Abu Rayhon Beruniyning tarixiy asarlari.
O‘rta asrda yashagan buyuk qomuschi olim Abu Rayhon Beruniy 973 yil 4 sentyabrda Xorazmning poytaxti Qiyot (keyinchalik, Shobboz, hozir Qoraqalpog’istonga qarashli Beruniy shahri) da dunyoga kelgan. U tarix, falsafa, falakiyot, ma`danshunoslik va boshqa fanlar bo’yicha 152 dan ortiq ilmiy asar muallifidir.
- asrda arab xalifaligida katta o’zgarishlar yuz berdi. O’rta Osiyo va Eronning xalifalikka qaram bo’lgan ko’pgina davlatlari iqtisodiy va siyosiy mustaqillikka erishadi. O’rta Osiyo olim va mutafakkirlari xalifalikning turli shaharlarida, jumladan, o’z o’lkalarida ham faoliyat ko’rsatardilar. X asr boshida Abu Nasr Mansur ibn Iroq Qiyotda yashardi. U Ptolomey «Almajist»iga sharh bo’lgan Menelayning «Sferika» asarini qayta ishlagan edi. Beruniyning birinchi o’qituvchi va tarbiyachisi ana shu Abu Nasr Mansur ibn Iroq bo’lgan.
Beruniyning ilk yoshligi va bolaligi haqida tarixiy adabiyotlarda ma`lumot yo’q. Birun so’zining ma`nosi «tashqaridan kelgan» demakdir. «Olloh nomiga qasam bo’lsinki, deb yozgan edi u o’zining kelib chiqishi haqidagi she`rlardan birida, haqiqatdan ham men shajaramni bilmayman. Hattoki o’z buvamni, buvamni bilmagandan keyin otamni qaydan bilan». Bu gaplarda kinoya bor, albatta.
Beruniyning hayoti va ijodi uchun murakkab bo’lgan sharoitni O’rta Osiyoda hukm surgan feodalizm sharoitidagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayot murakkabliklaridan ajralgan holda o’rganish mumkin emas. Sarsonlik-sargardonlik qomuschi olimning qismatiga aylangan edi.
Beruniyning ko’pdan-ko’p ilmiy ishlari orasida «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» tarixiy risolasi alohida o’rin tutadi. U besh yildan ortiq Jurjonda yashaydi. Qobus saroyida yashab turgan G’ilon va Tabariston hokimi Marzubon ibn Rustam taklifi bilan tarix fanida qisqa «Xronologiya» nomi bilan mashhur bo’lgan «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» risolasini yozadi. Asar muqaddimasida kun va tun nima, ularning majmui va boshlanishi, oy, yil va milodlarning mohiyati, bu masalada xalqlarning tafovutlari, xalqlarning podsho, hokimlarga munosabati, Zulqarnayn degan shoh haqida, bir miloddan ikkinchi milodni chiqarish, xronologik turkumlar, soxta payg’ambarlar va adashgan xalqlar, fors, so’g’d va xorazmiylarning bayram va qutlug’ kunlari va iydlari, yahudiylar, suryoniylar va nasoro xalqlarining, qadimgi sehrgarlar, sabiylar, arablar, shuningdek, islomga e`tiqod qiluvchi xalqlar, arablarning johiliyat davridagi bayramlari va musulmonlarning nishonlaydigan kunlari haqida fikr yuritiladi.
Abu Rayhon Beruniyning asarlari. Tadqiqotchi olim S. P. Tolstov haqqoniy ta`kidlaganidek, Beruniy manbalarni o’rganishda vazminlik va bilimdonlik bilan, tanqidiy aql-mulohaza uslubi asosida ish ko’radi. Manbalarga tanqidiy munosabat shubhasiz uning salaflarida ham bor edi, ammo Beruniyda manbalarni tanqidiy tahlil qilish tadqiqotning asosiy shartiga aylanadi. O’zi tarixchilarni ogohlantirgan bir yoqlamalik, taxmin va aqidaparastlikdan Beruniyning o’zi ham xalos bo’lmasligi tabiiy, ammo bu sohada u o’zining barcha salaflari va zamondoshlaridan baland turadi. Beruniy tarixiy risolalarining ko’pi yo’qolib ketishi sababi ham ehtimol shunda bo’lsa kerak. U manbalarni shafqatsiz tanqid qilardi. Bu esa tarixiy adabiyot iste`molchilariga zamondoshlarning ko’pchiligiga manzur bo’lmasligi mumkin edi.
