Домой mavzular  Tashkilotni boshqarish mehnati, korxonalarda reinjiniring.

 Tashkilotni boshqarish mehnati, korxonalarda reinjiniring.

 Zamonaviy menejerga talablar

Tashkilotni boshqarish mehnati, korxonalarda reinjiniring.

Tashkilotni boshqarish mehnati, korxonalarda reinjiniring.

Tashkilotni boshqarish mehnati, korxonalarda reinjiniring.

Boshqaruv mehnati – bu turli ma’muriy boshqaruv xodimlarining tashkilotni boshqarish funktsiyalarini bajarishi bo’yicha mehnat faoliyati, operatsiyalar va ishlardir. Ma’muriy boshqaruv xodimlarining mehnati, jamiyatdagi umumiy mehnatlarning ajralmas qismi hisoblanadi. Lekin, ma’muriy boshqaruv xodimlarining mehnati ishchilarning mehnatidan farq qilib, ular mehnat predmetiga o’z qo’llari bilan bevosita ta’sir qilmaydi, baholi moddiy mahsulotlar ishlab chiqarmaydi. Ular ishlab chiqarish operatsiyalarini bajarish bilan bevosita band bo’lgan odamlarning samarali mehnat qilishi uchun zarur ijtimoiy-iqtisodiy va tashkiliy-texnik sharoitlarni yaratadi.
Shunday ekan, boshqaruv funktsiyalarining bajarilishi sifatlari qancha yuqori
bo’lsa, ishlab chiqarish ob’ektining faoliyati ham shunchalik samarali va ishonchli bo’ladi.
Boshqaruv mehnati jarayonlarida – moddiy, moliyaviy, mehnat, binolar, qurilmalar,
qurilishlar, boshqaruv apparati xodimlarining mehnati predmeti va vositalaridan,
boshqaruv tizimining faoliyatiga sarflangan xarajatlar, malakali ishchilar,
mutaxassislar va boshqa resurslardan foydalanadi. Ulardan foydalanish samaradorligi
ham ishlab chiqarish faoliyatining oxirgi natijalariga ta’sir qiladi.
Boshqaruv mehnati jamiyat ishlab chiqarish mehnatidagi cheksiz xilma-xillikni
o’zida namoyon qiladi va boshqaruv mehnati boshqaruv personallari bilan
ishlab chiqaruvchi ishchilarning birlashgan, umumlashgan mahsulotidir. Bu
mahsulot nafaqat boshqaruv uchun balki, ishchilar mehnati uchun ham juda zarur hisoblanadi.
Qayd qilganimizdek, boshqaruv mehnati turli-tuman va xilma-xil.
Shuning uchun ham, boshqaruv mehnatining aniq xususiyatlarini belgilovchi maxsus mezonlarni yaratish orqali boshqaruv mehnatining aniq tiplarini yoki turlarini tavsiflash, tiplashtirish, turlashtirish va tasniflash ancha qiyin muammolar hisoblanadi. Buning ustiga vaqt o’tishi bilan boshqaruv operatsiyalari uzluksiz ravishda kengayib, bu operatsiyalarning ko’rinishi o’zgarib bormoqda.
Natijada boshqaruv usullari transformatsiyalanib oldingi jarayonlar
va operatsiyalarga mos kelmay qolishi, ikkinchi tomondan, yangi texnik
vositalardan foydalanishda boshqaruv faoliyatidagi usullar samara bermay qolishi ham
kuzatilmoqda. Shuning uchun ham boshqaruv mehnati birinchilardan
bo’lib, doimo zamonaviylik talablarini qabul qilishi kerak.
Boshqaruv mehnati jarayonlariga, operatsiyalarning mazmuniga
inqilob kiritgan komp`yuter texnikasi bo’ldi. Komp`yuter texnikasi boshqaruv
mehnatiga tamoyil jihatidan butunlay yangi axborotlar texnologiyasi majmuasini kiritdi.
Hozirda boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va qabul qilish jarayonlarida boshqaruv
mehnatining eng xususiyatli operatsiyalarini ajratish mumkin:
• vazifalarni qo’yish;
• axborotlarni qo’ldan va komp`yuterdan foydalanib izlash;
• axborotlarni tahlil qilish;
• axborotlarni guruhlashtirish (qo’ldan yoki komp`yuterdan foydalanib);
• komp`yutersiz eng sodda hisoblarni amalga oshirish;
• komp`yuterdan foydalanib hisoblarni amalga oshirish;
• qarorlarni tayyorlash;
• qarorlarni individual qabul qilish;
• qarorlarni jamoaviy qabul qilish;
• hujjatlarni rasmiylashtirish, xat-xabarlarni tuzish va boshq..

