Maktab o’quvchilari va bog’cha bolalari uchun o’zbekiston haqida sherlar. Yangi O’zbekiston haqida sherlar. Mustaqil vatan haqida sherlar bolalar uchun.
O’zbekiston haqida.
Oʻzbekiston — alohida davlat. Bu erda ular koʻp asrlik urf-odatlarni qadrlashadi, oila, qarindoshlar, ota-onalar va bolalarga sodiqdir. Mamlakat oʻzgarib bormoqda, endi bizda kamroq bolalar bor, ot minish bilan kamroq shugʻullanishadi, avtoulovlarda tobora koʻproq.
Internet va boshqa axborot texnologiyalari rivojlanmoqda. Ammo xushboʻy oʻzbek choyi, palov va quritilgan oʻriklar mamlakatning har bir uyida mehmonlar, qarindoshlar, qoʻshnilar va olislarni kutishmoqda. Retseptlar faqat oʻzgaradi, Oʻzbekistonning ruhi oʻzgarmasdir.
Vatan — barcha odamlar uchun eng muqaddas va qadrli joyni anglatadigan atama. Mening vatanim, Oʻzbekiston haqida gap ketganda, avvalambor, uning goʻzal manzaralari, osoyishta koʻchalari, mehribon odamlari va dunyoga mashhur har doimgidek porloq fikrlar yodimga keladi.
Shuning uchun, gʻurur va ishonch bilan, ayta olamanki, men vatanimdan juda gʻururlanaman!
O’zbekiston haqida sherlar.
Bag’ishlaydi kuch bizga.
Shu Vatanni asramoq-
Eng muqaddas burch bizga.
Ulg’ayib eng oldingi
Saflardan joy olamiz.
Mardona qasamyod
Mangu sodiq qolamiz.
Yangi O‘zbekiston sheri.
Davr-u davron keldi, o‘zgardi zamon,
Buyuk kelajakka ko‘z tikar inson,
Yurakda ishtiyoq, kuchli hayajon,
Yo‘ling yorug‘ bo‘lsin, Yangi O‘zbekiston!
Uchinchi renessans, yuksalish vaqti,
Marraga yetishmoq yoshlarning ahdi.
Yangi O‘zbekiston – Ona xalq baxti
Yo‘ling yorug‘ bo‘lsin, Yangi O‘zbekiston!
Prezident otamiz xalqqa madadkor,
Shu bois bizlarga zafar doim yor.
Aytaman baralla takror va takror,
Yo‘ling yorug‘ bo‘lsin, Yangi O‘zbekiston!
Tavsiya etamiz: Bayroq. Bayroq haqida sherlar. Bayroq rasmi
Mustaqil Vatanim O’zbekistonim.
O’tgan ming asrdan beradi sado
Boshqalar bir dunyo o’z bir dunyo
Tanamda doimo jo’sh urgan qonim
Mustaqil Vatanim O’zbekistonim
Har bir qarich yeri jannatlarga teng
Buxoro Samarqand Xivasin ko’ring
Quyoshi porlaydi tinchdir osmonim
Mustaqil Vatanim O’zbekistonim
Biz buyuk yurt farzandlarimiz.
Zamonlarga boqing bugun tengdoshim
Boshqadan kam qilmas bizni yurtboshim
Yaxshi-yomon kunda Vatandir panoh
Bu yurtni qo’llaydi yaratgan Alloh
Birlashib shu elning ertasi uchun
Yurakda porlasin o’chmas bir uchqun
Dilda bo’lsin abad yolg’iz so’zimiz
Axir biz buyuk yurt farzandlarimiz.
Birovning qo’liga zinxor boqmaydi,
manfaat yo’lida, nomus sotmaydi.
Mehnatidan topar o’z risqin nonin,
o’zbek farzandini ko’ring kamolin.
Kim ishongan edi kunlar kelibon,
o’zbekning iqboli porloq bo’lmog’in.
Go’zal tarix etar o’tgan xar onin,
o’zbek farzandini ko’ring kamolin.
Allohning nazari tushgan bu o’lka,
qancha orzu gullar qalblarda o’lkan.
