Домой She'rlar to'plami Qish haqida sherlar

Qish haqida sherlar

Qish haqida sherlar

Qish fasli haqida sherlar to’plami. Qish haqida sherlar bolalar uchun, qish manzarasi va qish fasli rasmlari.

Qish haqida matn.

Qish – yilning ajoyib vaqti. Bayramlar, quvonch va zavqlanish vaqti. Hududda hamma narsa qor bilan qoplangan, xuddi mayin va yumshoq oq gilam bilan qoplangan. Qishda juda ko’p tadbirlar mavjud: siz do’stlaringiz bilan qor to’pi o’ynashingiz, chana uchishingiz, konkida uchishingiz va chang’i uchishingiz, qordan odam yasashingiz va qor qal’alarini qurishingiz mumkin! Va yana ko’plab qiziqarli qishki o’yinlar mavjud. Men har doim qishning kelishini intiqlik bilan kutaman!

Oxirgi rang-barang barglar tushishni to’xtatib, yerni rang-barang gilam bilan o’rashganda va kulrang yomg’ir tomchilari sovuq sovuqqa va birinchi yorqin qor parchalariga o’tib ketganda, qish o’z-o’zidan keladi. U butun uch oy hukmronlik qiladi: qo’rqoq ayozli dekabr, qorli va bayram yanvar va, albatta, fevral o’zining qattiq sovuqligi bilan mashhur.

Qish fasli haqida sherlar.

To’rt fasllar aylanib,
Qish kelibdi yastanib.
Zamin oppoq o’ramda,
Yumshoq, momiq gilamda.

Ko’cha to’la bolalar,
Uchar quvnab chanalar.
Yanoqlari zir qizil,
Lek yonmoqda qizib dil

Olam naqadar go’zal,
Ertakdaman shu maxal.
Osmonlardan yog’ar qor,
Atrofga sochib chiroy.

Tarnovda to’p sumalak,
Qator-qator bir talak.
Mo’ri, pechdan bo’rillab,
Tutqun o’ynar tarallab.

Mo’jaz,sirlarga boysan,
Erka, to’lingan oysan.
Kuch olar uxlab borliq,
Tanga bag’ishlab hordiq.

Qish haqida she’r

Barglarini to‘kkanda daraxt,
Xashoratlar bo‘lganda karaxt,

Pechkalarda yonganda o‘tin,
Mo‘rilardan chiqqanda tutun,

Dala, bog‘ni qoplaganda qor,
Muzlaganda arig‘u-anxor,

Sovuq xukm surganda xar dam,
Qalin kiyim kiyganda odam,

Dalalarda susayganda ish,
O‘lkamizda demak «kumush qish»!

Keldi qish

Dala-dashtda tindi ish,
Mehmon bo’lib keldi qish.
Qish emas, — qor bobo,
Sovg’alari bor bobo.

Uyda bezog’lik archa,
Tepasida oyparcha.
Xuddi yozday, bahorday,
Iliq kuzgi nahorday.

Qor yog’ar kecha-kunduz,
Suv sovqotib kiygan muz.
Dala-dasht — oppoq gilam,
Qoqib bo’lmas sira ham.

Orom berar qor yerga,
Dam-badam tushib terga.
Kela qolsa gul bahor,
Erib ketar yerdan qor.

Qish haqida she’r

 

Quyonga dedi Ayiq:

Buncha shoshasan, qiziq?
Qish kelar qilich qayrab,

Qandoq o‘tiray qarab?
Qish g‘amini yeyapman.

To‘xta, nima deyapsan?
Qish degani bir kecha…

Unday emasdir hecham.
Bir uxlab tursang, bahor!
Bahorgacha ko‘p gap bor…

Qishli qirovli kunda
Ovqat so‘rayman kimdan?

Qanaqa qish, ey ahmoq?
Darg‘azab bo‘lar maymoq.

Qishdan qo‘rqmaysiz, demak…
Gap qaytarma tirmizak.

Qor

Qor, qor, qorlar,
Atrof porlar.
Yilt-yilt nurdek,
Oppoq undek.

Shakar undek,
Shakar, desam.
Agar yesam,
Og’rir tishim.

Qor, qor, qorlar,
Atrof porlar.
Yilt-yilt nurdek.

Archa

Archa ko’klamni quchib
Mahkam olgandir ushlab.
Ko’klam ketolmas chiqib
Undan yoz-u kuz, qishlar.

Ko’klam archaga bandi,
Qila olar nima ham?
Axir u o’ralgandir
Sonsiz ninalar bilan!

Rosa mazza qish

Rosa mazza qish,
Qorlari — kumush.

Oq kiygan atrof.
Qish havosi sof.

Konki uchamiz,
Hech charchamay biz.