Umumlashgan mehnatning mahsulotiga ma’muriy-boshqaruv xodimlarining ta’siri
qo’yilgan maqsadlarga erishish yo’nalishida axborotlardan foydalanish orqali amalga oshiriladi.
Shuning uchun ham, ma’muriy – boshqaruv xodimlari mehnatining asosiy
mahsulotlari axborotli xususiyatlar bilan belgilanadi. Boshqaruv mehnatining oxirgi
mahsuloti ob’ektga boshqaruv ta’siri tadbirlarini aniqlovchi-qarordir. Bu yerda barcha
qarorlar emas, faqat joriy qilingani hisobga kiradi.
Shuning uchun ham, boshqaruv mehnati ilmiy mehnatlarga ancha yaqin turadi.
Taqqoslash uchun keltirish mumkinki, fan sohasi ilmiy axborotlarga tayansa, boshqaruv
mehnati o’ziga statistik hisob, ilmiy-texnik, bashorat-analitik, rejali,
operativli va iqtisodiy axborotlarning boshqa xillariga tayanadi.
Jamoaviy faoliyat – bu rahbarning ishlab chiqaruvchi, mehnat jamoasi
va ijrochilar bilan birgalikdagi ishlari. Xodimlari bilan bo’lgan uchrashuvlar va
muloqotlarda rahbar jamoadagi ijtimoiy-ruhiy muhitni aniqlaydi, ishchilarning
shikoyatlari, arzlari va fikrlarini eshitadi, ularga tayyorlanayotgan va
qabul qilingan qarorlarni yetkazadi, rejalarni amalga oshirishning
talablarini, zarurligini asoslaydi, tadbirlar haqida axborotlar beradi,
ularni sifatli va samarali mehnatga chaqiradi. Rahbarning ijrochilar bilan aloqalari
kabinetda, uchrashuvlarda, yig’ilishlarda, bo’limlarga kirganida, qabulida va boshqa
sharoitlarda amalga oshiriladi.
Mutaxassislar, maslahatchilar, rahbarning yordamchilari boshqaruv uchun zarur
bo’lgan ishlarni bajarishi doirasida rahbarlarining kompententsiyasiga kiruvchi
qaror qabul qilishi vakolatiga ega bo’lishi mumkin. Shuning uchun ham ular qarorlarning
variantlarini asoslab, so’nggi variantni tanlashga va boshqaruv qarorlarining
qabul qilinishiga juda katta ta’sir ko’rsatadilar. Ko’p hollarda o’z ishida ancha «bo’sh»
rahbarlarning faoliyatida qarorlarning taqdiri mutaxassis- larning qo’lida bo’ladi.
Texnik ijrochilar (kotiblar, kotibalar, ish bajaruvchilar, hisobchilar va
boshq..) mutaxassislar va rahbarlarning faoliyatini ta’minlash uchun turli-
tuman ishlarni bajaradi. Ularning boshqaruvdagi mehnatlari eng oddiy
ishlar hisoblanadi, aslida ham barcha tashkilotlarda shunday. Boshqaruvga
va ishlab chiqarishga komp`yuter va boshqa texnologiyalarning kirib kelishi
bilan ularning ishlariga ham, ularning ishlarni bajarishi malakalari va bilimlariga ham
rahbarlar tomonidan talablar oshib bormoqda.
Zamonaviy sharoitda boshqaruv mehnatining quyidagi uch xilini ajratish mumkin:
• evristik boshqaruv mehnati;
• ma’muriy boshqaruv mehnati;
• operatorli boshqaruv mehnati.
Boshqaruv mehnatining qayd qilingan uchta xilini Samarqand
iqtisodiyot va servis institutining «Menejment va statistika» kafedrasidagi proffessor-
o’qituvchilar mazmunan ta’riflashgan.
Evristik boshqaruv mehnati – bu hammadan avval rahbarlar
va mutaxassislarning mehnatidir. U ijodiy aqliy faoliyatining
tabiati, ularning psixofiziologik mohiyatini to’liq darajada aks ettiradi.
O’zining mazmuniga ko’ra, evristik mehnat operatsiyalarning
ikkita turidan tashkil topadi: tahliliy va konstruktiv.
