Alisher Navoiy ruboiylari. Alisher Navoiy turkiy tillarda serqirra ijod qilgan buyuk mutafakkir hisoblanadi. Navoiy ijodida – “Xazoyin ul-maʼoniy”da sheʼriy janrlarning 16 ta xili mavjud. Ularning orasida eng barakalilaridan biri ruboiy ekanligini mutaxassislar koʻp marta taʼkidlashgan. Siz sahifamiz orqali Alisher Navoiy ijodidagi rubioylari , g’azallari va sherlarini to’plamini topishingiz mumkin.
Alisher Navoiy ruboiylari.
Suv ko’zgusini bog’ aro aylarda shitob,
Siymob qilur erdi taharruk bila tob.
Day qildi bu simobni andoq koʻzgu,
Kim koʻzgu aning qoshida bo’lg’ay siymob.
***
Jonimga yetibturur xumor, ey soqiy,
May tutqilu berma intizor, ey soqiy,
Avval o’zung ayla ixtiyor, ey soqiy,
Tutqil manga so’ngra zinhor, ey soqiy.
***
Nomangki, tirikligimdin uldur matlub,
Ochib o’qug’och bir necha lafzi margʻub,
Ko’p to’lg’onib, ashk ichra oʻzumdin bordim,
Ul nav’ki, suv ichiga tushgay maktub.
***
Eykim, borasen, koʻngulni qaytargʻil axi,
Bedilliq o’tidin meni qutqarg’il axi.
Yo tig’ chekib toʻsh-to’shidin yorgʻil axi,
Bir porasini bizga berib, borgʻil axi.
***
Soqiy, meni xor-xordin ayla xalos,
Gul-gul yuzung och, bahordin ayla xalos,
Yo may beru intizordin ayla xalos,
Yo o‘lturubon xumordin ayla xalos.
***
Tavsiya etamiz: Alisher Navoiy g’azallari
Ko‘nglum gulu sarv mayli qilmas, netayin?
Sarvu gul ila dame ochilmas, netayin?
Dar sho‘x ko‘runsa, ko‘zga ilmas, netaynn?
Bir sho‘xkim, ul tilar — topilmas, netayin?
***
G‘urbatda g‘arib shodmon bo‘lmas emish,
El anga shafiqu mehribon bo‘lmas emish.
Oltun qafas ichra gar qizil gul butsa,
Bulbulg‘a tikandek oshyon bo‘lmas emish.
***
Mug‘ dayrida dast bersa bir lahza farog‘,
Kim mug‘bacha ishqidin qizig‘ bo‘lsa dimog‘.
Ul tutsa mug‘ona lahn ila har dam ayog‘,
Bosh olsam ayog‘idin, kerak boshima dog‘,
***
La‘lingni qilib nuktasaro, ey qaroko‘z,
Ishq ahli hayotig‘a yaro, ey qaroko‘z.
Chekma yana surma ko‘z aro, ey qaroko‘z,
El jonig‘a qilma ko‘z qaro, ey qaroko‘z.
***
Alisher Navoiy ruboiylari.
Gar qilsa kishi qilib gunohe tavba,
Ul jurmg‘a bo‘lsa uzrxohi tavba.
Qilmoq necha goh jurmu gohi tavba,
Bu jurm ila tavbadin, ilohi, tavba!
***
Subhonallohu xoliqi zul-majdu alo,
Kim andin erur to‘la xalo birla malo,
Gar mehr aning misli degaylar uqalo,
Mehr ollida zarra yanglig‘ o‘lg‘ay masalo.
***
Yo koshifi asrori nihon bo’lsa kishi,
Halloli ramuzi osmon bo’lsa kishi,
Yo oshiqi zori notavoi bo’lsa kishi,
Devonavu rasvoyi bo’lsa kishi.
***
Bir gul g’amidin dedim qoʻyay bag’rima dog’,
Bergaymu debon atri dimog’img’a farog’,
Bargin chu mulavvas ayladi bum ila zog’,
Emdi oni islamoqqa yuz hayf dimog’.
