Zulfiya sherlari. Vatan, Bahor ishq haqida Zulfiya sherlari to’plami.
Zulfiya sherlari.
Zulfiya – ko‘kdan tushgan malakka o‘xshardi.
zulfiya sherlari bahor haqidaZulfiya – sevilgan, tanlangan, parilar bulog‘idan suv ichgan qiz edi.
Zulfiya – shoirona qalbi ila shoir qalbli inson bilan oila qurdi.
Zulfiya – onalik saodatidan sarmast baxtiyor inson bo‘ldi.
Zulfiya – hayotni sevdi, hayotning quvonchli kunlariga qo‘l uzatdi.Hayotning talx sharobini-da sabot bilan simirmoqqa o‘zida kuch topa oldi.Umr yo‘ldoshining ko‘magini hamisha qalban his etib yashadi.
Xalqimga aytar so’zlarim.
O‘zing tashna etding, o‘zing suv tutding,
Qalbimdagi sahrom, daryomsan, xalqim!
Seni seva-seva men boyib ketdim,
Dunyo ichra topgan dunyomsan, xalqim!
Yurak chaqmoq tekkan osmon yuziday,
Lekin e’tiqodim, iymonim butun,
Umrimda qilganim ozmi-ko‘pimdan,
Mehrim daryosidan serobman bu kun.
Menga Navoiydan ayting alla deb,
Lutfiydan ongimga ziyo taratding,
Qiynalgan olamga bo‘lgin dalda deb
Asli o‘zing meni shoir yaratding…
Yosh shuur, kurashchan tuyg‘ular bilan
Sening taqdiringga mahkam tutashdim,
Ne-ne g‘animlar-la kurashganing on
Ko‘pning biri bo‘lib malhamga shoshdim.
Sarg‘aygan dashtlarga berding yashil qon,
Tuproq tepalarda shahar ko‘tarding:
Har bir g‘alabangni ko‘rgan suyuk on
Dildagi o‘z g‘amim kuyi cho‘kardi.
Yo‘l yurdim, sog‘indim, to‘kildi baytim
Xorijning shomlari, saharlarida,
Ezgu istaklaring jaranglab aytdim
Osiyo, Afrika minbarlarida.
Paxta xirmonining o‘sdi bo‘ylari,
Tanidi, tan oldi yaqinu yiroq
G‘ururdan dengizday to‘lib kuyladim,
Tolelar tiladim bundan yorqinroq.
Maktublar yozding sen, maktublar bitdim,
Goh ko‘zga nam qalqib, gohida xushbaxt.
She’r bilan, so‘z bilan qalbingga yetdim,
O‘sha qalb men uchun eng sharafli taxt.
Ko‘zim ustidasan bu tug‘yonli dam,
Sen bilan taqdirdosh kunduzli bo‘ldim.
Seni deb siyladi Umr, aziz Vatan
E’zozli bo‘ldim men, yulduzli bo‘ldim.
Hali bor oldimda o‘tmagan burchim,
O‘tayman ko‘zimda tirik tursa nur.
Umrimdagi barcha fasllar uchun
O‘ziga bek xalqim, Senga tashakkur.
Shu kunlarda bahorga zorman,
Navjuvonlik o‘ti tanda yo‘q.
Kuz singari za’far ruxsorman,
Mevalar ham shoxlardan uzuq.
Shu kunlarda bahorga zorman,
Tanxastalik ezadi ruhim.
Tanho emas, qatorda borman,
Yana neni izlaydi suqim?
Sog’inib she’ri.
Shu kunlarda bahorga zorman,
Shaffof, yorqin kuy tilar ko‘ngul.
Yaxshiyamki, qalamga yorman,
So‘zlab turar bor dilimni ul.
Shu kunlarda bahorga zorman,
O’z bahorim kabi bemisol.
Bahor qaytmas, yonuvchi qorman,
Yo no‘noq qo‘l butagan nihol.
Shu kunlarda bahorga zorman…
Mening tongim.
Ona tuproq oromda yotar
Olib tungi risqi-qudratni.
Mening tongim qalbimda otar,
O‘ydan, ko‘zdan haydab zulmatni.
Tundan tongni uzib olaman,
Katta bo‘lsin deb ishli kunim.
Qog‘oz uzra sahar yoyaman,
Bag‘ishlayman umriga qo‘nim:
Oy qoldirgan momiq izlarni,
Ko‘chiraman she’r satriga.