Tahliliy operatsiyalar qarorlar qabul qilish uchun zaruriy
axborotlarni qabul qilish va idrok etishdan iboratdir. Bunday operatsiyalarga, ularni
bajarishning shakllari va usullariga ko’ra, ko’yidagilar kiradilar: har xil hujjatlar
va adabiy manbalarni ko’rib chiqish va o’rganish; og’zaki suhbatlar,
so’rovlar va bevosita kuzatishlarning o’tkazish, tahlil natijalarini
tegishli hujjatlarda (ma’lumotnomalar, ma’ruzalar, tahliliy obzorlarda) bayon
etish, mavjud holatning tashxisini qo’yish yoki aniqlash.
Konstruktiv operatsiyalar har xil turdagi qarorlarni
tayyorlash va qabul qilish bilan bog’liqdir. Bu operatsiyalar qarorlarning mazmuni,
xarakteri va murakkabligi, hamda ularning yakka tartibda va jamoaviy
qidirishning tegishli usullariga muvofiq ajratiladi.
Ma’muriy boshqaruv mehnati – bu aqliy mehnatning o’ziga xos turi bo’lib, uning vazifaviy
belgilanishi odamlar harakati va hulqini ularning mehnat faoliyatlari jarayonida bevosita
boshqarishdan iborat bo’ladi.
Ma’muriy mehnat jarayoni quyidagi tashkiliy–ma’muriy operatsiyalarni bajarishda vujudga
keladi:
• xizmatli kommunikatsion (og’zaki axborotni telefonda so’zlashishlar yo’li bilan uzatish va
qabul qilish, ish joylarini aylanib chiqish, xodimlar va keluvchilarni qabul
qilish, korxona doirasida harakatlanishlar);
• yo’riqnomaviy (qarorlarni ijrochilarga og’zaki farmoyishlar, yozma bo’yruqlar,
ko’rsatmalar berish yo’li bilan yetkazish;
• ijrochilarga vazifalarni belgilash yoki ular tomonidan tuzilgan ishning shaxsiy rejalarni
tasdiqlash, vazifalar va topshiriqlarni bajarish jarayonidan og’zaki yo’l-yo’riqlar
ko’rsatish, yozma yo’l-yo’riqlarni tuzish va tasdiqlash);
• muvofiqlashtiruvchi (bo’linmalar va xizmatlar ishini kengashlar va majlislar o’tkazish
yo’li bilan o’zaro bog’lash);
• ishni bajarilishi (reja-jadvalini ijrochilar va muddatlarni ko’rsatish bilan
tuzish);
• nazoratli-baholovchi (buyruqlar, kengashlar qarorlari, rejalar, vazifalar,
topshiriqlarni bajarilishini nazorat qilish, bo’linmalar va ijrochilarni
ishini baholash, rag’batlantirish va jazolash).
Operatorli boshqaruv mehnati – bu asosan texnik ijrochilarning ishlab
chiqarish va boshqaruv jarayonlarini axborotli ta’minlash uchun zarur bo’lgan
stereotipli (bir xildagi), takrorlanuvchi operatsiyalarni bajarish bo’yicha
mehnatdir.
Ta’kidlash kerakki, ma’muriy-boshqaruv xodimlari mehnatining mazmuni
o’zgarmasdan qolmaydi. Tadqiqotlarga ko’ra, hisob, axborot va hujjatli operatsiyalar ularda
hozircha ish vaqtining 70% gachasini egallaydi. Ammo, rahbarlar va mutaxassislar
tomonidan texnik vositalarni qo’llanishi, bir xildagi, kam mazmunli
operatsiyalarni mashinalarga topshirilishi, mehnatning yangi usullari va
vositalarini yaratilishi, boshqaruvni tashkil qilishni takomillashuvi natijasida
ular mehnatining mazmuni ancha o’zgaradi, ularning ishida ijodiy operatsiyalarning salmog’i
oshadi.
Boshqaruv mehnati va uni ratsional tashkil qilish-tashkilotning biznes jarayonlarini samaraliroq amalga oshirilishining muhim omillaridir, shuning uchun boshqaruv mehnatini takomillashtirish masalalari alohidagi dorzarblikni kasb etadilar.
Korxonada ishlab chiqarishni tashkil qilish.