Yaxshi niyat qilar, bilmas yomonin,
o’zbek farzandini ko’ring kamolin.
Vatan deya kuyib yonar yurtboshim,
ishonchini oqlang olg’a yurtdoshim,
Xudoyberdi ta’rif, etar zamonin,
o’zbek farzandini ko’ring kamolin.
O’zbekistonim haqida sher.
Musaffo havolar bag’rim ochadi
Chiroyda tengi yo’q go’zal bo’stonim
Quyosh bor mehrini senga sochadi
Jannatlardan go’zal O’zbekistonim
Bag’ringda yashayman erkinu shodon
Bulutlardan yiroq tiniq osmonim
Qadringni bilmasa demak u nodon
Jannatlardan go’zal O’zbekistonim
Ko’zimga suraman tuproqlaringni
Tug’ilgan makonim tandagi jonim
Ayrilgim kelmaydi quchoqlaringdan
Jannatlardan go’zal O’zbekistonim
Tinchlik bo’lsin jahonda.
Kimga nima yetmas ekana ?
Har burchakda qirg’in barotlik
Urush nega bitmas ekana ?
Odamlar ko’p qurol yarog’lik .
Qurol sotib boshqalar boyir
Boshqalarni boshi sirtmoqda
Hech kim bilmas jumboq bu qoyil
Yovuzlarga kim qo’l tutmoqda
Kim ekan u panada turib
Otasini boladan bo’lgan
Kim ekan u ittayin xurib
Qalbi qo’ri gunohga to’lgan
Qo’ydan farqi yo’q bazilarni
Yetaklagan tomon yo’rg’alar
So’qir yurak , vatan gadolar
Qora quzg’un , qora qarg’alar
MUSULMONmish qo’lda quroli
Bosh kesishdan tap ham tortmaslar
Qurol emas bo’lsa QU’RONI
Gunohlarga edi botmaslar
Yer yuzida yetim ko’paydi
Shumi urushining foydasi
Nogironu yesir ko’paydi
Bundaymasku QU’RON qoydasi
Dinni niqob qildi uyalmay
Bedil , bedin , beshafqat zotlar
Nafslarini qoldi tiyolmay
Evaziga yer yuzi dodlar .
Bizdan olis u qonli maydon
Bizda emas unday vaziyat
Lek bari bir qiynaladi jon
Begunohlar cheksa aziyat
Kimga nima yetmas ekana ?
Har burchakda qirg’in barotlik
Urush bo’lmay dunyo yuzida
Bo’lsa edi ko’ngillar chog’lik
Nafsga qulf soling odamlar
Ziyon qilmang ilm-u ziyoga
Qing’ir yo’lda bosmay qadamlar
Tinchlik sovg’a qiling DUNYOGA !!!
Tavsiya etamiz: Vatan haqida sher
O’zbekistonim – Vatanim.
Ko‘ngil kimni sevsa, u ko‘zda turar,
Necha boqmasin ko‘z, yana orzular.
Dil orzu-tilagi nima bo‘lsa gar
Og‘iz so‘zga ochgach u tilga chiqar.
Yusuf Xos Hojib. Qutadg‘u bilik. XI asr.
Bu ko‘ngil Vatan der, ko‘zimda Vatan,
Necha boqmasin ko‘z, yana Vatan der.
Qalbimning eng chuqur yerida yotgan
Muqaddas, muqaddam so‘zim Vatandir.
Tunlari ko‘zimda yig‘ladi Vatan,
Yig‘ladi Varaxsha, yig‘ladi Gurganj
Ko‘zim tomchilari quyoshdan ulkan,
Ko‘zim tomchilari goh qondir, goh ganj.
Bu ko‘ngil erk dedi, ko‘zimdadir erk,
Ko‘zimda osmonu erkin uchgan qush.
Ko‘ksimda orzular befano, tirik,
Zanjirlar, sirtmoqlar uzildi naq tush.
Tunlari ko‘zimda yig‘ladi quyosh,
Yig‘ladi yulduzlar, yig‘ladi hilol.
