Bayroq. Bayroq haqida sherlar. Bayroq rasmi

0
Bayroq. Bayroq haqida sherlar. Bayroq rasmi

Ushbu sahifamizda O’zbekiston Respublikasi Bayrog’i haqida ma’lumot, Bayroq haqida sherlar, bayroq rasmlari va bayroq ranglariga tavsif kabi ma’lumotlarni olishingiz mumkin.

Bayroq haqida.

«O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i to’g’risida»gi1 qonun 1991-yil 18-noyabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o’tkazilgan VII sessiyasida qabul qilingan.

Davlat bayrog’i va uning ramzi bugungi O’zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo’lgan davlatlar bilan tarixan bog’liqligini anglatadi hamda respublikaning milliy-madaniy an’analarini o’zida mujassamlashtiradi.

Bayroq ranglarining ma’nosi.

Bayroqdagi moviy rang tiriklik mazmuni aks etgan mangu osmon va obihayot ramzi. Timsollar tilida bu – yaxshilikni, donishmandlikni, halollikni, shon-shuhrat va sadoqatni bildiradi. Binobarin, Amir Temur davlati bayrog’ining rangi ham moviy rangda edi.

Bayroqdagi oq rang – muqaddas tinchlik ramzi bo’lib, u kun charog’onligi va koinot yoritkichlari bilan uyg’unlashib ketadi. Oq rang – poklik, beg’uborlik, soflikni, orzu va hayollar tozaligi, ichki go’zallikka intilishning timsoli.

Yashil rang – tabiatning yangilanish ramzi. U ko’pgina xalqlarda navqironlik, umid va shodumonlik timsoli hisoblanadi.

Qizil chiziqlar – vujudimizda jo’shib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlarini anglatadi.

Navqiron yarim oy tasviri bizning tarixiy an’analarimiz bilan bog’liq. Ayni paytda u qo’lga kiritilgan mustaqilligimiz ramzi ham.

Yulduzlar barcha uchun ruhoniy, ilohiy timsol sanalgan. O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’idagi 12 yulduz tasviri ham tarixiy an’analarimiz, qadimgi yilnomamizga bevosita aloqador. Bizning o’n ikki yulduzga bo’lgan e’tiborimiz O’zbekiston sarhadidagi qadimgi davlatlar ilmiy tafakkurida nujum ilmi taraqqiy etganligi bilan ham izohlanadi.

Davlat bayrog’imizdagi 12 yulduz tasvirini o’zbek xalqi madaniyatining qadimiyligi, uning komillikka, o’z tuprog’ida saodatga intilishi ramzi sifatida tushunish lozim.

Tavsiya etamiz: Bayroq haqida malumot

Bayroq haqida sherlar.

Vatan siymosini ifoda etib
Ko’kda hilpiraydi o’zbekcha bayroq
Hilol oy yulduzlar va to’rtta rangi
Moviy qizil,yashil hamda oq
Harbiri o’zgacha mano kasb etib
G’urur iftixrla tilga kiradi.
O’zida yashirin sirli hilqatni
Navbatma navbat ochib beradi.

Moviy rang tiriklik yashash imkoni
Beg’ubor osmon –u halollik ramzi
Agarki bilsangiz shu rangda edi
Temur davlatining bayrog’i rangi
Sadoqat yashirin unda begumon
Shon shuxrat yaxshilik bari jamuljam
Unda tavof aylab ko’zlarga surtsak
Dunyolar ichida bo’lmasmiz hech kam.

Oq rangda aks etgan poklik va soflik
Orzu va xayollar charag’onligi
Tinchikday muqaddas qo’rg’onimiz u
O’zbekistondek yurtim faravonligi
Koinot yurtiday zaminimizni
Mehrdan yog’ilar qalblarda chiroq
Mehrla asrasak o’z elimizni
Solinar g’animlar qalbiga titroq

Yashil rang uyg’onish yasharish demak
Yashillik yarashar go’zal bo’stonga
Navqiron umidli shodumon.

Bayroq haqida sher.

Ranglarining ma’nosi,
Xalqning ruhi, navosi,
O‘zbekiston havosi –
Aks etgan Bayrog‘imda,
Bayrog‘im – ko‘z qarog‘imda.

Istiqlol bayrog’i

Ona yurtim jon yurtim
Hur O’zbekiston yurtim
Istiqlol bayrog’ini
O’pib yuzimga surtdim

Bayrog’imiz dunyo uzra.

Xalqim orzu niyati
Dilga quvonch soladi
Bayrog’imiz dunyo uzra
Yurtga dovrug’ soladi.

Millat bayrog’i.

Qora o’tmish qoldi ortda,
Dorilomon kunlar yurtda,
Mehr-ko’zda,muhabbatda,
Porla,Millat bayrog’i!
Osmon to’la yulduz-oppoq,
Bir-biridan chaqnoq biroq-
12 si eng yarqiroq,
Porla,Millat bayrog’i!
Mangulik hur yo’lidasan.

Hilpilla bayrog’im!

Yellar-la hilpilla, bayrog‘im,
Viqor-la silkilla, bayrog‘im!
Qulama, yiqilma, egilma,
Olamga qut ula, bayrog‘im!

Mo’tabar bayrog’im

Bayroqdagi 4 xil rang
Hamohangdir birlikda
Bir-birini to’ldirar
Maqsad sari tenglikda
Havo rang tinchlik demak
Oq-rangdir-poklik ramzi
Yashil-yashnagaydir el
Qizil rang hayot ramzi
Yulduzlar doimo sirli
Ma’nolarni so’zlaydi
12 yulduz 12 oy tarixdan so’zlaydi
Yangi chiqqan to’lin oy
Har ko’zni o’zga chorlar
Duoga ochamiz qo’l
Dilga nur,poklik solar
12 baxt yulduzi
O’ziga xo’p yarashar
Unda dunyo xalqlari
Havas bilan qarashar.
Mustaqil yurt deb atar
Yer yuzining har yog’i
Bizga juda mo’tabar
O’zbekiston bayrog’i.

Bayroq rasmlari.

Tavsiya etamiz: Vatan haqida sher,

Muqaddas Vatan bayrog’i haqida insho

manba.