Yangi yil haqida sherlar bolalar uchun

0
Yangi yil haqida sherlar bolalar uchun

Yangi yil haqida sherlar bolalar uchun. Yangi yil tadbiri uchun bog’cha bolalari va maktab o’quvchilari uchun yangi yil haqida sherlar, qor, qish fasli haqida eng sara sherlar.

Yangi yil.

Yangi yil kirib kelishiga sanoqli kunlar qoldi. Yangi yil ko‘pchilik kattalar va bolalarning eng sevimli bayramlaridan biridir.

Bayramga tayyorgarlik oldindan boshlanadi va dekabr oyining oxiriga kelib, shaharlar ko‘chalari chiroqlar bilan porlaydi. Hamma joyda bayramona muhit hukm suradi: uylarda, do‘konlarda, restoranlarda. Yoqimli Yangi yil “shovqini” barchani istisnosiz qamrab oladi.

Odamlar do‘stlari va oilasi uchun sovg‘a izlashga tushadi, bayram kuni uchun eng chiroyli liboslarni tanlaydi va bayram dasturxoni taomnomasi haqida bosh qotiradi.

Tavsiya etamiz: Yangi yil senariysi

Yangi yil haqida sherlar.

qor

Yog’, yog’aver oppoq qor,
Yog’ishingga ko’z tikib
Oqshom-u tonglar takror,
Ko’kka boqdik entikib.

Yog’, yog’aver oppoq qor,
Chang’i-chanamiz tayyor.
So’ng o’ynaymiz, qor bo’ron,
Vaqtimiz ketmas bekor.

Yog’, yog’aver oppoq qor,
Eshik qoqmoqda bahor.
Butun borliq yashnasin,
Yog’aver takror-takror.

Qorparcha.

Eshik qoqib kelmoqda,
Bezayman endi archa.
Shamol kelib yelmoqda,
Derazamda qor parcha.

Rahmim kelib oldimu,
Qor parchani qo’limga.
To’shagimga soldimu,
O’rab qo’ydim to’nimga.

Keyin yana archamni,
Bezash uchun urindim.
Eritib qor parchamni,
To’shagimdan kuyindim.

Bunday g’amli kechani,
Olib ketgin eski yil.
O’tmishim qorparchani,
Qaytarib ber yangi yil.

Tavsiya etamiz: Qish haqida matn

Oppoq qor.

1.Dalalarda tindi ish ,
Keldi yana quvnoq qish .
Quvnoq qishning qori bor ,
Yog‘aversin oppoq qor .
N A Q A R O T :
Qor , qor , qor
Yog‘aversin qor .
Qor , qor , qor
Oppoq beg‘ubor .
2.Bolajonlar qalbida ,
Yuksak orzu tilaklar .
Qorbobo qorqiz yasab ,
Sovqotmaydi bilaklar .
N A Q A R O T :
3.Qarang qarang bir zumda ,
Daraxtlar oq kiyimda .
Qishning o‘z ziynati bor ,
Yog‘aversin oppoq qor .
N A Q A R O T

Yangi yil haqida sher 4 qator.

Yangi yil

Yangi Yilda yaxshi tilak bildirmoq odat,
Yili bo’y boshingizga yog’sin shafoat,
Tark etmasin «o’n ikki oy» baxtu saodat,
Tark etmasin «ellik ikki hafta» xalovat!…

Yangi yil ertagi.

Muhammad Yusuf

Ko’ngil mayus tortdi yilning so’nggida,
Bilmam, nimang bilan sehrlading, qor.
Bugun kuppa-kunduz ko’zim o’ngida,
Yana bir yoshimni o’g’irlading, qor.
Qirqinchi qasrmga o’taymi endi,
Kechagi yoshligim ertakmi endi?..

Bahorim yetkudek qo’lim uzatsam,
Yetolmay dilimni ne deb yupatsam.
Laylakqor, azizim, g’alat bayram bu —
Kulib kuzatsammi, yig’lab kuzatsam…
Dardim jim ichimga yutsammi endi,
Kechagi yoshligim ertakmi endi?