Isitmovchi sho‘x yulduzlarni
Payvandlayman yerning taptiga.
Olov chehra qizlar qatida
Baxt to‘qishga beraman farmon.
Toki yashab inson vaqtida,
Quyoshga tik boqsin bizsimon.
Mening tongim boshlanar tundan.
Kuzataman g‘uncha kulishin.
Tog‘ ortida boshlanar kundan
Yaproqlarda shabnam so‘nishin.
Siynaday oq tong uyg‘onishi
Husniga yo‘q kunduzda qiyos.
Sahar bedor qushning xonishi
Ajib shodlik, yoniq ehtiros.
Qay uydadir yig‘ladi go‘dak,
— Ber onasi, xushboy ko‘krakni!
Unga temir qanotlar kerak,
Tark etmak-chun bu tor yo‘rgakni!
Uzoq-yaqin derazalarda
Birin-ketin yonadi chiroq.
Shoshqin qadam, kuy, pardalarda
Yangi tongga kiradi tuproq.
Tundan yulgan tongim:
Goh bir she’r,
Goh o‘qilgan bir kitob bo‘lur,
Goh umrning o‘tgan behosil
Sahfasiga bo‘m-bo‘sh bob bo‘lur…
Tingla Bulbul.
Bulbul sayrar, irmoq kuylar, o‘ynar yel,
Hamma yoqqa nur to‘lganga o‘xshaydi.
Shirin kuyga to‘lib ketdi ma‘sum dil,
Sevgi unga yor bo‘lganga o‘xshaydi.
– To‘xta, bulbul, men kuylayin, jon bulbul,
Sen tinglagin qalbimdagi torimni.
Bahor desam, rashk qilmasin chaman gul,
Yuragimga kirib olgan yorimni.
Men yor sevdim, ishq o‘radi uyimni,
Erka dilning to‘lqiniga quloq sol.
Sen biyronsan, lekin mening kuyimning –
Ko‘rki bo‘lgan sadoqatdan saboq ol…
Zulfiya sherlari.
Har narsaga kuyma, deyishar menga,
Kuymagan yurakni nima qilaman.
Ortiqcha yuk qilib uni tanaga,
Yonmagan yurakni nima qilaman.
Men-ku, shoir axir, har bir inson ham,
Bebaxtdir qalbining qo’ri bo’lmasa.
Chiroq ardoqlanmas edi dam-badam,
Parpirab yonmasa, nuri bo’lmasa.
Saida Zunnunova
Muhabbat tonggi kulganda.
Oqshom edi, oydin ko‘prikda
Barno qizu yigit turardi,
Oyni kutgan oqshomgi ko‘kda
Beshik-beshik bulut yurardi.
Bulutlarning yorib quchog‘in,
Oy ko‘rsatdi olmos yuzini.
Mag‘rur tashlab yerga nigohin,
Tinglab qoldi yigit so‘zini.
«Xohi inon, xohi inonma,
Sening sevging qilmoqda shaydo.
Bunday yonish begona jonda
Bir o‘chmas o‘t bo‘libdi paydo!»
Oy suzadi, yel sari mayin,
Ikki qalbni yoqar bir otash.
Yoniq dilning baxtiyor nayin,
Yutmoq bo‘lur sukut jafokash.
Yigit sevgi tongini kutar,
Qiz ko‘ziday quyuladi tun.
Lekin uzun kipriklar o‘ta —
Yarqiraydi baxtga to‘la kun.
«U bir o‘tki, seni ko‘rmasam
Iztirobga solar jismimni,
Lol qolaman — axtarib topsam,
Unutaman hatto ismimni.
Xoh inongin, inonma xohi,
Xayolimda kezasan yolg‘iz.
Meni sevgin!»
Yigit nigohi
Sevgi tilar — sukut qilar qiz.
Oppoq pag‘a bulut ustida
Hayron suzar keksa oysuluv.
Yulduzlarni quchib ko‘ksida,
Anhor to‘lib jo‘shib oqar suv.
Shu choqqacha ishqin qiz faqat,
Dildan so‘rab aytgandi dilga.
Ilk, musaffo, katta muhabbat
Qiz dilidan kelmasdi tilga.
Hozir yurak bir nigoh bo‘lib,
Boqqan edi yigit ko‘ziga.