Goho qorbo‘ron
O‘ynab kim chaqqon? —

Bilib olamiz,
Qoyil qolamiz.

Qish kelmoqda

Oppoq qish-ey, oppoq qish,
Eh, qorlari yumshoq qish.
Chana, konki o‘ynatgan,
Quvnoq qish-ey, quvnoq qish.

Dam olmoqda dalalar,
Keng vodiylar, daralar,
Fasl gashti atrofga,
Qo‘shiq bo‘lib taralar.

Tarnovlarda sumalak,
Ko‘llar oyna—yaxmalak.
Ayting, ayting bo‘lmasin,
Hech kim yo‘lda charxpalak.

Sovuq hazllasharmi,
Yuzlar jizillasharmi,
Goho-goho uchragan,
Qo‘rqoqni izlasharmi?

Oppoq qor sut singari
Ona Yerga singadi.
Oftob kelib yaqinroq,
Qishning qahrin yengadi.

Oppoq qish-ey, oppoq qish,
Tarqoq qish-ey, qo‘rqoq qish.

O’tib ketti kuz

O‘tib ketdi kuz chog‘i,
Yetib keldi qish yana.
Kengdir muzlik quchog‘i,
Bolalar tortar chana.

G‘izillashib o‘tishar
O‘g‘il-qizlar quvnashib.
Konki otib uchishar,
Bir-birlarin quvlashib.

Dam olib o‘tkazadi,
Bo‘sh vaqtlarin bolalar.
Oq to‘nga o‘raladi,
Butun atrof, dalalar.

Qish ham rohat bizlarga –
Ish qilib, olamiz dam.
To‘lar o‘g‘il-qizlarga,
Qorli tepalar har dam.

Qor parchalar-qish haqida sherlar bolalar uchun

Qor parchalar, parchalar,
Oq kiyadi archalar.
Qir, adirlar, qo‘ralar
Oq kiyimga o‘ralar.

Uyga kirdi oq odam,
Qarasam, mening dadam.
Dadamning ustin qoqdim,
Dadamga kulib boqdim.

Yoqalarin tuzatdim,
Issiq to‘nni uzatdim.

Qormomom ham bor mening

Qorbobom bilan kelsam,
Quvonasiz chindan.
Qormomong ham bormi, deb
So‘ramaysiz mendan.

Qormomom ham bor mening,
U tog‘larda yuradi.
Yo‘limiz oq bo‘lsin deb,
Qor yog‘dirib turadi.

Qor yog’ayotgan oqshom

(Rauf Parfi she’riga nazira)

Qor yog’ayotgan oqshom
Shaharni kezsang,
G’ira-shira ko’chalarni kezsang,
qo’llaringni cho’ntakka tiqib,
Qor esa erisa lablaringda jim.

O’ylasang, olislarda qolgan kimnidir,
Shu qorni o’ylasang, qalbing entiksa.
Ayniqsa, o’zing sevgan qizni o’ylasang,
Ayniqsa, o’ylasang onangni…

Qor esa tinmasa,
Tinmasa qadaming.
O’zing ham bir qor uchquniday
Singib ketsang tunning bag’riga.

Kimgadir yo’l bersang, kimgadir salom,
Ammo o’zing bilmasang buni.
Qor esa bo’ralab yog’aversa jim,
Adashsang-da, sezmasang adashganingni…

Derazaning raxidan qorni…

Derazaning raxidan qorni
kuzatadi tuvakdagi gul.
Tashqarida yoqqanida qor,
uyda kitob o’qigan ma’qul.

Tashqarida yoqqanida qor,
bu o’y surib ingramak demak
va chiroqni o’chirib qo’yib,
oppoq shamni yondirmoq kerak.

Qanday yaxshi, ma’yus, baxtiyor
qiz tashrifin o’tirsang poylab,
tashqarida yoqqanida qor
ko’chadagi chiroqda porlab.

Qanday yaxshi kuzatmoq to’yib
tashqarida yoqqan oq qorni,
hech bo’lmasa oldingga qo’yib
o’tkir sharob, bir burda nonni.

Biroq, nega chidamas yurak,
kiyinaman asta, bemador –
qiyin ekan uyda yashamak
tashqarida yoqqanida qor.

So’nggi xat

Qor kechib, bog’chani kezaman,
Ko’zimni yashirib yorug’dan.
Men balki qochishni istayman,
Yurakda uyg’ongan og’riqdan.

Bog’chaga ochilgan deraza
Taratar navoni – yog’duni.
Men esa tushaman larzaga,
Yo’qotib qadrdon tuyg’uni.

Qo’limda sen yozgan so’nggi xat,
Vujudda kezadi qaltiroq.
Maktubing shu qadar qisqaki,
Og’riqning azobi uzunroq…

Tavsiya etamiz: boshqa she’rlar to’plami 

manba.