Alisher Navoiy g’azallari

0
Alisher Navoiy g'azallari

Alisher Navoiy hayoti ijodi va tarjimai holi haqida. Alisher Navoiy eng mashhur g’azallari to’pami, Alisher Navoiy ruboiylari va g’azallari to’plami.

Alisher Navoiy haqida.

Alisher Navoiy (1441-1501) – buyuk shoir va mutafakkir, davlat arbobi. To‘liq ismi Nizomiddin Mir Alisher. Navoiy tahallusi ostida chig‘atoy (eki o‘zbek tili) hamda forsiyda (fors tilidagi asarlarida) ijod qilgan. G‘arbda chig‘atoy adabiyoti hisoblanmish o‘zbek adabiyotining eng yirik namoyondasi. Umuman olganda, butun turkiy xalqlari orasida u kabi yirik shaxs yo‘qdir.

Navoiy yoshligidan Xurosonning (Transoksaniya) bo‘lajak hukmdori Husayn Boyqaro bilan (1469-1506) do‘st bo‘lgan. 10-12 yoshidan she’rlar yozishni boshlagan. Navoiyning zamondoshi bo‘lmish tarixchi Xondamir (1473(76) -1534) qoldirgan ma’lumotlarga ko‘ra, mashhur o‘zbek shoiri Lutfiy (1369-1465) qarigan chog‘larida bolakay Navoiy bilan ko‘rishadi va uning she’riy iqtidorini yuqori baholaydi.

Alisher Navoiyning ijodi ulkan. Olti dostonining hajmi 60 000 ga yaqin misrani tashkil etadi. 1483-1485 yillar Navoiy o‘z ichiga besh dostonni olgan “Hamsa” asarini yaratgan: “Hayrat ul-Abror” (“Yaxshi kishilariing hayratlanishi”), “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Sab’ai sayyor” (“Yetti sayyora”), “Saddi Iskandariy” (“Iskandar devori”).

Alisher Navoiy g’azallari.

Alisher Navoiy G’azallari – Mumtoz she’riyatda g’azal shoirning salohiyati ko’lamini anglatuvchi asosiy janr hisoblangan. Navoiy g’azallari butun dunyodagi g’azallardan eng his tuyg’uga boy g’azallar sirasiga kirgan. Sahifamizda Navoiyning eng ko’p o’qilgan g’azallar keltirilgan.

Tavsiya etamiz: Alisher Navoiy haqida matn

Alisher Navoiy sherlari

Ko’rgali husnungni zoru mubtalo bo’ldum sanga,
Ne balolig’ kun edikim, oshno bo’ldum sanga.

Har necha dedimki kun-kundin uzay sendin ko’ngul,
Vahki, kun-kundin batarrak mubtalo bo’ldum sanga.

Men qachon dedim: «Vafo qilg’il manga» zulm aylading,
Sen qachon deding: «Fido bo’lg’il manga» bo’ldim sanga.

Qay pari paykarga dersen telba bo’ldung bu sifat,
Ey pari paykar, ne qilsang qil manga, bo’ldum sanga.

Ey ko’ngul, tarki nasihat aylading ovora bo’l,
Yuz balo yetmaski, men ham bir balo bo’ldum sanga.

Jomi Jam birla Xizr suyi nasibimdur mudom,
Soqiyo, to tarki joh aylab gado bo’ldum sanga.

G’ussa changidin navoe topmadim ushshoq aro,
To Navoiydek asiru benavo bo’ldum sanga.

Qaro ko’zum, kelu mardumlug’ emdi fan qilg’il…

Qaro ko’zum, kelu mardumlug’ emdi fan qilg’il,
Ko’zum qarosida mardum kibi vatan qilg’il.

Yuzung guliga ko’ngul ravzasin yasa gulshan,
Qading niholig’a jon gulshanin chaman qilg’il.

Takovaringg’a bag’ir qonidin hino bog’la,
Itingg’a g’amzada jon rishtasin rasan qilg’il.

Firoq tog’ida topilsa tufrog’im, ey charx,
Xamir etib yana ul tog’da ko’hkan qilg’il.

Yuzung visolig’a yetsun desang ko’ngullarni,
Sochingni boshdin-ayog’ chin ila shikan qilg’il.

Xazon sipohiga, ey bog’bon, emas mone’
Bu bog’ tomida gar ignadin tikan qilg’il.

Yuzida terni ko’rub o’lsam, ey rafiq, meni
Gulob ila yuvu gul bargidin kafan qilg’il.

Navoiy, anjumani shavq jon aro tuzsang,
Aning boshog’lig’ o’qin sham’i anjuman qilg’il.

Tavsiya etamiz: Alisher Navoiy rasmlari

O’xshamas.

Qaro ko’zum, kelu mardumlug’ emdi fan qilg’il,
Ko’zum qarosida mardum kibi vatan qilg’il.

Yuzung guliga ko’ngul ravzasin yasa gulshan,
Qading niholig’a jon gulshanin chaman qilg’il.

Takovaringg’a bag’ir qonidin hino bog’la,
Itingg’a g’amzada jon rishtasin rasan qilg’il.

Firoq tog’ida topilsa tufrog’im, ey charx,
Xamir etib yana ul tog’da ko’hkan qilg’il.

Yuzung visolig’a yetsun desang ko’ngullarni,
Sochingni boshdin-ayog’ chin ila shikan qilg’il.

Xazon sipohiga, ey bog’bon, emas mone’
Bu bog’ tomida gar ignadin tikan qilg’il.

Yuzida terni ko’rub o’lsam, ey rafiq, meni
Gulob ila yuvu gul bargidin kafan qilg’il.

Navoiy, anjumani shavq jon aro tuzsang,
Aning boshog’lig’ o’qin sham’i anjuman qilg’il.

