Sahifamizda Bolalar uchun qish fasli, qor haqida batafsil qiziqarli ma’lumotlar, qor haqida sherlar, archa haqida yangi yil haqida eng yangi sherlar.
Qor haqida ma’lumot.
- Odamlar qor parchalarini sun’iy ravishda paydo qilishni o’rgandilar.
- Yer yuzida yashovchi odamlarning yarmidan ko’pi umrida hech qachon haqiqiy qorni ko’rmagan.
- Olimlarning so’zlariga qaraganda ular o’rganishlar jarayonida hech qachon ikkita bir xil qor parchalarini topa olmaganlar.
- Qor quyosh nurlarini 90 foizgacha aks ettiradi.
- Hozirgacha kashf etilgan eng katta qor parchasi diametri 38 santimetr bo’lgan.
- Qor parchalari 95 foiz havodan iborat.
- Tog’larda va qutbli mintaqalarda baland bo’lgan qor, ba’zan «qor xlamidomonasi» deb nomlangan suv o’tlari tufayli qizg’ish yoki pushti rangga ega bo’ladi. Ushbu qor tarvuzga o’xshaydi.
- Yerga tushayotgan qor parchasining tezligi soatiga bir kilometrdan kam.
- Nafaqat Yerda, balki Marsda ham qor mavjud.
- Qor parchalari kristallarining deformatsiyalanishi tufayli kristall ko’rinishda bo’ladi.
- Mikroskop ostidagi qorning birinchi fotosurati 1885 yilda olingan. Amerikalik fotograf Uinston Bentli muvaffaqiyatga erishish uchun 46 yil sarflagan.
- Qish.
Qor haqida sherlar.
Mayda-mayda yoğar qor
Qor parchasi betakror
Atrof tõla laylakqor
Qish keldi yana bir bor.
Tarnovlarda sumalak
Daraxt misli kelinchak
Kõrkam bõlgan bu terak
Eshik qoqdi qish tak-tak.
Qor yoğar parcha-parcha
Qorga belanar archa
Archaga osilgan sharcha
Qish faslimiz õzgacha.
Qishning ham bir gashti bor
Õzgacha bir fayzi bor
Yoğar hanuz oppoq qor
Qish faslimiz betakror.
Qor (bolalar uchun sheʼr)
Аtrof qor, qish faslida,
Murod agʼanar qorda.
Yumshoq qorning ustida,
Dumalash juda zoʼrda.
Lekin baxor kelganda,
Qorlar erib ketadi.
Bugʼ boʼlib parlanganda,
Yerga singib ketadi.
Bu tabiat qonuni,
Bunga nima xam dersiz.
Koʼrib quyosh nurini,
Erib ketadi esiz!…
Qish to’zg’itar momiq par.
Savab bulut to‘shagin
Qish to‘zg‘itar momiq par.
Yerga serbar oq namat
Yozilganday yaltirar .
Mahalla ko‘y – ko‘chada
Chuvurlashib qor kurar .
Esib sovuq izg‘irin :
– Tezroq yur ! -Deb buyurar .
Qor parchalari.
Qor parchalar, parchalar,
Oq kiyadi archalar.
Qir adirlar, qo’ralar
Oq kiyimda o’ralar.
Uyga kirdi oq odam,
Qarasam mening dadam.
Dadamning ustin qoqdim,
Dadamga kulib boqdim.
Yoqalarin tuzatdim,
Issiq to’nni uzatdim.
Laylak qor.
Qor yog’ar elak-elak,
Yog’ar bo’lib charxpalak.
Qo’ngan zamon kaftimga,
Erib ketar taftimga.
Quvnoq qor,
Oppoq qor.
Qorni yig’ib olaylik,
Bir shaklga solaylik.
Bolalar, keling, qani,
Qorbobo yasa, G’ani.
Qara, burning uchini,
Bilgin sovuq kuchini.
Shalpang quloqlar tikka —
Qarab qolibdi ko’kka.
Qor yog’ar hamon-hamon,
Kulamiz xandon-xandon.
Qizib ketdi o’yin ham,
Shodlikni ko’rar baham.
Quvnoq qor,
Oppoq qor.
Tavsiya etamiz: Qish haqida sherlar
Yangi yil sovg’asi.
Hamma tomon oppoq qor,
Yer oq ko‘rpa ostida –
Mizg‘ib yotar intiq, zor,
Bahoroyning vasliga.
Borliqni xo‘p allalab,
Ko‘kdan o‘ynab qor tushar.
Qiyqirishib bolalar –
Bunda chana tortishar.
O‘ynashadi qorbo‘ron,
Zavqi baland, shashti zo‘r.
Atrof bеg‘ubor biram,
Nashidasi, gashti zo‘r.
Qor tagidan mo‘ralar
Daraxtlarning novdasi.
Har bir bola ko‘nglida
Qorboboning sovg‘asi!
Qor, qor, qorlar
Atrof porlar.
Yilt-yilt nurdek,
Oppoq undek.
Shakar undek,
Shakar, desam.
Agar yesam,
Og’rir tishim.
Qor, qor, qorlar,
Atrof porlar.
Yilt-yilt nurdek.
Har tomonda qor.
Har tomonda qor, qor, qor…
El bilan tushar, chiqar.
Bulutlar elab elak,
Separ oppoq kapalak,
To‘da-to‘da ucharlar,
Aylanishib qocharlar,
Yellarga yo‘l ocharlar.
Mana, har tomon oppoq,
Maydon, ko֥‘cha, tom, chorvoq.
Yerlar to‘ngan, ko‘k to‘ngan,
Havo charchab bo‘g‘ilgan.
