Ushbu sahifamizda bog’cha bolalari uchun va maktab o’quvchilari uchun yangi yil senariysi. Yangi yil tadbiri arafasi uchun raqslar qo’shiqlar va yangi yil rasmari to’plami.
Yangi yil senariysi.
Yangi_yil_tadbir_senariysi_9-sinf
yangi_yil_bayrami_tadbir_senariysi
YANGI YIL UCHUN RUSCHA SSENARIY
10-11-sinf uchun yangi yil ssenariysi
Yangi yil bazmi senariysi.
1.boshlangʻich sinflar oʻquvchilari raqs tushadi
2.qiziqarli shartlar) 1;koʻzlari yumuq holda yangi yil niqoblarini ushlab qandayligini aytadilar 2;sharlarni birinchi boʻlib puflab shishirib yoradilar 3; oʻgʻil bolalar oʻzlari yoqtirgan qizlari bilan raqsga tushadi eng chiroyli raqsga tushgan juftlik gʻolib sanaladi.
Gʻolib oʻyinchilarga Qorbobo sovgʻa beradi
3. Maʼnaviyat, Derektor, va zauchlar ishtirok etadi.
Hohlagan qoʻshiqlarini kuylaydi eng yaxshi kuylagan ishtirokchiga Qorbobo sovgʻa beradi
4. Maktabning ayol oʻqituvchilari orasida impirivizatsiya sharti boʻlib oʻtadi.
Gʻolib ishtirokchiga Qorbobo sovgʻa beradi.
5. 9-10-11-sinflar qizil shapka kiyib yangi yil qoʻshiqlaridan birortasiga raqsga tushadi.
6. Qorbobo va qorqiz elflari bilan davraga kirib keladilar.
Kichkina bolalarga sh’er ayttirib topishmoqlar berib oʻz sovgʻalarini bolalarga ulashadi.
Assalom yangi yil senariysi.
1-boshlovchi: Assalomu alaykum, aziz davramiz qatnashchilari!
2-boshlovchi: Assalomu alaykum, qadrli mehmonlar, hurmatli hamkasabalar.
1-boshlovchi: Bugungi “Yangi yil bazmi” bayram karnavali- mizga xush kelibsizlar.
2-boshlovchi: Avvalambor sizlarni yaqinlashib kelayotgan yangi yil bilan chin dildan muborakbod etamiz.
1-boshlovchi: Sizlarga sog’lik, baxt, uzoq umr, ishlaringizda omad tilaymiz. Yangi yildagi ishlaringizda rivoj tilaymiz.
Tavsiya etamiz: Yangi yil tabriklari
2-boshlovchi: Keling bayram kechamizni ajoyib bir qo’shiq bilan boshlaymiz.
1-boshlovchi: Yangi yil bayrami yil boshlanishi qadimda turli fasllarda nishonlangan. Jahonning ko’pgina mamlakat- lari Grigoryan taqvimi bo’yicha yangi yilni nishonlay boshla- ganidan so’ng XX asrda O’zbekistonga ham bu an’ana kirib kelgan.
Mustaqillikdan so’ng 1992 yilning 3 iyulida qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasida bayramlar kunlari” to’g’risidagi Qonun asosida 1 yanvar – Yangi yil bayrami deb belgilandi.
2-boshlovchi: Darhaqiqat yangi yil bayrami juda ko’p mamla- katlar qatori bizning ona diyorimizda ham ajoyib tantanalar bilan nishonlanadi. Kelinglar dasturimizning avvalida davra- mizga Qorbobo va Qorqizni taklif qilamiz. Marhamat Qorbobo va Qorqiz, davramizga xush kelibsiz.
(Qo’shiq. Qorbobo va Qorqiz raqsga tushadi).
1-boshlovchi: Yangi yil sherlari.
Orziqib kutilgan aziz mehmondek
Tashrif buyurmoqda Yangi yilimiz.
Qalbimiz yorishib nurli osmondek,
Go’zal his-tuyg’uga to’lar dilimiz.
Yangi yil kutmoqlik ezgulik tilab,
Ulug’ ahd sanalur har xonadonda.
Shodon chehralarda gul ochar xanda.
Orzular mazmuni – tinchlik, omonlik,
Gulzordek yashnasin ona-yurt bog’i.
2-boshlovchi:
Aslo tark etmasin erk, farovonlik,
Abad porlayversin Vatan bayrog’i.
Yillar o’taverar bo’g’inma-bo’g’in,
Hayot zanjirida oltin xalqadek.
Yurakka joy aylab yurt ishqi cho’g’in,
Olg’a boshlayverar bizni darg’adek.
Peshona terimiz bilan o’lkamiz
Dovrug’in olamga taratmoqdamiz.
Tavsiya etamiz: Qor haqida sherlar
1-boshlovchi: Bugungi bayram karnavalimizga biz bir guruh san’at ahillarni taklif etganmiz. Hozir navbatni …qiziqchi- lar guruhiga beramiz.
(Yangi yil hazillari).
2-boshlovchi: Endi navbat maktabimizning xush ovoz xonandasi …….. beramiz.
(Qo’shiq yangraydi).
1-boshlovchi: Barchamiz yaxshi bilamizki Yangi yil bayram- lari hech qachon Qorbobo va Qorqizsiz o’tmagan. Hozir tabrik uchun so’zni qorbobodan eshitamiz.
(Qorboboning tabrigi)
Rahmat qorbobo.
Rahmat. Marhamat, barchangizni raqsga taklif etamiz.
(Qo’shiq yangraydi).
1-boshlovchi:
Yana elimizda muqaddas ayyom,
Kutyapmiz Yangi yil tongini xursand.
Muborak bo’lg’usi shu qutlug’ bayram –
Qutlug’ tilagimiz dillarga payvand.
Kirib kelayotgan Yangi yilimiz muchal taqvimi bo’yicha …..yili ekan. Bu yil aytishlaricha to’kin-sochin, serhosil va osudalik yili bo’lar ekan. Sizlarni Yangi yil bilan yana bir bor tabriklaymiz.
2-boshlovchi: Bayramona kayfiyat sizlarni yil davomida tark etmasin, chehrangizdan tabassum, dasturxoningizdan qut- baraka arimasin. Bayram dasturimiz nihoyasida sizlarni zalda tashkil qilingan Yangi yil mavzusidagi rasmlar ko’rgazmasiga taklif etamiz, marhamat.
1-boshlovchi: Xayr, salomat bo’linglar.
Kel, yana shod ko’nglimizni ayla shodon, Yangi yil,
Senda ijrosin kutar ko’p orzu-armon, Yangi yil.
Yangi yil taronalari.
Yangi yil raqslari.
Tavsiya etamiz: Yangi yil haqida sherlar bolalar uchun