Oqshom og‘ushiga nur to‘lib,
Tong kulganday bo‘ldi yuziga.
Yelda qo‘shiq, ko‘prikda shu’la,
Baxt-la tepdi ikki yosh yurak…
Oy so‘zladi yulduzni to‘plab,
Sevgi tongi haqida ertak.
Sening maftuning – Zulfiyaxonim sheri.
Yaxshiki yigitda er yuragi bor,
U sevsa hech qachon yonmas yashirin.
Sevging to‘g‘risida o‘zing ochding so‘z,
Ey ko‘zi qop-qora, so‘zlari shirin!
Mening sevganimni hali bilmasding,
Tanho o‘rtanishdan men oldim lazzat.
Dilimni kemirgan muhabbat sirin,
O‘zim ardoqladim, ham qildim izzat.
Qalbimga yozilgan muhabbat so‘zi,
O‘yimni chulg‘adi mening har minut,
Lekin ishondimki, sen so‘z ochmasang,
Shu dardda o‘lsam ham etaman sukut.
Hatto bilmas edim sevarmiding sen,
Balki sevganingdir bir baxtiyor qiz.
Balki xayolingdan men behad yiroq,
Ammo sen dilimda kecha-yu kunduz.
Faqat o‘yladimki, uyatdir qizga
Yigitga sevgisin aylasa izhor.
Bu — dog‘ solar dedim qizning husniga,
Endi ilojim yo‘q bo‘lmayin iqror.
Uzoq men axtardim, ammo o‘zimda
Bir kuch topolmadim sevgidan ustun!
Men seni sevaman, sehrgar yigit,
Butun borlig‘im-la men senga maftun.
Zulfiya sherlari 4 qator.
Tog‘ ortidan ko‘tarildi oy,
So‘lim qirg‘oq nur-la o‘pishdi.
Ko‘zgu bo‘ldi jimjit oqqan soy,
Oyning aksi suvlarni quchdi.
Soymi yoki shabboda oldi
Mening ko‘zimdagi uyquni?
Oy yorimni yodimga soldi,
Dilda toshdi sevgi to‘lqini.
Tavsiya etamiz: Xalq qo’shiqlari
She’r kerakmi, jon kerakmi, ol!
Deydilarki, seni ko‘rganda
Ko‘zlarimda yonar jonli o‘t,
O‘sha o‘tning yolqinlarida
Sendan o‘zga bor narsa unut.
Mudom dilga sodiq ko‘zlarim
Haqiqatni ko‘mishi qiyin.
Ko‘zlarimda, qonimda kezgan
O‘sha sevinch, o‘sha olov sen.
Mayli, o‘zing mendan uzoqda,
Lekin dilning o‘ti bo‘lib qol.
Mening kuyim emas tuzokda,
She’r kerakmi, jon kerakmi, ol!
Oltin Kuz she’ri.
Sevaman, oltin kuz, sevaman jondan,
Atlas tabiatli go‘zal chog‘ingni.
Daraxtlar libosi rango-rang, gulgun,
Ko‘zni erkalagan chaman bog‘ingni.
Sevaman, yerlarga rangdor yaproqlar,
Yumshoq va rang-barang gilam to‘shasa,
Gul terganday terib barg qizaloqlar,
Qushlarday gurpanglab yayrab o‘ynasa.
Dalada paxtalar kumushi porlab,
Momiq yuzlarini quyoshga tutsa,
Terimchi chechanlar etaklab, qoplab
Tog‘day xirmonlarga keltirib to‘ksa —
Men behad sevaman! Yengim shimarib,
Qizlar orqasidan yuraman men ham.
Keng vodiy qo‘ynida ko‘ksim qabarib,
Yayrayman, nash’aga to‘laman bu dam.
Simob to‘lqinlari tutib osmonni,
Muttasil yomg‘irlar zeriktirsa ham,
Kumush bulokdarning suvlari sokin,
Qushlar inlariga kirib olsa ham.
Men g‘amgin boqmayman, ko‘nglimda bahor,
Oltin yaproqlarga qarab tolmayman.
Yasan kelinchakday har bir daraxtni
Sevaman! Nigohim uza olmayman.
Bulut chodirini yirtib, mo‘ralab,
Chiqsa quyosh, ko‘kka bo‘laman maftun,
Sevaman nurlarda pati yaltirab,
Oppoq kabutarlar qilsalar o‘yin.