***
Kim istasa saltanat, saxodur anga shart,
Har va’daki aylasa, vafodur anga shart.
Kim faqr talab qilsa, fanodur anga shart,
Ollig’a nekim kelsa, rizodur anga shart.
***
Tavsiya etamiz: Alisher Navoiy, Bobur tavalludiga atab katta baza
Menmenmu visol umididin shod o’lg’on
Menmenmu visol umididin shod o’lg’on,
Bir-bir g’amu anduhdin ozod o’lg’on.
Oz-ozgʻina bergan soyi gul atri nasim,
Bulbuldek ishim nolavu faryod o’lg’on.
***
Yo koshifi asrori nihon bo’lsa kishi,
Halloli ramuzi osmon bo’lsa kishi,
Yo oshiqi zori notavoi bo’lsa kishi,
Devonavu rasvoyi jahon bo’lsa kishi.
***
Zohid senu hur, manga jonona kerak,
Jannat sanga boʻlsun, manga mayxona kerak.
Mayxona aro soqiyu paymona kerak,
Paymona necha boʻlsa, toʻla yona kerak.
***
Bir gul gʻamidin dedim qoʻyay bagʻrima dogʻ,
Bergaymu debon atri dimogʻimgʻa farogʻ,
Bargin chu mulavvas ayladi bum ila zogʻ,
Emdi oni islamoqqa yuz hayf dimogʻ.
***
Alisher Navoiy ruboiylari tahlili.
Ista ato yo`lida fido jon qilmoq,
Qulluq anoga ham ulcha imkon qilmoq.
Zuhri abad istasang farovon qilmoq
Bil oni ato-anog`a ehson qilmoq.
Ruboiy tahlili: Otang uchun hamisha joningni fido qilishga tayyor tur, imkoning boricha onangning hurmatini ham joyiga qo`y. ota-onaga yaxshilik qilishni oxirating obod bo`lishining sharti deb bil.
Alisher Navoiy olam va odam mohiyati haqida ko`p bosh qotirgan, tiriklik va o`lim sabablari ustida muttasil mulohaza yuritgan inson hayotining maqsadi, ma’no-mazmuni xususida bir umr o`ylagan tabiat va jamiyat sirlarini o`zicha yechishga intilgan.
***
Berahmdurur olamu zolim aflok,
Bemehrdurur anjumu davron bebok.
Qay sarvi chamanki, jilva qildi cholok –
Kim, yerga to`kulmadi nechukkim xoshok.
Tahlil:Olam berahmu, falak zolim, yulduzlar bemehru zamon beshafqat: o`ziga zeb berib, jilva qilgan qaysi chaman sarvi xashak kabi yerga to`kilmadi?
***
Gardunki, xaloyiqqa vafosi yo`q aning,
Javr ichra kichik-uluqqa nosi yo`q aning.
Har kimki kichik bo`lsa, baqosi yo`q aning
Sen oni uluq bilki, fanosi yo`q aning.
Tahlil: Bu dunyoning odam bolasiga vafosi yo`q, na kattani, na kichikni rioya qiladi. Nimaiki kichik bo`lsa, baqosi yo`q ekan, bas sen boqiy zotnigina ulug` deb bil.
***
Desang, topay el zamiridin bore xabar,
Sirridin erur tavri namudori xabar.
Tavrin ko`ru ravshan ayla har sori xabar
Kim, ko`nglidagidin berur atvori xabar.
Tahlili : Odamlarning ko`nglida nima borini bilmoqchi bo`lsang, tashqi ko`rinishini ichki siridan xabar berib turadi. Xulqini ko`ru xulosa qil, zero kishining yurish-turishiyu gap-so`zi ichki olamidan dalolatdir.
***
Dunyo sori hirs har yomondun ortuq,
Tark etmak ani kavnu makondin ortuq.
Suvsizg`a suv shavqi bo`lsa jondin ortuq
Bil siflag`a mol shavqi ondin ortuq.
