8-mart uchun sherlar

0
8-mart uchun sherlar

8-mart uchun sherlar. 8-mart – Xalqaro Xotin qizlar kuni bu ayniqsa onalarimizni qadrlash va ularga minnatdorchilik bildirish uchun juda yaxshi bir imkoniyat. Shu munosabat bilan sherlar, Tabriklar to’plamini taqdim etamiz.

8-mart uchun sherlar.

Vafo ro’molini bo’yniga boylab,
Kutishga tayyordir haftalab, oylab,
Bizni balolardan yurganda poylab.
Ayolsiz ishingda bo’lmagay baror.
Bayramingiz muborak bo’lsin.

Tadbirda salomlashish sheri.

Assalom ey lola yuzli
Dirabolar assalom
Yuzi gul sochi sumbul
Maxluqolar assalom
Mustaqil yurt gul g’unchasin
Oq yuvib oppoq tarab
Tunu kun parvona bo’lgan
Onajonlar assalom!

***

Qirga chiqsam lolalardan
Gullar sizga assalom
Poyingizga gul to’shalsin
Mexribonlar assalom
Onajonlar, mexribonlar!
Sizga ta’zim assalom!

8-mart bayramiga.

Porlab turar yuzlari
Surar shirin hayollar
Bayramingiz muborak
Bugun aziz ayollar

Mehr degan bir ajib
His tuyguning bulogi
Sizlar borki ochmaydi
Xonadonlar chirogi

Dardingiz ichga yutib
Doyim kulib turasiz
Mehri daryo chiroyli
Farishtalar bo`lasiz

8-mart bayrami.

Baxor keldi gul bilan
Shoxida bulbul bilan
Onajonlar tabriklaymiz
Bugungi ayom bilan.

Quyosh kulib boqqan kun
Baxor tanga yoqqan kun
8 – mart bu kun
Onajonlar bayrami.

Tavsiya etamiz: Ona haqida sherlar

Ayollar haqida sher.

Sizlar borsiz so’zimizda sado bor,
Sizlar borsiz ishq ahlida gado bor,
Sizlar borsiz ming bir dardga da’vo bor,
Men oftobga alishmagan ayollar.
Oftob ojiz asli onam oldida,
Bibixonim yuragimning yodida,
Siz yashaysiz Mohlaroyim dodida,
Men oftobga alishmagan ayollar.

Baxtimizga omon bòling ayollar.

Bayramning shodligidan yayraydi dillar
Qólimda siz uchun bu atirgullar
Bayramingiz aziz ayollar
Baxtimizga omon bòling ayollar

Bahorning ilk kunlari bayramdir sizga
Bahor kabi beg’ubor mushtipar ayol
Bo’ling doim salomat siz baxtimizga
Siz bilan hayot shirin shirindir hayol

Onajon.

8 mart bugun quvonchlarim bir jahon.
Bayramingiz muborak aziz ona onajon.
So‘zlar bor durdona mehnatda eng mardona.
Olam ichra yagona siz siz ey aziz ona.

Bahor kelar gul bilan
Shohlarda bulbul bilan
Men sizni tabriklayman
8-mart bilan

Aziz ona-onajon!

Sakkizinchi mart bugun
Quvonchlarim bir jahon.
Bayramingiz muborak,
Aziz ona-onajon!

So’zlari bol, durdona,
Mehnatda eng mardona,
Olam ichra yagona,
Sizsiz, ey aziz ona!..

Bizni yuvgan, to’ydirgan,
Quvontirgan, kuldirgan,
Elga mehr qo’ydirgan,
Onajonlar bo’ladi.

Onalarga tabrik sherlar.

Baxtimning bog‘ida doim gullagan,
Har ishda labbay deb meni qo‘llagan,
Farzandlar kamolin tinmay o‘ylagan,
Onajon! Baxtimga bo‘ling Siz omon!

Yemasdan yedirib to‘ydirdingiz Siz,
O‘zingiz kiymasdan kiydirdingiz, Siz,
Adolat va Xaqni suydirdingiz, Siz,
Onajon! Baxtimga Buling Siz omon!

Avaylab, yetaklab yurgizdingiz, Siz,
Yiqilsam, siz yig‘lab, turgizdingiz, Siz,
Yo‘limni xaq yo‘lga burgizdingiz, Siz,
Onajon! Baxtimga bo‘ling Siz omon!

Kel bolam ovqatni yegin derdingiz,
Shuncha ko‘p mehrni qaydan oldingiz?
Onajon! Baxtimga bo‘ling Siz omon!

Siz borsiz, ko‘zimda bo‘lmas sira nam,
Siz borsiz, bu boshim bo‘lmas sira ham.
Siz borsiz, yurakda bo‘lmas sira g‘am,
Onajon! Baxtimga bo‘ling Siz omon!

Yo‘limni yoritgan chirogisiz Siz.
Otamning sevgani o‘rtog‘isiz Siz.
Qalbimning e’zozi, ardog‘isiz, Siz,
Onajon! Baxtimga bo‘ling Siz omon!

Baxtimizga omon bo‘ling ayollar.

Bugun o‘zgacha sho‘x sayrar bulbullar.
Bayram shodligidan yayraydi dillar.
O‘zgacha zavq ela shodon ko‘ngillar.
Bayramingiz muborak aziz ayollar.
Baxtimizga omon bo‘ling ayollar.