Ko‘zim tomchilari goh muzdir, goh tosh,
Ko‘zim tomchilari – men sevgan ayol.
Bu ko‘ngil ulus der, seni der, xalqim,
Sevgilim, ovunchim, ko‘rar ko‘zim sen.
Qorachig‘im aro nur bo‘lib balqding,
Yuragim tubidan oqqan so‘zim sen.
Tunlari ko‘zimda, xalqim, yig‘lading,
Yig‘ladi Navoiy, yig‘ladi Bobir.
Ko‘zim tomchilari goh gul, goh tikan,
Ko‘zim tomchilari gohi navodir.
…Bu ko‘ngil Vatan der, ammo ko‘zimda
Yeladi Shiroqning oq arg‘umog‘i.
Yurak-ku Vatan der, ammo bo‘g‘zimda
Mashrabni mahv etgan dorning sirtmog‘i.
Bu ko‘ngil Vatan – der, ammo o‘sha on
Ko‘zimni yoshlatar Qutayba, Botu.
Yurak-ku Vatan der, ammo uyg‘onar
Ko‘zim tomchisida bosqinlar o‘ti.
Bu ko‘ngil Vatan der, ammo ko‘ksimda
Xoin sanchgan pichoq shimiradi qon.
Yoturman sarg‘aygan o‘tlar ustida.
Cheriklar o‘tadi janggohlar tomon.
Ang‘izlar shivirlar qulog‘imga jim:
“Turaqol, turaqol, kutmoqda Vatan”.
Bu ko‘ngil Vatan der va ona quyosh
Nurini shimirib men tirilaman.
Va bag‘rim tuyadi ozod, bepoyon,
Ulug‘ Vatanimning muhabbatini.
Uyg‘ongan tomirda kuylay boshlar qon,
Kuylaydi Vatanga sadoqatini.
Boqurman tegramda yashnaydi o‘lkam,
Boqurman tegramda kuylaydi bahor.
Va quyosh kezadi samoda ulkan,
Uning qo‘shig‘ida oliy tilak bor.
Bu quyosh bor ekan tirikdirman men,
Bu ko‘ngil entikib yana Vatan der.
Qalbimning eng chuqur yerida yotgan
Eng qutlug‘, yagona so‘zim Vatandir.
Jonim ichra jonimdursan, O’zbekistonim.
Bu dunyoda jannatmonand yerlar bisyor,
Bu dunyoda oqu qaro ellar bisyor,
Ammo yo‘qdir bu dunyoda sendek diyor,
Jonim ichra jonimdursan, O‘zbekiston.
Tuprog‘ingda ajdodlarim izi qolgan,
Bobolarim terlarining tuzi qolgan,
Har gardida momolarim ko‘zi qolgan
Jonim ichra jonimdursan, O‘zbekiston.
O‘zbek elim, nuri diydam, qarog‘imsan,
O‘zbek elim, osmonimu tuprog‘imsan,
Ham quvonchim, ham baxtimu firog‘imsan,
Jonim ichra jonimdursan, O‘zbekiston.
Beshigingda allalading dunyolarni,
Dunyo ochgan necha–necha daholarni,
Bolam deding yuraklari adolarni,
Jonim ichra jonimdursan, O‘zbekiston.
Sohibqiron qo‘llarida qalqon bo‘lding,
Ulug‘bekning nigohida osmon bo‘lding,
Mirzo Bobur yuragida armon bo‘lding,
Jonim ichra jonimdursan, O‘zbekiston.
Qo‘li qadoq dehqon elim, sulton elim,
Ko‘ksi yurtga doim balogardon elim,
O‘z yurtiga sohibqiron hoqon elim,
Jonim ichra jonimdursan, O‘zbekiston.
O’zbekiston.
Muhammad Yusuf sher.
O, ota makonim.Onajon o‘lkam,
O’zbekiston, jonim to‘shay
soyangga.
Senday mehribon yo‘q,
Seningdek ko‘rkam.
Rimni alishmasman
bedapoyangga.