To‘zoni yuvilgan barglar shamolda,
Rangini ko‘z-ko‘zlab qilganda huzur,
Hozir tingan yomg‘ir tomchilarida,
Oltin yaproqlarda yonib toza nur —
Gavhar marjon kabi yaltirab tursa,
Meni ham o‘raydi she’riy hayajon!
Quyoshni qarshilab chiqib ayvonga,
Nurlarga ko‘milib yuraman shodon.
Sevaman oltin kuz, sevaman jondan!
Tovusday bezangan daraxt, bog‘larni!
Yomg‘irli oqshoming, quyoshli tonging,
Xayolga cho‘mganim go‘zal onlarni!
Farzand.
Nega sevmay, erkalab o‘pmay,
Nechun demay uni hayotim?
Nega demay ko‘zimning nuri,
So‘zlaganda qandim, novvotim?
Shirin ekan farzand, u bilan
Oilaga kirar ekan jon.
Ko‘zi ko‘zga tushishi bilan
Mehri balqir ekan bepoyon.
Iqbol bo‘lib ko‘zing oldida,
Kundan kunga toparkan kamol,
Ne baxt, toza hayot bog‘ingda
O‘ssa toza, bebaho nihol.
U bor yerda qayg‘u va hasrat
Hayotingga begona ekan.
Qani ayting, farzanddan qimmat
Bu dunyoda nima bor ekan?
O… farzandim, ko‘zim nurisan,
Menga senday bo‘la olur kim?
Sen hayotim, seni ko‘rarkan,
Dilda behad jo‘shadi mehrim.
Qora ko‘zlaringga qarayman,
Unda borliq bo‘lar namoyon.
Mening baxtim yorqin,
begumon Jilvalanib ko‘rinar ayon.
Shirin so‘zing, cheksiz mehring bor,
Qilig‘ingda bir olam orom,
Sen bilan dil chiroyli gulzor,
Qo‘shig‘imga tuganmas ilhom.
Sen o‘s — sog‘lom, beqayg‘u, erkam,
Muhabbatim boshingga soya,
Men baxtiyor alla aytayin,
Qo‘shiqlarim ko‘p, benihoya.
Ko‘z yosh nima, sen bilma zinhor,
Senga porloq tilayman iqbol,
Bu dunyoda na yaxshiki bor
Senga, qo‘zim, senga bo‘lsin, ol!
zulfiya sherlari bahor haqida.
Derazangdan mo’ralab asta,
Gul yuzingdan bo’lib shikasta,
Uzun qishga siltab qo’lini,
Ham qalbingdan boshlab yo’lini,
To’qqiz oyki, elarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor…
Qoru muzni suvga g’arq qilib,
Izg’irinni butkul tark qilib,
Eshitgandek mening nolamni,
Guldastaga o’rab olamni –
Tushda boshing silarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor…
Gõzallikni eltib jahonga,
Sano aytib har õtgan onga,
Jamolingga bõlib mahliyo,
Istarangdan olgancha ziyo,
Bizga iqbol tilarmish Bahor,
Bugun tunda kelarmish Bahor..
Unutilar hazonrez kuzak,
Tabassuming yuzingga bezak.
Mehrlaring menga oğdirib,
Yomğirlarni yerga yoğdirib,
Suvlarini elarmish Bahor,
Bugun tunda kelarmish Bahor..
Hissiyotga tõldirib dilni,
Kengaytirib kichik kõngilni,
Duolarga ijobat etib,
Tabiatni chamanzor etib,
Baxtimizdek kularmish Bahor,
Bugun tunda kelarmish Bahor..
Men o’tgan umrga.
Hayot kitobimni bexos varaqlab,
Men o‘tgan umrga achinmay qo‘ydim.
Tabassum o‘rnida kuldim charaqlab.
Suyish kerak bo‘lsa – telbacha suydim.
Kiyganim ipakmi, chitmi yo kimxob,
Yurak boyligidan qilmabman parvo.
Meni og‘ushlagan hayot naq oftob,
Yangi qo‘shiq talab unda har saboq.
Men o‘tgan umrga achinmay qo‘ydim,
Hech kimda ko‘rmayin umrimga o‘xshash:
Suydim,
Erkalandim,
Ayrildim,
Kuydim,
Izzat nima – bildim.
Shu-da bir yashash!.
Tavsiya etamiz: Fasllar haqida sherlar bolalar uchun
manba.