Korxonada ishlab chiqarishni tashkil qilish – bu korxonada ishlab chiqarish tarkiblarining barcha faoliyat jarayonlarini bir faoliyat jarayoniga birlashtirish bo’yicha alohida
faoliyat turi, shuningdek, ularning o’zaro harakatlarining ratsionalligini ta’minlash
va ishlab chiqarishning ijtimoiy–iqtisodiy samaradorligini muvofiqlashtirish va
maqsadga erishishning aniq strategik rejalarini yaratishdir.
Ishlab chiqarishni ilmiy, amaliy, ilg’or tajribalar va texnologiyalarga asoslanib tashkil qilish korxonaning samarali faoliyat ko’rsatishining kafolati hisoblanadi. Chunki, bu tashkil qilishda belgilangan maqsad va vazifalar mehnat jamoasining yuqori mehnat unumdorligini, sifatli mahsulotlar yaratishni va chiqarishni, korxonaning resurslaridan optimal foydalanishni, shuningdek, ish bajarish jarayonlarida shaxsning qobiliyatlarini
va madaniyatini tashkillashtirishini rivojlantirishni ta’minlovchi imkoniyatlarni
yaratadi. Ishlab chiqarishni tashkillashtirish korxona boshqaruvidagi barcha ieriarxik
darajalarda amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarishni tashkillashtirish korxonada ishlab
chiqarishni tashkil qilish faoliyatning quyidagi turlarini qamrab oladi:
• korxonaning tarkibini doimiy ravishda aniqlashtirish, asoslash va takomillashtirish;
• barcha ishlab chiqarish jarayonlarida o’zaro bog’langan ishlarni-mahsulot ishlab
chiqarishdan boshlab uni bevosita