Bir go‘sha suv bo‘lsa, bir go‘sha
qirlar,
Qancha yurtni ko‘rdim, qancha
taqdirlar.
Qayga borsam suyab, boshni tik
tut
deb,
Tog‘laring ortimdan ergashib
yurar.
Ko‘rdim suluvlarning eng
faranglarin.
Yo xudbinman men yo bir sodda
kasman men –
Parijning eng go‘zal restoranlarin,
Bitta tandiringga alishmasman
men.
Na gapga ko‘nayin,
Na til bilayin,
Ko‘zdan uyqu qochdi, dildan
halovat
–
Uch kunda sog‘insam nima
qilayin,
Chala qolar bo‘ldi hamma sayohat.
Bildimki, baridan ulug‘im o‘zing,
Bildimki, yaqini shu tuproq
menga.
Bahorda Baxmalda tug‘ilgan
qo‘zing,
Arab ohusidan azizroq menga.
Sen bilan o‘tgan har kun bayram –
bazm,
Sensiz bir on qolsam vahmim
keladi.
Seni bilganlarga qilaman ta’zim,
Seni bilmaslarga rahmim keladi.
Vatan haqida she’r.
Bu devorlar – bizning yelkamiz,
Bu devorlar – oyoqlarimiz.
Yelkamizda ona o‘lkamiz –
Kuyu bayot, qir, bog‘larimiz.
So‘zimizdir – devorda har tosh,
Ko‘zimizdir – toshdagi bo‘yoq.
Izimizdir – yurtdagi har bir
Qal’a, qasr, madrasa, chortoq.
Minoralar – qaddimiz bizning,
Sardobalar – bizning ko‘z yoshlar.
Bitik toshdir har biri, o‘qing,
Poydevorga taxlangan toshlar.
Bo‘lmaganda gar Shoxizinda,
Yo Xivaning Kalta minori –
Yurak degan qutlug‘ zaminda
Yuksalmasdi G‘urur chinori.
Bo‘lmaganda Go‘ri Amirning
Toshlariga bitilgan ko‘klam –
Hayratlanib qoshida sirning,
Viqor bilan to‘lmasdi ko‘krak.
Yurmas edik bunchalar tetik,
Bo‘lmas edi tanda ruh obod.
Bor bo‘lardi yurakda kemtik –
Bo‘lmaganda oddiy Ruhobod.
Imom Buxori-yu Shohi Naqshband
Imom Termizi-yu, Najmiddin Kubro —
Bobolarning ravshan imoni
Yuraklarga beradi oro.
Biz ularni bilmasak agar
Porlamasdi buncha ko‘zimiz.
Osmonlarni titratmas edi
She’r aytganda sas, ovozimiz.
Ona deymiz Vatanni!
Vatan –
Shu Registon, shu Ichanqal’a.
Bolalikdan ular bizlarning
Boshimizda aytmishlar alla.
Vatandir – yer ostidan birdan,
Qadim qo‘shiq parchasi kabi,
Sellar o‘tib, ko‘zga tashlangan
Bitik toshlar – bobolar qalbi.
Qal’alarning ko‘ksiga botgan
O‘qlar izi – yarasiga boq!
Ular – dilda og‘riq uyg‘otgan
Bujur yara, iztirob, ingroq.
Ularni sen o‘yilgan ko‘z deb
O‘ylamagin – ko‘radi ular.
Ular yashar dunyoda biz deb,
Qadamimiz tuzatib turar.
Ular qaddi bukilsa agar,
Yelkamizni tutaylik darrov.
Qulayotgan minor oldidan
Befarq o‘tgan ajnabiymas, yov!
Zilzilani kutgan asbobdek
Sergak bo‘lsin doimo yurak.
Aldamasin xuddi sarobdek
Aldoqchi his, o‘tkinchi ermak.
Yelkalarni tutaylik, toki
Qudrat bilan to‘lsin yelkamiz.
Yelkamizda ko‘zimiz oqu
Qorasi – yurt, ona o‘lkamiz.
Yelkalarni tuting… Devorlar
Cho‘kib borar – Vaqt qilmas shafqat.
