Sahifamizda Qish fasli haqida matn, qish fasli haqida qiziqarli ma’lumotlar, qish va qor rasmlari to’plamlari o’rin olgan.
Qish haqida matn.

Mana o‘lkamizga qish fasli ham kirib keldi. Kunlar esa ancha qisqardi. Quyosh hamma yoqni yoritadi-yu, lekin qizdirmaydi. Biz esa qorni intizorlik bilan kutayapmiz. Qor yog‘masa, qish faslining qizig‘i ham yo‘qday go‘yo. Allaqachon chana, chang‘i va konkilarni tayyor qilib qo‘yganmiz. Qordan esa hamon darak yo‘q. Boshqa davlatlarda bolalar maza qilib chana uchishyapti. Nega bizda qor kam yog‘ar ekan-a?
Hammasi oddiy. Janubga yaqin o‘lkalarning havosi ham issiqroq bo‘ladi. Qor — bu suv tomchilarining yaxlagan holati hisoblanadi. Suv bug‘i osmonda sovuq havo oqibatida muzlaydi va mayda muz parchalariga aylanadi. Keyin esa muz parchalari pastga ya’ni yerga tushayotganda shaklini o‘zgartirib, qor parchalariga aylanadi. Qanchalik sovuq bo‘lsa qor parchasining hajmi ham kichrayib boradi. Qor parchalari bir biriga aslo o‘xshamaydi.
Agar ob-havo iliq bo‘lsa, qor o‘rniga yomg‘ir yog‘adi.
Bizning O‘zbekistonimiz janubga yaqin bo‘lgani uchun qish fasli qisqa bo‘ladi. Qor ham kamroq yog‘adi.
Shimoliy davlatlar qatorida turadigan Norvegiyada qor kuz faslidan boshlab bahorgacha yog‘ishi mumkin. Ko‘chalarda kuchuklar kishilarni chanada tortib ketayotganini uchratishingiz mumkin.
Afrika davlatida esa qish bu iyun, iyul va avgust oylariga to‘g‘ri kelar ekan, yoz fasli bo‘lsa dekabr, yanvar, fevral oylari hisoblanadi. Bu yerda yil bo‘yi quyosh porlab turadi. Hech qanday sovuq bo‘lmaydi. Afrika xalqi qorni faqatgina muzlatgichlarda ko‘rishlari mumkin.
Qish fasli haqida qiziqarli faktlar.

Kimdir uchun qish eng yoqimli palla bo’lsa, boshqalar uchun bu yilning eng “yoqimsiz” davri. Hammasi unga qanday qarashingizga bog’liq – ba’zi odamlar ayoz, momiq qor va qor bilan qoplangan landshaftni yoqtirishadi, kimdir qishda faqat loy hamda sovuqni ko’radi. Qizig’i shundaki, dunyo aholisining qariyb yarmi umrida hech qachon haqiqiy qorni ko’rmagan.
Qorparchalar odamning barmoq izlari kabi, har doim bir-biridan farq qiladi. Ko’p yillik tadqiqotlar davomida bir xil juftlik topilmagan.
Inson qo’liga tushgan eng katta qor parchasi diametri 38 santimetr bo’lgan.
Moskvada eng katta qor parchalari qishda emas, balki bahorda yoqqan. Bu 1944 yil 30 aprelda, poytaxtga to’satdan kuchli qor yog’ishi bilan sodir bo’lgan. Qor parchalari tuyaqush patlariga o‘xshab, insonlarning kaftiday katta edi.

Yevropalik sotsiologlar aholi o’rtasida o’tkazilgan so’rovnomalar davomida qiziq xulosalarga kelishdi – qishda tug’ilganlarda o’zlarining 100 yoshlariga qadar yashash imkoniyatlarini boshqalarnikiga qaraganda 16% ko’proq bo’larkan. Bundan tashqari, bunday insonlar bardoshliroq va ko’pincha sportda yuqori natijalarga erishadilar.
Qishni yoqtirmaydigan odamlar kamdan-kam uchraydilar, ammo undan qo’rqadiganlar ham bor. Ular sovuqqa dosh berolmaydilar, qor va hatto muzdan qo’rqishadi. Psixologlar buni kionofobiya deb tasniflaydilar.
Tavsiya etamiz: Qish haqida sherlar
manba.