So’rsang, sevinchimdan o’kinchim ko’proq,
Sendan-da kumushroq sochimdagi oq.
Yilim kelmay turib, yilim ketmoqda,
Ko’zda tabassum – u kiprikda titroq.
Men ham sal shoshdim-da, qaytaymi endi,
Kechagi yoshligim ertakmi endi?

Yangi yil,
Kelaver qanday kelsang ham,
Kimlar yetdi senga, kimlar yetmadi.
Sen yangi yo’ldoshsan, sen yangi hamdam,
Yo’qlab kelganingni o’zi bir bayram.
Qulog’ingga bir gap aytaymi, endi,
Kechagi yoshligim ertakmi, endi…

Tavsiya etamiz: Yangi yil qo’shiqlari bolalar uchun

Yangi yilga yetdik Hudoga shukur.

Mayliga biz uchun qor yog’masa ham
Archa atrofida barchamiz masrur
Mayliga qorbobo soxta bo’lsa ham
Yangi yilga yetdik Hudoga shukur

Eski yilda qolsin ginayu qudrat
Xafalashgan do’stga ko’rsating xurmat
Xayot og’ir qadam tashlagan fursat
Yangi yilga yetdik Hudoga shukur

Eski yilda qolsin barcha dardimiz
Eski yilda qolsin armonlarimiz
Yangidan kuch olib darmonlarimiz
Yangi yilga yetdik Hudoga shukur

Tinchgina diyorda, shodonu xurram
Kutib olinmoqda yangi yil bayram
Goxo xorib qoldik, goxida shaxdam
Yangi yilga yetdik Hudoga shukur…

Tavsiya etamiz: Yangi yil tabriklari

Keldi mana yangi yil

yangi yil rasmlari

Keldi mana yangi yil
Sog’intirib dillarni
Doim bahtga to’ldiring
Sog’ingan ko’ngillarni
Yuzingizdan tabassum
Arimasin sira ham
Qutlayman chin qalbimdan
Bayramingiz bilan man
Bir chetga surib g’amni
Quving dildan alamni
Sizni tabriklay deya
Qo’lga oldim qalamni

Qorboboga hazil she’r

Qorbobojon shu deseng.
Sendan bordir tilagim.
Van Damdikidek bo’sin.
Bu yil mani bilagim.
Malol kelmasa bobo.
Puldan bergin sal ko’pro.
Ishim doim yugursin.
Bo’masin xech muammo.
So’rashga ham xijolat.
Harkimga ham tol’e bu..
Ko’rsatib bir mahorat.
Sovg’a qilgin Malibu..
Pul endi qo’lni kiri.
Qo’lim shu yil kir bo’sin.
Tilaklarimdan biri.
Malibu pulga to’lsin.
Bobo endi bilasan.
Hammasi bir hal bo’sin.
Yangi yilda yor bergin.
Rayxondan go’zal bo’sin.
Uyimni ham bitiray.
Bir haftalik to’y qilay.
Shuncha qiynalib yurdim.
Shu yil bir xuzur ko’ray.
Kamtarona tilagim.
Bori shundan iborat.
Sezmoqdadur yuragim.
Bari bo’lar ijobat.

Yangi yil archasi

yangi yilimiz

Erkin Vohidov
Buncha ham chiroylisan,
Yam-yashilsan har qachon!
Yangi yilning ko‘rkisan,
Sevimlisan, archajon.
Qish boboning uyida
Aziz mehmon — ko‘klamsan.
Bugun uning to‘yida
Ayniqsa soz — ko‘rkamsan.
Ko‘ylagingga juda ko‘p
Zar tugmalar taqilgan.
Shoxlaringda qizil, ko‘k…
Lampochkalar yoqilgan.
Bo‘yim yetmas shoxingga,
Lekin, ey archajonim!
Tabelimda bor senga
Atab tizgan marjonim!
Senga deb tizgan marjon
A’lo baholarimdir.
Kel, taqib qo‘yay, archam,
Shoxlaringni egib tur.