• ishlab chiqarish infratuzilmalarining tarkibiy birliklarini amaliyotda joriy qilishni rejalashtiradi va amalga oshiradi;
• ishlab chiqarish tarkibining vaqt bo’yicha yagona, optimal birikma bo’lishini
muvofiqlashtiradi;
• ishlab chiqarish jarayonlarida samarali mehnat qilish uchun barcha mehnat
sharoitlarini yaratadi, ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchining yuqori darajalardagi
samarali birlashuvini yaratadi;
• ishlab chiqarishni samarali yuritishning iqtisodiy usullari va optimal
tashkiliy shakllarini muvofiqlashtiradi.
Ishlab chiqarishni tashkillashtirishning vazifalari- ishlab chiqarish jarayonlaridagi
aloqalar va munosabatlarni tartiblashtirish yo’li bilan mehnat resurslarini
tejash, xodimlarning ishlaridagi ijodiy ko’nikmalarni, xususiyatlarni ko’paytirish,
ish natijalari bo’yicha jamoaning va xodimning manfaatlarini hisobga olish.
Korxona faoliyatidagi barcha ishlab chiqarish yo’nalishlarini joriy qilish uchun
talablar darajalaridagi sharoitlarni yaratish.
Korxonalar mahsulotlar va mahsulot turlarini ishlab chiqarish bo’yicha ixtisoslashgan
bo’ladi:
• bitta mahsulot ishlab chiqarish – maromsiz har xil nomdagi mahsulotni
donalab ishlab chiqarish. Ishlab chiqarishni tashkillashtirish xususiyatlari: qo’ldan katta
miqdorlarda bajariladigan ishlar, texnologik ixtisoslashuv, uzoq sikl, ishchilarning
yuqori darajalardagi professionalligi, universal asbob-uskunalardan
foydalanish;
• seriyali ishlab chiqarish – bir vaqtning o’zida uzoq muddatlarda
takrorlanadigan ko’plab nomenklaturadagi mahsulotlarni tayyorlash. Ishlab chiqarishni
tashkillashtirish xususiyatlari: bir vaqtning o’zida katta hajmlarda
tayyorlanadigan mahsulotlarning yetarli darajadagi katta nomenklaturalari
yaratiladi, qo’l ishi uncha katta hajmlarda emas, ish o’rinlari ixtisoslashgan,
uzoq bo’lmagan sikl, detallarni unifikatsiyalash;

