Домой Maqollar Vatan haqida maqollar

Vatan haqida maqollar

Vatan haqida maqollar

Vatan haqida maqollar. Vatanparvarlik haqida maqollar to’plami. Bolalar uchun o’zbek xalq maqollari.

Vatan – bu inson va uning avlod-ajdodlari kindik qoni to‘kilgan muqaddas dargohdir. Vatan – bu ajdodlar maskani, el-yurt, xalq voyaga yetgan, uning tili, tarixi, madaniyati, urf-odatlari, qadriyatlari chinakamiga shakllanib, o‘sib, kamol topib boradigan zamindir. Uni asrab avaylash har birimizning farzandlik burchimizdir.

Vatan haqida maqollar.

Vatani borning baxti bor,
Mehnati borning — taxti.

Vataning tinch — sen tinch.

Vatanni sotgan er bo’lmas.

Vatanning vayronasi — umrning g’amxonasi.
Vatanning vayronasi — Umrning hayronasi.

Vatansiz inson — kuysiz bulbul.

Dushmanga nafrati bo’lmaganning Vatanga muhabbati bo’lmas.

Tug’ilgan yering — Vataning,

Vataning — nomusing.

El qudrati — chin qudrat,
Vatan tuprog’i — qimmat.

O’lsang o’l,
Vataningda bo’l.

Er yigit o‘zi uchun tug‘ilar,
Eli uchun o‘lar.

Elga xizmat — oliy himmat.

Yoringni gul orasidan izla,
Erkingni — el orasidan.

Vatanga kelgan — imonga kelar.

Baliq suv bilan tirik
Odam el bilan.

Begona tuproq – devona tuproq.

Vatanga falokat – o’zingga halokat.

Vatan gadosi – kafan gadosi.

Vatan uchun o’lmoq ham sharaf.

Ona yerning tuprog‘i — ona sutidan aziz.

Yurtda odam bo‘lmasa,
To‘ng‘iz tepaga chiqar.

Elli yer — bozor,
Elsiz yer — mozor.

Yoridan ayrilgan yetti yil yig‘lar,
Yurtidan ayrilgan o‘lguncha yig‘lar.

Qush ham ketsa keladi,
O’z elini sevadi.

El g‘amini bilgan elda doston.

Elda bori — senda bori.

Ona yurting omon bo‘lsa,
Rangi ro‘ying somon bo‘lmas.

Kishi yurtida sulton bo‘lguncha,
O‘z yurtingda ulton bo‘l.

O‘zga yurtning gulidan,
O’z yurtingning cho‘li yaxshi.

El kuyunganda kuyungan — botir,
El suyunganda suyungan — botir.

Vatangado bo‘lguncha,
Kafangado bo‘l.

El boshiga tushgani — Er boshiga tushgani.

Yaxshi yigit yurt tuzar,
Yomon yigit yurt buzar.

Yurtim — ko‘ksim,
Elim — iligim.

O‘lsang o‘l,
Vataningda bo‘l.

Har shaharning havosi boshqa.

Fil tushida Hindistonni ko‘rar.

Sigirning suti — tilida,
Erning quti — elida.

Non gadosi bo‘lsang ham,
Yurt gadosi bo‘lma.

Qorong‘i qolgan yurtda,
Qorashaqshaq podsho bo‘lur.

Ayrilmagin elingdan,
Quvvat ketar belingdan.

Tavsiya etamiz: Vatan haqida sher