuning men tug‘ilgan yilim,
Ona tilim, ey muqaddas Ona tilim.

Tavsiya etamiz: Vatan haqida sher

manba: mbaza.uz.