Beruniy «Xronologiya», Osoru-l-boqiya» risolasida an`anaviy islom dunyosi tarixshunosligida odat bo’lgan shohlar va qaxramonlar faoliyati, siyosiy voqealar o’rniga xalqlar madaniyati tarixi, ularning urf-odati va fe`l-atvori masalalariii yoritishga e`tibor beradi. Shuning uchun tarixchilar «Yodgorliklar»ga tarixiyetnografik tadqiqot sifatida ham qaraydilar.
Abu Rayhon Beruniyning asarlari.Beruniyning tarixiy tadqiqot usuli, ayniqsa bu usulning islom madaniyati fanidagi o‘rni, Qur’oni karim, hadisu shariflardagi asoslari, qadimgi va o‘rta asrlardagi tarixiy tadqiqot usullaridan keskin farq qilishi allomaning ilmiy-tarixiy tadqiqot usullaridagi tizim, yangilik Zaki Validiy To‘g‘onning «Tarihte usul» kitobida ilk marotaba 1950 yillarda o‘rtaga qo‘yilgan va o‘rganilgan.
Beruniyning o‘z zamonasi ijtimoiy taraqqiyoti, ilm-fani darajasidan ilgarilab ketganligining boyisi shundaki, tarix ilmi oddiy xronologik qaydlar tarixidagi qiziqarli siyosiy-harbiy jangu-jadal, suronli voqealar haqidagi maroqli va ibratli fan, pand-nasihat manbasi emas, balki muttasil yuksalib boradigan jamiyat hayotinig ijtimoiy–iqtisodiy, siyosiy huquqiy va ma’naviy-ahloqiy jixatlari va qonuniyatlari mavjudligini ochib beruvchi jiddiy ilm-fan sohasi sifatida tushunishga erisha olganligini ko‘ramiz. Bu jahatdan Beruniyning tarixiy tafakkur va tadqiqot usullari XIX-XX asrlardagi «Tarix falsafasi»nig turli maktablari ayniqsa, O.Kontning pozitivlik istoriosofiyasi, E.Dyurkegeynig istoriosofik sotsiologiyasi, «Annalar» maktabi tarixiy tafakkur va tadqiqot usullari bilan juda hamohangdir.
Beruniy F.Nitsshe, A.SHopengauer, O.SHpenglar va boshqa g‘arb tarixchilari, mutafakkirlardan farqli o‘laroq, tarixni, insoniyatnig kelajagini faqat taqdiri azaldan bog‘lab qo‘ymagan, balki insoniyatning istiqboliga umid bilan qaragan, tarixiy taraqqiyotnig ilg‘or yo‘li, buning qonun va qonuniyatlarini e’tirof etgan.
Beruniy o‘z asarlarida nihoyatda aniqlik bilan ish yuritgan va o‘zidan oldin o‘tganlar safdoshlarining xatolarini, noto‘g‘ri ma’lumotlarini shavqatsizlarga ochib tashlagan. Balki, shuning uchun ham uning juda ko‘plab asarlari o‘sha davrdayoq yo‘q qilib yuborilgan.
Beruniy va ayniqsa, ibn Xaldunning «Tarix falsafasi usuli va prinsiplari», hozirgi g‘arb tarixchi olimlariga shu jumladan, A.Taynbi kabi zabardast tarixchilarga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan.
Abu Rayhon Beruniyning asarlari






