O’zbek xalqi o’ziga xos xalq qo’shiqlari bilan mashhurdir. Sahifamizda O’zbek xalq qo’shiqlari haqida, xalq qo’shiqlaridan namunalar keltirilgan.
Xalq qo’shiqlari.
Tarixdan bizga ma’lumki, xalq shakllanishi uchun ma’lum urfodatlari,an’analari,tili va dini,qadriyatlari bo’lishi lozim.O’zbek xalqi boy,o’ziga xos ko’p qatlam va seruslub musiqa merosiga ega.Mustaqillik sharofati bilan azaliy qadriyatlarimizni tiklash,milliy urf-odatlarimizni mukammal o’rganish imkoniyati vujudga keldi.
O’zbek xalq musiqasini yozib olish va qayta ishlash
jarayonida F.Karomatov,R.Abdullayev,S.Begmatov kabi olimlarning o’tkazgan tadqiqotlari taqsinga sazovordir.
Xalq qo’shiqlari va ularning turlari.
O’zbek musiqa madaniyatining asosiy 2ta qatlami mavjud.
1.Xalq musiqasi
2.Og’zaki an’anadagi professional musiqa.
Har ikkala qatlam og’zaki ko’rinishda yetib kelgan.Ular folklor janri hisoblanib ayni shu asosda shakllanadi ya’ni xalq qo’shiqlari ma’lum bir muallifga ega emas.Ularni xalq o’z turmush sharoitidan,hayot tarzidan kelib chiqib yaratadi.
Xalq qo’shiqlari qatoriga mehnat qo’shiqari, mavsumiy marosim qo’shiqlari,oilaviy marosim qo’shiqlari,lapar kabilarni kiritish mumkin.
Tavsiya etamiz: Bayroq. Bayroq haqida sherlar. Bayroq rasmi
Mehnat qo’shiqlarining turlari.
Mehnat qo’shiqlarining asosiy 3ta turi saqlanib qolgan. Chorvadorlik qo’shiqlari,dehqonchilik qo’shiqlari va hunarmandchilik qo’shiqlari.
Bularning barchasi mehnat jarayoni bilan bog’liq.Dehqonchilikka oid qo’shiq namunalari «Qo’sh haydash»,»O’rim qo’shig’i»,»Xo’p mayda»,»Mayda-mayda» kabilardir.Ushbu qo’shiqlar mazmuniy tarafdan vaziyatga aloqador bo’lib,dehqonning yerga ishlov berishi va zahmati hamda ayni foydalanuvchi hayvonga nisbatan munosabati aks etgan.Hunarmandchilik qo’shiqlarining
o’ziga xos tomoni shundan iboratki, bu qo’shiqlar asosan xotin-qizlar tomonidan ijro etiladi.
Charx yigirish,gilam to’qish jarayonlarida ijro etilgan qo’shiqlarda xotinqizlarning shaxsiy hayotlari bilan bog’liq ruhiy kechinma,dard va ichki hissiyotlarini qo’shiqlar orqali izhor qilganlar.
Mavsumiy marosim qo’shiqlari to’rt faslga mos tarzda kuylanadi.Bahor fasliga Navro’z bayrami,Gul bayrami; yoz fasliga choy momo; kuz fasliga hosil bayrami,oblo baraka,shamol chaqirish kabilar mos bo’lsa,qish fasliga yasyusun,gap gashtak kabilar xosdir.Yillar davomida bu mavsumiy qo’shiqlar o’z
mavqeyini yo’qotgan bo’lsa ham ijtimoiy-badiiy tafakkur rivojida yuqori ahamiyatga ega.o’zbek xalq qo’shiqlari nomlari
Mavsum qo’shiqlari bevosita mehnat jarayonlari bilan bog’liq.Mavsumiy marosim kuylari keng hajmli kuylardan tashkil topishi yakkaxon va jamoaviy tarzda aytilishi,doira va urma musiqa asboblar jo’rligida ijro etilishi kerak.
Xulosa o’rnida aytish joizki,xalq qo’shiqlari o’zida xalqning butun bir o’ykechinmalarini,turmush shart-sharoitlarini ifodalaydi.Xalq qo’shiqlari orasida lirik qo’shiqlar o’zining samimiyligi bilan ahamiyatlidir.