Ko‘kragiga tushgan qor
O‘ziga joy axtarar,
Jimjit uylarni o‘rar…
Qor o‘yini – Qor haqida sherlar
Oqshomda boshlanar, qorning o’yini.
Havo ham top-toza, yurakda viqor.
Qop-qorayib yotgan bog’lar qo’ynini,
Oppoq sukunatga, ko’mib tashlar qor.
Qor tinar va sovuq pichoqlarini,
Oyga tutar, atrof ketar yarqirab.
Yig’ishtirib olar oyoqlarini,
Yalang’och, xo’mraygan bujur daraxtlar.
Kimdir shoshib borar, pastqam ko’chada,
Kimdir eringancha mudrab bosh qashir.
Kimdir derazadan termilar o’ychan,
Kimdir qor ustiga yoza boshlar sher.
Yangi yil kechasi.
Ko‘ngil ma’yus tortdi yilning so‘ngida,
Bilmam, nimang bilan sehrlading, qor.
Bugun kuppa-kunduz ko‘zim o‘ngida,
Yana bir yoshimni o‘g‘irlading, qor.
Qirqinchi qasrimga o‘taymi endi,
Kechagi yoshligim ertakmi endi?..
Bahorim yetgudek qo‘lim uzatsam,
Yetolmay dilimni ne deb yupatsam.
Laylakqor, azizim, g‘alat bayram bu —
Kulib kuzatsammi, yig‘lab kuzatsam…
Dardim jim ichimga yutaymi endi,
Kechagi yoshligim ertakmi endi?
So‘rsang, sevinchimdan o‘kinchim ko‘proq,
Sendan-da kumushroq sochimdagi oq.
Yilim kelmay turib, yilim ketmoqda,
Ko‘zda tabassum-u kiprikda titroq.
Men ham sal shoshdim-da, qaytaymi endi,
Kechagi yoshligim ertakmi endi?
Yangi yil
Kelaver qanday kelsang ham,
Kimlar yetdi senga, kimlar yetmadi.
Sen yangi yo‘ldoshsan, sen yangi hamdam,
Yo‘qlab kelganingni o‘zi bir bayram.
Qulog‘ingga bir gap aytaymi, endi,
Kechagi yoshligim ertakmi, endi…
Qalin qor tushdi.
Qoraygan bog‘larga qalin qor tushdi,
Yodimiz yodiga tag‘in yor tushdi.
Dilga – ahli tarab ko‘ngillaridan
Quvg‘in aylamishlar – jam’i zor tushdi.
Bulbullar tindilar – oshiqlikmi shu?
Orom yo‘q – ishqimiz betakror tushdi.
Bori ishq zahrini bizga ber, falak,
Ko‘nglimiz ko‘tara xaridor tushdi.
Nigohimiz naqqosh yo‘lga termulib,
Darchangizga boqing – navbahor tushdi.
Laylidan so‘ylamang, afsonami ishq?
Devona baxshimiz – bizga or tushdi.
Yaldo tunlarida so‘yladik doston,
G‘uluvmas, holimiz rostu bor tushdi:
Oh urdik, ummonlar uchdi falakka –
Yo‘q esa, bog‘larga qaydin qor tushdi?
Tavsiya etamiz: Qish haqida matn
Qor haqida
Qish kechasi, guvillar shamol,
Dalada qor, qush inida qor.
Ingrar og‘riq kabi qari tol,
Oynalarni bezar qish- gulkor!
Jeyron : Qishning momiq choponi,
Boshida-chi oq qalpoq,
Bizni zavqqa toldirar,
Ko‘chalar rosa oppoq.
Qish haqida ruscha sherlar.
Bolalar uchun qish, qor haqida ruscha sherlarni yuklab oling va yangi yil bayramiga sherlardan foydalaning.
Ёлочка, свети!
Льется дождик золотой,
С ёлочки стекая.
Полюбуйтесь на неё:
Вот она какая!
Вся сверкает и цветёт
Яркими огнями.
Приглашает в хоровод
Веселиться с нами.
Новый год уже в пути,
Скоро к нам приедет.
Ярче, елочка, свети
Ты на радость детям!
Не знаю откуда,
Не знаю куда,
Плывет- уплывает
По речке вода.
Вот если кораблик
По речке пущу,
И если его
Я потом отыщу,
То, может быть,
Он мне расскажет тогда,
Куда уплывает
По речке вода.
ЗИМА
Белый снег пушистый
В воздухе кружится
И на землю тихо
Подает, ложиться.
И под утро снегом
Поле забелело
Точно пеленою
Всё его одела.
Темный лес что шапкой
Принакрылся чудной
И заснул под нею
Крепко непробудно…
Божы дни коротки,
Солнце светит мало
Вот пришли морозцы
И Зима настала.
Зеленая была.
В лесу родилась елочка,
В лесу она росла,
Зимой и летом стройная,
Зеленая была.
В лесу родилась елочка,
В лесу она росла,
Зимой и летом стройная,
Зеленая была.
Метель ей пела песенку:
«Спи, елочка, бай-бай!»
Мороз снежком укутывал:
«Смотри, не замерзай!»
Трусишка зайка серенький
Под елочкой скакал.
Порою волк, сердитый волк
Рысцою пробегал.
Чу! Снег по лесу частому
Под полозом скрипит,
Лошадка мохноногая
Торопится, бежит.
Везет лошадка дровенки,
А в дровнях старичок,
Срубил он нашу елочку
Под самый корешок.
Теперь она, нарядная,
Hа праздник к нам пришла
И много, много радости
Детишкам принесла!
Tavsiya etamiz: Yangi yil haqida sherlar bolalar uchun
manba.