Ruboiy tahlili: Dunyoga hirs qo`yish eng yomon ishning ham yomonidir, uni tark etish dunyoni tark etishdan og`ir. Tashna uchun suv jonidan ortiq bo`lganidek, nokas uchun mol-dunyo ishqi hamma narsadan ortiq.
***
To hirsu havas xirmani barbod o`lmas,
To navsu havo qasri baraftod o`lmas.
To zulmu sitam jonig`a bedod o`lmas
El shod o`lmas, mamlakat obod o`lmas.
Ruboiy tahlil: To hirsu havas asosi barbod, nafsu havo qasri vayron, zulmu sitam yo`qolmay el shod bo`lmaydi, mamlakat obod.
***
Uch qism ila iymong`a bino fahm ayla,
Avvalg`isini aning havo fahm ayla.
Ikkinchisini dog`i vafo fahm ayla
Uchinchisini bilmasang, saho fahm ayla
Alisher Navoiy ruboiy tahlili: Iymon binosini uch qismdan iborat deb angla: birinchisi – hayo, ikkinchisi – vafo, uchinchisi – sahiylik.
***
Avji sharaf uzra oftob o`ldi hayo,
Bo`stoni saodatg`a sahob o`ldi hayo.
Mazmum xasoilga hijob o`ldi hayo
El aynig`a go`yoki niqob o`ldi hayo.
Tahlil : Hayo ulug`lik, ulug`lik osmonining eng cho`qqisiga yuksalgan quyoshdir. Saodat bo`stoni ustidagi saxovat bulutidir. Lekin u ba’zida yomon sifatlarni yashirib, el ko`ziga tutilgan niqob vazifasini bajaradi.
***
Tavsiya etamiz:
“Jon”imdag`i “jim” ikki “dol”ingg`a fido,
Andin so`ng “alif” toza niholingg`a fido.
“Nun”i dog`i anbarin hilolingg`a fido
Qolg`on ikki nuqta ikki xolingg`a fido.
Tahlil: “Jon” so`zi “jim” – ج, “alif” – ا , “nun” – ڽ , harflaridan tashkil topadi. “Jim” harfi ma’shuqaning zulfiga o`xshaydi. Shuning uchun shoir uni ma’shuqa “dol” – ڊ iga fido etadi. “Dol” ham “jim” singari shaklan zulfga monand harf. Demak ilk misradagi “dol”ning o`zi istiora, chunki ma’shuqa zulfi “dol”ga o`xshatilgan. “Jon” so`zida “jim”dan so`ng “alif” harfi keladi. “Alif” harfi she’riyatda qaddu qomat tasviri uchun xizmat qiladi. Chunki “alif” inson qomatiga monand tik shaklga ega. “Jon” so`zi tarkibidagi uchinchi harf “nun”dir. “Nun” – shakliga ko`ra, inson qoshlariga o`xshaydi va uni tasvirlashda badiiy vazifa bajaradi.
***
Kim olim esa, nuktada barhaq de oni,
Gar bazm tuzar, bixishti mutlaq de oni.
Har kimsaki, yo`q ilm anga, ahmoq de oni
Majlisdaki, ilm bo`lsa, uchmoq de oni.
Ruboiy tahlili: Kim olim esa, har bir so`zini haqiqat deb bil, u tashkil etgan davralarni haqiqiy jannatga qiyos qil. Kimning ilmi bo`lmasa, uni ahmoq hisobla, ilmiy anjumanlarni jannat bog`iga o`xshat.
***
Olam eli ichra gar gado, gar shoh erur,
Ne dardki, ul ko`ngli aro hamroh erur.
Qur’onni tilovat etsun ar ogoh erur
El ko`ngliga chun davo Kolomulloh erur.
Ruboiy tahlili: Bu dunyoda xoh shoh, xoh gado bo`1sin, dilida bir dardi bo`lsa, agar oqil esa Qur’onni tilovat qilsin, chunki odamlar ko`ngliga Qur’on davodur.
Tavsiya etamiz: Alisher Navoiy buyuk o‘zbek adibi haqida insho
manba.