Yuzingizdan doim quvonch ketmasin.
Baxoriy kayfiyat hech tark etmasin.
G‘am-tashvish qalbingingiz chertib o‘tmasin.
Hamrohingiz bo‘lsin eng baxtli onlar.
Baxtimizga omon bo‘ling ayollar.

Siz borki fayzlarga to‘ldi bu olam.
Siz ammam, siz onam, biringiz xolam.
Sizlarsiz o‘zingiz yurakda nolam.
Baxtimizga omon bo‘ling ayollar.
Bayramingiz muborak aziz ayollar.

Gohida bilmayin sizni ranjitib.
Dilingiz qo‘ysak gar bizlar og‘ritib.
Ming bor uzr ela hush kalom etib.
Unutaylik bugun, yomon hayollar.
Bayramingiz muborak aziz ayollar.

Aziz va Mo‘tabar Ona.

Keling bugun dardingiz olay,
Bugun ishdan qo‘lingiz tinsin.
Mayli bugun ishga ham bormay,
O‘g‘lingiz ham bir ovqat qilsin.

Bir yilda bir yo‘lim poylamang!
Yo‘l poylagan ko‘zingiz tinsin.
Axir bugun bayram onajon,
Bayramingiz muborak bo‘lsin.

Mexr beray bugun sizga ko‘p,
Hech bo‘lmasa shu kun yayrang siz.
Dardlaringiz unuting butkul,
Odamlardek yashang bugun siz.

Ko‘zingizda aslo yosh ko‘rmay,
Bugun baxtdan bag‘ringiz to‘lsin.
Ona sizga uzoq umr tilay,
Bayramingiz muborak bo‘lsin.

Tavsiya etamiz: Ota, ona haqida sherlar

Mexri daryo Onajonim.

Shukur senga Olloxim,
Bordir mening xayotim.
Boshimdagi gul tojim,
Udir mening Onajonim.

Uyga borsam meni kutgan,
Mexrla bag‘riga bosgan.
Jilmayib yuzimdan o‘pgan,
Rayxon gulim Onajonim.

Jonim bersam arzimas,
Bir kun bedor tuninga.
Farzandisiz yasholmas,
Mening jonim Onajonim.

Dardkashim, jannatim,
Tarifingizga ojiz so‘zim.
Mening go‘zal chamanim,
Sizdir mening Onajonim.

Yuzim bossam yuzingizga,
Unutaman dardlarim.
Qalbiz yaqin qalbimga,
Ko‘ngli yarim Onajonim.

Asragin deb bolamni,
Yoritgaysiz yo‘limni.
Tanitgan ul Raxmonni,
O‘zingiz mening Onajonim.

Afsus yo‘lim uzoqdir,
Sog‘inchlarim azobdir.
Ko‘zlar sizni izlaydir,
Sizni doyim Onajonim.

Tengingiz yo‘qdir dunyoda.
Umringiz bo‘lsin ziyoda.
Sherik bo‘ling baxtimga,
Qalbi osmon Onajonim.

Siz oyimsiz Otam quyosh,
Doyim bo‘ling bizlarga bosh.
Ko‘rmasin xech ko‘zlaringiz yosh,
Mexri daryo Onajonimm!

Xоtin qizlаr bаyrаmigа she’r.

Bаhоrning ilk kunlаri bаyrаmdir sizgа,
Bаhоr kаbi beg’ubоr mushtipаr аyоl.
Bõling dоim sаlоmаt siz bаxtimizgа,
Siz bilаn hаyоt shirin, shirindir hаyоl.

Qizlаrgа!!! 8 mаrt sherlаr.

Qizlаr bugun аjоyib bаyrаmingiz,
Kõrаy bir zum tаbаssumu-kulgаningiz.
Kulgаningiz dilgа hush yоqаr,
Kulmаsаngiz qаysi yigit bоqаr

8 mаrt mubоrаk bõlsin
Bоshingiz оftоbi оsmоn bõlsin
Kunduzingiz chоg’idir оqshоm
Sаоdаt birlа u nurаfshоn bõlsin
8 mаrt mubоrаk bõlsin.

Bayram muborak ona.

Kechalari allalab,
Ertak aytgan erkalab.
Boshimizni silagan,
Bizga umr tilagan.
Mehribonim~onajon,
Omon bo‘ling har qachon.

8-mart uchun sherlar.

Erta bahor gulagan binafsha misol,
Ko’nglingiz doim beg’ubor bo’lsin.
Yangi ochilgan gul «Lola» misol,
Lablarizda doim tabassum bo’lsin.
Dildan ezgu tilakraim sizgadir tanxo….
8-MART ayyomingiz muborak bo’lsin.

Bayram uchun qo’shiqlar.

Bahor valsi 

Olma pishganda

O’ynasa yigit o’ynasa qo’shiq

Binafsha qo’shig’i.

Baxtli yoshlar

Botir Qodirov «Do’ppi» qo’shig’i

Boychechak qo’shig’i mp3

Boychechak – 2 mp3 

Gul- gul 

Hulkar Abdullayeva

Lezinka

Boychechak milliy

Lezinka Andijoncha

Tavsiya etamiz: Zulfiya sherlari