ommaviy ishlab chiqarish – mahsulotning cheklangan nomenklaturalarini katta
miqdorlarda uzluksiz tayyorlash. Bu tipning alohida xususiyatlari: ishlab
chiqariladigan mahsulotning nomenklaturasi qattiq chegaralangan, ishlab chiqarish
hajmi katta, ish o’rinlari ixtisoslashgan, ishchilarning prfessionallik darajalari yuqori emas, tayyorlanish va hisob berish vaqti qisqa, ishlab chiqarish dispetcherlangan, barcha xarajatlar hajmi past, asbob- uskunalardan to’liq foydalanish, mehnat unumdorligi yuqori.
Tashkilotda mehnat unumdorligi va faoliyat samarador- ligini oshirish maqsadida
hozirgi kunda muvaffaqiyatli qo’llanilayotgan instrumentlardan biri biznes-
jarayonlar reinjiniringidir. Ushbu boshqaruv instrumenti ta’rifi bir qator olimlar
tomonidan quyidagicha berilgan:
M.Xammer va J.Champilar o’z asarlarida ushbu ta’rifni keltiradilar: “Reinjiniring bu
– xarajatlar, sifat, xizmat ko’rsatish darajasi va operativlik (tezkorlik) kabi
zamonaviy biznes uchun muhim bo’lgan samaradorlik ko’rsatkichlarida yuksak darajadagi
yutuqlarga erishish uchun biznes-jarayonlarni fundamental qayta ko’rib
chiqish va radikal qayta loyihalashdir”.
J.Tengning fikriga ko’ra, “reinjiniring – samaradorlik o’lchov ko’rsatkichlarining keskin
yaxshilanishiga erishish uchun mavjud biznes-jarayonlarni tanqidiy tahlil qilish va radikal
qayta loyihalash”dir.
T.Davenport “reinjiniring – o’zgarishlarga radikal yondashuv bo’lib, u
moddiy hamda texnik qarorlar bilan tashkiliy hamda boshqaruv
tuzilmasining, tashkiliy madaniyatning o’zgarishini mujassamlashtirishni ko’zda tutadi”
degan ta’rifni keltiradi.
U yanada kengaytirilgan ta’rifni ham ilgari suradi: “Keskin tarzda ijobiy
biznes-natijalarga erishish uchun reinjiniring yangi strukturani yaxlitlashtiradi.
Faoliyatning asosiy biznes-ko’rsatkichlarini yaxshilash maqsadida hamma uchun odatiy bo’lib qolgan biznes-jarayonlarni ijodiy yondashgan tarzda qayta ko’rib chiqish va ularni radikal tarzda o’zgartirish maqsadida bu biznes-jarayonlardan voz kechishni nazarda
tutadi”.
A.Stadler: “’erishiladigan natijalarning ahamiyati darajasini keskin
oshirish bilan ajralib turuvchi mavjud biznes-operatsiyalarni qayta qurish bo’yicha
integrallashgan jarayon”.
Ko’rinib turibdiki, yuqorida keltirilgan ta’riflar bir- biridan unchalik farq qilmaydi va
ularning hammasi yo’nalish asoschilari bergan ta’rifga yaqin.
Yuqoridagi tariflardan tashqari, korxonalarda biznes- jarayonlar reinjiniringining
tushunchasi, tamoyillari va vazifalari bo’yicha ayrim olimlarning fikrlarini
o’rganib, quyidagi tushunchalar bo’yicha o’zimizning ta’riflarimizni keltirdik:49
Biznes-jarayonlar reinjiniringi deganda, korxona faoliyati natijalarini
keskin oshirish maqsadida (uning inqirozga yuz tutgan yoki tutmaganligidan qat’iy
nazar) undagi mavjud biznes-jarayonlarni imkoni boricha zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida ixchamlashtirish, ularni muhimligi darajasiga qarab qisqartirish, ayni paytda moddiy va mehnat resurslari samaradorligini oshirishga qaratilgan tadbirlar majmui tushuniladi.
Biznes-jarayonlarni qayta loyihalashtirish deganda, korxona ichida va korxonalararo yuz
beradigan ish jarayonlarini ularni takomillashtirish, ixchamlashtirish va qulayliklar
bilan amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida qaytadan tashkil etish tushuniladi.
Reinjiniring uslubiyatining asosiy bosqichlarini quyidagilardan iborat:
Korxonaning mavjud biznesining modeli yaratiladi.