Qulaganda… Qulaydi ular
Bolalarning ustiga faqat.
Ona diyor- Vatan haqida sher.
O‘ynab-kulib, yayraymiz,
Bulbul bo‘lib sayraymiz.
Quchog‘i bog‘u bo‘ston,
Betakror, jannatmakon,
Seni tan oldi jahon,
Mustaqil O‘zbekiston!
Allomalar beshigi,
Bag‘ri dunyo eshigi,
Madhiyasi, qo‘shig‘i
Mustaqil O‘zbekiston!
Sportchimiz, bardammiz,
o‘oliblarga hamdammiz.
Sohibqiron avlodi –
Har ishda peshqadammiz.
Musaffo osmonimiz,
Hur Vatan posbonimiz.
Doim gullab-yashnasin
Shu aziz bo‘stonimiz.
Ogohlik shiorimiz,
Hushyorlik qarorimiz.
Mangu barhayot bo‘lsin
Hur ona-diyorimiz!
Vatan- bolalar uchun sher.
Vatan — bizning uyimiz,
Vatan — bizning ko‘chamiz,
Soylardagi suvimiz,
Maza qilib ichamiz.
Vatan — bizning tog‘imiz,
Olma-anor bog‘imiz,
Bug‘doy, arpa dalamiz,
O‘ynab maza qilamiz.
Oltin to‘la konimiz,
Tandir to‘la nonimiz.
Vatan — maktab-onamiz,
O‘qishni o‘rganamiz.
O’zbekman.
Yangi bir asrning ostonasi bu
Yetishdim umrimning qutlug’ yoshiga
Tilimda shukrona,dilimda g’ulu
Tarix sarkotibin keldim qoshiga
Mana,men-O’zbekman,qo’limda tu
Va barcha a’molim bitilgan kitob
Shuning ichidadir borim va yo’g’im
Shuning ichidadir men uchun oftob
O’zbekman,inshaalloh,iymonim butun
Tilim qisiq emas bashariyatdan
Kimgadir tengdirman,kimdandir ustun
Zuvalam qorilgan samimiyatdan
O’zbekman,gohida iqbolim kulib
Gohida o’zimdan chiqqan ofatim
Dunyoni olsam-da jahongir bo’lib
Go’dak yig’isiga yo’qdir toqatim
O’zbekman qanchalik jafo chekmayin
O’zimga haq bo’dim o’zimga haqman
Yashadim yovlarga bo’yin egmayin
Bu kun o’z erkiga erishgan xalqman
Istiqlol ketma yurt peshonasidan
Tole,tark etmagin bizni ilohim
Mana,yangi asr ostonasidan
O’tdim.
Mustaqillik madhiyasi
Ko‘tarildi baland, O‘zbekiston bayrog‘i,
Mustaqillik madhiyasi bu, qalblarda yangi ovoz.
Erkin yurtda yashaymiz, kuch va mehr bilan,
Bu madhiyani aytib, mustaqillikni bayram qilamiz.
Bu yurt, bu Vatan, bu osmon, bu erkinlik,
Har bir yurakda yashar, orzularni bezatgan.
O‘zbekiston, sening izmingda butun xalq,
Mustaqillik, sen biz uchun dunyoda eng ulug‘dir!
O’zbekiston haqida sherlar.
O’zbekiston, Vatanni madh etuvchi sher.
Dema ótib ketar sening davroning
Doim qôlimdadir mening imkonim
Dema olislarda sening osmoning
Doim qóllar meni Ózbekistonim
Aytib bersam agar ajdodlarimni
Dema qani ular òtmishda qoldi
Kimligin unutma unday insonni
Men ham avlodiman Temur bobomni
Farzandiman buyuk Ózbekistonni
Kóp kerilma dôstim sen yoshsan dema
Òzbek yosh bólsaham dunyo taniydi
Ózingni bil mening ģamimni yema
Menga doim havas qilsang arziydi
Tarixga boq biroz ortinga qara
Ôtib ketdi qancha kóksin kerganlar
Asl haqiqatni sen mendan sóra
Sen turgan yurtniham Bobom qurganlar
Hech qachon sen mendan ojizsan dema
Bilgin kam emasman hech bir kimsadan
Dunyoga zórman deb kôksingni kerma
Balki kuchlidirman senga nisbatan
Axir avlodiman Temur bobomni
Farzandiman buyuk Ózbekistonni
Vatan deya bergin jon.
