Домой O'qituvchilar Bayroq haqida malumot

Bayroq haqida malumot

Bayroq haqida malumot

Sahifada 18-noyabr 1-soat sinf soati O’zbekiston Respublikasi Davlat bayroq haqida qabul qilingan kunga bag’ishlanadi. Shu munosabat bilan Bayroq haqida malumot, Bayroq haqida sherlar bolalar uchun, bayroq buklet, bayroq haqida qo’shiqlar to’plamini sizga taqdim etmoqdamiz.

Bayroq haqida malumot.

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i tog‘risida”gi Qonun 1991-yil 18-noyabrda  O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari otkazilgan VII Sessiyasida qabul qilingan.

O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i  mamlakatimiz suverenitetining ramzi bo‘lib, milliy davlatchiligimiz, tarixiy-madaniy an‘analarni ozida mujassamlashtirgan. Bayrog‘imizda yaxshilik, shon-shuhrat, sadoqat, poklik, xalqimizning yuksak ma‘naviyati aks etgan.

Bayroqdagi navqiron yarim oy tasviri milliy-tarixiy an‘analarimiz bilan bog‘liq. Ayni paytda, u qo‘lga kiritilgan mustaqilligimiz ramzi ham sanaladi.

Davlat bayrog‘idagi 12 yulduz tasvirini o‘zbek xalqi madaniyatining qadimiyligi, uning komillikka, oz tuprogida saodatga intilishi ramzi sifatida tushunish lozim.

Vatan siymosini ifoda etib
Ko’kda hilpiraydi o’zbekcha bayroq
Hilol oy yulduzlar va to’rtta rangi
Moviy qizil,yashil hamda oq
Harbiri o’zgacha mano kasb etib
G’urur iftixrla tilga kiradi.
O’zida yashirin sirli hilqatni
Navbatma navbat ochib beradi.

Bayroq ranglariga ta’rif.

Bayroqdagi moviy rang – tiriklik mazmuni aks etgan mangu osmon va obi-hayot ramzi. Timsollar tilida bu – yaxshilikni, donishmandlikni, halollikni, shon-shuhrat va sadoqatni bildiradi. Binobarin, Amir Temur davlati bayrog‘ining rangi ham moviy rangda edi.

Moviy rang tiriklik yashash imkoni
Beg’ubor osmon –u halollik ramzi
Agarki bilsangiz shu rangda edi
Temur davlatining bayrog’i rangi
Sadoqat yashirin unda begumon
Shon shuxrat yaxshilik bari jamuljam
Unda tavof aylab ko’zlarga surtsak
Dunyolar ichida bo’lmasmiz hech kam.

Bayroqdagi oq rang – muqaddas tinchlik ramzi bo‘lib, u kun charog‘onligi va koinot yoritqichlari bilan uyg‘unlashib ketadi. Oq rang – poklik, beg‘uborlik, soflik, orzu va xayollar tozaligi, ichki go‘zallikka intilish timsoli.

Oq rangda aks etgan poklik va soflik
Orzu va xayollar charag’onligi
Tinchikday muqaddas qo’rg’onimiz u
O’zbekistondek yurtim faravonligi
Koinot yurtiday zaminimizni
Mehrdan yog’ilar qalblarda chiroq
Mehrla asrasak o’z elimizni
Solinar g’animlar qalbiga titroq

Yashil rang – tabiatning yangilanish ramzi. U ko‘pgina xalqlarda navqironlik, umid va shodumonlik timsoli hisoblanadi.

Yashil rang uyg’onish yasharish demak
Yashillik yarashar go’zal bo’stonga
Navqiron umidli shodumon.

Qizil chiziqlar – vujudimizda jo‘shib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlarini anglatadi.

Tavsiya etamiz: Vatan haqida insho

Muqaddas Vatan bayrog’i haqida insho

Bayroq tadbir senariysi.

Kerakli ma’lumotni olish uchun fayl ustiga bosing.

Bayroq. Bayroq sherlar.

Bayroq rasmi

Bayroq buklet

Hilpira bayrog’im slayd

Bayroq tarqatma material

Muqaddas Vatan bayrog’i haqida insho

18-noyabr Bayroq qabul qilingan tadbir

Bayroq bilan sirlashamiz bayram senariysi

Bayroq Gerb

Bayroq senariysi

Bayrog’imiz-g’ururimiz dars ishlanma

Bayroq emblema rasmi.

Bayroq haqida qo’shiq.

Bayroq mp3

Via Sharq – Vatan bayrog’i

Bayroq

Bulbulcha – O’zbekiston bayrog’i

Bayroq haqida mp3

Bayroq

Bayroq haqida video.

 

Tavsiya etamiz: O’zbekiston haqida sherlar