Bu bosqichda mavjud tizim doirasida amalga oshiriladigan va korxonaning maqsadlariga
erishishni belgilovchi ishlarning ketma-ketligi aniqlanadi, o’zgarishlarni talab
qiluvchi kamchilik va muammolar aniqlanadi va shakllantiriladi. Mavjud biznes
modelini yaratish uchun tashkiliy muhit tahlilining natijalari va kontrolling ma’lumotlaridan foydalaniladi.
Korxonaning maqbul ko’rinishi shakllantiriladi. Bo’lajak ko’rinishni shakllantirish ishlab chiqilgan strategiya, asosiy marralar va ularga erishishning yo’llari doirasida amalga oshiriladi.
Yangi biznesning modeli ishlab chiqiladi. Buning uchun:
– tanlangan xo’jalik jarayonlari qayta loyihalashtiriladi. Yanada samarali ish jarayonlari yaratiladi. Texnologiyalar, jumladan, axborot texnologiyalari va ularni qo’llash usullari belgilab olinadi. Reinjiniringning boshlang’ich bo’g’ini vazifasini bajaruvchi biznes-jarayon aniqlab olinadi;
– reinjiniringni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan axborot tizimlari yaratiladi. Asbob-uskunalar va dasturiy ta’minot aniqlanadi. Biznesning ixtisoslashtirilgan axborot tizimi shakllantiriladi. Axborot ta’minotining reinjiniringi uchun zaruriy darajasi axborotning
loyihaning har bir qatnashchisi uchun ochiq bo’lishini taqozo etadi;
– personalning yangi vazifalari shakllantiriladi. Mansab yo’riqnomalari qayta ko’rib
chiqiladi. Rag’batlantirishning optimal tizimi belgilab olinadi. Mutaxassislarni
qayta tayyorlash va malakasini oshirish dasturlari ishlab chiqiladi.
Yangi modelning sinovdan o’tkazilishi – uni chegaralangan miqyosda qo’llab ko’rish.
Biznesning yangi modelini korxonaning mavjud sharoitiga tadbiq etish. Biznes yangi modelining barcha elementlari amaliyotda qo’llaniladi.
Biznes-jarayonlar reinjiniringi samaradorligini baholash uchun qo’llaniladigan ko’rsatkichlar tizimini taklif etish maqsadga muvofiq.
Bunday tizim daromadlilik, samaradorlik, jarayon qiymati, unumdorlik,
moslashuvchanlik va davomiylik kabi ko’rsatkichlarni o’z ichiga olishi mumkin.
Daromadlilik ko’rsatkichi biznes-jarayon mahsuldorligini bildirib, daromad va
xarajatlarni taqqoslash yo’li bilan berilgan korxona uchun uning foydaliligini aks
ettiradi. Uning qiymati quyidagi formula yordamida aniqlanadi:

bu yerda, – daromadlilik ko’rsatkichi,
– jarayon natijasida chiqishda olinuvchi daromad,
– kirishdagi xarajatlar hajmi.
Samaradorlik ko’rsatkichi bajarilayotgan jarayonlar sifatini tavsiflash uchun mo’ljallangan bo’lib, resurslardan unumli foydalanish va boshqaruv jarayonlarini optimizatsiyalashni aks ettiradi. Uning qiymati quyidagi formula yordamida aniqlanadi:

bu yerda, – samaradorlik ko’rsatkichi,
– biznes-jarayon daromadining o’sishi,
– jarayonni yaxshilash uchun sarflanadigan kapital qo’yilmalar yoki investitsiyalar.
Biznes-jarayonning qiymati xarajat hajmi ko’rsatkichlari bilan aniqlanib, biznes-jarayonni
bajarish uchun qilingan xarajatlarni va resurslarni ishlatish yo’nalishini baholashga imkon
beradi. Uning kattaligi quyidagi formula bo’yicha hisoblanishi mumkin:

bunda barcha xarajatlar birligini pul hisobidan namoyon etib, ularni jarayonni
bajarishda faqat bir marta amalga oshirish zarur.
Biznes-jarayon unumdorligi ko’rsatkichi bir biznes- jarayonning vaqt birligida kechishi natijasida ma’lum miqdordagi resurslarni sarf qilib berilgan biznes-jarayon mahsulotining (xizmatining) chiqishi kattaligini aniqlaydi.
Moslashish ko’rsatkichi biznes-jarayonning atrof-muhit o’zgarishlariga reaktsiyasi
sifatini, moslashuvchanlik darajasini tavsiflaydi. Moslashish ko’rsatkichi bu
biznes- jarayonning kattaligini aniqlash indikatori bo’lib, biznes- jarayonning biznes-
muhit sharoitlari va ichki tashkiliy o’zgarishlarga moslashishga zarur bo’lgan vaqt
xizmat qiladi.
O’z navbatida, davomiylik ko’rsatkichini “kirish”dagi kelgan resurslarni – “chiqish”da natijaga aylantiruvchi jarayonni yakunlash uchun zarur bo’lgan vaqt belgilaydi. Uning kattaligini jarayonning boshlanishi va uning yakunlanishi o’rtasidagi oraliq vaqt bilan hisoblash mumkin.
Xulosalar:
1. Ibtidoiy tashkilotlar qadimdan ma’lum. Boshqaruvning dastlabki tashkilotlari
ibtidoiy jamoaning, «oqsoqollar kengashi»ning yuzaga kelishidan boshlangan degan
xulosani qilsak ham xato bo’lmaydi va insoniyat jamiyatining rivojlanishi bilan uning tashkiliy shakllari ko’payib, tarqalib, murakkablashib bordi. Shu bilan birga tashkilotlarning
murakkablashib borishi odamlar hayotida muhim ahamiyatlarni ham kuchaytirdi.
Tarixda odamlarning umumiy maqsadlarini birlashtiruvchi birgalikda faoliyat ko’rsatuvchi tashkilotlarning uchta shakli ma’lum:
• jamoa;
• korporatsiya;
• assotsiatsiya.
2. Zamonaviy jamiyatda ko’plab va turli-tuman tashkilotlar faoliyat ko’rsatadi.
Ularning o’zaro harakatlari jamiyatdagi tarkiblarning o’ziga xosligini
aniqlaydi, zamonaviy insonning ijtimoiy muhitini shakllantiradi. Tashkilotlar
zamonaviy jamiyatning rivojlanishi darajalarini aniqlab beradi, belgilar bilan
tasniflanishi mumkin.
3. Tashkilotlarning aniq gruhlardaligi ularning davlat nazorat organlari, bojxona
xizmatlari, soliq nazoratlariga bo’lgan munosabatlarini aniqlab beradi. An’anaviy
tasniflar turli tashkilotlarning hududiy belgilari yoki faoliyat turlari
bo’yicha, yoki boshqa ko’rsatkichlari bo’yicha yaratiladi. Keltirilgan xulosalardan ma’lum
bo’ladiki, tashkilotlarni turlar va tiplarga bo’lishning, tasniflashning juda ko’plab
usullari mavjud. Aniq usulni tanlash, qo’yilgan vazifalarni yoki o’tkazilayotgan
tadqiqotlarning maqsadini aniqlash orqali amalga oshiriladi.
4. Tashkilotlarning tiplari tashqi muhit bilan o’zaro hamkorlik qilish bo’yicha
mexanistik va organik tiplarga bo’linadi.
Tashkilotlarni loyihalashtirishda mexanistik yondoshuv rasmiy qoidalar va jarayonlardan
foydalanishi, qarorlarni markazlashuvda qabul qilishi va tashkilotda qattiq ieriarxik
hokimiyat bo’lishi bilan tavsiflanadi. Ko’plab mutaxassislar mexanistik yondoshuvni
veber byurokratik tashkilotlarining sinonimi deb hisoblaydi.
Tashkilotlarni loyihalashtirishdagi organik yondoshuv rasmiy qoidalar va
jarayonlardan kuchsiz yoki mo»tadil foydalanishi, markazlashmagan va ishchilarning
qarorlar qabul qilishda qatnashishi, ishdagi mas’ullikning yuqoriligi, hokimiyat
tarkibining egiluvchanligi va ieriarxik darajalarning uncha
ham katta emasliklari bilan tavsiflanadi. Bu yondoshuv eskirmagan (rutinniy) texnologiyalardan (noaniqlikning yuqoriligi, ishni qaerda va qanday bajarish kerak) foydalanish sharoitlarida o’zining samaradorligini namoyish qiladi, tashkilotning yangi muhit bilan tezlikda moslashishini, o’zaro hamkorligini ta’minlaydi.
5. Boshqaruv mehnati – bu ma’muriy-boshqaruv xodimlarining
tashkilotni boshqarish funktsiyalarini bajarishi bo’yicha mehnat faoliyati, operatsiyalar
va ishlardir. Ma’muriy-boshqaruv xodimlarining mehnati, jamiyatdagi umumiy
mehnatlarning ajralmas qismi hisoblanadi. Lekin, ma’muriy-boshqaruv xodimlarining
mehnati ishchilarning mehnatidan farq qilib, ular mehnat predmetiga o’z qo’llari
bilan bevosita ta’sir qilmaydilar, baholi moddiy mahsulotlar
ishlab chiqarmaydi. Ular ishlab chiqarish operatsiyalarini bajarish bilan
bevosita band bo’lgan odamlarning samarali mehnat qilishi uchun zarur ijtimoiy-
iqtisodiy va tashkiliy-texnik sharoitlarni yaratadilar. Tashkilotni boshqarish mehnati, korxonalarda reinjiniring.

Muallif: Pardaev. O. M.

Mavzular.

manba