Tavsiya etamiz: Alisher Navoiy ruboiylari va tahlili>>

O’n sakkiz yosh hayratlari.

Orazin yopqach kuzumdin sochilur har lahza yosh,
Uylakim paydo bulur yulduz, nihon bulgach quyosh.

Qut bir bodomu erim gushan mehrob edi,
Gorati din etti nogah bir baloliq kuzu qosh.

Bu damodam ohim ifsho aylar ul oy ishqini,
Subhnung bot-bot dami andogki aylar mehr fosh.

Busae qilmas muruvvat, asru qattiqdur labing,
Desam ogzi ichra aytur lal ham bor nav tosh.

Novaking kunglimga kirgach jon talashmoq bu ekin,
Kim qilur paykonini kunglum bila jonim talosh.

Umri jovid istasang fard ulki, buston Khizridur,
Sarvkim dab ayladi ozodaliq birla maosh.

Qoshi ollinda Navoiy bersa jon, ayb etmangiz,
Gar budur mehrob, bir-bir quygusidir barcha bosh.

Bovujudikim adam boʻldum gʻamidin qaygʻurub.

Bovujudikim adam boʻldum gʻamidin qaygʻurub,
Hech ogʻzining soʻrogʻin laʼlidin topmon soʻrub.

Joiki, qat-qat qon boʻlubtur dogʻi ishqing ketmagay,
Lola bargidek ani bir-bir sovursang kuydurub.

Novaking koʻnglumda qilmish xona, bovar qilmasang,
Koʻksuma ilgingni kelturkim, turubtur bilgurub.

Ishqidur jon pardasida ravshan ettim, doʻstlar,
Necha kuygaymen harir ichinda oʻtni yoshurub.

Barqdek poʻyamni ayb etmang, salomat ahlikim,
Mundoq oʻtekim tutoshibdur manga, boʻlmas turub.

Istama tahsinki, shokirmen ne kelsa ollima,
Shukr qilmay naylay olursen qazoni yozgʻurub?

Chun Navoiy jonigʻa marham erur paykonlaring,
Kosh, yoqsa marhami oʻqung yonimga oʻlturub.

Alisher Navoiy ruboiylari.

Alisher Navoiy Ruboiylari – Ruboiy sharq she’riyatida keng tarqalgan she’r turlaridan bo’lib, ularda shoirning hayot haqidagi teran mushohadalari, ichki kechinmalari, ibratli xulosalari va pand-nasihatlari ifodalanadi. Sahifamizda Alisher Navoiyning  eng sara ruboiylari o’rin olgan.

Alisher Navoiy g’azallari 4 qatorli

Gʻurbatda gʻarib shodmon boʻlmas emish,
El anga shafiq-u mehribon boʻlmas emish.
Oltun qafas ichra gar qizil gul bitsa,
Bulbulgʻa tikandek oshiyon boʻlmas emish.

Tavsiya etamiz: Alisher Navoiy buyuk o‘zbek adibi haqida insho

Gar oshiq ersang.

Gar oshiq esang mehru vafo qilma havas,
Dard istayu dafiga davo qilma havas.
Hijronu visol mutlaqo qilma havas,
Dildoringdan gayri rizo qilma havas.

Zohid sanga.

Zohid, senga — hur, manga — jonona kerak,
Jannat — sanga bulsun, manga — maykhona kerak.
Maykhona aro soqiyu paymona kerak,
Paymona necha bulsa tula, yona kerak.

Umri aziz.

Jondin seni kup sevarmen, ey umri aziz,
Sondin seni kup sevarmen, ey umri aziz.
Har neniki sevmak ondin ortuq bulmas,
Ondin seni kup sevarmen, ey umri aziz.

Kushluq.

Kim kurdi ekin jahonda oyo khushluq,
To bir kishi aylagay tamanno khushluq.
Yuz yilda agar bir ulsa paydo khushluq,
Omodadur yonida yuz nokhushluq.

Jonimdagi » jim»

Jonimdagi “jim” ikki dolingga fido,
Andin sung “alif” toza niholingga fido,
Nuni dogi anbarin hilolingga fido,
Qolgon iki nuqta ikki kholingga fido.

Upay.

Dedim: Zaqaning tutub saqogingni upay,
Kuz-qoshingga surtubon qabogingni upay,
Guldek yuzing islabon dudogingni upay,
Yuq, yuq, yuq, agar desang, ayogingni upay.

Bormagin.

Necha dedim ul sanamga: Bormogin!
Qilmadi ul tark okhir bormogin;
Munchakim khudroyliq kurguzdi ul,
Aql hayrat qildi tishlab barmogin.

Olmangiz.

Pardani rukhsorasidan olmangiz,
Hohaq ulturdi meni shul olmangiz;
Gar anoristonga sunsa ilgini,
Aytur: — Ul tursun, amonat, olmangiz!

Yoqilur.

Lalidin jonimga utlar yoqilur,
Qoshi qaddimni jafodin yo qilur;
Men vafosi, vadasidin shodmen,
Ul vafo, bilmanki, qilmas, yo qilur.

Ko’z birla qoshing yaxshi.

Ko’z birla qoshing yaxshi, qabog’ing yaxshi,
Yuz birla so’zing yaxshi, dudog’ing yaxshi.
Eng birla menging yaxshi, saqoqing yaxshi,
Bir-bir ne deyin boshtin-ayog’ing yaxshi.

XUSHLUQ .

Kim ko’rdi ekin jahonda oyo xushluq,
To bir kishi aylagay tamanno xushluq.
Yuz yilda agar bir o’lsa paydo xushluq,
Omodadur yonida yuz noxushluq.

Tavsiya etamiz: Farhod va Shirin dostoni haqida insho.

manba.