Assalom yangi yil

Assalom, Yangi yil, yangi rejalar,
Yangi o’y-rejali kunduz-kechalar!
Yangilik yaratgan qo’llar bor bo’ling.
Yaxshilik chorlagan yillar bor bo’ling!
Assalom, Yangi yil, yangi kashfiyot,
Mo’l bo’lsin senda baxt-saodat ziyoda,
Barchaning orzusi ushalsin, do’stlar,
Mehrdan poyondoz to’shalsin, do’stlar!

Xush kelibsan yangi yil
Xush kelibsan,elimizga,Yangi yil,
Ziyo sochgin yo’limizga,Yangi yil,
Zafar keltir, tinchlik,omonlik,
Quvonch keltir,elimizga,Yangi yil!

Keldi yangi yil
Yana kulib keldi Yangi yil,
Qordek oppoq orzular bisyor,

Yangi yilimiz.

qish haqida

Orziqib kutilgan aziz mehmondek
Tashrif buyurmoqda Yangi yilimiz.
Qalbimiz yorishib nurli osmondek,
Go‘zal his-tuyg‘uga to‘lar dilimiz.
Yangi yil kutmoqlik ezgulik tilab,
Ulug‘ ahd sanalur har xonadonda.
Shodon chehralarda gul ochar xanda.
Orzular mazmuni – tinchlik, omonlik,
Gulzordek yashnasin ona-yurt bog‘i.

Tavsiya etamiz: Qor haqida sherlar

Yalmog’iz kampir she’ri

Man, man, man, man,
Man Yalmog’iz bo’laman.
Supurgimni minvolib,
Goh sayohat qilaman.
Yashayman men o’rmonda,
O’rmonda yey!
Dorilamon zanomda ,
Zamonda yey!
Yomonlarni qaqshatib,
Qaqshatib ey!
So’ng qilaman sharmanda,
Sharmanda yey!
Jazolash-chun har doim,
Shamol kabi yelaman.
Qanch xatlar borsa ham,
Bir yilda bir kelaman.
Lanchaki-yu yalqovni
Juda yomon ko’raman,
Supurgim omon bo’lsa,
Man jazolab turaman.
Darsdan qochsangiz agar,
Sira-sira kechirmam.

Yangi yil muborak boʻlsin, onajon .

Archalar shoxida turar tillo zar ,
Yashil chiroqlarda bezandi shahar .
Mungligʻ darchalardan boqdingiz sahar ,
Yangi yil muborak boʻlsin, onajon .

Yogʻyotgan qor kabi koʻnglingiz oqda ,
Bu yerda hammasi yolgʻonu soxta .
Chakkangiz chetida ochilgan paxta ,
Yangi yil muborak boʻlsin, onajon .

Men yoʻq, qurum bosib yotar moʻrilar ,
Anori sochilib yotgan soʻrilar .
Bolam deb darvoza gʻamgin surilar,
Yangi yil muborak boʻlsin, onajon.

“Ketdik” der yuragim, sira koʻnmadi ,
Toʻrt fasl dilimda rayhon unmadi .
Bu yerda boʻronlar hali tinmadi ,
Yangi yil muborak boʻlsin, onajon .

Bahorni sogʻindim ,kuzni angladim ,
Mehrli, mehrsiz yuzni angladim .
Musofir kunlarda Sizni angladim ,
Yangi yil muborak boʻlsin, onajon.

Deysiz, sen kelguncha sira oʻlmayman ,
Tangri der, har kimni har kun qoʻllayman .
Siz uchun xayrli duo yoʻllayman, ,
Yangi yil muborak boʻlsin, onajon.

Tavsiya etamiz: Qish haqida sherlar

manba.