Orzu qilma koshona
Boylik uchun tókma qon
Axir vatan yagona
Vatan deya bergin jon
Pul deb bõlma jon sarak
Risqingni berar xudo
Nokaslarga qoshilib
Bõlmagin vatan gado
Nokaslar yurtin sotar
Qalblarni qayğu õrtar
El yurt qarğishin olib
Bir kun dõzoxga yotar
Vatanni xoyinlari
Yurtini sotgan ular
El yurt qarğishin olib
Balchiqqa botgan ular
Tavsiya etamiz: Konstitutsiya haqida sherlar
Doim duoga ona
Ayon xudoga ona
Yurtim tinch bõlsin deya
Boqar samoga ona
Sen õzingni anglagin
Bõldi qayt bu yõlingdan
Shu vatanda ilk bora
Onang tutgan qõlingdan
Pulning quli bõlmagin
Õz õzinga oxshagin
Sen õzbeksan doimo
Beklardayin yashagin
Õzgalarga boqmagin
Yurting tashlab ketmagin
Pul deb ota onangni
Kõnglin ğashlab ketmagim
Doim duoga ona
Ayon xudoga ona
Yurtim tinch bõlsin deya
Boqar samoga ona
Yurtim- O’zbekiston haqida sherlar.
Yurtim tuproğingni kõzimga surib
Olloxga ming bora shukr qilaman
Shu yerga tuğildim ulğayib õsdim
Yurtim senga sodiq farzand bólaman
Kõz tegmasin õzim kôzmunchoq bólay
Kerak bõlsa senga jonim beraman
Yov yaqin yólatmas qalqoning bõlib
Yurtim senga sodiq farzand bõlaman
Men seni mard jasur ôğloning bòlib
Chegarangda doim sergak turaman
Dushmanni ótkazmas qôrgoning bòlib
Yurtim senga sodiq farzand bòlaman
Sóngi nafasgacha asrayman seni
Ôlsamham baģringda ğamsiz ólaman
Agarda dard kelsa yerdan men unib
Seni asraguvchi giyoh bólaman
Ona yurtim bayrog’i
Dedilar sen kimsan õzbeklik nedir?
dedim Õzbekiston beqiyos yurtdir!
Aytdilar sen bunga bir misol keltir
Men aytim bayroği osmonga tengdir!
Gapimning manosin anglamadilar
Men dedim bayroqdagi ranglar oyu yulduzlar
Qayda bôlsangiz ham kõrinib turar
Manabu ajoyib rangni albatta
Uchratib turgandirsiz tabiatda
Oq rang bu ezgulik oq rang beğubor
Mening pokligimni anglatar takror
Aytdilar qizil rang kerakdir nechun?
Sôngi qon qolguncha yashar yurt uchun!
Gaplarim manosin sóng angladilar
Ôzbeging betakror yurtdir dedilar
Sõng bilib õzbegim muqaddasligin
Mening kimligimni bilib qóydilar
Dunyo tanimoqda bugun ózbekni
Kõklarga hilpirar mudom bayroği
Farzandlari mard va jasurdir uning
Tillolarga tengdir bir kaft tuproği
O’zbegim.
Deydilar o’zbekning har kuni bayram
Har kuni navrôzdir har kuni bahor
Deydilarki ôzbek doim shod xurram
Chunki ôzbegimning qalbi beģubor
Deydilarki ôzbek yurmaydi bekor
Shundan yomonlikka qól urmas zinxor
Ózbekdayin millat yoqdir dunyoda
Ôzbek õzi bitta õzbek betakror.
Vatanimiz – O’zbekiston haqida sherlar sizga manzur bo’lishidan mamnunmiz.
Tavsiya etamiz: Muqaddas Vatan bayrog’i haqida insho
manba.