Tavsiya etamiz: Konstitutsiya moddalari haqida sherlar
Xalqning eng yaxshi orzu-maqsadlarini ifodalagan yuksak insoniy fazilatlarni boy va chuqur ruhiy kechinmalarda aks ettira olgan,yakka va jamoaviy tarzda ma’lum kuy asosida ijro qilinadigan qo’shiqlarga lirik qo’shiqlar deyiladi.
Lirik qo’shiqlarning xalqqa xos xususiyati shundan iboratki,unda xalqqa oid kamtarlik,poklik,ko’ngilbeg’uborligi,tantilik va samimiylik aks etadi.Xalq qo’shiqlari har bir joyning geografik tuzilishi,iqlimi,udumlariga mos tarzda o’sha yurtning turli yosh qatlamlari tomonidan ijro etiladi.Bolalar qo’shiqlarining asosiy turlariga «Chittigul» «Boychechak» kabi qo’shiqlar mansubdir.
Ular shakl jihatdan sodda,ammo alohida ohangdorlikka ega.»Boychechak» qo’shig’ining 4,6,8 qatorli ko’rinishlari mavjud.Boychechak-ijobiy obraz bo’lib,mohiyatan yoshlikni tarannum etadi.
Xalq qo’shiqlari faqat umuminsoniy g’oyalarni targ’ib etibqolmasdan,nutq o’stirish manbayi sifatida ham xizmat qiladi.Bolalarning aqliy faoliyatiga o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatadi.Xalq musiqasi o’zida so’z,kuy va raqsni mujassamlashtiradi.Har uchchalasi bir yaxlitlikda yuksak kompozitsion birlashma holida xalqning orzu-maqsadlarini keng ma’noda ifodalaydi.
Uchala qiz – xalq qo’shiqlari matni.
Uchala qiz chiqdi ariq bo’yiga,bo’yiga
Biri rayhon, biri sunbul, biri gul.
Biri rayhon, biri sunbul, biri gul.
Eng kattasi chakkasiga gul taqqan, gul taqqan.
Biri rayhon, biri sunbul, biri gul.
Biri rayhon, biri sunbul, biri gul.
O’rtanchasi aslo qiyo boqmaydi, boqmaydi
Biri rayhon, biri sunbul, biri gul.
Biri rayhon, biri sunbul, biri gul.
Eng kichigi endi to’ldi oltiga, oltiga
Biri rayhon, biri sunbul, biri gul.
Biri rayhon, biri sunbul, biri gul.
Boychechak – xalq qo’shiqlari.
Boychechagim boylandi,
Qozon to’la ayrondi.
Ayroningdan bermasang
Qozon-tovog’ing vayrondi.
Naqarot:
Qattiq erdan qatrab chiqqan boychechak.
Yumishoq erdan yumalab chiqqan boychechak.
Boychechagim xilloli ,
Hamyon-hamyon tilloli,
Hamma bozor bir bozor,
Atroflari lolazor.
Naqarot:
Boychechakni tutdilar,
Sim yoog’ochga osdilar.
Qilich bilan chopdilar
Baxmal bilan yopdilar.
Naqarot:
Qattiq erdan qatrab chiqqan boychechak,
Yumishoq erdan yumalab chiqqan boychechak.
Bola-bola,bola-bola,bola-bola,bola-bola boychechak,
BOY-CHE-CHA-A-K!
Kovushim – bolalar xalq qo’shiqlar.
(Afandi qo’shig’i)
Kovushim tangra qushim,
Bog’larni kezgan kovushim.
Sabzai obiravon ,
Tog’larni kezgan kovushim.
Kovushimni terisi
Xo’kizning o’rta belidan .
Kecha u tushib qolibdi,
Naqd, oyog’im panjasidan
Naqarot:
Kovushim tangra qushim
Bog’larni kezgan kovushim.
Kovushim tangra qushim
Bog’larni kezgan kovushim.
Meni sherigim bo’lib,
Tog’larni kezgan kovushim.
Kovushimni topolmay
Ovora-yu, men sarsonman.
Kim uni topib bersa
Suyunchiga men tayyorman.
(so’z bilan)
Suyunchisiga-chi bolalajonlar,
Mana bu-bir poyini beraman. . .
E-he-hey…y…
Naqarot:
Kovushim tangra qushim
Bog’larni kezgan kovushim.
Sabzai obiravon ,
Tog’larni kezgan kovushim.
Tavsiya etamiz: Yangi yil haqida sherlar bolalar uchun